— Kitob — bu shunchaki sahifalar jamlanmasi emas. U insonning dunyoqarashini kengaytiradigan, fikrini teranlashtiradigan va kelajagini shakllantiradigan eng ishonchli hamrohdir. "Yangi kitob" esa ana shu hamrohni yangi avlod bilan bog‘laydigan ko‘prikdir. ✍️ Ulug'bek Qobiljonov ("Yangi kitob" loyihasi koordinatori) Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X
Open in Telegram
Yangi Kitob
📚Kitoblarni mashhur qilamiz! • har oy yangi kitoblar taqdimoti • kitobxonlar davrasi • muallif va tarjimonlar bilan uchrashuvlar
Latest posts
Aziz kitobxon yoshlar! Yoshlar ishlari agentligida “Tashabbuslar marafoni” doirasida 2-iyun kuni soat 11:00 da “Kitob Hashar” tashkil etilmoqda. “1000 kitob” loyihasi doirasida chop etilgan navbatdagi 20 ta kitob hududlarga yo‘l olish arafasida. Bu galgi to‘plamdan Mark Avreliyning “O‘zimga o‘gitlar”idan tortib, ilmiy kitoblar bo‘yicha “Aventis” mukofotiga sazovor bo‘lgan “Deyarli hamma narsaning qisqacha tarixi”gacha mashhur asarlar o‘rin olgan. Hashar davomida tarjimonlar va ekspertlar bilan uchrashib, yangi nashrlar va ularning yaratilish jarayoni haqida suhbatlashish imkoniga ham ega bo‘lasiz. Jahon durdonalarining yanada ko‘proq kitobxonlarga yetib borishiga hissa qo‘shing. “Kitob Hashar”da kutamiz! Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Open in TelegramAziz kitobxonlar! “Yangi kitob” loyihasi jamoasi sizlarni muborak Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy tabriklaydi! Ushbu qutlug‘ ayyom xonadoningizga tinchlik, fayz-u baraka, qalbingizga mehr va xotirjamlik olib kirsin. Yaxshilik, saxovat va ezgulik kabi ulug‘ qadriyatlar hayotingizda doimo hamroh bo‘lsin. 📚 Ilmga, mutolaaga va ma’naviyatga bo‘lgan intilishlaringiz yanada ziyoda bo‘lishini tilab qolamiz. Qurbon hayiti muborak bo‘lsin! 🔍Bizni kuzatib boring: Instagram | Telegram
Open in Telegram😊 “Yangi Kitob” jamoasi siz tomon yoʻlga chiqmoqda! 🇺🇿 Yoshlar oyligi doirasida barcha hududlarda “Tashabbuslar marafoni”ga start berilmoqda. Marafon tadbirkorlik, kitobxonlik, volontyorlik, xorijiy tillarni ommalashtirish, madaniyat va san’at, sun’iy intellekt va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi. 🤝 Ushbu marafon doirasida “Yangi Kitob” jamoasi ham barcha hududlarda kitobxonlik viktorinalari, yozuvchilar bilan uchrashuvlar, kitobxonlik loyihalari taqdimoti, she’riyat kechalarini tashkil qiladi! Har bir viloyatda bilimga chanqoq yoshlar, yangi imkoniyat va unutilmas uchrashuvlar bir nuqtada jamlanadi! 👇 Ro’yxatdan o’tish uchun: yoshlar.gov.uz
Open in Telegram📚 14-may kuni kitobsevarlar uchun unutilmas uchrashuv bo‘lib o‘tdi! Bolalarning sevimli yozuvchilaridan biri — Sa’dullo Quronov bilan bo‘lgan ijodiy uchrashuvda ishtirokchilar nafaqat yangi kitoblarni xarid qilishdi, balki muallifdan shaxsan dastxat olish imkoniga ham ega bo‘lishdi. Tadbir davomida yozuvchi o‘z ijodi, bolalar adabiyotining bugungi ahamiyati hamda “Galaktikada bir kun” asarining yaratilish jarayoni haqida samimiy fikrlarini bildirib o‘tdi. Ilmiy-fantastik ruhdagi ushbu asar bugungi yosh kitobxonlarning eng sevimli kitoblaridan biriga aylanganini ko‘rish esa barchaga alohida quvonch bag‘ishladi. Quyida uchrashuvdan video lavhani tomosha qilishingiz mumkin!
Open in TelegramConnections
Similar channels
Baxtiyor Abduğafur@baxtiyor_abdugafurBooks2.32K
Adab Nashr@adabnashrBooks2.4K
acdflibrary@acdflibrary_officialBooks2.48K
Hid Gallyutsinatsiyasi@tillanisoenBooks2.08K
Nigora Hasanova blogi@nigorabookloverBooks3.44K
Sanjar Nazar@sanjarnazarBooks1.4K
Afif Books | Qo’qon@afifbooks_uzBooks1.29K
UCHQUN - Kitobxonlik loyihasi@uchqun_kitobxonBooks1.19K