Account
KIMYO | A+

KIMYO | A+

Mutaxassis : Islom XOMIDOV ● Milliy sertifikat A+ (100 %) ● 8 Yillik tajriba ● 700 + Natija OFFLINE va ONLINE darslar ■ Sertifikat, Abituriyent va turli imtihonlarga tayyorlov

Username
@xomidov_kimyo
Category
Education
Country
UzbekistanUzbekistan
Subscribers3,463
Avg views per post, 7d339last 7 days
ERR9.79%last 7 days

Latest posts

#8442Text

Umumta’lim fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha ma’lumot 📆 Ma’lumki, 2026-yil 23-, 24-, 25-, 26- va 31-oktabr kunlari ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazilgan edi. 🔰 Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga muvofiq test natijalari ular yakunlangan kundan boshlab 21 ish kunidan kechikmay xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanadi va e’lon qilinadi. 📝 Unga ko‘ra imtihon natijalari noyabr oyining oxirida e’lon qilinishi kerak bo‘lsa-da, talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida natijalarni ertaroq e’lon qilish va shundan so‘ng navbatdagi imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatga olishni boshlash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. 🌎 2026-yil 23-, 24-, 25-, 26- va 31-oktabr kunlari ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari natijalari kun yakuniga qadar my.gov.uz saytida e’lon qilinadi. 📱 Ushbu fanlardan navbatdagi imtihonda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 21-noyabrdan 4-dekabrga qadar my.gov.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishi va 5-dekabr kuniga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. 📌 2026-yilning 2-yarmida imtihon o‘tkaziladigan sanalarni oldindan aniq belgilash va imtihonlarni sifatli tashkil etish maqsadida hududlar bo‘yicha oʻtirish oʻrinlari sonini belgilash va shundan kelib chiqqan holda talabgorlarni ro‘yxatga olish belgilangan edi. ✅ Lekin ushbu holat ko‘pchilik tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinayotgani sababli navbatdagi milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish o‘rinlar soni belgilanmagan holda amalga oshirilishi belgilandi. ❕ Shu sababli imtihonlar qaysi sanada o‘tkazilishi talabgorlarni ro‘yxatga olish yakunlangandan so‘ng ularning soni va hududlar kesimidagi taqsimotidan kelib chiqqan holda belgilanadi va imtihon boshlanishidan 7 kun oldin e’lon qilinadi. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Open in Telegram
Views3390%vs avg
Forwards—
Reactions4
Comments—
#8434Photo
Views885+161%vs avg
Forwards—
Reactions4
Comments—
#8419Video
Views941+178%vs avg
Forwards—
Reactions10
Comments—
#8413Text

Qiynalamman deyabdi... Bugun o'quvchilardagi bir holat bo'yicha yozmoqchiman - Man yaxshi o'qimayotgan, KIMYO ni o'zlashtirishi sust bo'lgan bollarni Ota - onalari bilan majlis yoki suhbat o'tkazsam, ularning ko'pchiligi aytadigan gap : bolam Kimyoga qiynalamman deb aytabdi deyishadi. Imtihonlardan keyin ham guruhda bazi yaxshi o'qimaydigan bollar ham shu gapni aytishadi... - Eng yomoni Ota - onalar orasida ham bu tabiiy hol ekanini tushuntirmay shunaqa deguvchilarni darrov qo'llaydiganlari topiladi. Bunday o'quvchilarning katta qismiga- qanaqa tartibda ishlab ko'rsangiz ham fanga qiziqtirasmi, dars uslubizni almashtirasizmi, qo'shimcha ishlaysizmi foyda bermaydi. NEGA -? sabab VRACH bo'lishni istayman deyishadi lekin gapi qiynalamman deb qutilish. Bunaqa gaplar- shunchaki quruqqa BAHONA. - Nima sizga ILM OLISH OSONMI-? Qaysidir sohaning shifokori bo'lib chiqish oson ish deb o'ylaysizmi-? Buni uchun juda ko'p MEHNAT, QIYINCHILIKLAR bo'lishi kerak.. - Endi fikrimni aytadigan bo'lsam siz qaysi sohani o'rganmoqchi bo'lsangiz ham albatta QIYNALIB ilm olishingiz kerak. Ilm olish HECH QACHON OSON bo'lmaydi. Aslida ham nimadir o'rganayotgan odam yangi sohaga kirib kelganda qiynalayotgan bo'lsa demak o'sayabdi, oz ozdan bo'lsa ham o'rganabdi degani. Chunki hech narsa qilmaydigan odam - qiynalmaydi. Siz uchun YECHIM : agar maqsadiz jiddiy bo'lsa shu qiyinchiliklarni Zavqqa almashtirib tinmay harakat qilishdir. Endi abituriyentlarga umumiy qilib shuni aytmoqchimanki bunaqa gaplar bilan o'zizni aldayotgan bo'lsangiz, hech narsaga erishmaysiz. Boshqa sohaga o'tib ham 2 oydan keyin uni ham QIYIN ekan deb o'tiraverasiz. Agar BAHONACHI bo'lmasangiz mehnat qilib orzuyizga erishing ! Bahona qilib yuraveraman desangiz oq yo'l ...

Open in Telegram
Views622+83%vs avg
Forwards—
Reactions14
Comments—

All posts

Connections