Umumta’lim fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha ma’lumot 📆 Ma’lumki, 2026-yil 23-, 24-, 25-, 26- va 31-oktabr kunlari ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazilgan edi. 🔰 Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga muvofiq test natijalari ular yakunlangan kundan boshlab 21 ish kunidan kechikmay xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanadi va e’lon qilinadi. 📝 Unga ko‘ra imtihon natijalari noyabr oyining oxirida e’lon qilinishi kerak bo‘lsa-da, talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida natijalarni ertaroq e’lon qilish va shundan so‘ng navbatdagi imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatga olishni boshlash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. 🌎 2026-yil 23-, 24-, 25-, 26- va 31-oktabr kunlari ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari natijalari kun yakuniga qadar my.gov.uz saytida e’lon qilinadi. 📱 Ushbu fanlardan navbatdagi imtihonda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 21-noyabrdan 4-dekabrga qadar my.gov.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishi va 5-dekabr kuniga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. 📌 2026-yilning 2-yarmida imtihon o‘tkaziladigan sanalarni oldindan aniq belgilash va imtihonlarni sifatli tashkil etish maqsadida hududlar bo‘yicha oʻtirish oʻrinlari sonini belgilash va shundan kelib chiqqan holda talabgorlarni ro‘yxatga olish belgilangan edi. ✅ Lekin ushbu holat ko‘pchilik tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinayotgani sababli navbatdagi milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish o‘rinlar soni belgilanmagan holda amalga oshirilishi belgilandi. ❕ Shu sababli imtihonlar qaysi sanada o‘tkazilishi talabgorlarni ro‘yxatga olish yakunlangandan so‘ng ularning soni va hududlar kesimidagi taqsimotidan kelib chiqqan holda belgilanadi va imtihon boshlanishidan 7 kun oldin e’lon qilinadi. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Открыть в TelegramПосты канала ONA TILI VA ADABIYOT
Переслано из Mavlon Burxanov
@milliysertifikatmavlon Hamma a'zo bo'lsin. Maksimal tarqatinglar.
Открыть в Telegram24. 10. 2026. 2-smena esse mavzusi: Ayrimlar muvaffaqiyatga erishish uchun tinimsiz harakat qilish lozim deb hisoblasa, ba'zilar tanaffussiz mehnat qilish natijaga erishishning asosiy omili emas ekanligini ta'kidlaydi. @tilshunos_yoshlar @uztilim
Открыть в Telegram24.10.2026 1-smena to’liq javobi 1. E’tiqdodli, … xashaki 2. qanchadan qancha, lolarang, moviy rang 3. Pereplyot — muqovolash 4. O’xshashlik asosida ko’chgan (tutzorga uchar edi) 5. Qasoschi(kor) — so’z yasovchi 6. Havoga sochish (havoga sovurish) 7. 1) Sifat yasovchilar ot asoslarga 2) Fe’l yasovchudan keyin shakl yasovchi 3) ko’makchiga kelishik Javob: 3 tasi 8. 1) Aniq nisbatdagi kfsq bor 2) barcha fe’llar bo’lishli Javob: 2 ta 9. Shu jumladan — nazardan tutilganlarning ichida 10. Haq evaziga —- o’tkazilishi mumkin 11. Sadoqati bois —- kesim sabab — kesimga tobe 12. Bir kuni dan keyin vergul xato 13. Sun’iy to’siq… 14. Totalitar tuzum 15. ….. 16. O’liman qamoq jazosi ustun — bunaqa xulosa chiqmaydi 17. Tulki (soxtalik…) 18. Tug’ilgach dastlab suvda hayot kechiradi 19. Ninachi qishloq xo’jaligiga zarar yetkazadi 20. Ninachi lichinkalari ham yirtqich 21. Ninachilar moslashuvchan 22. aniqmas… (menimcha 3) 23. Shifokorlar tanqid qilingan 24. Samimiyatga muhtoj… (menimcha) 25. So’z san’ati asl mohiyatini tushunmaydigan 26. Tabiatning qudrati oldida ojiz 27. Operatsiya muqarrar, Astroid ham muqarrar (A edi) 28. Shoirona dalillash badiiy bo’yoqdorlik 29. …. 30. Quyoshning nur ichidaligi 31. Butun koinot ojiz 32. Kezayotgan bulut 33. Undalma (Ey qish) 34. Kirish gap 35. Kech. Atov gap 36. taomil — tasvir — urf = RASM 37. Marv:Nishopur —- Xato : to’g’ri — 38. Vazifasidir / Ma’rifatparvar bo’lishi ham mumkin. 39. Adashmasam, 1979-yilning yozi 40. a) Yashamoq uchun b) nimanidir 41. a) chunki b) sabab-oqibat 42. a) tajohuli orif b) ritorik so’roq gap 43. a) m b) mutlaq 44. a) tuyuq b) jon onadin / jononadin @tilshunos_yoshlar @uztilim
Открыть в Telegram40. Yanglishish so'zi tobelantirgan so'zni toping A) tobelantirgan: yashamoq uchun B) nimanidir @uztilim @tilshunos_yoshlar
Открыть в Telegram44-savol: Ey qaroqchi koʻzli dilbar, oʻyla bil, Jon ayoman sen kibi jononadin. Husnu lutfu suratu maʼni bila, Tugʻmagay sentek yana jon onadin. a) ushbu she’riy parchaning janrini aniqlang. Javob _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ b) janrni yuzaga keltirgan so’zni aniqlang. Javob _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ @uztilim @tilshunos_yoshlar
Открыть в TelegramXatosini toping. Pereplyot — sahifalash Karta - xarita Defitsit - taqchil Diagnoz - tashxis @tilshunos_yoshlar @uztilim
Открыть в TelegramEsse mavzusi: Ayrimlar bolaga yoshlikdan chet tilini o'rgatish lozim deyishsa, ayrim dastlab o'z ona tilisini mukammal o'rganmog'i lozim deb hisoblashadi. @tilshunos_yoshlar @uztilim
Открыть в Telegram⚡️2026-yilning ikkinchi yarim yilligida ONA TILI VA ADABIYOT (RUS, O`ZBEK, QORAQALPOQ tillarida) fanidan bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari uchun ajratilgan o‘rinlar to‘g‘risida MA’LUMOT @uztilim
Открыть в TelegramHurmatli va qadrli ustoz va murabbiylar !!! Sizlarni bugungi bayramingiz bilan chin qalbimdan tabriklayman! Sizga mustahkam sog'lik, uzoq umr, oilaviy xotirjamlik, baxt va baraka tilayman! Ushbu mashaqqatli va sharafli kasbingizda mehringiz, sabringiz va qimmatli bilimlaringiz uchun doimo minnatdormiz ! Har bir kuningiz quvonchli lahzalarga boy bo'lsin ! shogirdlaringizning yutuqlari esa qalbingizga faxr va baxt olib kelsin! Ilohim, mehnatlaringizning rohatini ko'rib, doimo e’zoz va hurmatda yurish nasib etsin!!! Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar va murabbiylar! Hurmat bilan, @uztilim jamoasi
Открыть в Telegram#Ovozli_chat Milliy sertifikat imtihonlari uchun ro‘yxatdan o‘tishda belgilangan limitlar bo‘yicha ovozli chat 📣 Bugun bo‘lib o‘tishi belgilangan OVOZLI CHAT soat 16:00 da boshlanadi va Bilimni baholash agentligining Telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) orqali o‘tkaziladi. 🎙️ Unda Milliy sertifikat imtihonlari uchun ro‘yxatdan o‘tishda belgilangan limitlarga oid savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob beriladi. 📨 Savollaringizni aniq, qisqa va tushunarli tarzda bu yerda qoldiring. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Открыть в TelegramBizning uzoq kutilgan online kurslarimizga qabul ochildi!!! - Kurs kimlar uchun: • Ona tili va adabiyot fani ustozlari • Boshlang'ich sinf ustozlari • Abituriyеntlar - Kurs tartibi: • Haftasiga 4 kun jonli darslar • Kunlik vazifalar va 100 dan ortiq videodarslar • Haftasiga 2 marta esse yozdirish va tekshirib berish xizmati • Professional ustozlarning doimiy yordami va maslahati - Bonus: • Mock testlar • Mukammal qo'llanmalar • Qo'shimcha jonli darslar - Kursda dars beruvchi ustozlar: Mavlon Burxanov - filolog, 15 yillik tajribaga ega professional ustoz Biloliddin Akbarov - 8 yillik tajribaga ega, BBA maxsus kurslarida malaka oshirgan ustoz Murojaat uchun: @Biloliddin_0209
Открыть в Telegram5. Qaysi gapda qo'shimcha qo'llash bilan bog'liq uslubiy xatolik kuzatilgan? A) Osmon tip-tiniq boʻlgan kunlari tonggi yoki kechki shafaq nurlarida juda yorug' yulduzni ko'rish mumkin. B) Kimsasiz orolga tushib qolgan kishining tabiat kuchlariga qarshi matonat bilan olib borgan kurashi, benihoya mehnatkash, g'ayratli, tadbirkorligi har qanday odamni ham hayratga soladi. C) Ikkinchi jahon urushi davrida uyidan, ota-onasidan ayrilgan ko'p bolalar urush bo'lgan joylardan O'zbekistonga olib kelindi. D) Ular bolalar uyiga yaqinlashib qolishganda dadasining qo'lidan ushlab borayotgan Vitya taqqa to'xtadi. Javobingizni izohlarda yozib qoldiring @uztilim
Открыть в TelegramПереслано из Mavlon Burxanov
Instagrami borlar Like, coment, repost Buncha aktiv past, hurmatli talabalar😁
Открыть в TelegramПереслано из Alisher Qayumov
https://www.instagram.com/reel/DdEepPiNb6Z/?stkn=YWFkZ3RmbnI5Yndx
Открыть в TelegramGap bo'laklari bo'yicha ajoyib videodars !!! Gap bo'laklari mavzusida qiynalib yurgan tanishlarga yuborib qo'ying !!! Bizning manzil: @uztilim
Открыть в TelegramMilliy sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotganlar uchun maxsus. ⚡️⚡️⚡️ Qofiya va raviy mavzusida qiynalib yurgan tanishlarga yuborib qo'ying. 🛫🛫🛫 Reaksiyalarni bosish esdan chiqmasin 👍👍👍 Bizning manzil: @uztilim
Открыть в Telegram🌟 YO‘L-YO‘L POYJOMA KIYGAN BOLAKAY — QAHRAMONLAR, FOJIA VA G‘OYA Jon Boynning “Yo‘l-yo‘l poyjoma kiygan bolakay” romani Ikkinchi jahon urushi davridagi Holokost fojiasini ikki bola do‘stligi orqali tasvirlaydi. Asar urushni kattalar emas, begunoh bolalar ko‘zi bilan ko‘rsatadi. 🔥ASARNING MARKAZIY QAHRAMONLARI 🟢Bruno 9 yoshli nemis bola. Juda qiziquvchan, sodda va beg‘ubor. U urush, siyosat va lager nima ekanini tushunmaydi. Dunyo uning ko‘zida sarguzasht va o‘yinlarga to‘la. Bruno orqali muallif urushning haqiqiy dahshatini bolalik beg‘uborligi fonida ko‘rsatadi. U insonlarni millatiga qarab ajratmaydi, do‘stlikni hamma narsadan ustun qo‘yadi. 🟢Shmuel Yahudiy bola, konslager mahbusi. Bruno bilan tengdosh. Ochlik, qo‘rquv va xo‘rlik ichida yashaydi. U Brunoning mutlaqo aksi bo‘lgan hayot kechiradi. Shmuel obrazi Holokost qurbonlari timsolidir. U sokin, muloyim va juda sabrli. 🟢Ralf (Brunoning otasi) Natsist ofitser, lager boshlig‘i. U davlat buyruqlarini bajarishni burch deb biladi. Oilasiga mehribon ota bo‘lsa-da, uning lavozimi minglab begunoh insonlar o‘limiga sabab bo‘ladi. Bu obraz orqali “buyruq bajaruvchi inson” fojeasi ko‘rsatiladi. 🟢Elsa (onasi) Brunoning onasi. Avval erining ishidan faxrlanadi, lekin vaqt o‘tishi bilan lager dahshatini tushunib boradi. Uning ichki iztirobi asarning muhim psixologik qatlamini ochadi. 🟢Gretel Brunoning opasi. Propaganda ta’siriga tushgan yosh avlod timsoli. Avval oddiy qiz bo‘lsa-da, keyinchalik natsist g‘oyalariga ishonib qoladi. 🟢Pavel Sobiq shifokor, lager mahbusi. Endi oddiy xizmatkor sifatida ishlashga majbur. Uning obrazi urush insonni qanday xo‘rlashini ko‘rsatadi. 🟢Kotler leytenant Shafqatsiz harbiy. Natsist tizimining zo‘ravon yuzini ifodalaydi. Uning harakatlari lagerdagi qo‘rquv muhitini kuchaytiradi. 📖 VOQEALAR RIVOJI ⚫️Berlin → Lager Bruno otasining yangi lavozimi sabab oilasi bilan lager yonidagi uyga ko‘chadi. U zerikadi va yangi do‘st topishni istaydi. ⚫️Panjara ortidagi “ferma” Derazadan Bruno uzoqda odamlar yashayotgan joyni ko‘radi. U buni ferma deb o‘ylaydi. Aslida bu — konslager edi. ⚫️Shmuel bilan uchrashuv Bruno panjara yonida Shmuelni uchratadi. Ular har kuni uchrashib, suhbatlashadigan do‘stlarga aylanadi. ⚫️Ikki dunyo qarama-qarshiligi — Bruno yaxshi ovqat yeydi — Shmuel och qoladi — Bruno erkin — Shmuel qamalgan Lekin ular buni tushunmaydi. Ular faqat do‘st. ⚫️Pavel fojeasi Pavel Brunoga yordam beradi, lekin leytenant tomonidan kaltaklanadi. Bruno ilk bor shafqatsizlikni ko‘radi. ⚫️Ko‘chib ketish qarori Onasi lager dahshatini tushunib, ko‘chib ketmoqchi bo‘ladi. Bruno Shmuel bilan xayrlashishdan oldin uni topishga yordam berishga qaror qiladi. ⚫️Eng dahshatli qaror Bruno lager kiyimini kiyib panjara ostidan o‘tadi. U do‘stini yolg‘iz qoldirmoqchi emas. ⚫️FOJIA Ikki bola gaz kamerasiga olib kiriladi. Ular qo‘l ushlashib turadi. Va birga halok bo‘ladi. 💡ASARNING ASOSIY G‘OYASI — urush begunohlarni o‘ldiradi — nafrat bolalikka qarshi jinoyatdir — insoniylik chegarasiz bo‘lishi kerak ‼️XULOSA Bu roman urush haqida emas. Bu roman insoniyat yo‘qotgan bolalik haqida.
Открыть в Telegram