Rasmiy munosabat
Urbanizatsiya milliy qömitasi: Uy-joy xaridorlarining mablağlari işonçli himoya qilinişi lozim
Sönggi kunlarda ayrim quriliş kompaniyalari faoliyati, uy-joyni topşiriş muddatlarining buzilişi, xaridorlarga mablağlarning qaytarilmasligi, şuningdek, bir qator quruvçi kompaniyalar rahbariyatiga nisbatan jinoyat işlari qözğatilişi bilan boğliq vaziyatlar keng jamoatçilik muhokamasiga sabab bölmoqda.
Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantiriş milliy qömitasi uy-joy sotib oliş uçun mablağ kiritgan fuqarolarning va’da qilingan xonadonlar va pullarini qaytarib oliş imkoniyatisiz qolişini yöl qöyib bölmas, holat deb hisoblaydi.
Bunday holatlarning oldini oliş maqsadida hozirda Oliy Majlis Qonunçilik palatasida körib çiqilayotgan “Köp kvartirali uylar va boşqa köçmas mulk obyektlarini uluş kiritiş asosida quriş töğrisida”gi qonun loyihasi bilan eskrou hisobvaraqlari tizimini joriy etiş rejalaştirilmoqda. Uşbu mexanizm xaridorlar mablağlarini maxsus bank hisobvaraqlariga joylaştiriş va ularni quruvçilarga faqat belgilangan şartlar bajarilgandan keyingina ötkazişni nazarda tutadi. Bu firibgarlik hamda fuqarolar mablağlaridan maqsadsiz foydalaniş xavfini sezilarli darajada kamaytiriş imkonini beradi.
Eskrou mexanizmi, şuningdek, qurilişning uzluksizligini ta’minlaşni, jumladan, loyihani amalga oşirişda jiddiy muammolar yuzaga kelganda boşqa quruvçini tezkor jalb qiliş imkoniyatini ham nazarda tutadi. Bu quruvçi öz majburiyatlarini bajara olmagan taqdirda ham qurilişning yakunlanişini ta’minlaydi.
Milliy qömita xaridorlar mablağlarini işonçli himoya qiliş, quruvçilar tomonidan majburiyatlarning sözsiz bajarilişi hamda bozorning vijdonli iştirokçilari uçun şaffof va teng şaroitlar yaratiş uy-joy qurilişining asosi bölişi lozim, deb hisoblaydi.
Eskrou tizimini imkon qadar tezroq joriy etiş bunday inqirozli vaziyatlarning oldini oliş va fuqarolarning qurilayotgan uy-joylar bozoriga bölgan işonçini tiklaş uçun zarur qadamdir.
Bizni kuzatib boring!
Telegram|Facebook| Instagram |Youtube