Переслано из YO‘LSOZ (Дорожник)
“Qurilishda qiymat injiniringi asoslari”. Oʻquv qoʻllanma I.O.Karimov TAQI, T.:2021, 197 bet. https://t.me/yolsoz
Открыть в Telegram
Bu kanal obunachilarni sohaga oid qonunchilik hujjatlari, meʼyoriy standart hujjatlar, soha olimlari va mutaxassislarning fikrlari, ilmiy tadqiqot, oʻquv-uslubiy ishlar hamda sohadagi muhim yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida faoliyat koʻrsatmoqda
По дню публикации
| Дата | Просмотров на пост |
|---|---|
| 21 нояб. 2026 г. | 610 |
| 23 нояб. 2026 г. | 805 |
| 24 нояб. 2026 г. | 462 |
| 25 нояб. 2026 г. | 403 |
| 26 нояб. 2026 г. | 76 |
Переслано из YO‘LSOZ (Дорожник)
“Qurilishda qiymat injiniringi asoslari”. Oʻquv qoʻllanma I.O.Karimov TAQI, T.:2021, 197 bet. https://t.me/yolsoz
Открыть в TelegramПереслано из YO‘LSOZ (Дорожник)
❓SAVOL: Maʼlumki, GOST 26633 boʻyicha yoʻl va aerodrom qoplamalari betoni tarkibiga plastiklovchi qoʻshimchalar bilan birga havo tortuvchi (Vozduxovovlekayuщыe) yoki gaz hosil qiluvchi kimyoviy qoʻshimchalarni qoʻshish kerak deb qatʼiy belgilangan. Ilmiy nazariyalarda ham yoʻl betoni tarkibiga havoni tortuvchi kimyoviy qoʻshilmalarni qoʻshsak betonning muzlashga chidamliligining oshishiga sabab boʻladi deyilgan. Nimaning hisobiga muzlashga chidamlilikni yaxshilaydi. ✅JAVOB: Havo tortuvchi qoʻshilmalar beton ichida mayda, bir xil taqsimlangan yopiq havo pufakchalarini hosil qiladi. Shu pufakchalar muzlayotgan suv uchun “bosimni qabul qiluvchi kamera” vazifasini bajaradi. Chunki, beton ichida doimo mayda kapillyar teshikchalarda suv boʻladi. Suv muzlaganda hajmi taxminan 9% ga kengayadi. Bu kengayish ichki bosim hosil qiladi. Agar bu bosim betonning mustahkamlik chegarasidan katta boʻlsa mikroyoriqlar paydo boʻladi. Havo tortuvchi qoʻshilmalar beton qorishmasiga qoʻshilganda 50–300 mikron diametridagi yopiq (bir-biriga ulanmagan) va bir xil taqsimlangan mikro havo pufakchalarini hosil qiladi. Muzlash paytida kapillyardagi suv muzlaydi. Kengaygan suv yaqindagi havo pufakchasiga siljiydi. Keyin hosil boʻlgan gidravlik bosim pufakcha ichiga tushadi. Natijada, beton strukturasi himoyalanadi. Yaʼni havo pufakchalari — “amortizator” vazifasini bajaradi. Nima uchun aynan mayda va yopiq pufakchalar muhim? Agar gʻovaklik katta boʻlsa betonning mustahkamligi tushib ketadi. Gʻovakliklar ulanib ketgan boʻlsa suv toʻplanadi. Shu sababli yoʻl betonlari uchun gʻovakliklar orasidagi masofa ≤ 200 mkm dan kichik boʻlgan mayda va yopiq gʻovakliklar muzlashga chidamlilikda hal qiluvchi parametr hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, havo tortuvchi qoʻshilmalar beton mikrostrukturasida yopiq dispers havo pufakchalar tizimini hosil qilib, muzlash paytida suvning fazaviy kengayishidan kelib chiqadigan gidravlik bosimni kamaytiradi va ichki choʻzilish kuchlanishlarini betonning mustahkamlik chegarasidan past darajada ushlab turadi. 📚Manba: Amirov T. J. Avtomobil yoʻllari va aerodromlar sementbeton qoplamalarini qurish. Oʻquv qoʻllanma – T.: “SANO STANDART”nashriyoti. 2017-y.-256 b. http://t.me/yolsoz
Открыть в Telegram#M39 #Qashqadaryo #jarayon #rekonstruksiya #yolqurilishi #Avtoyolinvest #YangiOzbekiston 🛣 Yangi yoʻllar — yangi imkoniyatlar! Mamlakatimiz yoʻllari kundan-kunga yangilanib, zamonaviy qiyofa kasb etmoqda. Shunday muhim loyihalardan biri — M39 “Olmaota–Bishkek–Toshkent–Shahrisabz–Termiz” xalqaro avtomobil yoʻlining 1255–1315-km oraligʻidagi 60 km qismini rekonstruksiya qilish ishlaridir. 📍 Hudud: Qashqadaryo viloyati, Gʻuzor va Dehqonobod tumanlari ⚡️ Loyiha Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida amalga oshirilmoqda. 🔄 JARAYON: LOT-1 hududida qurilish ishlari qizgʻin pallaga kirgan: ▪️ PK96+00 manzildan boshlab yoʻlning chap tomonida ▪️ yuqori sifatli B30 markali betondan ▪️ 27 sm qalinlikda mustahkam qoplama yotqizilmoqda ✅ Quruvchilarimiz kuz-qish mavsumiga qaramay, har bir metrni sifat va mas’uliyat bilan bunyod etmoqda. ⚠️ Loyiha yakunlangach, bu yoʻl yanada xavfsiz, qulay va uzoq yillar xizmat qiladigan magistralga aylanadi. Bu esa yurtdoshlarimiz safarini yengillashtirib, hududlar oʻrtasidagi aloqani yanada mustahkamlaydi. 🛣 Mustahkam yoʻl — farovon kelajak sari ishonchli qadam! ✅ Telegram |😀 Instagram
Открыть в TelegramПереслано из YO‘LSOZ (Дорожник)
#Qovushqoq bitum markasi qanday aniqlanadi ✅Bitumning qovushqoqligi (yopishqoqligi) penetrometr ignasining botish chuqurligi bilan aniqlanadi. Asbobdagi har bir gradus ignaning bitumga 0,1 mm ga botganligini koʻrsatadi. Qovushqoq bitumlarni markalarga ajratishning asosi 25°C haroratda ignaning botish chuqurligi oraligʻidir. Masalan, BND 40/60 markali bitumlarga 25°C haroratda ignaning botish chuqurligi 40 dan 60 mm-1 gacha boʻlgan bitumlar kiritilishi mumkin. Ignaning kirish chuqurligi penetratsiya deb ham ataladi. https://t.me/yolsoz
Открыть в TelegramПереслано из YO‘LSOZ (Дорожник)
#FIDICning Etika Qoidalari Kodeksi 1913-yilda Butunjahon koʻrgazmalarida mustaqil ekspert-maslahatchilarni izlash natijasida bir qator muhandis-konsultantlar global federatsiya tuzish imkoniyatini muhokama qilish uchun uchrashdilar. Uchrashuv muvaffaqiyatli oʻtdi va 1913-yil 22-iyulda FIDIC — Fédération Internationale des Ingénieurs Conseils (keyinchalik “Xalqaro Muhandis-konsultantlar Federatsiyasi”) ning rasmiy tashkil topishiga olib keldi. FIDIC tomonidan qabul qilingan asosiy tamoyillar quyidagilar edi: Sifat, Halollik va Barqarorlik. Federatsiya yillar davomida bosqichma-bosqich rivojlanib, barcha mintaqalardan aʻzo assotsiatsiyalar orqali oʻz aʻzolari boʻlgan haqiqiy global tashkilotga aylandi. Bugungi kunda, ilgari hech qachon boʻlmaganidek, FIDICning roli muhandislik-konsultantlar sanoati uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. FIDIC nafaqat aʻzo assotsiatsiyalar joylashgan davlatlar nomidan vakillik qiladi, balki bugungi globallashgan dunyoda muhandislik-konsultantlar sohasining ovoziga aylangan. FIDICning Etika Qoidalari Kodeksi-Bu hujjat FIDIC aʻzolari va muhandis-konsultantlar uchun professional axloqiy tamoyillar va meʻyorlarni belgilaydi. Xalqaro Muhandis-Konsultantlar Federatsiyasi (FIDIC) muhandislik sohasi faoliyati jamiyat va atrof-muhitning barqaror rivojlanishiga erishishda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini tan oladi. Toʻlaqonli samaradorlikka erishish uchun, muhandislar doimo oʻz bilim va koʻnikmalarini oshirib borishlari zarur. Shu bilan birga, jamiyat ham ushbu kasb vakillarining halolligiga hurmat bilan qarashi, ularning qarorlariga ishonishi va ularni adolatli ravishda ragʻbatlantirishi zarur. Jamiyat va muhandislik-konsalting sanoatiga boʻlgan masʻuliyat Muhandis-konsultant quyidagilarni bajarishi shart: - Konsalting sanoatining jamiyat oldidagi masʻuliyatini oʻz zimmasiga oladi; - Barqaror rivojlanish tamoyillariga mos keladigan yechimlarni izlaydi; - Har doim konsalting sanoatining qadr-qimmati, obroʻsini va mavqeini himoya qiladi. FIDICning barcha aʻzo assotsiatsiyalari halollik, xolislik, boshqalarga nisbatan adolatli munosabat va korruptsiyaga qarshi toqatsizlik tamoyillarni qoʻllab-quvvatlaydi va ishonadiki, ushbu tamoyillar ularning aʻzolari xulq-atvori uchun asos boʻlishi lozim. Faqat shunda jamiyat oʻz konsultantlariga zarur ishonchni bildirishi mumkin. Halollik Har doim buyurtmachining qonuniy manfaatlarini koʻzlab ish yuritadi hamda barcha xizmatlarni halollik va sadoqat bilan bajaradi. Xolislik Kasbiy maslahat, xulosa yoki qarorlar berishda xolis boʻladi; Buyurtmachiga xizmat koʻrsatish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan manfaatlar toʻqnashuvi haqida oldindan xabar beradi; Mustaqil fikr bildirishga putur yetkazadigan har qanday haq toʻlovini qabul qilmaydi. Boshqalarga nisbatan adolatli munosabat - “Sifatga asoslangan tanlov” (QBS — Quality-Based Selection) tamoyilini targʻib qiladi; - Boshqalarning obroʻsi yoki ish faoliyatiga beparvolik bilan yoki ataylab zarar yetkazmaydi; - Muayyan ish boʻyicha allaqachon tayinlangan boshqa muhandis-konsultantning oʻrnini bevosita yoki bilvosita egallashga harakat qilmaydi; - Boshqa muhandis-konsultantning ishini egallashdan oldin, u muhandis-konsultantni xabardor qilmasdan va buyurtmachi tomonidan yozma ravishda oldingi tayinlov bekor qilingani haqida bildirish olinmasdan ishni qabul qilmaydi; - Boshqa muhandis-konsultantning ishini koʻrib chiqish soʻralganda, kasbga xos xulq-atvor va odob meʻyorlariga rioya qiladi. Korruptsiyaga qarshi toqatsizlik Quyidagi holatlarda toʻlov yoki mukofotning hech qanday shaklini taklif qilmaydi va qabul qilmaydi: a) muhandis-konsultantlar yoki ularning buyurtmachilari tanlovi yoki ularga haq toʻlash jarayoniga taʻsir oʻtkazishga urinish sifatida; b) muhandis-konsultantning xolis qaroriga taʻsir koʻrsatish maqsadida. Har qanday xizmat koʻrsatish yoki qurilish boʻyicha tuzilgan shartnoma ijrosi yuzasidan tergov olib borayotgan qonuniy tashkil etilgan organlar bilan toʻliq hamkorlik qiladi. https://t.me/yolsoz
Открыть в Telegram#Taqdimot #Multfilm 🛣Yo‘l buzilishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatishini bilasizmi? ☄️ Ushbu multfilm ana shu savolga javob beradi. ✅Telegram | ✅Facebook |📹You Tube |🌐 Website |▪️ Instagram
Открыть в TelegramПереслано из YO‘LSOZ (Дорожник)
✔️Ўзбекистон собиқ иттифоқ Республикалари орасида V- йўл иқлим минтақасига киритилган. ✅Бугунги кунда амалда бўлган меъёрий ҳужжат ШНҚ 2.05.02-23 бўйича Республикамизнинг ҳудуди ҳам 4 та йўл иқлим минтақасига ажратилган. Ҳар бир йўл иқлим минтақаси учун алоҳида лойиҳавий ва техник талаблар белгиланади. МДҲ давлатлари учун чиқарилган айрим Давлатлараро стандартларни қўллашда ҳам бунга эътибор бериш керак. 📍Мисол учун биз ГОСТ 9128-2013 бўйича асфальтбетонга талабларни белгилаётганимизда V -йўл иқлим минтақаси учун қўйилган талабларни олишимиз керак бўлади. ⚡️Шунинг учун айримлар ШНҚ ва ГОСТ даги талабларни танлашда чалкашади https://t.me/yolsoz
Открыть в Telegram#Axborot24 | 21.11.2026 Qiyosiy tahlil: Ilm-fan sohasida ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishda erishilgan yutuqlar mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | X (twitter)
Открыть в Telegram🧪QURILISH LABORATORIYALARI UCHUN ONLAYN RESURS! 🔂Qurilish laboratoriyalarida faoliyat yurituvchi mutaxassislar, laborantlar va talabalar uchun civilab.uz platformasi ishga tushirildi. 📌 Platformada: 🔂 GOST, ASTM va EN standartlari asosida 135 ta sinov usuli; 🔂 Sinov natijalarini qadam-baqadam hisoblaydigan onlayn kalkulyatorlar; 🔂 Ruscha-o‘zbekcha texnik atamalar lug‘ati; 🔂 Laboratoriya sinovlarini o‘rganish va laborantlarga amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatish uchun qulay imkoniyatlar mavjud. 🎓 Ushbu platforma qurilish materiallari sifatini nazorat qilish, laboratoriya sinovlarini o‘rganish hamda amaliy bilimlarni mustahkamlashda foydali manba bo‘lib xizmat qiladi. 🌐 Platformadan bepul foydalaning: 👉 https://civilab.uz/?utm_source=tg-GURUH Biz bir oilamiz va birgalikda yuksalamiz 🚀Telegram 📷Instagram
Открыть в Telegram✅🇺🇿«YOʻLSOZLIK SOLNOMASI: BIR ASR. BIR SOHA - AVLODLAR VORISIYLIGI» ✅«ЛЕТОПИСЬ ДОРОЖНОГО СТРОИТЕЛЬСТВА: ОДИН ВЕК. ОДНА ОТРАСЛЬ — ПРЕЕМСТВЕННОСТЬ ПОКОЛЕНИЙ». https://t.me/yolsoz
Открыть в Telegram
Bezmakler Kvartira | Uy joy sotish va arendaga berish@bezmakler_kvartiraИнтерьер и строительство2,16 тыс.
ДОМА | КОТТЕДЖИ | УЧАСТКИ@timurnewlifeforyouИнтерьер и строительство2,29 тыс.
Do’mbirobod City@dombirobod_cityuzИнтерьер и строительство2,3 тыс.
IMZO@imzo_officialИнтерьер и строительство2,31 тыс.
Namangan BIZNES MULKLARI/Комерческая недвижимость@namanganbiznesmulklariИнтерьер и строительство2,13 тыс.
Қўқон уй - жой савдоси@quqon_uy_joy_savdosiИнтерьер и строительство2,33 тыс.
GO’ZAL PARDALAR QIROLICHASI@gozal_pardalariiИнтерьер и строительство2,35 тыс.
Юнусабад|Продажа квартир(uybozor)@megakvrtirИнтерьер и строительство2,09 тыс.
Avtomobil yo'llari qo'mitasi@avtoyulqumita1 упоминание
O’ZBEKISTON 24 ǀ RASMIY@uzbekistan24_tvnews1 упоминание