Account

Posts of Uzbekistan’s club

newest first

#705Video
Views632−4%vs avg
Forwards—
Reactions7
Comments—
#694Photo

Uzbekistan's Club xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining bosh g‘oyasi — iste'dodlar jamiyatini qurish. Shunday ekan, mamlakatda inson kapitalini shakllantirish bo‘yicha muhim muassasa "El-yurt umidi" jamg‘armasi bilan hamkorlikda 29-30-oktyabr kunlari Samarqandda Global Talent Forumni o‘tkazish jamoamiz uchun ahamiyatli qadam bo‘ldi. Registon maydoni yaqinidagi "Do‘stmatboy" madrasasi binosida tashkil etilgan yirik tadbirda 100 nafardan ortiq delegat ishtirok etdi. U AQSh, Yevropa, Osiyo-Tinch Okeani mintaqasi, shuningdek, qo‘shni mamlakatlardan kelgan xalqaro ekspertlarni to‘pladi. Biz inson kapitalini shakllantirish hamda xalqaro ta'limni rag‘batlantirishga qaratilgan muhokamalar maydonchasini yaratishdan mamnunmiz. Ushbu forum Uzbekistan's Club'ning "Uzbekistan: Land of Talents" g‘oyasi bilan hamohang bo‘lib, jamoamiz O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar, qiziqarli loyihalarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Global Talent Forumni ham an'anaviy tarzda o‘tkazish, unga muhim steykxolderlarni jalb qilish niyatida. Xorijlik mehmonlar hamda mahalliy mutaxassislar, soha vakillari, shuningdek, jamg‘arma stipendiatlariga manzur bo‘lgan yirik loyihani tashkil qilishda O‘zbekiston Milliy banki bosh hamkor sifatida namoyon bo‘ldi. Shunday keng ko‘lamli tashabbusni qo‘llab-quvvatlash O‘zbekiston Milliy bankining ta'lim va kadrlar tayyorlash sohalariga hissa qo‘shishdagi fidoiyligining yaqqol aksidir. Shuningdek, Mikrokreditbank, Xalq Banki, Agrobank, Uzbekistan Airways kabi ijtimoiy mas'uliyatli kompaniyalarning qo‘llovini ham alohida ta'kidlash lozim.

Open in Telegram
Views690+4%vs avg
Forwards—
Reactions19
Comments—
#693Video

Kuni kecha “Humo Arena”da o‘tgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” tanlovining taqdirlash marosimini yuqori saviyada tashillashtirish uchun Uzbekistan’s Club oʻziga xos kreativ konsept ishlab chiqdi. Bu ijodiy jamoamiz uchun oʻzgacha vazifa boʻldi. Chunki bu safar katta sahnaga odatda bunday e’tirof markazida ko‘rishga o‘rganmagan insonlar — santexnik, payvandchi, elektromontajchi, oshpaz, avtomexanik, quruvchi, sartarosh va boshqa amaliy kasb egalari chiqdi. Uzbekistan’s Club’ning azaliy g‘oyasi — O‘zbekistonni uning insonlari orqali dunyoga ko‘rsatish. Buning uchun esa albatta professor, olim yoki yirik tadbirkor bo‘lish shart emas. O‘z ishini jahon darajasida bajara oladigan usta ham O‘zbekiston nomiga qiymat va obro‘ olib kelishi mumkin. Shu bois Kasbiy ta’lim agentligining taklifini biz oddiy tadbir sifatida qabul qilmadik. Bu e’tirofni haqiqiy bayramga, kasb egalarini esa katta sahna qahramonlariga aylantirishni istadik. Chunki agar jamiyatdan yoshlar kasb tanlashini, usta bo‘lishini, o‘z ishini mukammal o‘rganishini istasak avvalo ana shu mahoratni katta sahnaga olib chiqishimiz kerak. Chempionga qanday munosabatda bo‘lsak, o‘z kasbining ustasiga ham shunday munosabatda bo‘lishimiz kerak. Bugun ular O‘zbekistonda o‘z mahoratini isbotladi. Ertaga esa eng kuchlilar WorldSkills xalqaro maydonida yurtimiz sharafini himoya qilishi mumkin. Ishonchimiz komil, “Humo Arena” sahnasiga chiqqan kechagi yoshlar orasida kelajakdagi “O‘zbekistonlik” loyihasining yangi qahramonlari ham chiqadi. Ularning har bir g‘alabasi — O‘zbekistonning g‘alabasi.

Open in Telegram
Views1,880+184%vs avg
Forwards—
Reactions10
Comments—
#683Photo
Views2,200+233%vs avg
Forwards—
Reactions10
Comments—