Posts of I got a bad idea🚬
Forwarded from Nurali Qahramon (23+)
Uch uzuk arsh ko‘lankasi hukmronlari elflarga, Yettitasi tog‘ voliylari bo‘Imish gnomlarga, Toʻqqiztasi esa foniylar deb atalmish banibasharga, Bitta – yagona uzuk soyalar yastangan Mordor o‘Ikasi hukmdori – Sohibig‘azab Qora Lordga bagʻishlanadi. Barchasini boshgaruvchi YAGONA UZUK Barchasidan boxabar YAGONA UZUK Barchani badsohirga bog‘lovchi YAGONA UZUK Soyalar yastangan Mordor yurtida.
Open in TelegramKecha Jizzaxdagi lojada navbatdagi yig‘ilish bo‘lgandi, hammaga shu kitobdan tarqatishdi.
Open in TelegramNegaligini bilmadim, ikki kundan beri faqat Edge of Tomorrow filmini o‘ylab yuribman.
Open in TelegramTelegramda xabarni o‘qilganini ko‘rinmeydigan qilib qo‘yganlar, o‘zilarni tanlangan, avliyo, deb o‘ylaysizlarmi ?
Open in TelegramG‘alati tendensiyani kuzatdim. Fakt emas. Lekin qiziq narsa. Bovommi, bovosini davrida To‘xtasin, O‘lmas, Tursin degan ismlar ko‘p bo‘lgan. Bovomni davrida esa Baxtiyor, Erkin, Ozod. Mani davrimga kelib, ismlar chiroyli bo‘lishiga, jarangiga, ayniqsa ma’nosiga e’tibor qaratila boshlandi. Qizimdan misol. Nima demoqchiman ? Ismlarga qarab bir xalqning nimadan qo‘rqqanini qisman o‘qisa bo‘larkan. Bovomni, bovosini davrida meditsina yaxshi rivojlanmagan, irsiy kasalliklar rivojlangan, chunki qarindoshlar bilan nikoh ko‘p bo‘lgan. Natijada bola nobud bo‘lishi ehtimoli ortgan. Endi ismlarga qarang: To‘xtasin, O‘lmas va hokazo. Bovomni davri esa totalitar tizim eng avjiga chiqqan pallaga to‘g‘ri keladi. Endi qo‘rquv o‘zgargan, ism qo‘yayotganda tirik qolishini emas, qanday yashashini niyat qilishgan. Yana ismlarga qarang: Erkin, Ozod. Xususan bobomni ismi Baxtiyor. Bitta ismni ortida butun bir asrning tibbiyoti, siyosati va umidini ko‘ryapman. Qizimizga ism qo‘yayotganda bunga e‘tibor ham qilmagandik. Yana qaytaraman fakt emas. Shunchaki qiziq.
Open in TelegramAytgancha bugun 11.11 ya’ni 1-1-1-1. Butun dunyo luzerlar, a yo‘q adashib ketdim - bo‘ydoqlar kuni.
Open in TelegramHayotning ma‘nosi nima ? Juda romantizatsiya qilish kerak emas. Ular ham oddiy odamlar kabi gaplashgan bo‘lishardi )
Open in TelegramO‘rta asr odami o‘zini o‘rta asrda yashayapman, deb o‘ylamagan. Unga bu nomni keyinroq Uyg‘onish davri gumanistlari bergan. Davrga nomni doim undan keyin kelgan va o‘zini undan aqlliroq deb bilgan odam qo‘yadi. O‘sha ming yil ichida yashaganlar esa o‘zini eng so‘nggi zamon odami deb bilgan. Modern so‘zi lotin tilida V asr oxiridayoq paydo bo‘lgan, "hozirgina" degan ma’noni bergan. Demak, odamlar bir yarim ming yildan beri o‘z davrini zamonaviy deb atab keladi. Har biri haq bo‘lgan va har biri adashgan. Biz ham kimningdir o‘rta asrimiz, faqat nomimizni hali bilmaymiz. Ba’zan taxmin qilishga urinaman, balki bizni "o‘zi yozgan so‘nggi avlod" deb atashar. Balki umuman kutilmagan narsa uchun eslashar, masalan, hayvon go‘shtini yeganimiz uchun va bundan uyalishar, xuddi biz qulchilikdan uyalganimizdek. Meni ko‘proq boshqa narsa o‘ylantiradi. Davrni belgilaydigan voqeani zamondoshlar odatda payqamaydi. 1453-yilda butun Yevropa Konstantinopolning qulashini gapirgan. Xuddi o‘sha yillari Mayns shahrida bir usta bosma dastgohda kitob chop etayotgan edi, bunga deyarli hech kim ahamiyat bermagan. Besh asrdan keyin ma’lum bo‘ldiki, dunyoni o‘sha dastgoh o‘zgartirgan. Aytmoqchimanki, bugun bizga eng muhim tuyulayotgan narsalar, saylovlar, kurslar, kim kimni nima degani, keying yillardagi darsliklarda bitta abzasga ham sig‘masligi mumkin. Qizim shu yil tug‘ildi. Omadi kelsa, 2100-yilni ko‘radi. Bizning davrga nom qo‘yadiganlar orasida u ham bo‘ladi. Nabiralariga katta bobong o‘sha g‘alati zamonda yashagan, deb aytib berar, ular esa biz nimalarga ishonganimizni eshitib kulishar.
Open in TelegramGPTga rasm tashlab, qiziqishlarimga moslab xonani jihozla degandim, o‘zimni kutubxonamni chiqarib berdi ) Shunaqa tasavvur qivalorish.
Open in Telegram