Динамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 23 ч | 4 010 |
| 35 ч | 4 390 |
- Через 24 часа4 010
- Всего сейчас4 390
Часов после публикации
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 23 ч | 4 010 |
| 35 ч | 4 390 |
Mutlaqo kerak emas degan iddaodan yiroqman. Hozircha! 2 yildan keyin "mutlaqo" deya olishimiz ham mumkin. Kimga kerak emas? - tibbiyot bakalavr talabasiga tibbiy bilimlarni egallashda kerak emas. Talaba xohlagan faniga oid xohlagan ingliz yoki rus tilidagi manbaani tarjima qildirib o'qiy oladi, videolarni tarjima qildirib ko'ra oladi. - ordinator, rezident uchun deyarli kerak emas. U ham xohlagan kitobini, monografiya, maqola va protokollarni tarjima qildirib o'rgansa bo'ladi. Videodarsliklarni ham tarjima qildirib o'zlashtira oladi. - yetuk shifokor klinitsistga ham deyarli kerak emas. U ham xohlagan monografiya, maqola va protokollarni tarjima qildirib o'rgana oladi. Kimlarga kerak? - chet davlatda ishlashni reja qilayotganlar uchun kerak bo'ladi. Sababi ular uchun bu til nafaqat informatsiya va kasb tili, balki muloqot tili ham hisoblanadi. - xalqaro konferensiya va malaka oshirish kurslarida o'qiydiganlar uchun. Chunki ularga ham muloqot tili sifatida kerak bo'ladi. ***texnologiya zamonidamiz. Deyarli har kuni to'g'ridan to'g'ri tarjima qiladigan AI yordamida ishlaydigan tarjimon apparatlar reklama qilinyapti. Agar mana bu qurilmalar xuddi qo'l telefonlari kabi ommalashsa, arzonlashsa muloqot uchun ham kerak bo'lmasligi mumkin. Bunga ham oz qolmadi, uzog'i 1-2 yil. Undan keyin chet tili muloqot ehtiyoji sifatida ham aktualligini yo'qotadi. Qarabsizki, yer aholisi umumiy bitta axborot makonida qoladi. Buning foydalari ham, zararlari ham talaygina. Bu endi boshqa mavzu. Xullasi kalom shuki, do'stlar, endi butun fokusni AI qilolmaydigan ishga sarflash lozim. Ilmni tushunish, yodlash va intizom. AI ilmni tushuntira oladi, ammo tushunish miyamizning ishi. AI yodlashimizga yordam bera oladi, ammo yodlash miyamizning ishi. AI intizomga yordam bera oladi, ammo uni saqlash bizning ishimiz. Bir kishi chet tilini o'rganish uchun 4000 soat vaqt sarflaydi, o'sha tilda biror adabiyotni o'qiy olish uchun yana 2000 soat sarflaydi. Jami 6000 soatlik mehnatdan keyin tibbiyotni o'rgana boshlaydi. Yana bir kishi 5 daqiqada AI ni yuklab oladi, bir necha soatda manbalarni tarjima qildiradi. 6000 soat tibbiyotni o'rganadi. Birinchisi, 6000 soatdan keyin endi tibbiyotning eshigida, ikkinchisi esa 6000 soatdan keyin bir sohaning mutaxassisi darajasiga kelib qolgan bo'ladi. @tibosfera
Открыть в TelegramEndi chet tili emas, tibbiyot o'qish kerak! Biz institutda o'qigan vaqtlarda rus tilini bilmasdan odam bo'lib ketish qiyin masala edi. 2-3 yildan buyon esa ingliz tili aktualroq bo'lib qolgandi. Usiz shifokor bo'lish qiyin edi. Zamonning tez o'zgarishini qarang, endi birorta chet tili kerak emas. AI kerak) Informatsion olamda til baryeri endi yo'q! Rus tilini bilgan ham, bilmagan ham endi bir xil informatsiyaga ega bo'la oladi. Ingliz tilini bilgan ham, bilmagan ham birdek shifokor bo'la oladi. Oldin internet paydo bo'lib informatsion olamda makon baryeri erib tugagan edi. Uydan chiqmay turib dunyoni narigi chetidagi informatsiyani soniyalar ichida olishning imkoniyati paydo bo'lgandi. Yagona muammo - chet tilini bilish kerak. Ana endi u ham kerak emas. AI tarjima qilib beraveradi. Kitobmi, maqolami, videomi, farqi yo'q. Oldin talabalar "qaysi chet tilini o'qiy" deb maslahat so'raganda rus tili deb javob berardik. Keyinchalik ingliz tili dedik. Endi esa til kerak emas deydigan vaqtga keldik) Endi qilinadigan yagona ish bor - tibbiyotni o'qish kerak xolos! Chet tili endi o'sha tilli xorijlik bilan real muloqotdagina bizga kerak bo'ladi xolos. @tibosfera
Открыть в Telegram⚡️Anatomiya fanining artrologiya bo'limi konspekti #konspekt #anatomiya Yoqimli mutolaa 😊 @tibosfera
Открыть в TelegramHar kim tibbiyotni tanlaydi. Ba'zilarni esa Tibbiyot tanlaydi❤️ Tanlanganlar tibbiyotsiz nafas ololmaydi🔥 @tibosfera
Открыть в TelegramTizimni içida oqib ketiş ham töğri emas. Oqimga qarşi suzişga uriniş ham yaxşi emas. Şu murakkabliklar orasida imkon topib ilm oliş, tajriba oşira oliş kerak. Qiyin, ammo lozim. Tizimlar özgaradi, şart-şaroitlar almaşadi. Har zamon va har makonda ilm yölidan oğişmay yura olgan yutaveradi. @tibosfera
Открыть в TelegramBiz öqigan vaqtlarda paxta terim, keraksiz fanlar asosiy işimizdan çalğitar edi. Endi paxta yöqoldi, keraksiz fanlar ança kamaydi deb xursand bölib turgandik. Talabalar bilan gaplaşib sezyapmizki, ularni örnini yana tadbirbozlik (volontyorlik) lar va mustaqil işlar egallab olibdi. Talaba beçoralar öqiyotganligi, bekorçi emasligini isbotlaş bilan umrini ötkazib yurar ekanda)) ➖➖➖➖➖ Nima bölganda ham toş kelsa kemirib, suv kelsa simirib öqiş kerak. Bitta qoida özgarmaydi: tadbirbozliklar, hujjatbozliklar, beş baholar va qizil diplomlar, sertifikatlar va litsenziyalar heç nimaga arzimaydi. Bemorning qarşisida bilim, tajriba va şaxsiyat qoladi xolos. @tibosfera
Открыть в TelegramOldingi tizimlarda bölgan bir amaliyot bor: sinfdan sinfga sakraş va sinfdan sinfga qoldiriş. Mana şu narsa qayta yölga qöyilganida juda çiroyli iş bölar edi. Oldinlari taniş-bilişçilik yoki korrupsiya sabab bu köçiş va qoldirişlarda adolat bölmay qolişidan havotirlanib bekor qilingan bölsa, endi uni qayta tiklaş vaqti keldi nazarimda. Çunki, milliy sertifikat tizimi juda şaffof işlayapti. Töğri, kamçiliklari bor, lekin muhimi taniş-biliş degan narsa, savollar sizdirilişi degan narsa, şpargalkalardan foydalaniş, örniga odam kiritiş kabi öyinlar deyarli yöqolgan. Hozir öqişga topşiradiganlar rektorskiy guruh nima ekanini, X variant nima ekanini, örniga kiriş, telefon olib kiriş degan narsalarni bilişmaydi. Tizim ança adolatli tus oldi. Endi bilimi bor bola sinfdan sinfga sakrayversin. Öqigan bola 11 yil maktab devorlari orasida majburlikdan, öqimaydigan va "xuligan" şeriklari bilan qolib ketavermasin, vaqti isrof bölmasin. 10-sinfdayoq 189 ball olganlar bor. Kiraversin universitetga, bir yil sun'iy kuttirilmasdan. Va yana bir qator öquvçilar belgilangan normativlarni bajara olmasa sinfdan sinfga qoldirilsin. Öqib mehnat qilgan bilan bir vaqtda bitirib bir xil hujjat olmasin. Mayli sinfdan qoldiriş murakkab amaliyot böladi, qilinmasa ham böladi. Lekin, öqigan bolani sinfdan sinfga kötariş qayta yölga qöyilişi kerak. Avvaliga 9-10-11-sinflarni ham qöllaridagi sertifikatlari bilan oliy ta'lim imtihonlarida qatnaşiş imkoniyatini beriş bilan boşlaş kerak. Aql yoşda emas - boşda. Bu amaliyotni oliy ta'limga ham tatbiq qiliş mumkin. Belgilangan amaliy va nazariy normativlar egallanganidan söng talaba keyingi bosqiçga sakrasin. 6 yilni ötişini sun'iy ravişda kutib ötirmasin. @tibosfera
Открыть в Telegram