Sardor Salyamov bilan umrimda birinchi marta FIFA o’ynab ko’rdim. Yutdimmi yo’qmi va o’zi umuman FIFA o’ynash qobiliyatimni videoda ko’rsangiz bo’ladi) https://youtu.be/Qak9zOYaCok
Open in Telegram
Texnoplov⚡️
⚡️ Bu yerda texnika va ilhomlantiradigan ilm-fan haqida gaplashamiz! Reklama ➡️ @profsoyuz_influence Tel: +998971562211 Aloqa: @Texnoplovfeedbackbot ▪️YOUTUBE: https://youtube.com/@Texnoplov ▪️INSTAGRAM: https://instagram.com/texnoplov
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 7, 2026 | 6,000 |
| Nov 10, 2026 | 5,900 |
| Nov 12, 2026 | 5,430 |
| Nov 13, 2026 | 5,645 |
| Nov 17, 2026 | 4,460 |
| Nov 18, 2026 | 4,153 |
| Nov 19, 2026 | 4,830 |
| Nov 20, 2026 | 4,510 |
| Nov 23, 2026 | 3,550 |
| Nov 24, 2026 | 3,190 |
| Nov 26, 2026 | 2,130 |
Most viewed this month
- 01Views6KForwards—Reactions106Comments—
- 02Views5.9KForwards—Reactions35Comments—
- 03Views5.65KForwards—Reactions134Comments—
- 04Views5.64KForwards—Reactions51Comments—
Latest posts
Chernobilda radiatsiyadan qo’rqmay o’sayotgan zamburug’ zaharlarni zararsizlantirishga yordam berishi mumkin ekan⚡️ Yopiq zonada 40 yildan beri radiatsiya odam uchun xavfli darajada, lekin eski stansiya devorlarida qora mog’or bemalol o’sib yotibdi. Ba’zi zamburug’lar hatto radiatsiya tomonga qarab o’sar ekan. Ular haqida video ham chiqargan edim: https://youtu.be/JkLlI8YKP6U?si=y9t4JvaHVrZlLlAn Olimlarning aytishicha, shu zamburug’ yordamida pestitsidlar va o’ta zaharli kimyoviy moddalarni ushlab, parchalab tashlaydigan materiallar yaratish mumkin ekan. Biz radiatsiyadan qochamiz, u esa unga qarab yuradi🤣 Kelajakda bunday materiallar pestitsid qoldiqlaridan suv va tuproqni tozalashda yordam bersa, dasturxonimizdagi meva-sabzavot ham xavfsizroq bo’ladi⚡️ @texnoplov Manba: Phys.org https://phys.org/news/2026-11-fungus-survive-chernobyl-materials-nerve.html
Open in TelegramKecha youtube videoni yangisini oldik. Qiyin syomka bo’ldi. 6ta har xil qahramonni o’ynadim. Har birini o’zini xarakteri va ovozi bor. Oson emas ekan😁 Noyabr oxirida chiqadi. Mavzu: “Hozir” degan narsa mavjumdi?
Open in TelegramDinozavrlar hidlagan 100 million yil yashirinib yotgan gulni rentgen ko’rsatibdi🌸⚡️ AQSh va Buyuk Britaniyalik olimlar dinozavrlar davridan, taxminan 100 million yil oldin qolgan gul qoldig’ini rentgen nurlari bilan o’rganishibdi. Natijalar American Journal of Botany jurnalida chiqibdi. Bu topilma bugungi o’simliklar qayerdan boshlanganini tushunishga yangi oyna ochar ekan. Xuddi eski albomdan bobomizning yoshlikdagi suratini topib olgandek: bugungi gullarning «bobokaloni» qanaqa bo’lganini endi ko’ra olyapmiz. Dinozavrlar hidlagan bo’lishi mumkin bo’lgan gulni bugun ekranda ko’rib o’tiribmiz. Ajoyib davrlarda yashayapmiz⚡️ Manba: https://phys.org/news/2026-11-hidden-million-years-rays-reveal.html
Open in TelegramOlimlar Oy changidan LEGO’ga o’xshash g’isht yasashni o’ylab topishibdi🚀 Changni 3D-printerda bosib, bir-biriga ulanadigan bloklar chiqarishibdi. Hozircha bloklarni mustahkamroq qilish kerak ekan, lekin kelajakda Oydagi bazalarni o’sha yerning o’z materialidan qurish mumkin bo’lar ekan. Har bir g’ishtni Yerdan raketada olib borish o’rniga, Oyning o’zida LEGO yig’ib o’tiraveramiz🤣 Insoniyat boshqa sayyorada uy qurishga tobora yaqinlashyapti🚀 Oyda yashashga rozi bo’larmidingiz? @texnoplov Manba: ScienceDaily https://www.sciencedaily.com/releases/2026/11/261119194525.htm
Open in TelegramGoogle sun’iy intellekt uchun «soxta internet» qurib qo’yibdi🌐⚡️ Kompaniya AI-agentlarni o’qitish va sinash uchun tashqi dunyodan uzilgan alohida internet nusxasini yaratibdi. Ichida minglab haqiqiyga o’xshash saytlar bor ekan, agent u yerda xato qilsa ham real kompaniyalarga zarar yetmaydi. Xuddi haydovchilik maktabidagi trenajyor: rulni noto’g’ri bursangiz ham, hech kimning mashinasi urilmaydi. Agentlar zararli ko’rsatmalarga qanchalik chidamli ekani va ruxsatsiz ish qilib qo’ymasligi ham shu yerda tekshirilar ekan. Ertaga AI sizning nomingizdan bilet olib bersa, u oldin mana shunday «poligon»da chiniqib chiqqanini bilish ancha xotirjamlik beradi⚡️ Manba: https://vc.ru/ai/3267692
Open in TelegramE buni qarang! GTA VI chiqqan kuni TBC o’zining avto shousini ishga tushiribdi ⚡️ TBC’dan yangi qiziq marketing keys. Bu safar ular YouTube’da TBC Avto uchun alohida shou ochishdi. TBC Avto – yangi mashinani solishtirib, tanlab, sotib olsa bo’ladigan servis. Mahsulotni oddiy reklama qilish o’rniga o’zlarining nechpul brend mediasida to’laqonli ko’ngilochar shou qilishgan. Shouda mashinalarni haqiqiy o’zbek hayotida sinashadi: bizning yo’llarda haydashadi, funksiyalarini tekshirishadi, bahslashishadi, chellenj qilishadi va mashina puliga arziydimi-yo’qmi, aniqlashadi. To’g’ridan-to’g’ri reklamaga hechkim e’tibor bermay qo’ygan. TBC esa reklama qo’yish o’rniga mashina olmoqchi bo’lganlar qaytib-qaytib ko’radigan kontent qilyapti. Odam avto shou ko’rgani kiradi, modellar bilan tanishadi, solishtiradi, keyin "olsammikan?" deb o’ylashni boshlaydi. Yonida esa TBC Avto turibdi. Bu esa qiziqishdan boshlab tanlov va xaridgacha bir qadam. Ya’ni brend tomoshabinni avval qiziqarli kontent bilan jalb qiladi, keyin esa o‘z servisiga olib keladi. Bunda har bir sonni reklama roligiga aylantirish shart emas. Format qanday uchishini ko’ramiz. Lekin yondashuvning o’zi bizning bozor uchun rostdan qiziq. nechpul avto’ning birinchi soni YouTube’da: https://youtu.be/XVjl3llUdNY
Open in TelegramKo’ringlarchi: https://www.instagram.com/reel/Df5nwTxokXd/?knvt=MW83M2F3OHh3Z3l2YQ== GTA IV narxiga arziydimi yoki yo’qmi, aniqlab beraman⚡️
Open in TelegramForwarded from KIBERUZ | КИБЕРУЗ
🌴 GTA 6 chiqdi: bugun nimalar bo'ldi O'yin avval Yangi Zelandiyada start oldi, Metacritic'da 99 ball oldi, strimlarni bir vaqtda 2,5 mln kishi ko'rdi. Jurnalistlar kamchiliklarni ham aytdi: FPS ba'zan 30 dan tushadi, qo'l jangi soddaroq, missiyalarda uzoq yurishlar ko'p. Birinchi videolarda o'yin haqida nimalar ko'rindi: 🏠 Uyni o'zing ta'mirlaysan — tomni almashtirish, devor bo'yash, har bir vintni burash bor. xQc bir soatini shunga sarfladi. 👵 NPC'lar o'zi jinoyat qiladi: skuterdagi kampir o'tkinchini qurol bilan taladi, keyin o'yinchiga o'girildi. 🐕 Itni yoningga olib, gidrosiklda to'lqinlarda sakrash mumkin. 🐈 Mushukli mashinani o'g'irlasang, mushuk qahramonga tashlanadi — uni tashlab yuborasan yoki shundoq haydab ketaverasan. 🐅 Yo'lbars bilan qo'l jangi ham bor. 🎮 Cheat-kodlar qaytdi: qurol, mashina, zirh, pul, ob-havo. 61 tadan 17 tasi ma'lum, lekin ular syujet tugagach ochiladi va o'sha sessiyada saqlash hamda yutuqlarni o'chiradi. Videoda yana — o'yin introsi. @kbruz
Open in TelegramVoyager-1 Yerdan roppa-rosa bir yorug’lik kuni masofasiga uzoqlashibdi⚡️ Bu 25,9 mlrd km degani. Quyosh nuri bir kunda bosib o’tadigan yo’lni zond qariyb 50 yil davomida sekundiga 17 km tezlikda uchib bosib o’tibdi. Keyingi «bekati» 2326-yilda bo’lar ekan: Quyosh tizimini o’rab turgan muzli Oort bulutining ichki chegarasi. Insoniyat yasagan eng uzoq narsa 50 yilda yorug’likning atigi bir kunlik yo’lini bosibdi. KOINOT qanchalik katta ekanini endi tasavvur qilib ko’ring, ming yillar hali oldinda ekan🤣 Sizningcha, Voyager’ni bir kun kimdir topib oladimi? @texnoplov
Open in TelegramConnections
Similar channels
IT Park Uzbekistan@itpark_uzTechnologies18K
TECNO Uzbekistan@tecnouzbekistanTechnologies16.8K
#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal@hashtaguzTechnologies16K
Sariq Dev@sariqdevTechnologies14.7K
IT | Ishkal@it_ishkalTechnologies12.7K
Tilmoch@tahrirchi_uzTechnologies12.3K
Dasturlash hayoti️️ ️@dasturlash_hayotiTechnologies10.9K
Kiberxavfsizlik markazi@cyber_csec_uzTechnologies10.4K