Iftixor
KELAJAKKA MAKTUB
Hurmatli Prezidentimizning kuni keça: “Suyukli nabiram Şavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub” deb, ham davlat rahbari, ham bobo sifatida mehribon va rahmdil yuragida ardoqlab kelayotgan olijanob va noyob tuyğularini izhor etib yozgan maktubi butun Özbekiston xalqining yuragini hayajonga soldi.
Maktub – inson tuyğulari, his-hayajonlari, aytmasa bölmaydigan, nihoyatda zarur sözlari izhorining ta’sirçan, samimiy va samarali şakli. Odam soğinganda, mehri yuragiga siğmay, tölib-toşib ketganida olislardan oilasiga, aziz jigarbandlariga maktub yozadi.
Töğrisini aytganda, internet rivojlanib ketgan, munosabatlar va muloqotlar asosan telefon yoki telegramm vositasida amalga oşirilayotgan, hatto tabriklar-u, töyga taklifnomagaça telefon orqali yuborilayotgan bugungi globallaşuv zamonida maktub yoziş köpçilikning esidan ham çiqib ketganini tan olişimiz kerak. Lekin maktub şunday narsaki, u insonning inson ekanini körsatuvçi, yurak ovozi, orzu-armonlari, sezgilar va keçinmalarni, ruhiy holatni aniq va jonli ifodalab beruvçi yozuv şaklidir. Maktub insonlar orasidagi sehrli ruhiy köprikdir.
Maktub orqali yurakdan çiqqan söz yurakni topadi. Qalam bilan yozilganni bolta bilan çopib bölmas, deganlaridek, maktub asrlardan asrlarga ötib, saqlanib qoladi. Dunyoga maşhur yozuvçilar öquvçilar bilan yaqindan sirlaşiş, ularning yuragiga kirib boriş uçun öz asarlarini maktub şaklida qoğozga tuşirgan.
Prezidentimiz davlat taşrifi bilan olis Iordaniya mamlakatiga safarga ketayotganida samolyotda yozgan maktubini, agar ta’riflaş kerak bölsa, XXI asrning eng buyuk yozma obidasidir, deb baholagan bölardim.
Davlat va jamiyat taraqqiyoti, farzandlar tarbiyasi va kamoli uçun sodda va samimiy sözlar bilan bitilgan teran mazmunli maktubda şirin nasihatga öralgan muhim dasturlar, çuqur falsafiy fikrlar, oltindan ham qimmat yöl-yöriqlar, buyuk kelajakni közlagan rejalar va ezgu niyatlar, ayni paytda, farzandlarimizga bölgan tengsiz mehr-muhabbat mujassam.
Maktubda mehr-muhabbatga yöğrilgan soğinç, Vatanimizning buyuk kelajagi soğinçi, avlodlar baxt-u kamoliga bölgan mustahkam işonç börtib turibdi.
Maktubni öqib nihoyatda ta’sirlandim. Davlatimiz rahbarining maktubga yöğrilgan hikmatli bitiklarini öqiyotib, qadimgi davrdan buyon neça-neça avlodlarni tarbiyalab kelayotgan yunon faylasufi Ksenofontning “Kayxusrav tarbiyasi” kitobi, Yusuf Xos Hojibning öz davrining şohnomasi deya ta’riflangan “Qutadğu bilik” qomusiy nasihatnomasi, Kaykovusning “Qobusnoma” pandnomasi, Amir Temur bobomizning “Temur tuzuklari” kitobi hamda Senekaning “Lutsiliyga maktublar” risolasi yodimga tuşdi.
Prezidentimizning “Suyukli nabiram Şavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub” deb yozgan maktubi bugun bolalarimizni tarbiyalaydi, ertaga tarbiyalaydi, kelajakda ham tarbiyalaydi. Çunki unda uluğ allomalarimizning asrlar davomida şakllanib kelgan, dunyoni tarbiyalagan buyuk didaktikasining qaymoği mujassam.
Sohibqiron Amir Temur bobomiz dunyoga maşhur me’moriy obida – Oqsaroy peştoqiga “Podşolarning sözlari – sözlarning podşosidir” deb yozdirib qöygan. Tarixlardan ötib kelayotgan uşbu hikmatli söz bugun ham naqadar dolzarb ekanini Prezidentimizning nabirasiga, xalqimizning barça farzandlariga atab yozgan maktubini öqib, yanada teran angladim.
Boğimdagi gulim deydi, lolam, deydi,
Qizaloğin erkalatib, onam, deydi,
Öğilçasin ğururlanib, otam, deydi,
Özbek faqat bolam, deydi, bolam, deydi.
Tinglang xalqning dardin, millat qöşiğini,
Tebratadi farzandlarning beşigini,
Kelajakka oçar hayot eşigini,
Özbek faqat bolam, deydi, bolam, deydi.
Esli-huşli bolam, mömin-qobil bolam,
Iste’dodli bolam, ilmi komil bolam,
Polvon bolam, el yukiga homil bolam,
Özbek faqat bolam, deydi, bolam, deydi.
Ota-onang payvandisan, jonim bolam,
Pahlavon el farzandisan, jonim bolam,
Qudratli yurt dilbandisan, jonim bolam,
Özbek faqat bolam, deydi, bolam, deydi!
Rustam Musurmon,
Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi,
Qoraqalpoğiston xalq şoiri