Account

Posts of Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati

newest first

#8623Photo

📢 RASMIY MUNOSABAT 📌 Ijtimoiy tarmoqlarda 2026-yil 26–27-noyabr kunlari 24-sonli avtobus yo‘nalishi faoliyatiga oid tarqalgan videomurojaatlar yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ quyidagilarni ma’lum qiladi. 🔍 Mazkur murojaatlarda keltirilgan holatlar jamiyatning mas’ul mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi. 🚌 Xususan, 2026-yil 26-noyabr kuni “2-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi 24-sonli yo‘nalishga biriktirilgan, davlat raqamlari 01 850 LKA (saroy raqami 533), 01 840 LKA (saroy raqami 534) hamda 01 836 LKA (saroy raqami 536) bo‘lgan avtobuslarning soat 10:00–11:00 oralig‘ida ketma-ket harakatlanganligi aniqlandi. 🚦 Mazkur holat Toshkent shahri ko‘chalarida yuzaga kelgan yo‘l tirbandliklari sababli avtobuslarning belgilangan harakat jadvali va oraliq intervallarining vaqtincha buzilishi natijasida yuzaga kelgan. Ushbu holat taxminan 30–45 daqiqa davom etgan bo‘lib, hozirgi vaqtda avtobuslarning harakat jadvali hamda oraliq intervallari me’yoriga keltirilgan. 🔎 Shuningdek, 2026-yil 27-noyabr kuni tarqalgan videomurojaat yuzasidan mazkur filial tasarrufidagi 24-sonli yo‘nalishga biriktirilgan, davlat raqami 01 149 FKA, saroy raqami 02544 bo‘lgan avtobusning harakati “Bus Management” dasturi ma’lumotlari asosida tahlil qilindi. ☑ O‘rganish natijasida ushbu avtobus videomurojaatda ko‘rsatilgan vaqtda brutto-shartnoma talablariga muvofiq harakatlanganligi hamda belgilangan majburiyatlarni lozim darajada bajarganligi aniqlandi. 📋 Shu bilan birga, kelgusida avtobuslarning belgilangan harakat jadvali va oraliq intervallariga rioya etilishini ta’minlash, xizmat intizomini mustahkamlash hamda brutto-shartnoma talablariga qat’iy amal qilish maqsadida filial haydovchilari bilan navbatdan tashqari qo‘shimcha yo‘riqnomalar o‘tkazildi. Yo‘nalishdagi avtobuslar harakati filialning mas’ul xodimlari tomonidan nazoratga olindi. ❗️ Ta’kidlash joizki, “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan avtobuslar harakatining muntazamligini ta’minlash, yo‘lovchilarning bekatlarda kutish vaqtini qisqartirish hamda aholiga sifatli, xavfsiz va qulay jamoat transporti xizmatlarini ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 🙏 Yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun yo‘lovchilarimizdan uzr so‘raymiz hamda jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan murojaat va takliflari uchun minnatdorlik bildiramiz. ✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube

Open in Telegram
Views1,350−34%vs avg
Forwards—
Reactions5
Comments—
#8622Video
Views1,560−24%vs avg
Forwards—
Reactions10
Comments—
#8621Photo
Views1,550−25%vs avg
Forwards—
Reactions8
Comments—
#8616Photo
Views1,980−4%vs avg
Forwards—
Reactions9
Comments—
#8615Video
Views2,920+42%vs avg
Forwards—
Reactions16
Comments—
#8614Text

БЛАГОДАРИМ ЗА ВНИМАНИЕ И ПРИЗНАНИЕ! Признание труда человека, искреннее внимание и слова благодарности придают представителям любой профессии новые силы и служат дополнительной мотивацией. Особого уважения и признательности заслуживает инициатива администратора Telegram-канала «Городской маршрут» Юлии Каримовой, которая проявила внимание к водителям общественного транспорта, вручив им специальные подарочные наборы и выразив признательность за их нелёгкий труд. Особенно ценно такое внимание к водителям автобусов, которые ежедневно с большой ответственностью обеспечивают безопасную и своевременную перевозку тысяч пассажиров. Подобные добрые инициативы поднимают настроение водителям, укрепляют уважение к их профессии и вдохновляют на дальнейшую добросовестную работу. От имени коллектива АО «Тошшахартрансхизмат» выражаем искреннюю благодарность Юлии Каримовой за высокую оценку труда наших водителей, подаренные им положительные эмоции и неравнодушное отношение к сфере общественного транспорта! Уверены, что подобные добрые инициативы и в дальнейшем будут способствовать укреплению нашего взаимного сотрудничества, направленного на обеспечение ещё более комфортного, безопасного и качественного транспортного обслуживания пассажиров. Взаимное внимание и сотрудничество — важный шаг на пути к повышению качества обслуживания!

Open in Telegram
Views2,130+4%vs avg
Forwards—
Reactions18
Comments—
#8613Photo
Views2,220+8%vs avg
Forwards—
Reactions22
Comments—
#8612Photo
Views1,740−15%vs avg
Forwards—
Reactions10
Comments—
#8606Photo
Views2,330+13%vs avg
Forwards—
Reactions13
Comments—
#8605Video
Views2,200+7%vs avg
Forwards—
Reactions8
Comments—
#8604Video
Views1,890−8%vs avg
Forwards—
Reactions9
Comments—
#8603Photo

📢 RASMIY MUNOSABAT 📌 Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi avtobuslar oynalarining qoraytirilgani sababli yo‘lovchilarga tashqarini ko‘rishda noqulaylik tug‘ilayotgani, shuningdek, ayrim avtobuslarda bekatlar nomini ko‘rsatuvchi elektron axborot tablolarining ishlamayotgani yuzasidan tarqalgan tanqidiy murojaat bo‘yicha “Toshshahartransxizmat” AJ quyidagilarni ma’lum qiladi. 🚌 Avvalo, avtobus oynalarining tusini qoraytirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad yo‘lovchilar uchun qulay sharoit yaratishdan iborat ekanligini ta’kidlaymiz. Xususan, yoz mavsumida kuzatiladigan anomal issiq ob-havo sharoitida yo‘lovchilarni quyosh nurlarining bevosita ta’siridan himoya qilish, avtobus salonining ortiqcha qizib ketishining oldini olish hamda sovutish tizimi (konditsioner) samaradorligini oshirish maqsadida avtobus oynalari maxsus qoraytirilgan. Mazkur yechim avtobus salonida mo‘tadil havo haroratini saqlash, konditsioner orqali hosil qilinayotgan salqinlikni imkon qadar uzoqroq ta’minlash va yo‘lovchilarning jamoat transportida qulay harakatlanishiga xizmat qiladi. Shu bilan birga, kechki vaqtlarda hamda bulutli ob-havo sharoitida oynalarning qoraytirilgani yo‘lovchilarga tashqi muhitni kuzatishda muayyan noqulayliklar tug‘dirishi mumkinligi ham inobatga olinadi. 🔧 Shuningdek, yo‘lovchilarning avtobus harakati yo‘nalishi va bekatlar haqidagi ma’lumotlardan qulay foydalanishini ta’minlash maqsadida avtobus salonlarida o‘rnatilgan elektron axborot tablolarining ishlash holati muntazam nazorat qilib boriladi. Mazkur qurilmalarda aniqlangan texnik nosozliklarni bartaraf etish hamda ularning uzluksiz va sifatli ishlashini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda. ✅ “Toshshahartransxizmat” AJ yo‘lovchilarga sifatli, xavfsiz va qulay transport xizmatlarini ko‘rsatishni o‘zining ustuvor vazifalaridan biri deb biladi. Jamoatchilik tomonidan bildirilayotgan taklif va e’tirozlar xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi va ular albatta inobatga olinadi. Jamoat transporti faoliyatiga befarq bo‘lmay, o‘z fikr va mulohazalaringizni bildirib borayotganingiz uchun minnatdorlik bildiramiz. ✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube

Open in Telegram
Views2,880+40%vs avg
Forwards—
Reactions22
Comments—
#8602Photo
Views1,650−20%vs avg
Forwards—
Reactions11
Comments—
#8601Video
Views1,860−9%vs avg
Forwards—
Reactions8
Comments—