Global Talent Forum 2026 Samarqand! Ne-ne olimu ulamolar yetişib çiqqan, toliblar yetti iqlimdan talpingan zamin. Madrasayu kutubxonalar, öz vaqtida dunyoda yagona bölgan rasadxona yurti. Uning buyukligi, röyi zamin sayqali degan maqomi tarixda qolgani yöq. Muhtaşam madrasalardan tarkib topgan muazzam maydon - Registon yonginasida XIX asrda bir kiçikroq madrasa barpo böldi. Uni loyiha homiysi nomi bilan "Döstmatboy" deb atadilar. 2026-yilga kelib esa bu maskan Global Talent Forum'ga mezbonlik qildi. Taşkilotçilar: Prezident huzuridagi "El-yurt umidi" jamğarmasi hamda Uzbekistan's Club xalqaro NNT Maqsad: Iste'dodlarni qöllab-quvvatlaş va xalqaro ta'limni yuksaltiriş uçun hamkorlar bilan tajriba almaşiş Boş hamkor: Özbekiston Milliy banki Hamkorlar: MKBank, Xalq Banki, Agrobank, Uzbekistan Airways - 15+ mamlakat - 150+ iştirokçi - 30+ spiker - 2 kunlik tiğiz dastur - 40+ manfaatdor taşkilot va tomonlar - 10+ kelişuv va memorandum - "El-yurt umidi" jamğarmasi stipendiatlarining an'anaviy Tea Time yiğilişi Kreativ performansli qabul marosimi hamda Registon maydonida Global Talent Forum iştirokçilari uçun maxsus 3D şou - 50+ mutaxassisdan iborat taşkiliy jamoa
Открыть в TelegramПосты канала Uzbekistan’s club
Uzbekistan's Club xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining bosh g‘oyasi — iste'dodlar jamiyatini qurish. Shunday ekan, mamlakatda inson kapitalini shakllantirish bo‘yicha muhim muassasa "El-yurt umidi" jamg‘armasi bilan hamkorlikda 29-30-oktyabr kunlari Samarqandda Global Talent Forumni o‘tkazish jamoamiz uchun ahamiyatli qadam bo‘ldi. Registon maydoni yaqinidagi "Do‘stmatboy" madrasasi binosida tashkil etilgan yirik tadbirda 100 nafardan ortiq delegat ishtirok etdi. U AQSh, Yevropa, Osiyo-Tinch Okeani mintaqasi, shuningdek, qo‘shni mamlakatlardan kelgan xalqaro ekspertlarni to‘pladi. Biz inson kapitalini shakllantirish hamda xalqaro ta'limni rag‘batlantirishga qaratilgan muhokamalar maydonchasini yaratishdan mamnunmiz. Ushbu forum Uzbekistan's Club'ning "Uzbekistan: Land of Talents" g‘oyasi bilan hamohang bo‘lib, jamoamiz O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar, qiziqarli loyihalarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Global Talent Forumni ham an'anaviy tarzda o‘tkazish, unga muhim steykxolderlarni jalb qilish niyatida. Xorijlik mehmonlar hamda mahalliy mutaxassislar, soha vakillari, shuningdek, jamg‘arma stipendiatlariga manzur bo‘lgan yirik loyihani tashkil qilishda O‘zbekiston Milliy banki bosh hamkor sifatida namoyon bo‘ldi. Shunday keng ko‘lamli tashabbusni qo‘llab-quvvatlash O‘zbekiston Milliy bankining ta'lim va kadrlar tayyorlash sohalariga hissa qo‘shishdagi fidoiyligining yaqqol aksidir. Shuningdek, Mikrokreditbank, Xalq Banki, Agrobank, Uzbekistan Airways kabi ijtimoiy mas'uliyatli kompaniyalarning qo‘llovini ham alohida ta'kidlash lozim.
Открыть в TelegramKuni kecha “Humo Arena”da o‘tgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” tanlovining taqdirlash marosimini yuqori saviyada tashillashtirish uchun Uzbekistan’s Club oʻziga xos kreativ konsept ishlab chiqdi. Bu ijodiy jamoamiz uchun oʻzgacha vazifa boʻldi. Chunki bu safar katta sahnaga odatda bunday e’tirof markazida ko‘rishga o‘rganmagan insonlar — santexnik, payvandchi, elektromontajchi, oshpaz, avtomexanik, quruvchi, sartarosh va boshqa amaliy kasb egalari chiqdi. Uzbekistan’s Club’ning azaliy g‘oyasi — O‘zbekistonni uning insonlari orqali dunyoga ko‘rsatish. Buning uchun esa albatta professor, olim yoki yirik tadbirkor bo‘lish shart emas. O‘z ishini jahon darajasida bajara oladigan usta ham O‘zbekiston nomiga qiymat va obro‘ olib kelishi mumkin. Shu bois Kasbiy ta’lim agentligining taklifini biz oddiy tadbir sifatida qabul qilmadik. Bu e’tirofni haqiqiy bayramga, kasb egalarini esa katta sahna qahramonlariga aylantirishni istadik. Chunki agar jamiyatdan yoshlar kasb tanlashini, usta bo‘lishini, o‘z ishini mukammal o‘rganishini istasak avvalo ana shu mahoratni katta sahnaga olib chiqishimiz kerak. Chempionga qanday munosabatda bo‘lsak, o‘z kasbining ustasiga ham shunday munosabatda bo‘lishimiz kerak. Bugun ular O‘zbekistonda o‘z mahoratini isbotladi. Ertaga esa eng kuchlilar WorldSkills xalqaro maydonida yurtimiz sharafini himoya qilishi mumkin. Ishonchimiz komil, “Humo Arena” sahnasiga chiqqan kechagi yoshlar orasida kelajakdagi “O‘zbekistonlik” loyihasining yangi qahramonlari ham chiqadi. Ularning har bir g‘alabasi — O‘zbekistonning g‘alabasi.
Открыть в TelegramUzbekistan's Club uchun bugun bayram, uning jamoasidagi kreativ, tinib-tinchimas va qo‘li gul yigit-qizlar 30-iyun — Yoshlar kunini o‘zgacha o‘tkazdi. Uni ishda, harakat va jarayon ustida nishonlash baxti nasib qildi bizga. Bo‘lib ham qanday ish ustida... O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi "Yoshlar kuni" tadbirini tashkil etish, uning kreativ konsepsiyasini tuzish hamda Yangi Toshkentdagi "Olimpiya shaharchasi" majmuasida "Yangi Oʻzbekistonni yoshlar quradi!" shiorining shukuhini yaratish vazifasi bizga topshirilgani — biz uchun yangi marra, yangi daraja bo‘ldi. Bu har qanday dam olish kunidan afzal. Bugun biz yanada kuch-g‘ayratga to‘ldik. O‘zbekiston taraqqiyotining muhim bosqichlarida, kreativ va yoshlarbop loyihalarda o‘z ijodiy salohiyatimizni ro‘yobga chiqara olishdan ham ilhombaxsh, zavqli lahza yo‘q hammamiz uchun. Uzbekistan's Club jamoasi yangi loyihalarni hayotga tatbiq etishda, o‘zi uddalaydigan ishlar bilan ketayotgan rivojlanish jarayonlariga hissa qo‘shishda davom etadi.
Открыть в Telegram