Кабинет

Посты канала AL-BUKHARI ISLAMIC CENTER (Of Orlando FL)

сначала новые

#5882Фото

🕌 BOMDOD NAMOZIGA TAKLIF! Bomdod o‘qigan kishi Allohning himoyasidadir! Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! Aziz birodarlar! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qilganlar: مَنْ صَلَّى الصُّبْحَ فَهُوَ فِي ذِمَّةِ اللَّهِ *“Kim bomdod namozini o‘qisa, u Allohning himoyasidadir.”* (Imom Muslim rivoyati) Hurmatli birodarlar, jamoat bilan namoz o‘qish dinimizdagi eng muhim amallardan biridir. Afsuski, ba’zan kundalik tashvishlarimiz sababli bu ulug‘ ne’matga yetarlicha e’tibor bermay qo‘yamiz. Unutmaylik, bugun masjidga borishga imkonimiz bor ekan, bu imkoniyatni g‘animat bilaylik. Alloh taolo bizga bergan sog‘lik, vaqt va imkoniyatlar doim ham qo‘limizda bo‘lmasligi mumkin. Bir kun kelib masjidga borishni istasak ham, bunga imkonimiz yetmay qolishi mumkin. Shunday ekan, Alloh bergan ne’matlarga beparvo bo‘lmaylik. Masjidlarimizni obod qilaylik, namozlarimizni jamoat bilan ado etishga harakat qilaylik! 🌙 ERTAGA — SHANBA KUNI BOMDOD DASTURI 📅 21-noyabr, shanba 🕕 Bomdod namozi — 6:00 AM 🕋 Maxsus suhbat: UMRA IBODATI Bomdod namozidan so‘ng Imom Usmon tomonidan Umra ibodati haqida qisqa seminar bo‘lib o‘tadi. ☕ Turkcha nonushta Dasturimiz yakunida barcha birodarlarimiz uchun turkcha nonushta dasturxoni tashkil etiladi. Aziz birodarlar, ertalabki uyqumizdan bir oz vaqt ajratib, Allohning uyida birga namoz o‘qiylik, ilm o‘rganaylik va birodarlik rishtalarimizni mustahkamlaylik. Sizlarni masjidimizda kutib qolamiz! 📍 Al-Bukhari Islamic Center 8009 S Orange Ave, Orlando, FL 32809 *Alloh taolo barchamizni masjidga qalbi bog‘langan, namozlarini jamoat bilan ado etishga intiladigan bandalaridan qilsin. Omin!*

Открыть в Telegram
Просмотры1 020−26%к среднему
Пересылки—
Реакции7
Комментарии—
#5881Видео
Просмотры4 080+195%к среднему
Пересылки—
Реакции5
Комментарии—
#5880Фото
Просмотры1 010−27%к среднему
Пересылки—
Реакции6
Комментарии—
#5879Видео
Просмотры1 810+31%к среднему
Пересылки—
Реакции5
Комментарии—
#5878Фото
Просмотры799−42%к среднему
Пересылки—
Реакции5
Комментарии—
#5876Фото
Просмотры580−58%к среднему
Пересылки—
Реакции4
Комментарии—
#5874Текст

# 🌹 QALBLARDAN QALBLARGA TASHakkurnoma Aziz va muhtaram Al-Buxoriy Islom markazining Qur’on oshig‘i, xizmat shaydosi bo‘lgan fidoyi jamoati! Avvalo, Alloh taologa cheksiz hamdu sanolar bo‘lsinki, siz azizlar bilan birgalikda Qur’oni Karim yo‘lida yana bir ulkan va sharafli tadbirni yuksak saviyada o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldik. Alhamdulillah! Bugungi kungacha boshqa shtatlardan, Orlando shahridagi turli jamoatlardan kelayotgan samimiy tashakkur va e’tiroflar barchamizning ko‘nglimizni quvontirmoqda. Bu — xizmatlarimizning dunyodagi kichik mukofoti, asl va buyuk mukofotimiz esa Alloh taoloning huzuridadir! Ushbu xayrli xizmatga moli, vaqti, bilimi, mehnati, mashinasi, hatto uyining eshiklarini ochib hissa qo‘shgan, ayniqsa, oshpazlik va tashkiliy ishlarda jonbozlik ko‘rsatgan, biz bilgan va bilmagan barcha fidoyi insonlarga chin qalbimizdan minnatdorchilik bildiramiz. 🤲 Alloh taolo qilgan xizmatlaringizning barakasini oilangizda, farzandlaringizda, rizqingizda, tijoratingizda va butun hayotingizda ko‘rishni nasib etsin! ### 🌷 MUHTARAM OPA-SINGILLARIMIZGA ALOHIDA TASHAKKUR! Bu ulug‘ xizmatda opa-singillarimizning fidoyiligi alohida tahsinga sazovordir. Ular barcha vazifalarni o‘z zimmalariga olib, erkaklardan yordam kutmasdan, har bir ishni o‘zaro hamjihatlik va yuksak mas’uliyat bilan ado etdilar. Sizdek fidoyi, g‘ayratli va ixlosli opa-singillarimizning borligi — jamoatimizning katta boyligi, faxri va baxtidir! Alloh taolo har biringizning mehnatingizni, charchog‘ingizni, hatto hech kim ko‘rmagan xizmatlaringizni ham dargohida qabul qilib, ajringizni ziyodasi bilan ato etsin! Aziz jamoatimiz! Bizning eng katta yutug‘imiz faqat tadbirning muvaffaqiyati emas, balki bir-birimizga bo‘lgan mehrimiz, birlik va hamjihatligimizdir. Inshaalloh, bu birlik bilan bundan-da ulkan xayrli ishlarga bosh-qosh bo‘lib, butun Amerika qit’asida Qur’onga xizmat qiluvchi namunali jamoatlardan bo‘lishni Alloh taolo barchamizga nasib etsin! Sizlar bilan faxrlanamiz! Alloh barchangizdan rozi bo‘lsin! *Cheksiz hurmat, samimiy muhabbat va duolar bilan,* Al-Buxoriy Islom markazi rahbariyati 🤲 Allohim, bizlarni dunyoda Qur’onga xizmat qilgan, oxiratda esa Qur’on shafoatiga erishgan bandalaringdan qil! Omin!

Открыть в Telegram
Просмотры1 250−10%к среднему
Пересылки—
Реакции7
Комментарии—
#5873Превью ссылки
Просмотры632−54%к среднему
Пересылки—
Реакции4
Комментарии—
#5872Превью ссылки
Просмотры313−77%к среднему
Пересылки—
Реакции2
Комментарии—
#5871Превью ссылки
Просмотры304−78%к среднему
Пересылки—
Реакции3
Комментарии—
#5870Превью ссылки
Просмотры585−58%к среднему
Пересылки—
Реакции4
Комментарии—
#5869Превью ссылки
Просмотры504−64%к среднему
Пересылки—
Реакции5
Комментарии—
#5868Видео
Просмотры572−59%к среднему
Пересылки—
Реакции6
Комментарии—
#5862Фото
Просмотры1 230−11%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—