🕌 BOMDOD NAMOZIGA TAKLIF! Bomdod o‘qigan kishi Allohning himoyasidadir! Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! Aziz birodarlar! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qilganlar: مَنْ صَلَّى الصُّبْحَ فَهُوَ فِي ذِمَّةِ اللَّهِ *“Kim bomdod namozini o‘qisa, u Allohning himoyasidadir.”* (Imom Muslim rivoyati) Hurmatli birodarlar, jamoat bilan namoz o‘qish dinimizdagi eng muhim amallardan biridir. Afsuski, ba’zan kundalik tashvishlarimiz sababli bu ulug‘ ne’matga yetarlicha e’tibor bermay qo‘yamiz. Unutmaylik, bugun masjidga borishga imkonimiz bor ekan, bu imkoniyatni g‘animat bilaylik. Alloh taolo bizga bergan sog‘lik, vaqt va imkoniyatlar doim ham qo‘limizda bo‘lmasligi mumkin. Bir kun kelib masjidga borishni istasak ham, bunga imkonimiz yetmay qolishi mumkin. Shunday ekan, Alloh bergan ne’matlarga beparvo bo‘lmaylik. Masjidlarimizni obod qilaylik, namozlarimizni jamoat bilan ado etishga harakat qilaylik! 🌙 ERTAGA — SHANBA KUNI BOMDOD DASTURI 📅 21-noyabr, shanba 🕕 Bomdod namozi — 6:00 AM 🕋 Maxsus suhbat: UMRA IBODATI Bomdod namozidan so‘ng Imom Usmon tomonidan Umra ibodati haqida qisqa seminar bo‘lib o‘tadi. ☕ Turkcha nonushta Dasturimiz yakunida barcha birodarlarimiz uchun turkcha nonushta dasturxoni tashkil etiladi. Aziz birodarlar, ertalabki uyqumizdan bir oz vaqt ajratib, Allohning uyida birga namoz o‘qiylik, ilm o‘rganaylik va birodarlik rishtalarimizni mustahkamlaylik. Sizlarni masjidimizda kutib qolamiz! 📍 Al-Bukhari Islamic Center 8009 S Orange Ave, Orlando, FL 32809 *Alloh taolo barchamizni masjidga qalbi bog‘langan, namozlarini jamoat bilan ado etishga intiladigan bandalaridan qilsin. Omin!*
Open in TelegramPosts of AL-BUKHARI ISLAMIC CENTER (Of Orlando FL)
🕋 MUBORAK UMRA SAFARIGA TAKLIF ETAMIZ! Al-Bukhari Islom Markazi va HISARTOUR sizni Imom Usmon hamrohligida muborak Umra safariga taklif etadi. 📅 20–30-dekabr, 2026-yil ✈️ Nyu-York (JFK) — Jidda (JED) 💰 Bir kishi uchun $3,600 dan boshlab 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/tX26yuiKdaGXy2FA7 Qo'shimcha ma'lumot: https://hisartour.com/tour/muborak-umra-safari-dekabr-2026/ Qishki ta’tilingizni ibodat va ziyorat bilan mazmunli o‘tkazing. Safimizga qo‘shiling! 📞 Savollar uchun: WhatsApp/Telegram: +1 (832) 916-1076
Open in Telegram🌙 BOMDOD O‘QIGAN KISHI ALLOHNING HIMOYASIDADIR! Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! Aziz birodarlar! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qilganlar: مَنْ صَلَّى الصُّبْحَ فَهُوَ فِي ذِمَّةِ اللَّهِ “Kim bomdod namozini o‘qisa, u Allohning himoyasidadir.” 📚 Imom Muslim rivoyati, Jundub ibn Abdulloh roziyallohu anhudan. Allohning himoyasida bo‘lib, kunimizni namoz, ilm va birodarlik bilan boshlash naqadar ulug‘ ne’mat! 🕌 Al-Buxoriy Islom markazi barcha birodarlarimizni har shanba kuni bo‘lib o‘tadigan bomdod dasturiga taklif etadi. 📅 Har shanba kuni 🕕 Bomdod namozi — 6:00 AM 📖 Islom tarixi darsi 🥐 Mazali turkcha nonushta Bomdod namozini jamoat bilan ado etib, foydali ilm o‘rganish va birodarlarimiz bilan bir dasturxon atrofida jam bo‘lishga barchangizni taklif qilamiz! 📍 Al-Bukhari Islamic Center 8009 S Orange Ave, Orlando, FL 32809 Bomdodga keling, kuningizni baraka bilan boshlang! Alloh taolo barchamizni namozga bardavom bo‘lgan bandalaridan qilsin. Omin!
Open in Telegram🎥 «AYOL VA QUR’ON ILMLARI» Shimoliy Amerika yoshlari o‘rtasidagi II Qur’on musobaqasi munosabati bilan Orlando shahriga tashrif buyurgan Ustoza Hofiza Odinaxon Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf bilan ayollar jamoasi va boshqa shaharlardan kelgan mehmon opa-singillar uchun tashkil etilgan ilmiy-ma’rifiy suhbat. 📍 Orlando, Florida, AQSh 🕌 Al-Bukhari Islamic Center
Open in TelegramForwarded from Shimoliy Amerikada Qur'on Musobaqasi
🏆 **II SHIMOLIY AMERIKA QUR’ON MUSOBAQASI — G‘OLIBLAR** Alhamdulillah, musobaqamiz yakunlariga ko‘ra g‘oliblarimiz aniqlandi. 30 pora- Orlando Masjidlari: 🥇 Muhammad Yusuf — Al Bukhari Center, Orlando 🥈 Shafin Arif — Jama Masjid, Orlando 🥉 Umran Jameel — Masjid Al Rahman, Orlando 5 pora: 🥇 Saidislom Yuldashev — Philadelphia, PA 🥈 Sobir Ozodov — Chicago, IL 🥉 Umar Muhammadjonov — Chicago, IL 1 pora: 🥇 Ibrohim Abdullaev — New York, NY 🥈 Alisher Chengizov — Philadelphia, PA 🥉 Abdulloh Usmanov — New York, NY Rasululloh ﷺ dedilar: “Sizlarning eng yaxshilaringiz Qur’onni o‘rgangan va uni o‘rgatganlaringizdir.” (Imom Buxoriy rivoyati) Barcha g‘oliblarimizni chin qalbdan tabriklaymiz! Alloh Qur’on bilan bo‘lgan yo‘llarini yanada barakali qilsin. 🤲 Bizning rasmiy sahifalarimiz: https://t.me/ShimoliyAmericaQuronMusobaqasi
Open in TelegramForwarded from Shimoliy Amerikada Qur'on Musobaqasi
🏆 II SHIMOLIY AMERIKA QUR’ON MUSOBAQASI — G‘OLIBLAR Qizlar — 1 juz yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblarimiz: 10–16 yosh: 1-o‘rin — Fatima Muhammad — Texas 2-o‘rin — Shokira Ziyatova — New York 3-o‘rin — Ayana Avazova — Maryland 17–24 yosh: 1-o‘rin — Muslima Usmanova — New York 2-o‘rin — Maryam Rustamova — Florida 3-o‘rin — Kamila Kasymova — Ontario Rasululloh ﷺ dedilar: “Sizlarning eng yaxshilaringiz Qur’onni o‘rgangan va uni o‘rgatganlaringizdir.” (Imom Buxoriy rivoyati) Barcha g‘oliblarimizni chin qalbdan tabriklaymiz! Bizning rasmiy sahifalarimiz: https://t.me/ShimoliyAmericaQuronMusobaqasi
Open in Telegram# 🌹 QALBLARDAN QALBLARGA TASHakkurnoma Aziz va muhtaram Al-Buxoriy Islom markazining Qur’on oshig‘i, xizmat shaydosi bo‘lgan fidoyi jamoati! Avvalo, Alloh taologa cheksiz hamdu sanolar bo‘lsinki, siz azizlar bilan birgalikda Qur’oni Karim yo‘lida yana bir ulkan va sharafli tadbirni yuksak saviyada o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldik. Alhamdulillah! Bugungi kungacha boshqa shtatlardan, Orlando shahridagi turli jamoatlardan kelayotgan samimiy tashakkur va e’tiroflar barchamizning ko‘nglimizni quvontirmoqda. Bu — xizmatlarimizning dunyodagi kichik mukofoti, asl va buyuk mukofotimiz esa Alloh taoloning huzuridadir! Ushbu xayrli xizmatga moli, vaqti, bilimi, mehnati, mashinasi, hatto uyining eshiklarini ochib hissa qo‘shgan, ayniqsa, oshpazlik va tashkiliy ishlarda jonbozlik ko‘rsatgan, biz bilgan va bilmagan barcha fidoyi insonlarga chin qalbimizdan minnatdorchilik bildiramiz. 🤲 Alloh taolo qilgan xizmatlaringizning barakasini oilangizda, farzandlaringizda, rizqingizda, tijoratingizda va butun hayotingizda ko‘rishni nasib etsin! ### 🌷 MUHTARAM OPA-SINGILLARIMIZGA ALOHIDA TASHAKKUR! Bu ulug‘ xizmatda opa-singillarimizning fidoyiligi alohida tahsinga sazovordir. Ular barcha vazifalarni o‘z zimmalariga olib, erkaklardan yordam kutmasdan, har bir ishni o‘zaro hamjihatlik va yuksak mas’uliyat bilan ado etdilar. Sizdek fidoyi, g‘ayratli va ixlosli opa-singillarimizning borligi — jamoatimizning katta boyligi, faxri va baxtidir! Alloh taolo har biringizning mehnatingizni, charchog‘ingizni, hatto hech kim ko‘rmagan xizmatlaringizni ham dargohida qabul qilib, ajringizni ziyodasi bilan ato etsin! Aziz jamoatimiz! Bizning eng katta yutug‘imiz faqat tadbirning muvaffaqiyati emas, balki bir-birimizga bo‘lgan mehrimiz, birlik va hamjihatligimizdir. Inshaalloh, bu birlik bilan bundan-da ulkan xayrli ishlarga bosh-qosh bo‘lib, butun Amerika qit’asida Qur’onga xizmat qiluvchi namunali jamoatlardan bo‘lishni Alloh taolo barchamizga nasib etsin! Sizlar bilan faxrlanamiz! Alloh barchangizdan rozi bo‘lsin! *Cheksiz hurmat, samimiy muhabbat va duolar bilan,* Al-Buxoriy Islom markazi rahbariyati 🤲 Allohim, bizlarni dunyoda Qur’onga xizmat qilgan, oxiratda esa Qur’on shafoatiga erishgan bandalaringdan qil! Omin!
Open in TelegramForwarded from Shimoliy Amerikada Qur'on Musobaqasi
📖 Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar! Alhamdulillah, II Shimoliy Amerika Qur’on Musobaqasining ikkinchi kun boshlandi! Jonli efirni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: Barchangizni tomoshaga taklif qilamiz! https://www.youtube.com/watch?v=mfFTaRcRxio
Open in TelegramForwarded from Shimoliy Amerikada Qur'on Musobaqasi
📖 Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar! Alhamdulillah, II Shimoliy Amerika Qur’on Musobaqasining ikkinchi kun boshlandi! Jonli efirni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: Barchangizni tomoshaga taklif qilamiz! https://www.youtube.com/watch?v=5Ya2dSe2-aM
Open in TelegramForwarded from Shimoliy Amerikada Qur'on Musobaqasi
📖 Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar! Alhamdulillah, II Shimoliy Amerika Qur’on Musobaqasining ikkinchi kun boshlandi! Jonli efirni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: Barchangizni tomoshaga taklif qilamiz! https://www.youtube.com/watch?v=5Ya2dSe2-aM
Open in TelegramForwarded from Shimoliy Amerikada Qur'on Musobaqasi
📖 Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar! Alhamdulillah, II Shimoliy Amerika Qur’on Musobaqasining ikkinchi qismi boshlandi! Jonli efirni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: https://www.youtube.com/live/5Ya2dSe2-aM?si=A6FTjKGRQMZfnOUa Barchangizni tomoshaga taklif qilamiz! 🤲 Qur’on atrofida birlashaylik!
Open in TelegramForwarded from Shimoliy Amerikada Qur'on Musobaqasi
📖 QUR’ON MUSOBAQASI 2026 — JONLI EFIR Aziz yurtdoshlar, II Shimoliy Amerika Qur’on Musobaqasini YouTube orqali kuzatishingiz mumkin. Qur’on atrofida birlashaylik! ▶️ Jonli efir: https://www.youtube.com/live/5Ya2dSe2-aM?si=A6FTjKGRQMZfnOUa
Open in TelegramForwarded from Shimoliy Amerikada Qur'on Musobaqasi
📖 QUR’ON MUSOBAQASI ERTAGA BOSHLANADI! Aziz yurtdoshlar, II Shimoliy Amerika Qur’on Musobaqasi ertaga boshlanadi. Barchangizni 9:00 AM da bo‘lib o‘tadigan ochilish marosimida ishtirok etishga taklif qilamiz. 📍 Islamic Center of Orlando Qur’on atrofida birlashaylik!
Open in Telegram📖 QUR’ON MUSOBAQASI ERTAGA BOSHLANADI! Aziz yurtdoshlar, II Shimoliy Amerika Qur’on Musobaqasi ertaga boshlanadi. Barchangizni 9:00 AM da bo‘lib o‘tadigan ochilish marosimida ishtirok etishga taklif qilamiz. 📍 Islamic Center of Orlando Qur’on atrofida birlashaylik!
Open in Telegram🕌 JUMA NAMOZIGA TAKLIF! Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh! Hurmatli Al-Buxoriy Islom markazi jamoati! Ertaga, 30-oktyabr, juma kuni, O‘zbekistondan tashrif buyurgan qori akalarimizning go‘zal suhbatlari va qalblarga orom bag‘ishlovchi Qur’oni karim tilovatlaridan bahramand bo‘lamiz. Barchangizni ushbu fayzli va barakali majlisga taklif qilamiz. Iltimos, vaqtliroq kelib, suhbat va qiroatlardan to‘liq bahramand bo‘lishga harakat qiling. 📌 Muhim eslatma: Juma namozidan so‘ng markazimizda janoza namozi ham o‘qiladi. Alloh taolo barchamizni Qur’on ahli bilan birga bo‘lish va ularga xizmat qilish baxtiga muyassar aylasin! Al-Buxoriy Islom markazi ma’muriyati
Open in Telegram