#live
#yaşil_makon
Toşkent viloyatida "Dolzarb 40 kunlik" doirasida “Yaşil makon” kuzgi mavsumi jadal davom etmoqda
Ohangaron tumanida “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi köçat ekiş mavsumiga bağişlangan tarğibot tadbir bölib ötdi.
Unda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev, boşqarma va taşkilotlar rahbarlari, nuroniylar, yoşlar, keng jamoatçilik vakillari, OAV, şuningdek, Zoom platformasi orqali barça şahar va tuman hokimliklari mas’ullari, faollar va haşarçilar iştirok etdi.
Tadbirda viloyat hokimi sözga çiqib, Prezidentimiz taşabbusi bilan ilgari surilgan “Yaşil makon” loyihasi hududlarni obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş va ekologik muhitni yaxşilaşda muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.
Viloyatda uşbu yönalişdagi işlarni izçil davom ettiriş, köçat ekiş bilan birga ularni parvarişlaşga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, sönggi beş yilda viloyat hududida 78 million tup daraxt va buta köçati ekildi. Natijada hududning yaşillik darajasi 13 foizdan 22 foizga yetdi.
Bu boradagi işlar 2025-yilda ham izçil davom ettirildi. Jumladan, 164 gektar maydonda yaşil boğlar, 123 gektarda yaşil jamoat parklari taşkil etildi. Şuningdek, viloyatning 883 ta mahallasida 2 million tupdan ziyod köçat ekilib, yangi mahalla boğlari barpo qilindi.
"Yaşil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi işlar joriy yilning kuz mavsumida ham yangi bosqiçga kötariladi. Mavsum davomida Toşkent viloyati böylab 12 million tup daraxt va buta köçatini ekiş maqsad qilingan.
Tadbir avvalida ezgu niyatlar bilan jonliq söyilib, Qur’on tilovatlar qilindi.
Marosimda boş vazir örinbosari Ğafurjon Mirzayev iştirok etdi.
Viloyat hududlarida köçat ekiş haşari qizğin davom etmoqda.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram