Millat manfaati ustuvor bo‘lgan joyda shaxsiy manzillar emas, el-yurt ravnaqi muhim. Juda teran va mazmunli she’r bo‘libdi. Ayniqsa, mana bu misralar alohida ta’sir qildi: “Millat oliy bo‘lgan zamonda, bilsang, Poyoniga yetar safarlarim ham…” @uzasadbek
Open in TelegramPosts of Asadbek Bobojonov sahifasi
🇺🇿 Davlat tilida ish yuritish bo‘yicha yangi tartiblar belgilanadi O‘zbekistonda davlat tilida ish yuritishni yanada samarali tashkil etishga qaratilgan yangi choralar belgilandi. Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-avgustdagi 437-son qaroriga ko‘ra, yangi tizim orqali davlat idoralarida hujjatlarni davlat tilida yuritish, o‘zbek tili qoidalariga rioya qilish, hujjatlar loyihalarini lingvistik jihatdan ko‘rib chiqish, tashqi yozuvlar va geografik obyektlar nomlarining belgilangan talablarga muvofiqligini ta’minlashga e’tibor kuchaytiriladi. Shuningdek, o‘zbek tilidagi zamonaviy terminlarni shakllantirish, ularni yagona tartibda qo‘llash hamda davlat tilini rivojlantirishda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish ko‘zda tutilgan. @uzasadbek
Open in TelegramTavallud kuningiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezident! Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 69 yoshni qarshi oldi. Davlatimiz rahbariga mustahkam sog'lik, bitmas-tuganmas kuch, Vatanimiz farovonligi yo'lidagi ulkan rejalarni amalga oshirishda yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz! @uzasadbek
Open in TelegramAssalomu alaykum, aziz yurtdoshlar! Barchangizni muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbdan tabriklayman. Ushbu ulug‘ ayyom har bir xonadonga quvonch, fayz-u baraka va xotirjamlik olib kirsin. Alloh taolo qilgan ibodatlarimizni, ezgu niyat va duolarimizni dargohida qabul aylasin. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bo‘lsin. @uzasadbek
Open in TelegramSiyosatshunos Qudratilla Rafiqov O‘zbekiston Davlat gerbini “kommunistik meros”dan tozalash vaqti kelganini ta’kidladi. Uning fikricha, gerbdagi paxta va g‘alla tasvirlari mustaqil davlatning zamonaviy ruhini emas, balki sobiq sovet mafkurasi izlarini eslatadi. --- Shaxsiy fikr: Men ham bu fikrga qo‘shilaman. Davlat gerbi — shunchaki rasm emas, u millatning ruhi, dunyoqarashi va kelajakka bo‘lgan ishonchini aks ettiradigan ramzdir. Bugungi Yangi O‘zbekiston endi faqat paxta va g‘alla bilan tasvirlanadigan davlat emas. Biz ilm-fan, texnologiya, innovatsiya va inson kapitaliga tayangan yangi taraqqiyot bosqichiga kirib boryapmiz. Shunday ekan, davlat ramzlari ham zamon bilan hamnafas bo‘lishi kerak. Gerbimizda tariximiz, milliy qadriyatlarimiz va kelajak sari intilishimiz yanada kuchliroq aks etadigan vaqt keldi, deb o‘ylayman. Mustaqil davlatning ramzlari ham mustaqil tafakkurni ifodalashi kerak. @uzasadbek
Open in Telegram22 yil… Butun boshli bir avlod ulg‘aydi. Kimdir maktabni tugatdi, kimdir universitetni, kimdir hayotning eng og‘ir va eng chiroyli kunlarini boshdan o‘tkazdi. Lekin bitta narsa o‘zgarmadi — Arsenalga bo‘lgan ishonch. Men 2004 yildan buyon to‘pchilarga muxlislik qilib kelaman. 2005-yildan beri shu kunni kutdim. Har mavsum “balki bu yil” deb yashadik. Alamli mag‘lubiyatlar, yarim yo‘lda qolgan orzular, tanqidlar… Ammo umidlar kamaymadi. Arsen Venger jamoani tark etganida armonlarni his qildik. Va nihoyat… bugun biz yana chempionmiz. 🏆❤️ Bu oddiy sovrin emas. Bu — sabrning mukofoti. Sadoqatning g‘alabasi. Yillar davomida tark etmagan muxlislarning bayrami. Navbat Ovropa chempionlar ligasiga. Angliya yana qizil rangga bo‘yaldi. 🔴⚪️ #Arsenal #WeAreArsenal #InArseneWeTrust @uzasadbek
Open in TelegramYangi loyihamizga qo‘shiling: 🔥 O‘zbek futbolining haqiqiy manzili! ⚡️ Eng tezkor natijalar, gollar va yangiliklar — barchasi bir joyda! 👉 @futbolpanoramasi 👈 A'ZO BO‘LING!
Open in Telegram"Agar bizning kuch-qudratimizga shubha qilsang, biz qurgan imoratlarga boq". Amir Temur Dunyo ko‘rib qo‘ysin! 🫡🇺🇿 @uzasadbek
Open in TelegramAzizlar, barchamizga Ramazon Hayit ayyomi muborak bo‘lsin. Robbim yurtimizga tinchlik, oilalarimizga baraka bersin 🤲 Barcha yaqinlarimiz sog‘ salomat bo‘lishsin. @uzasadbek
Open in TelegramBuxoro Universal sport majmuasi – zamonaviy sport markazi. Asadbek Bobojonovning Buxoro universal sport majmuasi haqidagi ko‘rsatuvi. Majmua Buxoro shahridagi zamonaviy sport inshootlaridan biri bo‘lib, turli sport turlari bilan shug‘ullanish uchun barcha qulayliklarga ega. Ushbu majmuada ko‘plab sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar hamda musobaqalar o‘tkaziladi. YouTubeda. @uzasadbek
Open in TelegramHaftaning har chorshanba kuni “Futbol-TV” telekanalida “Futbol panoramasi” dasturini tomosha qiling. Hafta davomida futbol olamida ro‘y bergan eng dolzarb voqealar, transfer yangiliklari, turnir jadvallaridagi o‘zgarishlar, ekspertlar fikr-mulohazalari va tahlil. Barchasi bir dastur doirasida. @uzasadbek @futbolpanoramasi
Open in TelegramMudofaa qobiliyatini mustahkamlash masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev huzurida mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi. Yurtimiz mudofaa salohiyatini yanada mustahkamlash, harbiy xavfsizligini taʼminlash masalalari, shuningdek, joriy yil 13-yanvar kuni Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosining borishi koʻrib chiqildi. Dunyoda keskinlik va mojarolar oʻchoqlari saqlanib qolayotgani, geosiyosiy raqobat kuchayib, yangi xatar va tahdidlar xavfi ortib borayotgani taʼkidlandi. Rivojlangan davlatlarning ilgʻor tajribasi va jangovar harakatlar tajribasini oʻrganish, harbiy boshqaruv va tayyorgarlik tizimiga zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga alohida eʼtibor qaratildi. Batafsil. @uzasadbek
Open in TelegramDonald Tramp: “Shavkat Mirziyoyev — mening doʼstim, mamlakatingizda ishlar zoʼr ketyapti, siz zoʼr ketyapsiz!” АQSh prezidenti Tinchlik kengashining birinchi sammitida Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni alohida eʼtirof etdi. @uzasadbek
Open in TelegramOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining birinchi yigʻilishida ishtirok etdi. AQSh Prezidenti Donald Tramp raisligida oʻtkazilgan tadbirda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Bahrayn, Indoneziya, Argentina, Paragvay, Ruminiya, Misr, Qatar, Pokiston, Vengriya, Albaniya, Armaniston, Vyetnam, Kambodja, BAA, Turkiya, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Isroil, Marokash va boshqa davlatlar delegatsiyalari rahbarlari ham qatnashdi. Gʻazo sektorini qayta tiklash va gumanitar yordam koʻrsatish, shuningdek, mintaqada tinchlik hamda barqarorlikni taʼminlash masalalari muhokama qilindi. Oʻzbekiston Tinchlik kengashini tuzish boʻyicha tinchliksevar tashabbusni qoʻllab-quvvatlagani va uni muvaffaqiyatli roʻyobga chiqarishda amaliy ishtirok etishini qatʼiy tasdiqlagani taʼkidlandi. Davlatimiz rahbarining Tinchlik kengashining birinchi sammitidagi nutqi @uzasadbek
Open in Telegram