Account

Posts of ONA TILI VA ADABIYOT

newest first

#17614Text

Umumta’lim fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha ma’lumot 📆 Ma’lumki, 2026-yil 23-, 24-, 25-, 26- va 31-oktabr kunlari ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazilgan edi. 🔰 Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga muvofiq test natijalari ular yakunlangan kundan boshlab 21 ish kunidan kechikmay xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanadi va e’lon qilinadi. 📝 Unga ko‘ra imtihon natijalari noyabr oyining oxirida e’lon qilinishi kerak bo‘lsa-da, talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida natijalarni ertaroq e’lon qilish va shundan so‘ng navbatdagi imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatga olishni boshlash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. 🌎 2026-yil 23-, 24-, 25-, 26- va 31-oktabr kunlari ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari natijalari kun yakuniga qadar my.gov.uz saytida e’lon qilinadi. 📱 Ushbu fanlardan navbatdagi imtihonda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 21-noyabrdan 4-dekabrga qadar my.gov.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishi va 5-dekabr kuniga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. 📌 2026-yilning 2-yarmida imtihon o‘tkaziladigan sanalarni oldindan aniq belgilash va imtihonlarni sifatli tashkil etish maqsadida hududlar bo‘yicha oʻtirish oʻrinlari sonini belgilash va shundan kelib chiqqan holda talabgorlarni ro‘yxatga olish belgilangan edi. ✅ Lekin ushbu holat ko‘pchilik tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinayotgani sababli navbatdagi milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish o‘rinlar soni belgilanmagan holda amalga oshirilishi belgilandi. ❕ Shu sababli imtihonlar qaysi sanada o‘tkazilishi talabgorlarni ro‘yxatga olish yakunlangandan so‘ng ularning soni va hududlar kesimidagi taqsimotidan kelib chiqqan holda belgilanadi va imtihon boshlanishidan 7 kun oldin e’lon qilinadi. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Open in Telegram
Views609−10%vs avg
Forwards—
Reactions4
Comments—
#17611Text

24.10.2026 1-smena to’liq javobi 1. E’tiqdodli, … xashaki 2. qanchadan qancha, lolarang, moviy rang 3. Pereplyot — muqovolash 4. O’xshashlik asosida ko’chgan (tutzorga uchar edi) 5. Qasoschi(kor) — so’z yasovchi 6. Havoga sochish (havoga sovurish) 7.  1) Sifat yasovchilar ot asoslarga 2) Fe’l yasovchudan keyin shakl yasovchi 3) ko’makchiga kelishik Javob: 3 tasi 8. 1) Aniq nisbatdagi kfsq bor 2) barcha fe’llar bo’lishli Javob: 2 ta 9. Shu jumladan — nazardan tutilganlarning ichida 10. Haq evaziga —- o’tkazilishi mumkin 11. Sadoqati bois —- kesim sabab — kesimga tobe 12. Bir kuni dan keyin vergul xato 13. Sun’iy to’siq… 14. Totalitar tuzum 15. ….. 16. O’liman qamoq jazosi ustun — bunaqa xulosa chiqmaydi 17. Tulki (soxtalik…) 18. Tug’ilgach dastlab suvda hayot kechiradi 19. Ninachi qishloq xo’jaligiga zarar yetkazadi 20. Ninachi lichinkalari ham yirtqich 21. Ninachilar moslashuvchan 22. aniqmas… (menimcha 3) 23. Shifokorlar tanqid qilingan 24. Samimiyatga muhtoj… (menimcha) 25. So’z san’ati asl mohiyatini tushunmaydigan 26. Tabiatning qudrati oldida ojiz 27. Operatsiya muqarrar, Astroid ham muqarrar (A edi) 28. Shoirona dalillash badiiy bo’yoqdorlik 29. …. 30. Quyoshning nur ichidaligi 31. Butun koinot ojiz 32. Kezayotgan bulut 33. Undalma (Ey qish) 34. Kirish gap 35. Kech. Atov gap 36. taomil — tasvir — urf = RASM 37. Marv:Nishopur —- Xato : to’g’ri — 38. Vazifasidir / Ma’rifatparvar bo’lishi ham mumkin. 39. Adashmasam, 1979-yilning yozi 40. a) Yashamoq uchun b) nimanidir 41. a) chunki b) sabab-oqibat 42. a) tajohuli orif b) ritorik so’roq gap 43. a) m b) mutlaq 44. a) tuyuq b) jon onadin / jononadin @tilshunos_yoshlar @uztilim

Open in Telegram
Views1,910+182%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—
#17605Text
Views2,050+202%vs avg
Forwards—
Reactions16
Comments—
#17604Photo
Views2,240+230%vs avg
Forwards—
Reactions5
Comments—
#17603Photo
Views2,090+208%vs avg
Forwards—
Reactions15
Comments—
#17602Text
Views1,710+152%vs avg
Forwards—
Reactions6
Comments—
#17594Text

🌟 YO‘L-YO‘L POYJOMA KIYGAN BOLAKAY — QAHRAMONLAR, FOJIA VA G‘OYA Jon Boynning “Yo‘l-yo‘l poyjoma kiygan bolakay” romani Ikkinchi jahon urushi davridagi Holokost fojiasini ikki bola do‘stligi orqali tasvirlaydi. Asar urushni kattalar emas, begunoh bolalar ko‘zi bilan ko‘rsatadi. 🔥ASARNING MARKAZIY QAHRAMONLARI 🟢Bruno  9 yoshli nemis bola. Juda qiziquvchan, sodda va beg‘ubor. U urush, siyosat va lager nima ekanini tushunmaydi. Dunyo uning ko‘zida sarguzasht va o‘yinlarga to‘la. Bruno orqali muallif urushning haqiqiy dahshatini bolalik beg‘uborligi fonida ko‘rsatadi. U insonlarni millatiga qarab ajratmaydi, do‘stlikni hamma narsadan ustun qo‘yadi. 🟢Shmuel  Yahudiy bola, konslager mahbusi. Bruno bilan tengdosh. Ochlik, qo‘rquv va xo‘rlik ichida yashaydi. U Brunoning mutlaqo aksi bo‘lgan hayot kechiradi. Shmuel obrazi Holokost qurbonlari timsolidir. U sokin, muloyim va juda sabrli. 🟢Ralf (Brunoning otasi)  Natsist ofitser, lager boshlig‘i. U davlat buyruqlarini bajarishni burch deb biladi. Oilasiga mehribon ota bo‘lsa-da, uning lavozimi minglab begunoh insonlar o‘limiga sabab bo‘ladi. Bu obraz orqali “buyruq bajaruvchi inson” fojeasi ko‘rsatiladi. 🟢Elsa (onasi)  Brunoning onasi. Avval erining ishidan faxrlanadi, lekin vaqt o‘tishi bilan lager dahshatini tushunib boradi. Uning ichki iztirobi asarning muhim psixologik qatlamini ochadi. 🟢Gretel  Brunoning opasi. Propaganda ta’siriga tushgan yosh avlod timsoli. Avval oddiy qiz bo‘lsa-da, keyinchalik natsist g‘oyalariga ishonib qoladi. 🟢Pavel  Sobiq shifokor, lager mahbusi. Endi oddiy xizmatkor sifatida ishlashga majbur. Uning obrazi urush insonni qanday xo‘rlashini ko‘rsatadi. 🟢Kotler leytenant  Shafqatsiz harbiy. Natsist tizimining zo‘ravon yuzini ifodalaydi. Uning harakatlari lagerdagi qo‘rquv muhitini kuchaytiradi. 📖 VOQEALAR RIVOJI ⚫️Berlin → Lager Bruno otasining yangi lavozimi sabab oilasi bilan lager yonidagi uyga ko‘chadi. U zerikadi va yangi do‘st topishni istaydi. ⚫️Panjara ortidagi “ferma” Derazadan Bruno uzoqda odamlar yashayotgan joyni ko‘radi. U buni ferma deb o‘ylaydi. Aslida bu — konslager edi. ⚫️Shmuel bilan uchrashuv Bruno panjara yonida Shmuelni uchratadi. Ular har kuni uchrashib, suhbatlashadigan do‘stlarga aylanadi. ⚫️Ikki dunyo qarama-qarshiligi — Bruno yaxshi ovqat yeydi  — Shmuel och qoladi  — Bruno erkin  — Shmuel qamalgan  Lekin ular buni tushunmaydi. Ular faqat do‘st. ⚫️Pavel fojeasi Pavel Brunoga yordam beradi, lekin leytenant tomonidan kaltaklanadi. Bruno ilk bor shafqatsizlikni ko‘radi. ⚫️Ko‘chib ketish qarori Onasi lager dahshatini tushunib, ko‘chib ketmoqchi bo‘ladi. Bruno Shmuel bilan xayrlashishdan oldin uni topishga yordam berishga qaror qiladi. ⚫️Eng dahshatli qaror Bruno lager kiyimini kiyib panjara ostidan o‘tadi. U do‘stini yolg‘iz qoldirmoqchi emas. ⚫️FOJIA Ikki bola gaz kamerasiga olib kiriladi. Ular qo‘l ushlashib turadi. Va birga halok bo‘ladi. 💡ASARNING ASOSIY G‘OYASI — urush begunohlarni o‘ldiradi  — nafrat bolalikka qarshi jinoyatdir  — insoniylik chegarasiz bo‘lishi kerak  ‼️XULOSA Bu roman urush haqida emas.  Bu roman insoniyat yo‘qotgan bolalik haqida.

Open in Telegram
Views2,050+202%vs avg
Forwards—
Reactions17
Comments—