Millat manfaati ustuvor bo‘lgan joyda shaxsiy manzillar emas, el-yurt ravnaqi muhim. Juda teran va mazmunli she’r bo‘libdi. Ayniqsa, mana bu misralar alohida ta’sir qildi: “Millat oliy bo‘lgan zamonda, bilsang, Poyoniga yetar safarlarim ham…” @uzasadbek
Open in Telegram
Asadbek Bobojonov sahifasi
Jurnalist Asadbek Bobojonovning telegramdagi sahifasi Reportajlar, voqeiliklarga bag'ishlangan tahlil va lavhalar. YouTube sahifa: https://www.youtube.com/c/AsadbekBobojonov/?sub_confirmation=1 Aloqa: @uzasadbekia
Latest posts
🇺🇿 Davlat tilida ish yuritish bo‘yicha yangi tartiblar belgilanadi O‘zbekistonda davlat tilida ish yuritishni yanada samarali tashkil etishga qaratilgan yangi choralar belgilandi. Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-avgustdagi 437-son qaroriga ko‘ra, yangi tizim orqali davlat idoralarida hujjatlarni davlat tilida yuritish, o‘zbek tili qoidalariga rioya qilish, hujjatlar loyihalarini lingvistik jihatdan ko‘rib chiqish, tashqi yozuvlar va geografik obyektlar nomlarining belgilangan talablarga muvofiqligini ta’minlashga e’tibor kuchaytiriladi. Shuningdek, o‘zbek tilidagi zamonaviy terminlarni shakllantirish, ularni yagona tartibda qo‘llash hamda davlat tilini rivojlantirishda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish ko‘zda tutilgan. @uzasadbek
Open in TelegramTavallud kuningiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezident! Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 69 yoshni qarshi oldi. Davlatimiz rahbariga mustahkam sog'lik, bitmas-tuganmas kuch, Vatanimiz farovonligi yo'lidagi ulkan rejalarni amalga oshirishda yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz! @uzasadbek
Open in TelegramAssalomu alaykum, aziz yurtdoshlar! Barchangizni muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbdan tabriklayman. Ushbu ulug‘ ayyom har bir xonadonga quvonch, fayz-u baraka va xotirjamlik olib kirsin. Alloh taolo qilgan ibodatlarimizni, ezgu niyat va duolarimizni dargohida qabul aylasin. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bo‘lsin. @uzasadbek
Open in TelegramSiyosatshunos Qudratilla Rafiqov O‘zbekiston Davlat gerbini “kommunistik meros”dan tozalash vaqti kelganini ta’kidladi. Uning fikricha, gerbdagi paxta va g‘alla tasvirlari mustaqil davlatning zamonaviy ruhini emas, balki sobiq sovet mafkurasi izlarini eslatadi. --- Shaxsiy fikr: Men ham bu fikrga qo‘shilaman. Davlat gerbi — shunchaki rasm emas, u millatning ruhi, dunyoqarashi va kelajakka bo‘lgan ishonchini aks ettiradigan ramzdir. Bugungi Yangi O‘zbekiston endi faqat paxta va g‘alla bilan tasvirlanadigan davlat emas. Biz ilm-fan, texnologiya, innovatsiya va inson kapitaliga tayangan yangi taraqqiyot bosqichiga kirib boryapmiz. Shunday ekan, davlat ramzlari ham zamon bilan hamnafas bo‘lishi kerak. Gerbimizda tariximiz, milliy qadriyatlarimiz va kelajak sari intilishimiz yanada kuchliroq aks etadigan vaqt keldi, deb o‘ylayman. Mustaqil davlatning ramzlari ham mustaqil tafakkurni ifodalashi kerak. @uzasadbek
Open in Telegram22 yil… Butun boshli bir avlod ulg‘aydi. Kimdir maktabni tugatdi, kimdir universitetni, kimdir hayotning eng og‘ir va eng chiroyli kunlarini boshdan o‘tkazdi. Lekin bitta narsa o‘zgarmadi — Arsenalga bo‘lgan ishonch. Men 2004 yildan buyon to‘pchilarga muxlislik qilib kelaman. 2005-yildan beri shu kunni kutdim. Har mavsum “balki bu yil” deb yashadik. Alamli mag‘lubiyatlar, yarim yo‘lda qolgan orzular, tanqidlar… Ammo umidlar kamaymadi. Arsen Venger jamoani tark etganida armonlarni his qildik. Va nihoyat… bugun biz yana chempionmiz. 🏆❤️ Bu oddiy sovrin emas. Bu — sabrning mukofoti. Sadoqatning g‘alabasi. Yillar davomida tark etmagan muxlislarning bayrami. Navbat Ovropa chempionlar ligasiga. Angliya yana qizil rangga bo‘yaldi. 🔴⚪️ #Arsenal #WeAreArsenal #InArseneWeTrust @uzasadbek
Open in TelegramYangi loyihamizga qo‘shiling: 🔥 O‘zbek futbolining haqiqiy manzili! ⚡️ Eng tezkor natijalar, gollar va yangiliklar — barchasi bir joyda! 👉 @futbolpanoramasi 👈 A'ZO BO‘LING!
Open in Telegram"Agar bizning kuch-qudratimizga shubha qilsang, biz qurgan imoratlarga boq". Amir Temur Dunyo ko‘rib qo‘ysin! 🫡🇺🇿 @uzasadbek
Open in TelegramAzizlar, barchamizga Ramazon Hayit ayyomi muborak bo‘lsin. Robbim yurtimizga tinchlik, oilalarimizga baraka bersin 🤲 Barcha yaqinlarimiz sog‘ salomat bo‘lishsin. @uzasadbek
Open in TelegramBuxoro Universal sport majmuasi – zamonaviy sport markazi. Asadbek Bobojonovning Buxoro universal sport majmuasi haqidagi ko‘rsatuvi. Majmua Buxoro shahridagi zamonaviy sport inshootlaridan biri bo‘lib, turli sport turlari bilan shug‘ullanish uchun barcha qulayliklarga ega. Ushbu majmuada ko‘plab sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar hamda musobaqalar o‘tkaziladi. YouTubeda. @uzasadbek
Open in TelegramConnections
Similar channels
ÇORVAÇILIK VA YAYLOV XÖJALIGINI RIVOJLANTIRIŞ AGENTLIGI@chorva_agentligiNews and media1.43K
Xorazm viloyat Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi boşqarmasi@xorazmkomxizmatNews and media1.44K
Armiya va yoshlar@armiya_va_yoshlarNews and media1.45K
"Farg'ona suv ta'minoti" AJ@uzsuvtaminotfargonaNews and media1.41K
Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi@surxonekoNews and media1.45K
𝐔𝐙𝐁𝐄𝐊𝐈𝐒𝐓𝐀𝐍 𝐃𝐄𝐋𝐄𝐆𝐀𝐓𝐘@uzbekistan_delegatyNews and media1.41K
Sirdaryo Kadastr@sirdaryo_kadastrNews and media1.4K
𝐔𝐙𝐁𝐄𝐊𝐈𝐒𝐓𝐀𝐍 𝐐𝐀𝐍𝐎𝐓𝐋𝐀𝐑𝐈@uzbekistonqanotlariNews and media1.46K