Rasmiy munosabat savollarni oçiq qoldirdi
Toşkent şahar sudining rasmiy munosabatini öqidik. Biroq unda keltirilgan izohlar jamoat himoyaçisini işdan çetlatiş qançalik asosli bölgani haqidagi savollarni töliq bartaraf etmayapti.
Avvalo, fuqaroning eʼtirozini “hissiyotga beriliş”, “kaşfiyot”, “Evrika” kabi iboralar bilan baholaş rasmiy munosabatga yaraşmaydi. Suddan kutilgan javob şuki, eʼtiroz bildirgan şaxs ustidan kinoya qiliş emas, qabul qilingan qarorni huquqiy jihatdan tuşuntiriş.
Birinçi savol. Jamoat himoyaçisi iştirok etişi uçun sudlanuvçi albatta şu taşkilotning aʼzosi bölişi şartmi?
JPKning 42-moddasida jamoat birlaşmasi öz vakilini sudga yuborişi va yiğiliş qarorini taqdim etişi belgilangan. Lekin unda sudlanuvçi albatta şu birlaşma aʼzosi bölişi yoki uning vakili bilan bir joyda işlaşi, bir mahallada yaşaşi şartligi yozilmagan. Demak, bunday talab qöyilsa, uning aniq huquqiy asosi ham körsatilişi kerak.
Jamoat birlaşmalari töğrisidagi Qonunning 15-moddasida taşkilot öz aʼzolarining manfaatlarini himoya qilişi nazarda tutilgan. Ammo şu moddaning özi boşqa qonunçilik hujjatlarida belgilangan vakolatlarni amalga oşiriş imkonini ham beradi. Şu sababli uni JPKdagi maxsus tartib bilan birgalikda tuşuntiriş zarur.
Qolaversa, rasmiy munosabatning özida “Ezgulik” ustavining 2.2-bandi şaxslarning huquqlarini himoya qilişga kömaklaşişni nazarda tutişi aytilgan. Xöş, nega aynan şu qoida mazkur holatga tatbiq etilmagan?
Ikkinçi savol. Qaysi hujjat yetişmagan?
“Vakolatlarni tasdiqlovçi hujjatlar yetarli emas” degan umumiy gap bilan masala oydinlaşmaydi. Yiğiliş qarori bölmaganmi? Qarorni vakolatsiz organ qabul qilganmi? Yoki taqdim etilgan hujjatda muayyan kamçilik bormi?
Oliy sud Plenumining 34-sonli qarori 5-bandida jamoat himoyaçisini taşkilotning umumiy yiğilişi yoki saylanadigan organi körsatişi mumkinligi tuşuntirilgan. Şuning uçun aynan qaysi hujjat nima sababdan talabga javob bermagani oçiq aytilişi lozim.
Birinçi instansiya sudi şu hujjatlar asosida iştirokka ruxsat bergan bölsa, apellyatsiya sudi ularda qanday kamçilik topdi? Kamçilikni töldiriş imkoniyati berildimi? Rasmiy munosabatda bu savollarga javob körinmaydi.
Uçinçi savol. Avvalgi ajrimning taqdiri nima böldi?
Sud “birinçi instansiya ajrimini bekor qilmadik, faqat keyingi iştirok masalasini hal qildik”, demoqda. Bu farqni tuşuntiriş uçun apellyatsiya sudi ajrimining xulosa qismida aynan nima yozilganini körsatiş kerak. Birinçi instansiya ajrimi bekor qilinganmi yoki jamoat himoyaçisining apellyatsiyadagi iştiroki alohida rad etilganmi?
Qarorning qonuniyligi uni qanday nomlaş bilan emas, mazmuni va qöllangan protsessual asos bilan baholanadi. Albatta, apellyatsiya sudi iştirokçining vakolatini tekşirişi mumkinligini inkor etmaymiz. Ammo vakolatni tekşiriş bilan avval berilgan protsessual maqomni tugatişning asosi va tartibini tuşuntiriş alohida masala.
Apellyatsiya şikoyatini sudlanuvçining özi ham imzolagani haqidagi izohga kelsak, bu şikoyatni körib çiqiş masalasiga javob beradi. Lekin jamoat himoyaçisini çetlatiş asosli bölganini öz-özidan isbotlamaydi.
Biz sud qarorlarini körmasdan turib qatʼiy hukm çiqarmoqçi emasmiz. Ammo rasmiy munosabatda ham fuqaroning eʼtirozini “asossiz” deb eʼlon qiliş uçun har bir bahsli nuqtaga aniq javob berilişi kerak.
Savollar hamon oçiq. Qaysi hujjat yetişmagan, qaysi aniq norma asosida çetlatilgan va bu qaror ajrimda qanday asoslantirilgan? Jamoatçilikka kerak bölgan javob şu, xolos.
@Advokat_Abdullayev