Huquqni muhofaza qiliş akademiyasida Özbekiston Respublikasi prokuratura organlari taşkil etilganining 35 yilligiga bağişlangan «Taşkent Law Enforcement Forum – 2026» xalqaro ilmiy-amaliy forumi bölib ötdi.
Boş prokuratura hamda Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi tomonidan taşkil etilgan mazkur nufuzli xalqaro tadbir «Qonuniylik va huquq-tartibotni himoya qilişda: zamonaviy tahdidlar va yangi yeçimlar» mavzusiga bağişlandi.
Forumda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Spikerining örinbosari Rahimjon Hakimov, Konstitutsiyaviy sud raisi Mirza-Uluğbek Abdusalomov, Prezident Administratsiyasi masʼul xodimi Marjona Murodova, Bojxona qömitasi raisi Akmalxöja Mavlonov, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasining Afğoniston, Markaziy Osiyo, Eron va Pokiston böyiça mintaqaviy vakili Oliver Ştolpe, YeXHTning Özbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi rahbari vazifasini bajaruvçi Andrian Krintya hamda Oliy attestatsiya komissiyasi raisi, siyosiy fanlar doktori, professor Munira Aminovalar qutlov nutqlari va maʼruzalari bilan iştirok etdilar.
Forumda huquqni muhofaza qiluvçi organlar, xalqaro taşkilotlar, ilmiy-taʼlim muassasalari hamda tegişli idoralar vakillari iştirok etmoqda.
Tadbirning oçiliş marosimida Boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev kiriş sözi bilan iştirok etib, prokuratura organlarining 35 yillik taraqqiyot yöli, qonuniylikni mustahkamlaş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiliş, şuningdek, huquqbuzarliklarga qarşi kuraşiş borasidagi ustuvor vazifalar xususida söz yuritdi.
Forumning birinçi kunida iştirokçilar Huquqni muhofaza qiliş akademiyasining ilmiy-innovatsion paviloni faoliyati bilan ham tanişdilar.
Ikki kun davom etadigan xalqaro forum doirasida qonuniylikni taʼminlaş, huquq-tartibotni mustahkamlaş, zamonaviy tahdidlarga qarşi kuraşişda ilğor yondaşuvlar va innovatsion yeçimlarni joriy etiş, şuningdek, xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalalari yuzasidan fikr va tajriba almaşiş közda tutilgan.
Mazkur forum prokuratura organlarining 35 yillik faoliyati sarhisobini qiliş, xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş, ilmiy yondaşuvlar va ilğor amaliyotni huquqni muhofaza qiliş faoliyatiga keng joriy etiş borasida muhim xalqaro muloqot maydoni bölib xizmat qiladi.