Sardor Salyamov bilan umrimda birinchi marta FIFA o’ynab ko’rdim. Yutdimmi yo’qmi va o’zi umuman FIFA o’ynash qobiliyatimni videoda ko’rsangiz bo’ladi) https://youtu.be/Qak9zOYaCok
Open in TelegramPosts of Texnoplov⚡️
Chernobilda radiatsiyadan qo’rqmay o’sayotgan zamburug’ zaharlarni zararsizlantirishga yordam berishi mumkin ekan⚡️ Yopiq zonada 40 yildan beri radiatsiya odam uchun xavfli darajada, lekin eski stansiya devorlarida qora mog’or bemalol o’sib yotibdi. Ba’zi zamburug’lar hatto radiatsiya tomonga qarab o’sar ekan. Ular haqida video ham chiqargan edim: https://youtu.be/JkLlI8YKP6U?si=y9t4JvaHVrZlLlAn Olimlarning aytishicha, shu zamburug’ yordamida pestitsidlar va o’ta zaharli kimyoviy moddalarni ushlab, parchalab tashlaydigan materiallar yaratish mumkin ekan. Biz radiatsiyadan qochamiz, u esa unga qarab yuradi🤣 Kelajakda bunday materiallar pestitsid qoldiqlaridan suv va tuproqni tozalashda yordam bersa, dasturxonimizdagi meva-sabzavot ham xavfsizroq bo’ladi⚡️ @texnoplov Manba: Phys.org https://phys.org/news/2026-11-fungus-survive-chernobyl-materials-nerve.html
Open in TelegramKecha youtube videoni yangisini oldik. Qiyin syomka bo’ldi. 6ta har xil qahramonni o’ynadim. Har birini o’zini xarakteri va ovozi bor. Oson emas ekan😁 Noyabr oxirida chiqadi. Mavzu: “Hozir” degan narsa mavjumdi?
Open in TelegramDinozavrlar hidlagan 100 million yil yashirinib yotgan gulni rentgen ko’rsatibdi🌸⚡️ AQSh va Buyuk Britaniyalik olimlar dinozavrlar davridan, taxminan 100 million yil oldin qolgan gul qoldig’ini rentgen nurlari bilan o’rganishibdi. Natijalar American Journal of Botany jurnalida chiqibdi. Bu topilma bugungi o’simliklar qayerdan boshlanganini tushunishga yangi oyna ochar ekan. Xuddi eski albomdan bobomizning yoshlikdagi suratini topib olgandek: bugungi gullarning «bobokaloni» qanaqa bo’lganini endi ko’ra olyapmiz. Dinozavrlar hidlagan bo’lishi mumkin bo’lgan gulni bugun ekranda ko’rib o’tiribmiz. Ajoyib davrlarda yashayapmiz⚡️ Manba: https://phys.org/news/2026-11-hidden-million-years-rays-reveal.html
Open in TelegramOlimlar Oy changidan LEGO’ga o’xshash g’isht yasashni o’ylab topishibdi🚀 Changni 3D-printerda bosib, bir-biriga ulanadigan bloklar chiqarishibdi. Hozircha bloklarni mustahkamroq qilish kerak ekan, lekin kelajakda Oydagi bazalarni o’sha yerning o’z materialidan qurish mumkin bo’lar ekan. Har bir g’ishtni Yerdan raketada olib borish o’rniga, Oyning o’zida LEGO yig’ib o’tiraveramiz🤣 Insoniyat boshqa sayyorada uy qurishga tobora yaqinlashyapti🚀 Oyda yashashga rozi bo’larmidingiz? @texnoplov Manba: ScienceDaily https://www.sciencedaily.com/releases/2026/11/261119194525.htm
Open in TelegramGoogle sun’iy intellekt uchun «soxta internet» qurib qo’yibdi🌐⚡️ Kompaniya AI-agentlarni o’qitish va sinash uchun tashqi dunyodan uzilgan alohida internet nusxasini yaratibdi. Ichida minglab haqiqiyga o’xshash saytlar bor ekan, agent u yerda xato qilsa ham real kompaniyalarga zarar yetmaydi. Xuddi haydovchilik maktabidagi trenajyor: rulni noto’g’ri bursangiz ham, hech kimning mashinasi urilmaydi. Agentlar zararli ko’rsatmalarga qanchalik chidamli ekani va ruxsatsiz ish qilib qo’ymasligi ham shu yerda tekshirilar ekan. Ertaga AI sizning nomingizdan bilet olib bersa, u oldin mana shunday «poligon»da chiniqib chiqqanini bilish ancha xotirjamlik beradi⚡️ Manba: https://vc.ru/ai/3267692
Open in TelegramE buni qarang! GTA VI chiqqan kuni TBC o’zining avto shousini ishga tushiribdi ⚡️ TBC’dan yangi qiziq marketing keys. Bu safar ular YouTube’da TBC Avto uchun alohida shou ochishdi. TBC Avto – yangi mashinani solishtirib, tanlab, sotib olsa bo’ladigan servis. Mahsulotni oddiy reklama qilish o’rniga o’zlarining nechpul brend mediasida to’laqonli ko’ngilochar shou qilishgan. Shouda mashinalarni haqiqiy o’zbek hayotida sinashadi: bizning yo’llarda haydashadi, funksiyalarini tekshirishadi, bahslashishadi, chellenj qilishadi va mashina puliga arziydimi-yo’qmi, aniqlashadi. To’g’ridan-to’g’ri reklamaga hechkim e’tibor bermay qo’ygan. TBC esa reklama qo’yish o’rniga mashina olmoqchi bo’lganlar qaytib-qaytib ko’radigan kontent qilyapti. Odam avto shou ko’rgani kiradi, modellar bilan tanishadi, solishtiradi, keyin "olsammikan?" deb o’ylashni boshlaydi. Yonida esa TBC Avto turibdi. Bu esa qiziqishdan boshlab tanlov va xaridgacha bir qadam. Ya’ni brend tomoshabinni avval qiziqarli kontent bilan jalb qiladi, keyin esa o‘z servisiga olib keladi. Bunda har bir sonni reklama roligiga aylantirish shart emas. Format qanday uchishini ko’ramiz. Lekin yondashuvning o’zi bizning bozor uchun rostdan qiziq. nechpul avto’ning birinchi soni YouTube’da: https://youtu.be/XVjl3llUdNY
Open in TelegramKo’ringlarchi: https://www.instagram.com/reel/Df5nwTxokXd/?knvt=MW83M2F3OHh3Z3l2YQ== GTA IV narxiga arziydimi yoki yo’qmi, aniqlab beraman⚡️
Open in TelegramForwarded from KIBERUZ | КИБЕРУЗ
🌴 GTA 6 chiqdi: bugun nimalar bo'ldi O'yin avval Yangi Zelandiyada start oldi, Metacritic'da 99 ball oldi, strimlarni bir vaqtda 2,5 mln kishi ko'rdi. Jurnalistlar kamchiliklarni ham aytdi: FPS ba'zan 30 dan tushadi, qo'l jangi soddaroq, missiyalarda uzoq yurishlar ko'p. Birinchi videolarda o'yin haqida nimalar ko'rindi: 🏠 Uyni o'zing ta'mirlaysan — tomni almashtirish, devor bo'yash, har bir vintni burash bor. xQc bir soatini shunga sarfladi. 👵 NPC'lar o'zi jinoyat qiladi: skuterdagi kampir o'tkinchini qurol bilan taladi, keyin o'yinchiga o'girildi. 🐕 Itni yoningga olib, gidrosiklda to'lqinlarda sakrash mumkin. 🐈 Mushukli mashinani o'g'irlasang, mushuk qahramonga tashlanadi — uni tashlab yuborasan yoki shundoq haydab ketaverasan. 🐅 Yo'lbars bilan qo'l jangi ham bor. 🎮 Cheat-kodlar qaytdi: qurol, mashina, zirh, pul, ob-havo. 61 tadan 17 tasi ma'lum, lekin ular syujet tugagach ochiladi va o'sha sessiyada saqlash hamda yutuqlarni o'chiradi. Videoda yana — o'yin introsi. @kbruz
Open in TelegramVoyager-1 Yerdan roppa-rosa bir yorug’lik kuni masofasiga uzoqlashibdi⚡️ Bu 25,9 mlrd km degani. Quyosh nuri bir kunda bosib o’tadigan yo’lni zond qariyb 50 yil davomida sekundiga 17 km tezlikda uchib bosib o’tibdi. Keyingi «bekati» 2326-yilda bo’lar ekan: Quyosh tizimini o’rab turgan muzli Oort bulutining ichki chegarasi. Insoniyat yasagan eng uzoq narsa 50 yilda yorug’likning atigi bir kunlik yo’lini bosibdi. KOINOT qanchalik katta ekanini endi tasavvur qilib ko’ring, ming yillar hali oldinda ekan🤣 Sizningcha, Voyager’ni bir kun kimdir topib oladimi? @texnoplov
Open in TelegramNoyabr boshida Toshkentda havo ikki marta og’irlashdi😷 1-noyabrga o’tar kechasi havo sifati AQI indeksi bo’yicha «juda zararli» darajaga chiqdi. Ekologiya qo’mitasi buni havo sovib ketgani, shamol deyarli bo’lmagani va inversiya bilan tushuntirdi. Inversiya paytida tepada iliqroq havo qatlami qopqoqdek turib qoladi va pastdagi sovuq havoni bosib turadi: chang ham, tutun ham tepaga chiqib ketolmay, biz nafas oladigan joyda yig’ilib qolaveradi. 5-noyabr kechqurun esa havo yana «zararli» bo’ldi. Ko’chadagi havoni o’zgartira olmaymiz, lekin uydagisini tozalash mumkin. Loyihamiz Taqqoz’da havo tozalagich va namlagichlar bo’yicha 72 ta mahsulot bor, narxlarni do’konlar bo’yicha bir sahifada solishtirasiz. Ba’zan farq ancha katta: masalan, bitta model bir do’konda 1 456 000 so’m, boshqasida 2 255 000 so’m. Model bir xil, farq esa 800 mingga yaqin🤯 560 ming so’mlik HEPA filtrli tozalagich-namlagich ham bor. Olishdan oldin ikkita narsaga qarang: HEPA filtr bormi va qurilma necha kvadrat metr xonaga mo’ljallangan. Xonangiz kattaroq bo’lsa, kichik apparatning kuchi yetmaydi. Shoshilmasangiz, saytda kerakli modelga to’lamoqchi bo’lgan summangizni yozib qo’ying, narx shu summagacha tushsa Telegram’ga xabar keladi. Xullas, avval solishtirib, keyin oling👇🏼 taqqoz.uz/uz/category/air_purifiers_humidifiers Sog’ligingizni asrang⚡️
Open in TelegramBir zo’r fikr keldi. Biz 12ta ENG yaqin do’stmiz de. ASOSIY sostav. Har o’tirishimizda o’lib qolib kulamiz. Shular bilan bitta yangi podkast kanal ochaymi? Hammasi saviyali, turli sohalarda ekspertlar, lekin hamma bir birini ustidan rosa qoyadi. Shular bilan bir oyda bir marta chiqadigan podkast bosmoqchimiz. Mavzular har xil bo’ladi, har bir odamni sohalaridan kelib chiqib. Nima deysizlar? “Auditoriyangdan fikr so’rab ko’r” deb so’rashdi🤣
Open in TelegramHozir yana bitta game clubni o’zimizga olib, Texnoplov Gamingga o’zgartiryapmiz. Joyni ko’rgani borsam, bitta okajon o’yinlar orasida Texnoplov ko’rib o’tirgan ekanlar🚀⚡️ Yaqinda Beruniyda ikkinchi filialimiz ochiladi⚡️
Open in Telegram11-noyabrni yozib qo’ying⚡️ Esingizdami, Texnoplov Gaming’dagi eski monitorni Listee orqali sotgandim? O’sha Listee’da hozir «Мастер призов» sovrinli o’yini ketyapti: e’lon qo’yasiz, biror narsa sotib olasiz yoki do’stingizni taklif qilasiz, har biri uchun tanga olasiz. Tanga qancha ko’p bo’lsa, sovrin yutish imkoniyati shuncha katta. Faqat 11-noyabr kuni har qanday topshiriq uchun tanga 11 barobar ko’p beriladi. Istisnosiz, hamma topshiriqlarga. Bir kun, xolos, ertasiga hammasi odatdagidek bo’ladi. Qimmatbaho bosh sovrindan tashqari elektronika, gadjetlar va promokodlar ham bor, o’yin 27-noyabrgacha davom etadi. Xullas, 11-da bir kirib, qo’yadigan narsangiz bo’lsa qo’yib yuboring😁👇🏼 https://listee.go.link/2cOfO
Open in TelegramKeyin man o’zimni telefonim orqali kompyuterimdagi Claudega vazifa yubordim: “Feruz aka telegramdan fayllar tashlab qo’ydilar. Telegramimga kirib ularni ol va kerakli joylarini bazamizga qo’shib qo’y” Robotlarimiz o’zaro ishlaversin xullas, biz esa boshqa muhimroq ishlarni bajaramiz🤣🚀
Open in Telegram