📢 RASMIY MUNOSABAT 📌 Ijtimoiy tarmoqlarda 2026-yil 26–27-noyabr kunlari 24-sonli avtobus yo‘nalishi faoliyatiga oid tarqalgan videomurojaatlar yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ quyidagilarni ma’lum qiladi. 🔍 Mazkur murojaatlarda keltirilgan holatlar jamiyatning mas’ul mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi. 🚌 Xususan, 2026-yil 26-noyabr kuni “2-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi 24-sonli yo‘nalishga biriktirilgan, davlat raqamlari 01 850 LKA (saroy raqami 533), 01 840 LKA (saroy raqami 534) hamda 01 836 LKA (saroy raqami 536) bo‘lgan avtobuslarning soat 10:00–11:00 oralig‘ida ketma-ket harakatlanganligi aniqlandi. 🚦 Mazkur holat Toshkent shahri ko‘chalarida yuzaga kelgan yo‘l tirbandliklari sababli avtobuslarning belgilangan harakat jadvali va oraliq intervallarining vaqtincha buzilishi natijasida yuzaga kelgan. Ushbu holat taxminan 30–45 daqiqa davom etgan bo‘lib, hozirgi vaqtda avtobuslarning harakat jadvali hamda oraliq intervallari me’yoriga keltirilgan. 🔎 Shuningdek, 2026-yil 27-noyabr kuni tarqalgan videomurojaat yuzasidan mazkur filial tasarrufidagi 24-sonli yo‘nalishga biriktirilgan, davlat raqami 01 149 FKA, saroy raqami 02544 bo‘lgan avtobusning harakati “Bus Management” dasturi ma’lumotlari asosida tahlil qilindi. ☑ O‘rganish natijasida ushbu avtobus videomurojaatda ko‘rsatilgan vaqtda brutto-shartnoma talablariga muvofiq harakatlanganligi hamda belgilangan majburiyatlarni lozim darajada bajarganligi aniqlandi. 📋 Shu bilan birga, kelgusida avtobuslarning belgilangan harakat jadvali va oraliq intervallariga rioya etilishini ta’minlash, xizmat intizomini mustahkamlash hamda brutto-shartnoma talablariga qat’iy amal qilish maqsadida filial haydovchilari bilan navbatdan tashqari qo‘shimcha yo‘riqnomalar o‘tkazildi. Yo‘nalishdagi avtobuslar harakati filialning mas’ul xodimlari tomonidan nazoratga olindi. ❗️ Ta’kidlash joizki, “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan avtobuslar harakatining muntazamligini ta’minlash, yo‘lovchilarning bekatlarda kutish vaqtini qisqartirish hamda aholiga sifatli, xavfsiz va qulay jamoat transporti xizmatlarini ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 🙏 Yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun yo‘lovchilarimizdan uzr so‘raymiz hamda jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan murojaat va takliflari uchun minnatdorlik bildiramiz. ✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube
Open in TelegramToshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
E-mail: [email protected] Call center: 1062 Manzil: Toshkent shahar, Usmon Nosir ko’chasi, 6-uy https://www.instagram.com/toshbus https://tashbus.uz/
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 20, 2026 | 2,130 |
| Nov 21, 2026 | 2,045 |
| Nov 23, 2026 | 2,105 |
| Nov 24, 2026 | 2,450 |
| Nov 25, 2026 | 2,540 |
| Nov 26, 2026 | 1,555 |
| Nov 27, 2026 | 1,350 |
Most viewed this month
- 01Views2.92KForwards—Reactions16Comments—
- 02Views2.88KForwards—Reactions22Comments—
- 03Views2.54KForwards—Reactions8Comments—
- 04Views2.33KForwards—Reactions13Comments—
Latest posts
📺 #OAV_BIZ_HAQIMIZDA 🚌 “O‘zbekiston” telekanalining “O‘ylab ko‘ring” ko‘rsatuvida — “Jamoat transporti evolyutsiyasi” 🎥 “O‘zbekiston” telekanalining “O‘ylab ko‘ring” teleloyihasida poytaxt jamoat transporti tizimining rivojlanish bosqichlari, bugungi kundagi yangilanishlar hamda “Toshshahartransxizmat” AJ faoliyatiga bag‘ishlangan ko‘rsatuv namoyish etildi. 🚍 Ko‘rsatuvda jamoat transportining kechagi va bugungi qiyofasi, zamonaviy avtobuslar, yo‘lovchilar uchun yaratilayotgan qulayliklar hamda transport xizmatlari sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritiladi. ✅ Jamoat transportining rivojlanishi — yo‘lovchilar uchun qulaylik, xavfsizlik va sifatli xizmat demakdir! ▶️ Batafsil — videoda! ✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube
Open in Telegram#INFOGRAFIKA YO‘LOVCHILAR OQIMI BO‘YICHA KUNLIK MA'LUMOT! "Toshshahartransxizmat" AJ tizimida bugungi kunda jami 164 ta yoʻnalish mavjud. 👥 Joriy yilnng 26-noyabr kuni ertalabki tigʻiz vaqt (pik soatlar) — soat 06:00 dan 10:00 gacha boʻlgan davrda jami 326 770 nafar yoʻlovchi tashildi. 📈 Mazkur davrda quyidagi yo‘nalishlarda yoʻlovchilar oqimi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi: 🚌 131-yoʻnalish ( Do’stlik 2-mavzesi – Olimpiya mavzesi) — 4 621 nafar yoʻlovchi; 🚌 8-yoʻnalish ( Olchazor mahallasi – Chilonzor mavzesi 25-daha) — 4 461 yoʻlovchi; 🚌 9T-yoʻnalish ( Chilonzor mavzesi 25-daha – Toshkent vokzali) — 3 915 nafar yoʻlovchi; 🚌 24-yoʻnalish ( TTZ AShB – Yunusobod mavzesi 6-daha) — 3 834 nafar yoʻlovchi; 🚌 116-yoʻnalish ( Shifokorlar shaharchasi - Chilonzor buyum bozori) — 3 563 nafar yoʻlovchi; 👥 2026-yil 25-noyabr kuni jami 1 242 111 nafar yo‘lovchi tashildi. Haftalik ko‘rsatkich: 2026-yil 19-noyabrdan 25-noyabr kuniga qadar 7 794 875 nafar yo‘lovchi tashilgan. Ertalabki tigʻiz vaqt (pik soatlar) — soat 06:00 dan 10:00 gacha boʻlgan davrda jami 1 963 880 nafar yo‘lovchi tashildi. ✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube
Open in Telegram#INFOGRAFIKA YO‘LOVCHILAR OQIMI BO‘YICHA KUNLIK MA'LUMOT! "Toshshahartransxizmat" AJ tizimida bugungi kunda jami 164 ta yoʻnalish mavjud. 👥 Joriy yilnng 24-noyabr kuni ertalabki tigʻiz vaqt (pik soatlar) — soat 06:00 dan 10:00 gacha boʻlgan davrda jami 329 483 nafar yoʻlovchi tashildi. 📈 Mazkur davrda quyidagi yo‘nalishlarda yoʻlovchilar oqimi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi: 🚌 8-yoʻnalish ( Olchazor mahallasi – Chilonzor mavzesi 25-daha) — 4 428 yoʻlovchi; 🚌 131-yoʻnalish ( Do’stlik 2-mavzesi – Olimpiya mavzesi) — 4 308 nafar yoʻlovchi; 🚌 24-yoʻnalish ( TTZ AShB – Yunusobod mavzesi 6-daha) — 4 144 nafar yoʻlovchi; 🚌 9T-yoʻnalish ( Chilonzor mavzesi 25-daha – Toshkent vokzali) — 3 992 nafar yoʻlovchi; 🚌 14-yoʻnalish ( TTZ ASHB – Toshkent vokzali) — 3 700 nafar yoʻlovchi; 👥 2026-yil 23-noyabr kuni jami 1 225 656 nafar yo‘lovchi tashildi. Haftalik ko‘rsatkich: 2026-yil 16-noyabrdan 22-noyabr kuniga qadar 7 843 005 nafar yo‘lovchi tashilgan. Ertalabki tigʻiz vaqt (pik soatlar) — soat 06:00 dan 10:00 gacha boʻlgan davrda jami 1 962 459 nafar yo‘lovchi tashildi. ✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube
Open in Telegram🚌 AVTOBUSLAR HAR KUNI QAT’IY TEXNIK NAZORATDAN O‘TKAZILMOQDA! 📇 “Toshshahartransxizmat” AJning barcha avtobus saroylarida har kuni avtobuslar yo‘nalishga chiqarilishidan avval ularning texnik sozligi, sanitariya holati hamda yong‘in xavfsizligi vositalari qat’iy nazoratdan o‘tkazilmoqda. 👨✈️ Shuningdek, haydovchilar bilan yo‘l harakati va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan maxsus yo‘riqnomalar o‘tkazilmoqda. 🛠 Texnik nosozlik aniqlangan avtobuslar kamchiliklar to‘liq bartaraf etilmaguniga qadar yo‘nalishga chiqarilmaydi. Kunlik xizmatini yakunlagan avtobuslar esa qayta texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, navbatdagi ish kuniga tayyorlanadi. ✅ Asosiy maqsadimiz — yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash hamda sifatli, qulay va ishonchli jamoat transporti xizmatini ko‘rsatish! 🎥 Batafsil — videoda! ✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube
Open in TelegramБЛАГОДАРИМ ЗА ВНИМАНИЕ И ПРИЗНАНИЕ! Признание труда человека, искреннее внимание и слова благодарности придают представителям любой профессии новые силы и служат дополнительной мотивацией. Особого уважения и признательности заслуживает инициатива администратора Telegram-канала «Городской маршрут» Юлии Каримовой, которая проявила внимание к водителям общественного транспорта, вручив им специальные подарочные наборы и выразив признательность за их нелёгкий труд. Особенно ценно такое внимание к водителям автобусов, которые ежедневно с большой ответственностью обеспечивают безопасную и своевременную перевозку тысяч пассажиров. Подобные добрые инициативы поднимают настроение водителям, укрепляют уважение к их профессии и вдохновляют на дальнейшую добросовестную работу. От имени коллектива АО «Тошшахартрансхизмат» выражаем искреннюю благодарность Юлии Каримовой за высокую оценку труда наших водителей, подаренные им положительные эмоции и неравнодушное отношение к сфере общественного транспорта! Уверены, что подобные добрые инициативы и в дальнейшем будут способствовать укреплению нашего взаимного сотрудничества, направленного на обеспечение ещё более комфортного, безопасного и качественного транспортного обслуживания пассажиров. Взаимное внимание и сотрудничество — важный шаг на пути к повышению качества обслуживания!
Open in TelegramE’TIBOR VA E’TIROF UCHUN MINNATDORMIZ! Inson mehnatining qadrlanishi, unga ko‘rsatilgan samimiy e’tibor va bildirilgan minnatdorlik har qanday kasb egasiga yangi kuch va motivatsiya bag‘ishlaydi. Telegram’dagi “Городской маршрут” kanali administratori Yuliya Karimovaning jamoat transporti haydovchilariga ko‘rsatgan e’tibori, ularga maxsus sovg‘a paketlarini ulashib, mehnatlarini e’tirof etgani alohida tahsinga loyiq. Ayniqsa, har kuni minglab yo‘lovchilarning manziliga bexatar va o‘z vaqtida yetib borishida mas’uliyat bilan xizmat qilayotgan avtobus haydovchilariga bildirilgan bunday e’tibor ularning kayfiyatini ko‘tarish, kasbiga bo‘lgan hurmat va rag‘batni yanada oshirishga xizmat qiladi. “Toshshahartransxizmat” AJ jamoasi nomidan Yuliya Karimovaga haydovchilarimiz mehnatini qadrlagani, ularga quvonch ulashgani va jamoat transporti sohasiga befarq bo‘lmagani uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz! Ishonamizki, yo‘lovchilar uchun yanada qulay, xavfsiz va sifatli transport xizmatini tashkil etish yo‘lidagi bunday ezgu tashabbuslar kelgusida ham o‘zaro hamkorligimizni mustahkamlashga xizmat qiladi. Birgalikdagi e’tibor va hamkorlik — sifatli xizmat sari muhim qadam! 🔗 Yuliya Karimovaning tashabbusi haqida batafsil: https://t.me/gorodtransportYuK/577
Open in Telegram#INFOGRAFIKA YO‘LOVCHILAR OQIMI BO‘YICHA KUNLIK MA'LUMOT! "Toshshahartransxizmat" AJ tizimida bugungi kunda jami 164 ta yoʻnalish mavjud. 👥 Joriy yilnng 23-noyabr kuni ertalabki tigʻiz vaqt (pik soatlar) — soat 06:00 dan 10:00 gacha boʻlgan davrda jami 323 028 nafar yoʻlovchi tashildi. 📈 Mazkur davrda quyidagi yo‘nalishlarda yoʻlovchilar oqimi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi: 🚌 131-yoʻnalish ( Do’stlik 2-mavzesi – Olimpiya mavzesi) — 4 557 nafar yoʻlovchi; 🚌 8-yoʻnalish ( Olchazor mahallasi – Chilonzor mavzesi 25-daha) — 4 327 yoʻlovchi; 🚌 24-yoʻnalish ( TTZ AShB – Yunusobod mavzesi 6-daha) — 4 158 nafar yoʻlovchi; 🚌 14-yoʻnalish ( TTZ ASHB – Toshkent vokzali) — 3 863 nafar yoʻlovchi; 🚌 9T-yoʻnalish ( Chilonzor mavzesi 25-daha – Toshkent vokzali) — 3 846 nafar yoʻlovchi; 👥 2026-yil 22-noyabr yakshanba kuni jami 632 678 nafar yo‘lovchi tashildi. Haftalik ko‘rsatkich: 2026-yil 16-noyabrdan 22-noyabr kuniga qadar 7 859 054 nafar yo‘lovchi tashilgan. Ertalabki tigʻiz vaqt (pik soatlar) — soat 06:00 dan 10:00 gacha boʻlgan davrda jami 1 945 762 nafar yo‘lovchi tashildi. ✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube
Open in Telegram#yashilmakon2026 #tabiatniasra #birdamjamiyat Hashar - hamjihatlik, obodlik va yaratuvchanlik ramzi 🌿 Joriy yil 21-noyabr kuni “Toshshahartransxizmat” AJ hamda uning tasarrufidagi Avtobus saroylari xodimlari tomonidan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan “Transportchilar bog’i” hududida umumxalq hashari tashkil etildi. 📶 Ushbu ezgulik tadbiriga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida mehnat jamoalari obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etishdi. 🌳Mazkur xayrli tadbir davomida hududni yanada obodonlashtirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda yashil hududlar ko‘lamini kengaytirish maqsadida keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. 🌱 Ko‘chat ekish aksiyasi tabiatga mehr va e’tiborning yana bir yorqin ifodasi bo‘lib, hududni yanada yashil va obod maskanga aylantirishga xizmat qiladi. ✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube
Open in Telegram