Account

Posts of Ilm-fan | Science

newest first

#6514Video
Views783−35%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#6513Video
Views1,020−16%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#6512Video
Views1,560+29%vs avg
Forwards—
Reactions1
Comments—
#6511Video
Views1,110−8%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#6510Photo
Views1,090−10%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#6509Video

8 soat uyqu davomida miyamizda nimalar sodir bo‘ladi? Soat 23:00 da uxladingiz va ertalab 07:00 da uyg‘ondingiz. Shu 8 soat davomida miyangiz shunchaki dam olib yotmaydi. Aksincha, u bir necha marta turli faollik bosqichlaridan o‘tadi. Uyqu bir nechta bosqichlardan tashkil topgan va ular tun davomida taxminan 90-120 daqiqalik sikllar bilan takrorlanadi. 1. N1 - Uyquga ketish bosqichi Bu uyquning boshlang‘ich bosqichi. Miya faoliyati sekinlashadi, Alfa to‘lqinlari o‘rnini Teta to‘lqinlari egallay boshlaydi. Tana bo‘shashadi, ba'zida esa odam yiqilayotgandek his qilib, birdan cho‘chib ketishi mumkin. 2. N2 - Yengil uyqu Uyquning katta qismi aynan shu bosqichda o‘tadi. EEGda ikkita qiziqarli hodisa kuzatiladi: Sleep spindles - qisqa muddatli, tez elektr faolligi. Ular xotirani mustahkamlash va uyquni barqarorlashtirishda ishtirok etadi. K-complexes - katta amplitudali elektr signallari bo‘lib, tashqi ta'sirlarga javoban ham paydo bo‘lishi mumkin. 3. N3 - Chuqur uyqu Bu bosqichda Delta to‘lqinlari ustunlik qiladi. Ular sekin, ammo amplitudasi katta bo‘lgan miya to‘lqinlaridir. Bu vaqtda organizmning tiklanish jarayonlari, o‘sish gormoni ajralishi va immun tizimi faoliyati bilan bog‘liq jarayonlar muhim ahamiyat kasb etadi. Uyg‘onish ham ancha qiyinlashadi. 4. REM - Tushlar bosqichi Eng qiziqarli bosqichlardan biri. REM (Rapid Eye Movement) vaqtida miya faolligi uyg‘oqlik holatiga o‘xshab ketadi. Ko‘zlar yumilgan qovoqlar ostida tez harakatlanadi, tushlar esa ko‘pincha yorqin va esda qolarli bo‘ladi. Lekin bir paradoks bor: miya faol ishlayotgan bo‘lsa-da, skelet mushaklarining aksariyati vaqtincha deyarli harakatsiz holatda bo'ladi. Bu REM atoniyasi deb ataladi. Odatda bir kechada 4-6 ta uyqu sikli kuzatiladi. Lekin ularning tarkibi bir xil emas: - Tun boshida chuqur uyqu (N3) ko‘proq bo‘ladi. - Tongga yaqin REM bosqichlari uzayadi. - Har bir siklda uyqu bosqichlarining davomiyligi o‘zgarib boradi. Masalan, 8 soatlik uyquning taxminan 20-25 foizi REM, 20 foizga yaqini chuqur uyqu, qolgan katta qismi esa N2 bosqichiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Xullas, biz uxlayotganimizda ham miyamiz juda band bo'ladi). Xotiralarni qayta ishlash, organizmni tiklash va turli biologik jarayonlarni muvofiqlashtirish davom etadi. Science

Open in Telegram
Views1,510+24%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#6507Photo
Views979−19%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#6506Video

Tonometr qon bosimini qanday o‘lchaydi? Qon bosimini o‘lchashda tonometr manjetkasi qonni tomir bo‘ylab itarib yubormaydi. Aksincha, u arteriyani vaqtincha siqib, qon oqimini to‘xtatadi. Keyin esa havo asta-sekin chiqarilib, qon oqimining qayta tiklanishi eshitiladi. 1. Dastlab arteriya siqiladi Manjetkaga havo yuboriladi va bosim arteriya ichidagi bosimdan yuqori darajaga ko‘tariladi. Natijada yelka arteriyasi (a. brachialis) vaqtincha to‘liq yopiladi. Bu paytda stetoskop orqali hech qanday tovush eshitilmaydi. 2. Sistolik bosimni aniqlash. Manjetkadagi havo asta-sekin chiqariladi. Bosim arteriyadagi sistolik bosimdan pastga tushganda, yurakning har bir qisqarishida qon siqilgan joydan qisqa muddatga o‘ta boshlaydi. Hosil bo‘lgan turbulent oqim Korotkov tovushlarini keltirib chiqaradi. Birinchi eshitilgan tovush - sistolik bosim. 3. Diastolik bosimni aniqlash. Manjetka bosimi yana pasayganda arteriya to‘liq ochiladi va qon oqimi yanada erkinlashadi. Turbulentlik va Korotkov tovushlari yo‘qoladi. Tovushlarning yo‘qolish nuqtasi - diastolik bosim. Diastolik bosim - yurak bo‘shashib, qorinchalari qon bilan to‘layotgan paytda arteriyalarda saqlanib turadigan bosimdir. Yurak bo‘shashgach, aortaga qon haydash vaqtincha to‘xtaydi. Lekin aorta devorlari avvalgi holatiga qaytishga intiladi va qisqarib, qonni periferik tomirlarga haydashda davom etadi. Bu hodisa Windkessel effekti deb ataladi. Masalan, tonometr 120/80 mmHg ko‘rsatsa: 120 - sistolik bosim; 80 - diastolik bosim. Demak, tonometr qonni itarib harakatlantirmaydi. U arteriyani vaqtincha siqadi va qon oqimi qayta tiklanayotganda paydo bo‘ladigan tovushlar orqali bosimni aniqlaydi. Science

Open in Telegram
Views1,420+17%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#6503Photo

Ming yillik o‘sish va so‘nggi asrdagi demografik portlash Insoniyat tarixiga nazar tashlasak, dunyo aholisi uzoq vaqt davomida juda sekin ko‘payganini ko‘ramiz. Ming yillar davomida tug‘ilish yuqori bo‘lgan bo‘lsa-da, kasalliklar, ocharchilik, urushlar va bolalar o‘limining ko‘pligi aholi sonining tez o‘sishiga to‘sqinlik qilgan. Masalan, eramizning V asri boshlarida dunyo aholisi taxminan 250 million kishini tashkil etgan. 500 millionga yetishi uchun esa XV asrning o‘rtalarigacha kutishga to‘g‘ri kelgan. Ya’ni insoniyat soni ikki baravar ko‘payishi uchun ming yildan ortiq vaqt kerak bo‘lgan. Ammo keyinchalik vaziyat keskin o‘zgardi. XX asrda insoniyat tarixidagi eng katta demografik o‘sish yuz berdi. 1950-yilda dunyo aholisi taxminan 2,5 milliard edi. 1986-yilga kelib esa bu raqam 5 milliardga yetdi. Atigi 36 yil ichida insoniyat soni ikki baravar ko‘paydi. 1963-yilda esa aholi o‘sishining yillik sur’ati tarixiy maksimumga - 2,3 foizga yetgan. Asosiy sabablardan biri tibbiyot va sanitariya sohasidagi rivojlanish edi. Vaksinalar, antibiotiklar, toza ichimlik suvi, yaxshilangan oziq-ovqat ta’minoti va tibbiy xizmat tufayli o‘lim darajasi sezilarli kamaydi. Odamlar uzoqroq yashay boshladi, ayniqsa bolalar o‘limi keskin pasaydi. Dastlab tug‘ilish darajasi yuqoriligicha qolganligi sababli aholi juda tez ko‘paydi. Keyinchalik esa ta’lim darajasining oshishi, urbanizatsiya, oilalarni rejalashtirish va ayollarning ijtimoiy hayotdagi ishtiroki kengayishi bilan tug‘ilish ko‘rsatkichlari ham pasaya boshladi. Bugun esa yangi demografik bosqichga kiryapmiz. Dunyo aholisi o‘sishda davom etmoqda, ammo bu jarayon avvalgidek tez emas. BMT prognozlariga ko‘ra, 2080-yillarning o‘rtalarida dunyo aholisi taxminan 10,3 milliard kishiga yetishi va asr oxirigacha shu atrofda qolishi kutilmoqda. Ayrim mamlakatlarda tug‘ilish darajasi aholining tabiiy ravishda o‘zini tiklash darajasidan ham pastga tushgan. Insoniyat tarixida avval asosiy muammo odamlarning omon qolishi va o‘lim darajasining yuqoriligi bo‘lgan bo‘lsa, bugun ko‘plab mamlakatlar aholining qarishi, tug‘ilishning kamayishi va mehnatga layoqatli aholi qisqarishi bilan yuzlashmoqda. Atigi bir necha avlod ichida insoniyat ming yillar davomida kuzatilmagan darajada ko‘paydi. Endi esa biz bu o‘sishning sekinlashishiga guvoh bo‘lyapmiz. Science

Open in Telegram
Views1,280+6%vs avg
Forwards—
Reactions1
Comments—
#6502Photo

Qiziqishmi yoki pul mukofoti? Miya ma’lumotni qanday yaxshiroq eslab qoladi? Biror narsani o‘rganishga bizni nima undaydi: unga bo‘lgan qiziqishmi yoki buning evaziga oladigan mukofotimizmi? Fransiyalik olimlar aynan shu savolga javob topish uchun bir nechta tajriba o‘tkazishibdi. Tadqiqotda 147 nafar ko‘ngilli ishtirok etgan. Ularga turli mavzularga oid faktlarni eslab qolish vazifasi berilgan. Masalan, Fransiya qirollarining qancha vaqt hukmronlik qilgani yoki ayrim hayvonlarning nechta tishi borligi kabi ma’lumotlar. Ishtirokchilarning bir qismida mavzuga bo‘lgan qiziqish, boshqalarida esa to‘g‘ri javob uchun pul mukofoti asosiy motivatsiya bo‘lgan. Natijalarga ko'ra, odamlar o‘zlari qiziqqan ma’lumotlarni ham, pul mukofoti va’da qilingan ma’lumotlarni ham yaxshiroq eslab qolishgan. Ammo bu ikki holatda miyaning ishlash mexanizmi bir xil bo‘lmagan. Qiziqish va mukofot miyaga turlicha ta’sir qiladi. Olimlarning fikricha, qiziqish insonning diqqatini ma’lumotga tabiiy ravishda jalb qiladi. Bunda o‘rganishning o‘zi yoqimli jarayonga aylanadi. Pul mukofoti esa odamni vazifani yaxshiroq bajarish uchun qo‘shimcha aqliy kuch sarflashga undaydi. Buni tekshirish uchun tadqiqotchilar ishtirokchilarning ko‘z qorachig‘i diametrini ham kuzatishgan. Ma’lumki, ko‘z qorachig‘ining kengayishi ayrim vaziyatlarda aqliy zo‘riqish va kognitiv harakatning fiziologik belgisi bo‘lishi mumkin. Qiziqarli ma’lumotlarni o‘rganish jarayonida xotira yaxshilangan bo‘lsa-da, ko‘z qorachig‘ida sezilarli kengayish kuzatilmagan. Pul mukofoti berilgan vaziyatlarda esa bunday kengayish ham qayd etilgan. Demak, qiziqish va tashqi rag‘bat xotirani yaxshilashga yordam berishi mumkin, lekin bunga turli yo‘llar bilan erishadi. Bu tadqiqot o‘rganishga bo‘lgan munosabatimiz haqida o‘ylashga undaydi. Masalan, biror kitobni shunchaki mavzusi sizga qiziq bo‘lgani uchun o‘qisangiz, uning mazmuniga tabiiy ravishda sho‘ng‘ib ketasiz. Ammo uni faqat imtihondan o‘tish, pul topish yoki boshqa mukofot uchun o‘qisangiz, o‘zingizni ko‘proq harakat qilishga majburlashingiz mumkin. Albatta, bu mukofotlar foydasiz degani emas. Ular ham motivatsiyani oshirishi mumkin. Lekin uzoq muddatli o‘rganishda mavzuga bo‘lgan ichki qiziqishning o‘rni alohida. Balki shuning uchun ham inson o‘zi chin dildan qiziqqan narsasini o‘rganayotganda vaqt qanday o‘tganini sezmay qoladi. Science

Open in Telegram
Views1,440+19%vs avg
Forwards—
Reactions1
Comments—
#6498Photo
Views1,020−16%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#6497Link preview
Views1,370+13%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#6495Photo
Views1,120−8%vs avg
Forwards—
Reactions1
Comments—