Forwarded from Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA
“Kooperatsiya zanjiri” ko‘rgazmasi boshlanishiga 2️⃣ kun qoldi! 26–27-noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan mudofaa sanoati sohasidagi “Kooperatsiya zanjiri” ko‘rgazmasiga qiziqish ortib bormoqda. ☑️ Bugungi kunga qadar ko‘rgazmada ishtirok etish uchun 120 ta korxona va 300 nafardan ortiq tashrif buyuruvchi ro‘yxatdan o‘tdi. Ko‘rgazmada mudofaa sanoati tashkilotlari mahsulotlar va butlovchi qismlarga bo‘lgan ehtiyojlarini taqdim etadi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar esa yangi buyurtmalar bilan tanishish, o‘z mahsulotlarini taklif qilish va sanoat kooperatsiyasi aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Tadbir Mudofaa sanoati qo‘mitasi hamda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi hamkorligida tashkil etilmoqda. 🗓 Sana: 26–27-noyabr, 2026-yil 📍 Manzil: Toshkent shahri, “Navro‘z bog‘i” ko‘rgazmalar markazi. 📤 Siz ham yangi buyurtmalar va hamkorlik imkoniyatlaridan foydalaning! 📝 Ko‘rgazmada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting! 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 109 |
| 2 h | 185 |
| 4 h | 208 |
| 7 h | 225 |
- After 1 hour109
- After 6 hours225
- Total to date225







