Turan Security Xavfsizlik Byulleteni: PostgreSQL RCE Xavf darajasi: Yuqori | CVSS v3.0: 8.8 | CVE-2026-6460 PostgreSQL ma’lumotlar bazasining asosiy komponentida ma’lumotlar turlarini noto‘g‘ri qayta ishlash (Type Confusion) bilan bog‘liq xavfli zaiflik aniqlandi. Ushbu zaiflik orqali cheklangan huquqlarga ega foydalanuvchi serverda masofadan ixtiyoriy kod bajarishi (RCE), maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashi, o‘zgartirishi yoki ma’lumotlar bazasi faoliyatini izdan chiqarishi mumkin. Kod PostgreSQL xizmatini ishga tushiruvchi operatsion tizim foydalanuvchisi huquqlari bilan bajariladi. 1. Kimlar xavf ostida? • PostgreSQL 14.0–14.24 • PostgreSQL 15.0–15.19 • PostgreSQL 16.0–16.15 • PostgreSQL 17.0–17.11 • PostgreSQL 18.0–18.6 • Tizimlar: PostgreSQL asosida ishlovchi bank, to‘lov, ERP, CRM, veb-ilovalar va boshqa korporativ axborot tizimlari. 2. Himoyalanish choralari: • Yangilash: PostgreSQL’ni 14.25, 15.20, 16.16, 17.12 yoki 18.7 versiyasiga o‘tkazing. • Ma’lumotlar bazasiga internet orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishni cheklang. • Foydalanuvchilarning CREATE huquqlarini qayta ko‘rib chiqing va minimal imtiyozlar tamoyilini qo‘llang. • PostgreSQL jurnallari va serverdagi shubhali jarayonlarni tekshiring. • Yangilashdan oldin zaxira nusxalarini yarating va foydalanilayotgan kengaytmalar bo‘yicha ishlab chiqaruvchi tavsiyalarini tekshiring. Zaiflikdan foydalanishni namoyish etuvchi eksploit ochiq manbalarda e’lon qilingan. PostgreSQL 14 versiyasini qo‘llab-quvvatlash muddati ham yakunlangan. Barcha tashkilotlarni PostgreSQL serverlarini zudlik bilan tekshirish va xavfsizlik yangilanishlarini kechiktirmaslikka chaqiramiz. Batafsil: https://www.postgresql.org/support/security/CVE-2026-6460/ @turansecurity | www.turansec.uz | [email protected]
Open in Telegram
Turan Security
Turan Security Information Security services provider founded by heavily experienced guys | turansec.uz www.instagram.com/turan.security www.linkedin.com/company/turansecurity Aloqa uchun: @turan_admin , [email protected]
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 18, 2026 | 2,015 |
| Nov 24, 2026 | 1,670 |
| Nov 25, 2026 | 1,105 |
Most viewed this month
- 01Views2.18KForwards—Reactions45Comments—
- 02Views2.04KForwards—Reactions33Comments—
- 03Views1.99KForwards—Reactions28Comments—
- 04Views1.56KForwards—Reactions13Comments—
Latest posts
Turan Security Xavfsizlik Byulleteni: VMware vCenter Xavf darajasi: Kritik | CVSS v3.1: 9.8 | CVE-2026-123903 VMware vCenter’ning VMware Directory Service (vmdir) komponentida autentifikatsiyani chetlab o‘tish (Authentication Bypass) imkonini beruvchi kritik zaiflik aniqlandi. Ushbu zaiflik orqali tajovuzkor login va parolsiz tizimga kirishi, administrator huquqlarini qo‘lga kiritishi hamda virtual infratuzilma boshqaruvini egallashi mumkin. 1. Kimlar xavf ostida? • Versiyalar: VMware vCenter 7.0, 8.0, 9.0.x va 9.1.x tarmoqlarining zaif versiyalari. • Tizimlar: VMware vSphere, VMware Cloud Foundation (VCF) va VMware vSphere Foundation (VVF). • Ayniqsa, vCenter boshqaruv xizmatlari internet yoki himoyalanmagan ichki tarmoqlar orqali ochiq bo‘lgan tashkilotlar. 2. Himoyalanish choralari: • Yangilash: VMware vCenter’ni 8.0 U3m, 9.0.2.0300 yoki 9.1.2 versiyasiga o‘tkazing. • VMware vCenter 7.0 foydalanuvchilari Broadcom texnik yordam xizmatiga murojaat qilishlari yoki qo‘llab-quvvatlanadigan versiyaga o‘tishlari zarur. • vCenter boshqaruv xizmatlariga kirishni faqat ishonchli tarmoqlar orqali amalga oshirishga ruxsat bering. • Yangi yaratilgan foydalanuvchilar, administrator guruhlaridagi o‘zgarishlar va LDAP autentifikatsiya jurnallarini tekshiring. ⚠️ Zaiflikdan foydalanishni namoyish etuvchi PoC kodi ochiq manbalarda e’lon qilingan. Ishlab chiqaruvchi tomonidan rasmiy vaqtinchalik yechim taqdim etilmagan. Barcha tashkilotlarni VMware infratuzilmasini zudlik bilan tekshirish va xavfsizlik yangilanishlarini kechiktirmaslikka chaqiramiz. Batafsil: https://support.broadcom.com/web/ecx/support-content-notification/-/external/content/SecurityAdvisories/0/39626 @turansecurity | www.turansec.uz | [email protected]
Open in TelegramISO 27001 sertifikatingiz bormi? Yirik mijozga mahsulotingiz ma’qul keldi. Sinov loyihasini muhokama qilyapsiz, mijozning xavfsizlik jamoasi esa ma’lumotlarni qanday himoya qilishingizni ko‘rsatishni so‘rayapti. Turan Security startaplarga banklar, yirik kompaniyalar, davlat tashkilotlari va xalqaro hamkorlarning axborot xavfsizligi talablariga tayyorlanishda yordam beradi. ISO/IEC 27001. Hozirgi holatni baholaymiz, axborot xavfsizligini boshqarish tizimini yo‘lga qo‘yish, siyosatlarni ishlab chiqish va xavflarni baholashda yordam beramiz. Ichki audit o‘tkazamiz va sertifikatlash jarayonida jamoangizni qo‘llab-quvvatlaymiz. PCI DSS. Mahsulotingiz karta to‘lovlari bilan ishlasa, standart talablari qaysi tizim va jarayonlarga tatbiq etilishini aniqlaymiz. Kamchiliklarni topish va bartaraf etishda, shuningdek, muvofiqlikni baholashga tayyorlanishda yordam beramiz. Bu ishlar auditdan keyin ham asqatadi. Tayyor hujjatlar va yo‘lga qo‘yilgan jarayonlar mijozlarning xavfsizlik savollariga aniq javob berishni hamda hamkorlar va investorlar tekshiruvlaridan o‘tishni osonlashtiradi. Ilk bosqichdagi startaplar uchun ISO/IEC 27001 va PCI DSS bo‘yicha barcha konsalting xizmatlariga chegirma beramiz. Mijoz xavfsizlik anketasini yubordimi yoki audit sanasi belgilanganmi? Bepul konsultatsiyaga yoziling. Talablarni birga ko‘rib chiqib, nimadan boshlash kerakligini aniqlaymiz. [email protected] · +998 97 420 41 11 · turansec.uz
Open in TelegramSaytingizdagi zaiflik haqida birinchi bo‘lib siz biling. Turan Security’ning Oqdoppi bug bounty platformasida 1 000 nafar oq xaker ro‘yxatdan o‘tdi. Bug bounty dasturini oching. Qaysi tizimlarni tekshirish mumkinligi va mukofot shartlarini siz belgilaysiz. Tadqiqotchilar shu doirada zaifliklarni izlaydi va topilmalari haqida sizga maxfiy xabar beradi. 👉 Oqdoppida bug bounty dasturini boshlang
Open in TelegramTuran Security xavfsizlik byulleteni - NGINX2Root Xavf darajasi - Kritik | CVSS v4.0 - 9.2 (F5) | CVE-2026-123007 NGINX Open Source va NGINX Plus’da beshta zaiflik aniqlandi. Asosiy zaiflik, CVE-2026-123007, HTTP/2 yoqilgan serverlarda xotira buzilishiga olib kelishi mumkin. Tadqiqotchilar autentifikatsiyasiz, NGINX ishchi jarayoni huquqlari bilan masofadan kod bajarish (RCE) mumkinligini namoyish qildi. root huquqiga chiqish uchun, odatda, huquqlarni oshirishning alohida yo‘li kerak. 1. Kimlar xavf ostida? : NGINX Open Source va NGINX Plus’ning tuzatish o‘rnatilmagan versiyalari. Asosiy zaiflik HTTP/2 yoqilgan konfiguratsiyalarga ta’sir qiladi. Open Source’da u 1.9.5 versiyasidan boshlab uchraydi. Qolgan to‘rtta zaiflik HTTP/2 (CVE-2026-123633), HTTP/3 (CVE-2026-121810), DNS resolver (CVE-2026-123634) va pochta proksisi (CVE-2026-113425) bilan bog‘liq. 2. Himoyalanish choralari : NGINX Open Source uchun tuzatishlar 1.30.7 (stable) va 1.31.9 (mainline) versiyalaridan boshlab mavjud. NGINX Plus uchun 37.0.8.1 (LTS) yoki 37.3.0.1 (CR) yoxud tegishli tarmoqdagi yangiroq versiyani o‘rnating. Linux distributivi paketidan foydalansangiz, tuzatishni distributivning xavfsizlik byulleteni orqali tekshiring. Yangilashdan keyin NGINX’ni qayta ishga tushiring. Darhol yangilay olmasangiz vaqtinchalik chora: gRPC kabi xizmatlarga ta’sirini tekshirib, HTTP/2’ni vaqtincha o‘chiring. Bu chora beshta zaiflikdan faqat ikkitasini qamrab oladi CVE-2026-123007 va CVE-2026-123633. Avvalo internetdan bevosita kirish mumkin bo‘lgan, HTTP/2 yoqilgan NGINX serverlarini tekshiring va yangilang. Eslatib o'tamiz zaiflikning ishlatish uchun kodlar ommaga ochiqlangan ! Qualys tahlili · NGINX rasmiy byulleteni @turansecurity · www.turansec.uz · [email protected]
Open in Telegram🇺🇿🇺🇿18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun! 1991-yil 18-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tasdiqlanib, ranglari va undagi har bir unsuri xalqimizning tarixiy ildizlari, milliy an’analari hamda kelajak sari intilishini ifodalaydi. 🇺🇿🇺🇿November 18th – The Day the State Flag of the Republic of Uzbekistan was Adopted. On November 18, 1991, the State Flag of the Republic of Uzbekistan was officially adopted. Its colors and every element represent the historical roots, national traditions, and aspirations of our people for the future. @TuranSecurity | www.turansec.uz
Open in TelegramTuran Security Xavfsizlik Byulleteni: Java4Shell Xavf darajasi: Kritik | CVSS v4.0: 9.2 | CVE-2026-114938 Java (OpenJDK) Base64 dekoderida xavfli zaiflik aniqlandi. Maxsus tayyorlangan so‘rov orqali tizim xotirasini buzish, ma’lumotlarni o‘g‘irlash va tizimga kirmasdan turib masofadan kod bajarish (RCE) mumkin. 1. Kimlar xavf ostida? • Versiyalar: OpenJDK 17.0.6 va undan yangi barcha versiyalar (17, 21, 25, 27) hamda ular asosidagi distributivlar (Oracle Java SE, Amazon Corretto, Azul Zulu, Eclipse Temurin, Red Hat OpenJDK, GraalVM). • Tizimlar: Authorization: Basic sarlavhasi yoki SAML/CSRF tokenlarini qayta ishlovchi barcha ilovalar (masalan: Keycloak, Jira, Confluence, Jenkins). 2. Himoyalanish choralari: • Yangilash: Java’ni 17.0.21.1, 21.0.13.1, 25.0.5.1 yoki 27.0.1.1 versiyasiga o‘tkazing. • Vaqtinchalik chora: Hozircha yangilash imkoni bo‘lmasa, JVM’ni -XX:-UseBASE64Intrinsics parametri bilan ishga tushiring. Barcha tashkilotlarni Java tizimlarini tekshirish va yangilanishlarni kechiktirmaslikka chaqiramiz. Batafsil: https://nvd.nist.gov/vuln/detail/cve-2026-114938 @turansecurity | www.turansec.uz | [email protected]
Open in Telegram☠️Turan Security Xavfsizlik Byulleteni - Node2Shell ⚠️ Xavf darajasi: Kritik | CVSS v4.0: 9.2 | CVE-2026-111497 ✅ Google Brotli ma’lumotlarni siqish kutubxonasida CVE-2026-111497 zaifligi aniqlandi. Ushbu zaiflik maxsus tayyorlangan siqilgan ma’lumotlar orqali dastur xotirasining buzilishiga, xizmat faoliyatining izdan chiqishiga va ayrim holatlarda masofadan turib zararli kod bajarilishiga olib kelishi mumkin. Zaiflik Node.js, Bun, Envoy, Istio va Python’ning Brotli hamda brotlicffi kutubxonalaridan foydalanadigan ayrim tizimlarga ta’sir qiladi. Mutaxassislar zaiflikdan foydalanib, Node.js’ning muayyan zaif versiyasida kod bajarilishini amalda namoyish etgan. Boshqa dasturlarda bunday hujum muvaffaqiyatli amalga oshirilgani tasdiqlanmagan.Ilovangiz Brotli'ni to'g'ridan-to'g'ri chaqirmasligi ham mumkin: "Content-Encoding: br" javobini o'qish yoki Brotli bilan siqilgan so'rov tanasini ochish kifoya. Tavsiyalar: ⭐ Node.js, Bun, Envoy, Istio va Python muhitlaridagi Brotli versiyalarini inventarizatsiya qiling - runtime'ni yangilash har doim ham yetarli emas, ilova ichidagi alohida Brotli kutubxonalarini ham tekshiring. ⭐"Content-Encoding: br" sarlavhali kiruvchi so'rovlarni va ishonchsiz serverlardan olinadigan siqilgan javoblarni kuzating. ⭐WAF qoidalarini yangilang; imkoni bo'lsa, zarurati bo'lmagan joylarda Brotli dekompressiyasini vaqtincha o'chiring. ⭐ Jarayonlarning kutilmagan ishdan chiqishi (crash) va anomal xotira xatoliklarini monitoring qiling - bular ekspluatatsiya urinishi belgisi bo'lishi mumkin. Turan Security tashkilotlarni Brotli'ga bog'liq komponentlarni inventarizatsiya qilish, monitoringni kuchaytirish va xavfsizlik yangilanishlarini kechiktirmaslikka chaqiradi. @turansecurity | www.turansec.uz | [email protected]
Open in Telegram☠️Turan Security Xavfsizlik Byulleteni — PHP2Shell 🔴 Xavf darajasi: Kritik | CVSS v4.0: 9.2 | CVE-2026-109618 va CVE-2026-109619. PHP’da ikkita kritik zaiflik tasdiqlandi. PHP2Shell nomi bilan tarqalayotgan ushbu zaifliklar serverda masofadan zararli kod bajarish va ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish xavfini tug‘diradi. Yangilanishlar 21-oktabr, Toshkent vaqti bilan 19:00 da chiqarilishi rejalashtirilgan. Ta’sirlangan va tuzatilgan versiyalar rasmiy e’londa aniqlashtiriladi. Tavsiyalar: • PHP versiyalarini tekshiring va yangilanishlarni chiqarilishi bilan o‘rnating. • Server loglari, shubhali jarayonlar va web-shell belgilarini kuzating. • Shubhali faollik aniqlansa, serverni izolyatsiya qiling va dalillarni saqlang. Turan Security tashkilotlarni PHP tizimlarini tekshirish, monitoringni kuchaytirish va xavfsizlik yangilanishlarini kechiktirmaslikka chaqiradi. @turansecurity | www.turansec.uz | [email protected]
Open in Telegram🏆 Turan Security — Cyberkent 4.0 CTF’da yuqori natijalar! 5–6-oktabr kunlari “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, Cyberkent 4.0” doirasida tashkil etilgan CTF musobaqasida Turan Security jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Musobaqaning final bosqichida jamoamiz a’zolari bir nechta yo‘nalishlarda 1-o‘rinni egallashdi: 🥇 Blue Team — 1-o‘rin 🥇 Red Team — 1-o‘rin 🥇 AI Underworlds — 1-o‘rin 🥇 Bug Bounty — 1-o‘rin Tashqaridan qaraganda, bu shunchaki yaxshi natijalar yoki navbatdagi g‘alaba bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Ammo har bir natijaning ortida tinimsiz mehnat, uzoq muddatli tayyorgarlik, doimiy o‘rganish, tajriba va kuchli jamoaviy ish turibdi. Biz uchun eng katta yutuq faqat egallangan o‘rinlar emas — jamoamiz mutaxassislarining bilim va ko‘nikmalarini real raqobat muhitida yana bir bor namoyon eta olganidir. Tadbir tashkilotchilariga mazmunli va yuqori saviyada tashkil etilgan musobaqa uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Musobaqada qatnashgan barcha jamoalarni va, albatta, Turan Security jamoamizni ushbu natijalar bilan tabriklaymiz! 🚀 Oldinda yanada katta maqsadlar bor. @TuranSecurity | www.turansec.uz
Open in TelegramConnections
Similar channels
Hikvision Academy@hikguruTechnologies2.69K
Dasturchining kundaligi@dasturchi_pfTechnologies2.71K- Xurshid.Com || Shaxsiy Blog@xurshid_comTechnologies2.73K
Cisco and Server | AI@cisco_serverTechnologies2.54K
Farkhod - AI PM@farkhod_comTechnologies2.84K
Uzcosmos@uzcosmos_officialTechnologies2.53K
Otabek’s I/O@otabeksweTechnologies2.88K
UzGeeks Community@uzgeekscommunityTechnologies2.98K