Account

Posts of "Tibosfera" tibbiyot maktabi

newest first

#1785Link preview
Views4,390−66%vs avg
Forwards—
Reactions44
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
23 h4,010
35 h4,390
  1. After 24 hours4,010
  2. Total to date4,390
#1781Text

Mutlaqo kerak emas degan iddaodan yiroqman. Hozircha! 2 yildan keyin "mutlaqo" deya olishimiz ham mumkin. Kimga kerak emas? - tibbiyot bakalavr talabasiga tibbiy bilimlarni egallashda kerak emas. Talaba xohlagan faniga oid xohlagan ingliz yoki rus tilidagi manbaani tarjima qildirib o'qiy oladi, videolarni tarjima qildirib ko'ra oladi. - ordinator, rezident uchun deyarli kerak emas. U ham xohlagan kitobini, monografiya, maqola va protokollarni tarjima qildirib o'rgansa bo'ladi. Videodarsliklarni ham tarjima qildirib o'zlashtira oladi. - yetuk shifokor klinitsistga ham deyarli kerak emas. U ham xohlagan monografiya, maqola va protokollarni tarjima qildirib o'rgana oladi. Kimlarga kerak? - chet davlatda ishlashni reja qilayotganlar uchun kerak bo'ladi. Sababi ular uchun bu til nafaqat informatsiya va kasb tili, balki muloqot tili ham hisoblanadi. - xalqaro konferensiya va malaka oshirish kurslarida o'qiydiganlar uchun. Chunki ularga ham muloqot tili sifatida kerak bo'ladi. ***texnologiya zamonidamiz. Deyarli har kuni to'g'ridan to'g'ri tarjima qiladigan AI yordamida ishlaydigan tarjimon apparatlar reklama qilinyapti. Agar mana bu qurilmalar xuddi qo'l telefonlari kabi ommalashsa, arzonlashsa muloqot uchun ham kerak bo'lmasligi mumkin. Bunga ham oz qolmadi, uzog'i 1-2 yil. Undan keyin chet tili muloqot ehtiyoji sifatida ham aktualligini yo'qotadi. Qarabsizki, yer aholisi umumiy bitta axborot makonida qoladi. Buning foydalari ham, zararlari ham talaygina. Bu endi boshqa mavzu. Xullasi kalom shuki, do'stlar, endi butun fokusni AI qilolmaydigan ishga sarflash lozim. Ilmni tushunish, yodlash va intizom. AI ilmni tushuntira oladi, ammo tushunish miyamizning ishi. AI yodlashimizga yordam bera oladi, ammo yodlash miyamizning ishi. AI intizomga yordam bera oladi, ammo uni saqlash bizning ishimiz. Bir kishi chet tilini o'rganish uchun 4000 soat vaqt sarflaydi, o'sha tilda biror adabiyotni o'qiy olish uchun yana 2000 soat sarflaydi. Jami 6000 soatlik mehnatdan keyin tibbiyotni o'rgana boshlaydi. Yana bir kishi 5 daqiqada AI ni yuklab oladi, bir necha soatda manbalarni tarjima qildiradi. 6000 soat tibbiyotni o'rganadi. Birinchisi, 6000 soatdan keyin endi tibbiyotning eshigida, ikkinchisi esa 6000 soatdan keyin bir sohaning mutaxassisi darajasiga kelib qolgan bo'ladi. @tibosfera

Open in Telegram
Views13,100+1%vs avg
Forwards—
Reactions194
Comments—
#1780Text
Views10,600−18%vs avg
Forwards—
Reactions216
Comments—
#1771Text
Views12,700−2%vs avg
Forwards—
Reactions265
Comments—
#1766Text

Oldingi tizimlarda bölgan bir amaliyot bor: sinfdan sinfga sakraş va sinfdan sinfga qoldiriş. Mana şu narsa qayta yölga qöyilganida juda çiroyli iş bölar edi. Oldinlari taniş-bilişçilik yoki korrupsiya sabab bu köçiş va qoldirişlarda adolat bölmay qolişidan havotirlanib bekor qilingan bölsa, endi uni qayta tiklaş vaqti keldi nazarimda. Çunki, milliy sertifikat tizimi juda şaffof işlayapti. Töğri, kamçiliklari bor, lekin muhimi taniş-biliş degan narsa, savollar sizdirilişi degan narsa, şpargalkalardan foydalaniş, örniga odam kiritiş kabi öyinlar deyarli yöqolgan. Hozir öqişga topşiradiganlar rektorskiy guruh nima ekanini, X variant nima ekanini, örniga kiriş, telefon olib kiriş degan narsalarni bilişmaydi. Tizim ança adolatli tus oldi. Endi bilimi bor bola sinfdan sinfga sakrayversin. Öqigan bola 11 yil maktab devorlari orasida majburlikdan, öqimaydigan va "xuligan" şeriklari bilan qolib ketavermasin, vaqti isrof bölmasin. 10-sinfdayoq 189 ball olganlar bor. Kiraversin universitetga, bir yil sun'iy kuttirilmasdan. Va yana bir qator öquvçilar belgilangan normativlarni bajara olmasa sinfdan sinfga qoldirilsin. Öqib mehnat qilgan bilan bir vaqtda bitirib bir xil hujjat olmasin. Mayli sinfdan qoldiriş murakkab amaliyot böladi, qilinmasa ham böladi. Lekin, öqigan bolani sinfdan sinfga kötariş qayta yölga qöyilişi kerak. Avvaliga 9-10-11-sinflarni ham qöllaridagi sertifikatlari bilan oliy ta'lim imtihonlarida qatnaşiş imkoniyatini beriş bilan boşlaş kerak. Aql yoşda emas - boşda. Bu amaliyotni oliy ta'limga ham tatbiq qiliş mumkin. Belgilangan amaliy va nazariy normativlar egallanganidan söng talaba keyingi bosqiçga sakrasin. 6 yilni ötişini sun'iy ravişda kutib ötirmasin. @tibosfera

Open in Telegram
Views14,700+14%vs avg
Forwards—
Reactions202
Comments—