Account
YO‘LSOZ (Дорожник)

YO‘LSOZ (Дорожник)

Bu kanal obunachilarni sohaga oid qonunchilik hujjatlari, meʼyoriy standart hujjatlar, soha olimlari va mutaxassislarning fikrlari, ilmiy tadqiqot, oʻquv-uslubiy ishlar hamda sohadagi muhim yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida faoliyat koʻrsatmoqda

Username
@yolsoz
Category
Interior and construction
Country
UzbekistanUzbekistan
Subscribers2,222
Avg views per post, 7d480last 7 days
ERR21.59%last 7 days

Average views per post by day

By publication day

Show as table
DateAvg views per post
Nov 21, 2026610
Nov 23, 2026805
Nov 24, 2026462
Nov 25, 2026403
Nov 26, 202676

Most viewed this month

  1. 01
    Views1.03K
    Forwards—
    Reactions9
    Comments—
  2. 02

    Сейсмостойкие бетонные дороги Китая 🇨🇳Китай - это одна из самых сейсмически активных стран мира. Землетрясение в Вэньчуане в 2008 магнитудой 8,0 стало поворотным моментом для дорожной отрасли. Тогда стало очевидно, что дорога в сейсмоопасном районе - это "линия жизни", от которой зависит спасение тысяч людей. После Вэньчуаня подход к проектированию дорожных покрытий в Китае был переосмыслен на государственном уровне. ❗️Ключевой принцип, закреплённый в китайских нормативных документах, звучит именно так: "при малых землетрясениях - не разрушаться, при средних - подлежать ремонту, при сильных - не обрушиваться". Для дорожной инфраструктуры это значит, что покрытие должно сохранять проезжаемость даже после серьёзных сейсмических воздействий. Как этого добиваются❓ Прежде всего - на уровне выбора трассы и оценки рисков. Китайские нормы (JTG B02-2013 "Спецификация по сейсмическому проектированию дорожного строительства") требуют детального анализа геологии, тектоники и истории землетрясений вдоль каждой трассы. Маршрут по возможности уводят от активных разломов, а если это невозможно, то стараются пересекать разлом в самом узком месте или располагать дорогу на "нижнем" крыле сдвига. Для ответственных объектов применяется повышение нормативной сейсмичности на 1 балл - своего рода "запас прочности" на случай, если реальное землетрясение окажется сильнее расчётного. 🔹Цементобетонное покрытие обладает важным преимуществом в сейсмических условиях - высокой жёсткостью и способностью распределять нагрузку. В отличие от асфальтобетона, который при интенсивных динамических воздействиях может проявлять пластические деформации, бетонная плита работает как жёсткая мембрана, вовлекая в сопротивление грунтовое основание и соседние плиты. 🔎Исследования на вибрационных столах, проведённые в Китае (в том числе в Чэндуском технологическом университете), показали, что путём подбора состава бетонной смеси и схемы армирования можно существенно повысить сейсмостойкость покрытия. В ходе экспериментов модели дорожного покрытия подвергались динамическим нагрузкам, имитирующим землетрясение, и оптимальные комбинации состава и армирования демонстрировали лучшие результаты по трещиностойкости и сохранению целостности. 🔹В сейсмоопасных зонах Китая всё чаще применяют стальную фибру и высокопрочные волокна. В зонах деформационных швов и сопряжений с мостами используется фибробетон с направленной ориентацией волокон. Это позволяет анкерным зонам выдерживать динамические нагрузки без разрушения. 🔹Отдельное направление - это сверхпрочные бетонные покрытия. Китайские разработки в этой области демонстрируют поразительные результаты. Сверхпрочный бетонный слой может быть на две трети тоньше традиционного, сохраняя при этом несущую способность и значительно превосходя его по трещиностойкости и долговечности. Такие покрытия выполняются из модульных сборных элементов, что ускоряет монтаж и повышает качество. Исследования подтверждают, что правильно спроектированное и армированное цементобетонное покрытие способно воспринимать сейсмические нагрузки без катастрофических разрушений. А сочетание жёсткости бетона, фиброармирования и грамотной системы швов делает его стратегическим решением в сейсмоопасных зонах.

    Link preview
    Views610
    Forwards—
    Reactions5
    Comments—
  3. 03
    Views580
    Forwards—
    Reactions4
    Comments—
  4. 04
    Views523
    Forwards—
    Reactions2
    Comments—

Latest posts

#9031Photo

Forwarded from YO‘LSOZ (Дорожник)

❓SAVOL: Maʼlumki, GOST 26633 boʻyicha yoʻl va aerodrom qoplamalari betoni tarkibiga plastiklovchi qoʻshimchalar bilan birga havo tortuvchi (Vozduxovovlekayuщыe) yoki gaz hosil qiluvchi kimyoviy qoʻshimchalarni qoʻshish kerak deb qatʼiy belgilangan. Ilmiy nazariyalarda ham yoʻl betoni tarkibiga havoni tortuvchi kimyoviy qoʻshilmalarni qoʻshsak betonning muzlashga chidamliligining oshishiga sabab boʻladi deyilgan. Nimaning hisobiga muzlashga chidamlilikni yaxshilaydi. ✅JAVOB: Havo tortuvchi qoʻshilmalar beton ichida mayda, bir xil taqsimlangan yopiq havo pufakchalarini hosil qiladi. Shu pufakchalar muzlayotgan suv uchun “bosimni qabul qiluvchi kamera” vazifasini bajaradi. Chunki, beton ichida doimo mayda kapillyar teshikchalarda suv boʻladi. Suv muzlaganda hajmi taxminan 9% ga kengayadi. Bu kengayish ichki bosim hosil qiladi. Agar bu bosim betonning mustahkamlik chegarasidan katta boʻlsa mikroyoriqlar paydo boʻladi. Havo tortuvchi qoʻshilmalar beton qorishmasiga qoʻshilganda 50–300 mikron diametridagi yopiq (bir-biriga ulanmagan) va bir xil taqsimlangan mikro havo pufakchalarini hosil qiladi. Muzlash paytida kapillyardagi suv muzlaydi. Kengaygan suv yaqindagi havo pufakchasiga siljiydi. Keyin hosil boʻlgan gidravlik bosim pufakcha ichiga tushadi. Natijada, beton strukturasi himoyalanadi. Yaʼni havo pufakchalari — “amortizator” vazifasini bajaradi. Nima uchun aynan mayda va yopiq pufakchalar muhim? Agar gʻovaklik katta boʻlsa betonning mustahkamligi tushib ketadi. Gʻovakliklar ulanib ketgan boʻlsa suv toʻplanadi. Shu sababli yoʻl betonlari uchun gʻovakliklar orasidagi masofa ≤ 200 mkm dan kichik boʻlgan mayda va yopiq gʻovakliklar muzlashga chidamlilikda hal qiluvchi parametr hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, havo tortuvchi qoʻshilmalar beton mikrostrukturasida yopiq dispers havo pufakchalar tizimini hosil qilib, muzlash paytida suvning fazaviy kengayishidan kelib chiqadigan gidravlik bosimni kamaytiradi va ichki choʻzilish kuchlanishlarini betonning mustahkamlik chegarasidan past darajada ushlab turadi. 📚Manba: Amirov T. J. Avtomobil yoʻllari va aerodromlar sementbeton qoplamalarini qurish. Oʻquv qoʻllanma – T.: “SANO STANDART”nashriyoti. 2017-y.-256 b. http://t.me/yolsoz

Open in Telegram
Views382−20%vs avg
Forwards—
Reactions3
Comments—
#9024Photo
Views404−16%vs avg
Forwards—
Reactions5
Comments—
#9023Photo
Views374−22%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#9022File

Forwarded from YO‘LSOZ (Дорожник)

#FIDICning Etika Qoidalari Kodeksi 1913-yilda Butunjahon koʻrgazmalarida mustaqil ekspert-maslahatchilarni izlash natijasida bir qator muhandis-konsultantlar global federatsiya tuzish imkoniyatini muhokama qilish uchun uchrashdilar. Uchrashuv muvaffaqiyatli oʻtdi va 1913-yil 22-iyulda FIDIC — Fédération Internationale des Ingénieurs Conseils (keyinchalik “Xalqaro Muhandis-konsultantlar Federatsiyasi”) ning rasmiy tashkil topishiga olib keldi. FIDIC tomonidan qabul qilingan asosiy tamoyillar quyidagilar edi: Sifat, Halollik va Barqarorlik. Federatsiya yillar davomida bosqichma-bosqich rivojlanib, barcha mintaqalardan aʻzo assotsiatsiyalar orqali oʻz aʻzolari boʻlgan haqiqiy global tashkilotga aylandi. Bugungi kunda, ilgari hech qachon boʻlmaganidek, FIDICning roli muhandislik-konsultantlar sanoati uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. FIDIC nafaqat aʻzo assotsiatsiyalar joylashgan davlatlar nomidan vakillik qiladi, balki bugungi globallashgan dunyoda muhandislik-konsultantlar sohasining ovoziga aylangan. FIDICning Etika Qoidalari Kodeksi-Bu hujjat FIDIC aʻzolari va muhandis-konsultantlar uchun professional axloqiy tamoyillar va meʻyorlarni belgilaydi. Xalqaro Muhandis-Konsultantlar Federatsiyasi (FIDIC) muhandislik sohasi faoliyati jamiyat va atrof-muhitning barqaror rivojlanishiga erishishda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini tan oladi. Toʻlaqonli samaradorlikka erishish uchun, muhandislar doimo oʻz bilim va koʻnikmalarini oshirib borishlari zarur. Shu bilan birga, jamiyat ham ushbu kasb vakillarining halolligiga hurmat bilan qarashi, ularning qarorlariga ishonishi va ularni adolatli ravishda ragʻbatlantirishi zarur. Jamiyat va muhandislik-konsalting sanoatiga boʻlgan masʻuliyat Muhandis-konsultant quyidagilarni bajarishi shart: - Konsalting sanoatining jamiyat oldidagi masʻuliyatini oʻz zimmasiga oladi; - Barqaror rivojlanish tamoyillariga mos keladigan yechimlarni izlaydi; - Har doim konsalting sanoatining qadr-qimmati, obroʻsini va mavqeini himoya qiladi. FIDICning barcha aʻzo assotsiatsiyalari halollik, xolislik, boshqalarga nisbatan adolatli munosabat va korruptsiyaga qarshi toqatsizlik tamoyillarni qoʻllab-quvvatlaydi va ishonadiki, ushbu tamoyillar ularning aʻzolari xulq-atvori uchun asos boʻlishi lozim. Faqat shunda jamiyat oʻz konsultantlariga zarur ishonchni bildirishi mumkin. Halollik Har doim buyurtmachining qonuniy manfaatlarini koʻzlab ish yuritadi hamda barcha xizmatlarni halollik va sadoqat bilan bajaradi. Xolislik Kasbiy maslahat, xulosa yoki qarorlar berishda xolis boʻladi; Buyurtmachiga xizmat koʻrsatish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan manfaatlar toʻqnashuvi haqida oldindan xabar beradi; Mustaqil fikr bildirishga putur yetkazadigan har qanday haq toʻlovini qabul qilmaydi. Boshqalarga nisbatan adolatli munosabat - “Sifatga asoslangan tanlov” (QBS — Quality-Based Selection) tamoyilini targʻib qiladi; - Boshqalarning obroʻsi yoki ish faoliyatiga beparvolik bilan yoki ataylab zarar yetkazmaydi; - Muayyan ish boʻyicha allaqachon tayinlangan boshqa muhandis-konsultantning oʻrnini bevosita yoki bilvosita egallashga harakat qilmaydi; - Boshqa muhandis-konsultantning ishini egallashdan oldin, u muhandis-konsultantni xabardor qilmasdan va buyurtmachi tomonidan yozma ravishda oldingi tayinlov bekor qilingani haqida bildirish olinmasdan ishni qabul qilmaydi; - Boshqa muhandis-konsultantning ishini koʻrib chiqish soʻralganda, kasbga xos xulq-atvor va odob meʻyorlariga rioya qiladi. Korruptsiyaga qarshi toqatsizlik Quyidagi holatlarda toʻlov yoki mukofotning hech qanday shaklini taklif qilmaydi va qabul qilmaydi: a) muhandis-konsultantlar yoki ularning buyurtmachilari tanlovi yoki ularga haq toʻlash jarayoniga taʻsir oʻtkazishga urinish sifatida; b) muhandis-konsultantning xolis qaroriga taʻsir koʻrsatish maqsadida. Har qanday xizmat koʻrsatish yoki qurilish boʻyicha tuzilgan shartnoma ijrosi yuzasidan tergov olib borayotgan qonuniy tashkil etilgan organlar bilan toʻliq hamkorlik qiladi. https://t.me/yolsoz

Open in Telegram
Views452−6%vs avg
Forwards—
Reactions4
Comments—
#9018Photo
Views523+9%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—
#9016Photo
Views437−9%vs avg
Forwards—
Reactions5
Comments—

All posts

Connections