Кабинет

Посты канала I got a bad idea🚬

сначала новые

#5400Фото
Просмотры1 230−57%к среднему
Пересылки—
Реакции44
Комментарии—
#5387Фото
Просмотры2 970+3%к среднему
Пересылки—
Реакции124
Комментарии—
#5386Текст
Просмотры2 840−1%к среднему
Пересылки—
Реакции107
Комментарии—
#5385Фото
Просмотры2 700−6%к среднему
Пересылки—
Реакции77
Комментарии—
#5382Текст

O‘rta asr odami o‘zini o‘rta asrda yashayapman, deb o‘ylamagan. Unga bu nomni keyinroq Uyg‘onish davri gumanistlari bergan. Davrga nomni doim undan keyin kelgan va o‘zini undan aqlliroq deb bilgan odam qo‘yadi. O‘sha ming yil ichida yashaganlar esa o‘zini eng so‘nggi zamon odami deb bilgan. Modern so‘zi lotin tilida V asr oxiridayoq paydo bo‘lgan, "hozirgina" degan ma’noni bergan. Demak, odamlar bir yarim ming yildan beri o‘z davrini zamonaviy deb atab keladi. Har biri haq bo‘lgan va har biri adashgan. Biz ham kimningdir o‘rta asrimiz, faqat nomimizni hali bilmaymiz. Ba’zan taxmin qilishga urinaman, balki bizni "o‘zi yozgan so‘nggi avlod" deb atashar. Balki umuman kutilmagan narsa uchun eslashar, masalan, hayvon go‘shtini yeganimiz uchun va bundan uyalishar, xuddi biz qulchilikdan uyalganimizdek. Meni ko‘proq boshqa narsa o‘ylantiradi. Davrni belgilaydigan voqeani zamondoshlar odatda payqamaydi. 1453-yilda butun Yevropa Konstantinopolning qulashini gapirgan. Xuddi o‘sha yillari Mayns shahrida bir usta bosma dastgohda kitob chop etayotgan edi, bunga deyarli hech kim ahamiyat bermagan. Besh asrdan keyin ma’lum bo‘ldiki, dunyoni o‘sha dastgoh o‘zgartirgan. Aytmoqchimanki, bugun bizga eng muhim tuyulayotgan narsalar, saylovlar, kurslar, kim kimni nima degani, keying yillardagi darsliklarda bitta abzasga ham sig‘masligi mumkin. Qizim shu yil tug‘ildi. Omadi kelsa, 2100-yilni ko‘radi. Bizning davrga nom qo‘yadiganlar orasida u ham bo‘ladi. Nabiralariga katta bobong o‘sha g‘alati zamonda yashagan, deb aytib berar, ular esa biz nimalarga ishonganimizni eshitib kulishar.

Открыть в Telegram
Просмотры3 160+10%к среднему
Пересылки—
Реакции101
Комментарии—