🔈 TANLOVGA HUJJAT TOPSHIRISHNING OXIRGI KUNI
Fanlar akademiyasi “ILM-FAN YANGI TALQINDA” ilmiy-ommabop media mahsulotlar yaratish boʻyicha ochiq kichik grantlar tanlovini e'lon qiladi!
Ilm-fan yutuqlarini keng jamoatchilikka sodda, qiziqarli va zamonaviy formatlarda yetkazishni maqsad qilgan jurnalistlar, blogerlar, kontent yaratuvchilar, media jamoalar hamda ijodkorlar uchun yangi imkoniyat!
Tanlovning maqsadi — ilm-fan yutuqlarini ommaga yaqinlashtirish, yoshlarning ilmga qiziqishini oshirish va innovatsion g‘oyalarni targ‘ib qilish.
Loyihalar sunʼiy intellekt, biotexnologiya, genetika, tibbiyot, farmatsevtika, kimyo, fizika, matematika, geologiya, seysmologiya, materialshunoslik, energetika, ekologiya, arxeologiya, tarix, astronomiya, qishloq xoʻjaligi va boshqa dolzarb ilmiy yoʻnalishlarga bagʻishlangan boʻlishi mumkin.
Arizalar joriy yilning 13-noyabridan 23-noyabriga qadar elektron shaklda [email protected] elektron manzili orqali qabul qilinadi.
Murojaat uchun: 71 233-60-72
Kelib tushgan arizalar tanlov komissiyasi tomonidan 10 kun ichida arizalarni ko‘rib chiqiladi.
G‘oliblar 8-dekabr Konstitutsiyamizning 33 yilligi arafasida e’lon qilinadi va taqdirlanadi.
❗️ Tanlov Nizomi bilan to'liq tanishish 👇🏻👇🏻
https://gov.uz/oz/academy/news/view/247181
Bizni kuzatib boring👇
😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram