🤔 DUNYONI KEZISH YOKI ORZUDAGI KASB? 👍 Fan va texnologiyalar universiteti talabalari bilan qiziqarli savol-javob o‘tkazdik! 🎤 Tasavvur qiling: sizda ikkita tanlov bor — dunyo bo‘ylab sayohat qilish yoki orzuingizdagi kasb egasi bo‘lish. Talabalarimiz qaysi birini tanlashdi? 🎞 Ularning qiziqarli javoblarini videoda tomosha qiling! 💬 Siz qaysi birini tanlagan bo‘lardingiz? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring! Instagram | Facebook | Youtube | Sayt | Lokatsiya
Open in Telegram
Fan va texnologiyalar universiteti
Fan va texnologiyalar universitetining rasmiy Telegram kanali. 📲 Onlayn ariza: qabul.usat.uz ☎️ Aloqa uchun: +99878-888-38-88 Savollar va shartnoma olish uchun @usat_bosh_menejer ga murojaat qiling.
Subscribers, 30 days
Nov 27 – Nov 28−7 (−0.1%)
Show as table
| Date | Subscribers |
|---|---|
| Nov 27, 2026 | 6,345 |
| Nov 28, 2026 | 6,338 |
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 18, 2026 | 2,425 |
| Nov 19, 2026 | 1,720 |
| Nov 23, 2026 | 1,190 |
| Nov 24, 2026 | 1,010 |
| Nov 26, 2026 | 1,166 |
| Nov 28, 2026 | 501 |
Most viewed this month
- 01Views3.17KForwards—Reactions8Comments—
- 02Views1.72KForwards—Reactions26Comments—
- 03Views1.68KForwards—Reactions23Comments—
- 04Views1.6KForwards—Reactions11Comments—
Latest posts
Aziz talabalar, qadrli yoshlar! Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning kuni kecha nabirasi Shavkatbekka, shu orqali esa butun O‘zbekiston yoshlariga yo‘llagan samimiy maktubi meni ham chuqur o‘yga soldi. Men ushbu maktubni shunchaki avlodlar o‘rtasidagi nasihat emas, balki bugungi yoshlar uchun hayotiy saboq, kelajak sari yo‘llangan muhim da’vat deb bilaman. Bugun sizlar tinch, osuda, bilim olish, izlanish, o‘z g‘oyalaringizni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar mavjud bo‘lgan davrda yashayapsiz. Bu imkoniyatlarning qadriga yetish, ulardan oqilona foydalanish esa har birimizning mas’uliyatimizdir. Maktubda ilgari surilgan fikrlar orasida, ayniqsa, uchta jihatga e’tibor qaratishingizni istardim. Birinchidan — vaqtni qadrlang. Vaqt — insonning qaytarib bo‘lmaydigan eng katta boyligi. Talabalik davri esa hayotingizdagi eng muhim, eng sermahsul bosqichlardan biridir. Uni bekor o‘tkazmang. Har bir kuningiz yangi bilim, yangi ko‘nikma va yangi maqsadlar sari qadam bo‘lsin. Bugun o‘rganishingiz, izlanishingiz va mehnat qilishingiz ertangi muvaffaqiyatingizning poydevoridir. Ikkinchidan — texnologiyalardan foydalaning, ularning boshqaruvchisiga aylaning. Bugungi davr sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar davri. Ular biz uchun ulkan imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Ammo bu imkoniyatlardan foydalanish bilan birga, mustaqil fikrlash, tahlil qilish va o‘z qarashlariga ega bo‘lish ham muhim. Texnologiyalar sizning fikrlashingizni cheklamasin, aksincha, bilim va salohiyatingizni oshirishga xizmat qilsin. Uchinchidan — bilimli bo‘lish bilan birga, munosib inson bo‘ling. Buyuk ajdodlarimizning ilmiy merosi, ma’naviy qadriyatlari va hayotiy ibrati biz uchun doimo yo‘l ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi. Qaysi kasbni tanlashingizdan qat’i nazar, halollik, mehnatsevarlik, kamtarlik va Vatanga sadoqatni hayotingizning asosiy mezonlariga aylantiring. Chunki jamiyatga nafaqat bilimli, balki yuksak ma’naviyatli insonlar ham kerak. ✨️️️️️️️ Qadrli talabalar! Sizlar — Yangi O‘zbekistonning kelajagi, ertangi kunning bunyodkorlarisiz. Fan va texnologiyalar universitetida sizlarning bilim olishingiz, izlanishingiz, yangi g‘oyalar yaratishingiz va o‘z salohiyatingizni namoyon etishingiz uchun imkoniyatlar yaratishga intilamiz. Ammo imkoniyatning o‘zi yetarli emas. Undan foydalanish uchun intilish, qat’iyat, mehnat va mas’uliyat kerak. O‘z oldingizga katta maqsadlar qo‘ying. O‘rganishdan, izlanishdan, xato qilishdan va qayta urinib ko‘rishdan qo‘rqmang. Zero, bugungi mehnatingiz ertangi yutuqlaringizni belgilaydi. Sizlarga ishonaman. Sizlarning salohiyatingizga, g‘oyalaringizga va kelajagingizga ishonaman! Hurmat bilan, 👍 Fan va texnologiyalar universiteti rektori. Instagram | Facebook | Youtube | Sayt | Lokatsiya
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 18 h | 1,370 |
| 35 h | 1,600 |
- After 24 hours1,370
- Total to date1,600
🇺🇿 ILM, IJODKORLIK VA INNOVATSIYA — TURDIYЕVA KAMOLA 👍 Fan va texnologiyalar universiteti Tarix yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Turdiyeva Kamola Maxmudjon qizi akademik muvaffaqiyatlari, ilmiy izlanishlari va innovatsion tashabbuslari bilan tengdoshlari orasida ajralib turmoqda. 🏆 Uning yutuqlari orasida: - «Eng kreativ g‘oya» tanlovining universitet bosqichida II o‘rin va respublika bosqichiga yo‘llanma; - 1-kursdan buyon 5.0 GPA natijasini saqlab kelayotgani; - «Smart aravacha» startap loyihasi asoschisi va Uzcombinator «Startup School» dasturi ishtirokchisi; - Universitet «Startup» klubi koordinatori; - 10 ga yaqin ilmiy maqola muallifligi alohida e’tiborga loyiq. ✨ Kamola ilmiy bilim, kreativ fikrlash va tadbirkorlik tashabbuslarini birlashtirib, o‘z g‘oyalarini amaliy loyihalarga aylantirish yo‘lida izlanmoqda. Uning faoliyati universitetimizda bilim olish bilan birga, yangi g‘oyalarni ilgari surish va ularni ro‘yobga chiqarishga intilayotgan yoshlar uchun munosib namuna. 👍 Fan va texnologiyalar universiteti — bilimli, tashabbuskor va innovatsion fikrlaydigan yoshlar maskani! Instagram | Facebook | Youtube | Sayt | Lokatsiya
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 20 h | 701 |
| 25 h | 731 |
- After 24 hours731
- Total to date731
👩🏫 Студентка Университета науки и технологий Авазходжаева Дилдорахон в настоящее время проходит обучение в Университете имени Реджепа Тайипа Эрдогана в Турции в качестве представительницы клуба «Olima qizlar». Пользуясь этой возможностью, она обратилась к студентам вечерней формы обучения. 🌃 Вечерняя форма обучения — не преграда для того, чтобы быть частью активной студенческой жизни! Независимо от формы обучения — дневной, вечерней или заочной — все возможности нашего университета в равной степени доступны каждому студенту! ✨ Мы ждём вас среди активных студентов и в нашей дружной команде! Instagram | Facebook | Youtube | Sayt | Lokatsiya
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 64 h | 994 |
| 69 h | 1,010 |
- Total to date1,010
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan tashkil etilgan Andijonda dual ta’lim tajribasini davra suxbatida ishtirok etildi. Fan va texnologiyalar universiteti prorektori Murod Axmedov Andijonda o‘tkazilayotgan “Dual ta’lim tizimi: O‘zbekiston va Germaniya ko‘prigi. Dual ta’limni tashkil etishning Andijon tajribasi” mavzusidagi xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda. Anjumanning amaliy qismida ishtirokchilar dual ta’limning asosiy tamoyili — auditoriyadagi o‘qishni ish joyidagi amaliy tayyorgarlik bilan uyg‘unlashtirish — turli sohalarda qanday qo‘llanayotganini o‘rgandilar. Jumladan, “Kambel” elektrobus korxonasi, “FAW Truck” va “Sanchuan” suv hisoblagichlari korxonalarida ishlab chiqarish sharoitida amaliy ta’limni tashkil etish tajribasi bilan tanishdilar. Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi va institut qoshidagi Stomatologiya o‘quv-amaliy markaziga tashriflarda esa bo‘lajak tibbiyot mutaxassislarining kasbiy ko‘nikmalari qanday shakllantirilishiga e’tibor qaratildi. Andijon tajribasi universitetimiz uchun talabalar amaliyotini ish beruvchilar bilan birgalikda rejalashtirish hamda o‘quv mashg‘ulotlarini kasbiy vazifalar bilan bog‘lash jihatidan ahamiyatli. Instagram | Facebook | Youtube | Sayt | Lokatsiya
Open in Telegram🎙 "Stress va emotsional intellekt" mavzusida psixologik trening bo‘lib o‘tdi. Trening davomida ishtirokchilar o‘z his-tuyg‘ularini anglash, ularni boshqarish, stressli vaziyatlarni yengib o‘tish va ichki muvozanatni saqlash bo‘yicha foydali bilim hamda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. 👩🏫 Mazkur trening Psixologiya yo‘nalishi 4-kurs talabalari tomonidan tashkil etilib, ishtirokchilarning emotsional intellektini rivojlantirishga qaratildi. Instagram | Facebook | Youtube | Sayt | Lokatsiya
Open in Telegram📍 Universitetimiz binosi — Vice City’ning eng markaziy nuqtasida! Bu yerda qahramonlarimizni 24 ta TOP ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yangi missiyalar kutmoqda. Ular o‘z sohasining professor-o‘qituvchilaridan bilim va tajriba olishadi. Lekin bu hali hammasi emas! Xalqaro hamkorliklar orqali dunyoning turli mamlakatlarida ta’lim olish imkoniyati ham mavjud. Asosiy missiya esa — universitetni muvaffaqiyatli tamomlash, ishga joylashish va o‘z sohasining malakali mutaxassisiga aylanish! 🔥 USAT CITY’da imkoniyatlar cheksiz. Bu yerda kelajak qahramonlari yetishib chiqadi! Instagram | Facebook | Youtube | Sayt | Lokatsiya
Open in Telegram✨️️️️ Do‘stlik va hamjihatlik ramzi! 🇹🇷 Turkiyaning Rejep Tayyip Erdog‘an universiteti professor-o‘qituvchilari “Olima qizlar” klubi a’zolari orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklarini yo‘lladilar. Ushbu samimiy e’tibor ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalar, ilmiy-madaniy hamkorlik va o‘zaro hurmatning yorqin ifodasidir. Davlat bayrog‘imiz — milliy g‘ururimiz, faxrimiz va mustaqilligimiz ramzi! 🇺🇿 Bayrog‘imiz hamisha yuksaklarda hilpirayversin! Instagram | Facebook | Youtube | Sayt | Lokatsiya
Open in Telegram🇺🇿 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun! Davlat bayrog‘imiz — mustaqilligimiz, milliy g‘ururimiz va xalqimizning birdamligi ramzi. Unda Vatanimizning boy tarixi, ezgu qadriyatlari va yorqin kelajakka bo‘lgan intilishlari mujassam. 👍 Fan va texnologiyalar universiteti jamoasi barcha yurtdoshlarimizni ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etadi! Bayrog‘imiz doimo yuksaklarda hilpirab, yurtimiz sha’ni va shavkatini dunyoga namoyon etsin! 🇺🇿 Bayrog‘imiz — faxrimiz, Vatanimiz — g‘ururimiz! Instagram | Facebook | Youtube | Sayt | Lokatsiya
Open in TelegramConnections
Similar channels
Respublika tashxis markazi@tashxismarkaziEducation6.41K
Kimyo Olimpiada || Xoshimjonov Muso@kimyobmEducation6.41K
ÖzR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLĞA SILJITUVÇI KUÇ, VOSITA BÖLMOĞI LOZIM!@fanlar_akademiyasiEducation6.43K
Русский дом. Образование.@quotauzbEducation6.23K
📚KO'RGAZMALAR 📚@korgazmaEducation6.46K
G E O M A K O N 🪐@geomakonnEducation6.2K
NAVOIY VILOYATI TA’LIM VA ILM-FAN BOŞQARMASI@navoiy_viloyat_mmtbEducation6.19K
PREZIDENT MAKTABIGA TAYYORLOV - ⚡@prmaktabEducation6.5K