Voicelab jamoasidan yana bir open-source model. Biz O'zbek, Qozoq, Tojik, Qirg'iz, va shu kabi low-resource tillarni qo'llab quvatlashni, shevalarni yaxshiroq tushunish va ularda gapira olishni osonlashtirish ustida har kuni ishlayabmiz. Har bir modelni kamchiliklari bo'lganidek, ushbu modelda ham ba'zi kamchiliklar bor. Ammo keyingi versiyalarida borgan sari bu kamchiliklar pasayib boradi. Keyingi yil uchun biz Audio LM (Audio Understanding Language Model) modellarni taqdim qilish ustida ishlayabmiz. Bu jarayon pre-training bosqichini talab qiladi, va biz bunga tayyormiz. Keyingi bosqich, o'z kompyuteringizda ishlaydigan modellarimiz bo'ladi. Tez orada bu modellarni ham ochiq qilamiz. Batafsil: https://t.me/voicelabio/33
Open in Telegram
Otabek’s I/O
I write about Backend, Infrastructure, Math, ML/AI, and Computer Science. Building: @voicelabio Contact: [email protected]
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 9, 2026 | 4,900 |
| Nov 12, 2026 | 5,100 |
| Nov 23, 2026 | 1,460 |
Most viewed this month
- 01Views5.1KForwards—Reactions—Comments—
- 02Views4.9KForwards—Reactions—Comments—
- 03Views1.46KForwards—Reactions—Comments—
Latest posts
VoiceLab Echo iOS uchun qilgan dasturimiz chiqdi. Endi ovozli xabar eshita olmaydigan do’stlaringiz uchun, ovoz orqali matn yoza olasiz. Yaxshi feedback qoldirishingiz biz uchun muhim, dunyoga chiqishimiz uchun. Xatolarni doim tuzatib borayabmiz. Bepulga foydalaning. Yuklab oling echo.voicelab.uz
Open in TelegramNimani o'rganay? Startup qiluvchilarda ham, muhandislarda ham bir xil savol paydo bo'lgan. Ilgari bizni dofamin tizimimiz xatolarni yechishdan zavq olardi. Hozir esa bu ishni biz Code Autocompletion va Vibe Coding'ga almashtirdik. Xo'sh, endi nimadan zavqlanamiz? Eng zo'r xodimlar, startuplar boylarga xizmat ko'rsatuvchilar bo'ladi. Ularni doim muammosi bor, shu muammosini yechuvchi startup yoki mutaxasis bo'lish kifoya, ammo qanday? Agar hozirgi boylar kim deyilsa, men OpenAI, Anthropic, Google va shu kabi AI modellar ishlab chiquvchi kompaniyalar degan bo'lardim. AI sanoatida 2 ta faza mavjud, Training va Inference. Kompaniyalar o’sishi uchun bu ikkisi ham birdek muhim. Training yangi invoatsiya qilish uchun, ya'ni yangi frontier modellarni yaratish uchun. Inference yaratilgan modellarni katta masshtabda insonlarga xizmat ko'rsatishini ta'minlash. OpenAI aytishi bo'yicha ulardagi bor compute'ni 1/4 qismigina inference ga sarflanayotgan ekan, qolgani esa eskperimentlar qilish va yangi modellarni qurish uchun sarflanayotgan ekan. Kompaniya o'sishi uchun ular foyda keltiruvchi tomonga ham ko'proq investitsiya qilishi kerak bo'ladi, ya'ni inference tomonga. Chunki eskperimentlar investitsiyani qaytarmasligi mumkin, ammo foydalanuvchilar pul to'lashi orqali ular daromadini ko'tara oladi. TSMC aytishi bo'yicha yillik hardware tomondagi o'sish 3x ekan. Ya'ni katta kompaniyalar 5-10x o'sishi uchun ularga ko'proq hardware kerak bo'ladi, buni ammo ilojisi yo'q agar tendensiya shu ketish bo'lsa. Demak kompaniyalar o'sishi va daromad qilishi uchun ularga yo yaxshiroq infratuzilma, yo narxlarni keskin oshirishi kerak bo'ladi. Va bularni barchasi Inference Engineer'siz bo'lmasa kerak, menimcha. Agar inferenceda ishlab turgan GPU'lar hozirgidan 5x ko'proq token generatsiya qilishni boshlasa, marketda katta portalsh yuz beradi, chunki ko'plab bizneslar foydaga kirishni boshlaydi. Demak OpenAI, Anthropic va VoiceLab ga o'xshagan kompaniyalar endi Inference Engineering tomondagi optimizatsiyalarga ko'proq qiziqsa kerak. Chunki inovatsiya qilish zo'r, ammo ulardan foyda topish kompaniyani uzoq yillik saqlanib qolishida undanda muhim ro'l o'ynaydi. Startup qurmoqchimisiz? Zo'r mutahasis bo'lishni istaysizmi, unda shu sohalar haqida o'ylab ko'ring.
Open in TelegramAI modellar bilan 3 ta katta muammolar bor: 1. Reliability - garchi ular hamma narsa qila oladigandek ko’rinsada hali yetarlicha ishonchli emas. Ishonchli bo’lgan payt insonlar ishonchsizlashib qoladi. 2. Compute dependency - halicha modellar qurilmalarga optimizatsiya bo’lmadi. Hardware tomonda limitlarimiz bor, bu pul yoki kuch (computational power) 3. Learning curve fall - o’rganish xato va qilish orqali bo’lardi. Vibe coding (“make it perfect”, “do …”) orqali o’rganish pasayib borayabdi, natijada biz endi raqobat bardosh ham, inovatsion ham bo’lishimiz pasayib boradi. Bunday qobilyat egalari doim qadrlanadi. Bizga juda research kerak hozir!
Open in TelegramDropbox'da ishlab yurgan paytlarim qiziq bir narsani o'rgangan edim. Qanday qilib millionlab odamga fayllarni yetkazishni osonlashtirish mumkin. Boshida buni ko'pincha Linux Foundation qilgan bo'lsa kerak deb o'ylagandim. Keyinroq bu yerda Google va Meta ni ham xissasi bor ekan. Dropbox'da postda yozilgandan ham yaxshiroq yechim qilishgan. Bu haqida yoza olmayman lekin ko'rganimda og'zim ochilib qolgan. Biz uni Magic Pocket deb atardik (Exabyte Scale blob storage system). AI Agent'lar davrida o'rganishga zo'r mavzular. Batafsil o'qish
Open in TelegramHyperLogLog Platforma view'lar sonini unique ekanligni xisoblash uchun juda qiziq yo'l va algoritm mavjud. O'qib ko'ring.
Open in TelegramNoyabr oyi uchun ko'proq blog yozish rejada bor. Hozirgacha nimalar qila oldik: • Sado v2 modelini chiqardik. Mijozlarimiz uni Gemini va boshqa STT modellardan yaxshi deyishdi. Ko'z tegmasin, Sado v3 oy oxirigacha chiqadi va shevalarda ham eng zo'r model bo'ladi ISA. • Bir tanishimga Google'dan, Senior Software Engineer offer olishda yordam qildim. 3 haftada Shvetsariyada Gemini jamoasida ish boshlaydi. Bugun ertalab rahmat xabarini oldim, juda yoqimli. • Youtube'da ochiq qilib qo'ygan algoritmlar darslarimdan tez-tez yaxshi fikrlar olib turibman. Bu oy yoki kelasi oy rejada Youtube uchun juda qiziq ishlar bor. • Lison v2 modelimiz natijalari ham ancha yaxshi, xissiyotlar bilan gapira oladi. Voice control qila olasiz. • Voice Agent larni va SIP ni bir joydan boshqarish uchun voicelab xizmatga tayyor turibdi. Ba'zi startup va kompaniyalar pilot ishga tushirishdi. Barchasiga alhamdulillah, hozircha atrofimizdagilarga foydamiz tegayabdi, zararimiz emas. Keyinroq Sado v1 STT modelimizni ochiq manbali (open-source) qilib chiqaramiz, undan bemalol foydalansangiz bo'ladi. Bollar, biz yutayabmiz!
Open in TelegramDiqqat! E’tiboringizga Lison v2’ni taqdim etamiz! Lison v2 bu VoiceLab’ning yangi nutq modeli boʻlib, endilikda matnni shunchaki o’qimaydi, his-tuyg’u bilan gapiradi. • Yangi model pichirlaydi, kula oladi, hayajonlanadi va xafa bo’ladi. Ovoz matnning mazmuniga qarab o‘zgaradi, shuning uchun eshitganda tirik odam gapirayotgandek tuyuladi. 33+ til. O’zbek, rus, ingliz, xitoy, yapon, koreys va boshqa tillarda bir xil tabiiy ovoz. Videolar, audiokitoblar, reklamalar va mijozlar bilan muloqot uchun ovoz yaratayotgan bo’lsangiz, Lison v2 aynan siz uchun. Sinab ko’ring: voicelab.uz
Open in TelegramVoicelab'da yangiliklar ko'p, faqat biz ozgina buni yashirib keldik, release kunigacha Sado v2 (STT) modelimiz Gemini va boshqa STT modellardan yaxshiroq natijalar beryabdi O'zbek tili uchun. Biz buni bir nechta dataset va turli xil resource lardan audiolar olib sinab ko'rdik. Lison v2 (TTS) modelimiz Elevenlab v4 va shu kabi modellardan qolishmaydigan natijalar berayabdi. Buni o'zimiz va kichik beta guruh bilan qo'lda sinab solishtirib tekshirib ko'rdik. Live translation uchun yangi modellarimiz kelayabdi. Dubbing bo'yicha ham beta qilgan edik, endi butunlayin release uchun tayyorlayabmiz. Natijalarni tez orada bo'lishib o'tamiz. Hozircha TTS va STT natijalarini voicelab.uz da sinab ko'rsangiz bo'ladi. Ha aytgancha, biz inference optimization uchun custom CUDA va kernel yozishni ham boshladik. Shunga bo'lsa kerak, modellarimiz juda tez ishlayabdi : ) Yangiliklarni @voicelabio da kuzatib boring
Open in TelegramVoicelab da bizga eng qiziq bo'lgan mavzu bu Small Language Models (Large Language Models emas). Sababi ular kichik, bu esa ularni oddiyroq qurilmalarda yuritish imkonini beradi. Qiziq tomoni, agar biz kichik modelni to'g'ri train qilsak. Unga pre-train davomida to'g'ri ma'lumot bera olsak, ma'lumot sifati yuqori bo'lsa keyingi qiladigan ishimiz bu uni learning algoritmini tuzatish bo'ladi. Hamma "Artificial Intelligence" (Sun'iy Idrok) deyayotgan paytda "What is intelligence?" deydiganlar kamayib bormoqda. Ya'ni idrok bu yerda muammoni yechish emas, muammoni yechish avtomatizatsiya yoki tahmin asosida. Haqiqiy idrok bu yerda "o'rganish" (shaxsiy fikrim). Qayerdan, qanday qilib o'rganish. Xatolardan o'rganish. Hozirgi AI tizimlar bunday qilmaydi. Bitta xatoni takrorlashiga sabab yoki ba'zan yomon kod yozishiga sabablardan biri bu pre-train davomida ishlatilgan dataset (ma'lumotlar to'plami). Ular zo'r va chiroyli yozilgan kodlarni emas, ular githubdagi imkon qadar ko'proq kodlarni ko'rsatishga harakat qilishadi. Natijada context learning algoritmi ehtimollikni (probability) barchasiga ulab o'rganadi. Gradient Decent (ya'ni o'sha biz bilan AI ichidagi bilim)da balans yo'qoladi. AI shunchaki ko'p raqamlardan iborat bo'lgan miya bo'lgani uchun ehtimolliklarni bir-biri bilan bog'laydi. Qiziq tomoni bizningcha agar biz haqiqiy learning algortimni va context learningdagi o'sha mashxur f(x) = x^2 ni to'g'irlay olsak, continuous learning ga erisha olsak bo'lsa kerak, qaysidir ma'noda. Albatta bu oson bo'lmaydi. Hozircha muammolar 3ta ekan. Pre-train dagi ma'lumotlar sifati yuqori bo'lishi kerak. Context Learning uchun yaxshiroq algoritm topish (hozirgi algoritm qandaydir trick qilayotganga o'xshaydi, chunki ko'pchilik aynan shu qismini tushunmaydi. Shuning uchun AI bizga Black Box dek tuyuladi). Va oxirgisi Distillation process haqida o'ylab ko'rish, xuddi insonlar uxlaganda ba'zi bilmlarni unutib kundan bitta xulosa yasagani kabi, katta til modellari ham keraksiz bilmlarni tashlashi compute xarajatni pasaytirishga va yaxshiroq o'rganish uchun xulosa qilib to'g'ri algoritm tanlashga o'rgangan bo'larmidi, who knows. Voicelab da yangiliklar bor, tez orada bo'lishib o'tamiz.
Open in TelegramConnections
Similar channels
Elzodxon Sharofaddinov@elzodxonTechnologies2.19K
Farkhod - AI PM@farkhod_comTechnologies2.84K- UzGeeks Community@uzgeekscommunityTechnologies2.99K
Dasturchining kundaligi@dasturchi_pfTechnologies2.71K
UzCERT Live@uzcert_liveTechnologies3.14K
Frontend@frontendTechnologies3.24K
Uzcosmos@uzcosmos_officialTechnologies2.52K
UNICON SOFT@uniconsoftTechnologies3.53K
Mentioned by
Mentions
Elzodxon Sharofaddinov@elzodxon1 mention
