"Ochiq eshiklar kuni"ga taklif qilamiz!
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti OАV vakillari, blogerlarni qiziqarli va eksklyuziv tadbirga taklif qiladi!
Asrlar osha saqlanib kelayotgan yashirin xazinalar olamiga sayohat qilishga tayyormisiz?
Tadbir davomida:
Noyob nashrlar ko‘rgazmasi: Institut olimlari tomonidan tayyorlangan qomusiy lug‘atlar, fundamental monografiyalar va nodir tarjimalar bilan yaqindan tanishish;
Restavratsiya laboratoriyasi: Qadimiy qo‘lyozmalarga qanday qilib ikkinchi umr berilishini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rasiz va mutaxassislardan maxsus master-klass;
Eksklyuziv muloqot: Institut yetakchi olimlari bilan jonli suhbatlashib, savollarga javob olish va kelgusidagi ilmiy yangiliklardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘lish imkoniyati.
🗓 Sana: 25-noyabr, 2026-yil
🔈 Vaqti: 14:30 – 17:30
📍 Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 79-uy.
Tarixga daxldor sirlarni ochish va qiziqarli reportajlar tayyorlash uchun ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Bizni kuzatib boring👇
😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram