#Tugilgan_kun!!! Hurmatli "Termiz mintaqaviy temir yo'l uzeli" filiali“ boshlig'ining Iqtisod, moliya - Transafg‘on temir yo‘l qurilishi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - Shoymatov Jamoliddin Yusupovich! "Termiz MTU" filiali rahbariyati va jamoasi nomidan Sizni tavallud topgan kuningiz munosabati bilan chin qalbdan va samimiy muborakbod etamiz! Ushbu quvonchli kunda Sizga tinchlik-xotirjamlik, oilangizga fayzu-baraka tilab, doimo yaqinlaringiz boshiga sog'-salomat bo'lib yurishingizni Ollohdan so'raymiz. Yurtimiz osoyishtaligi, Davlatimiz qolaversa, temir yo'l sohasini ravnaqi, farovonligini ta'minlash yo'lida olib borayotgan sharafli va xayrli ishlaringizga omadlar va ulkan zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz. Rasmiy sahifamiz: 👉 @Termiz_MTU 👈
Open in TelegramPosts of "TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali
Harakat xavfsizligi – ustuvor vazifa! Bugun 28-noyabr kuni “Termiz MTU” filiali Taşişlarni taşkil etiş bo‘limi boşliği -Uzel boşliği örınbosarı Ş.A.Qodirov tomonidan “Harakat xavfsizligi” oyligi doirasida Qumqörğon – Elbayon stansiyalarida tungi nazorat tekşiruvi ötkazildi. Tekşiruv davomida asosiy e’tibor quyidagi jihatlarga qaratildi: Tungi smenada xizmat olib borayotgan xodimlarning iş intizomi va huşyorligi; Poyezdlar harakatini xavfsiz taşkil etiş hamda texnik reglamentlarga rioya qilinişi; Stansiya xöjaligi va texnik vositalarning soz holatda ekanligi. Örganiş yakunlari böyiça mas’ul xodimlarga iş samaradorligini oşiriş va harakat xavfsizligini sözsiz ta’minlaş yuzasidan tegişli körsatmalar berildi. Rasmiy sahifamiz: 👉@Termiz_MTU 👈
Open in Telegram#Tugilgan_kun “Temiryo‘lkargo” AJ Termiz filiali boshlig‘i Bozorov Baxtiyor Omonturdievichni tug'ilgan kunlari munosabati bilan "Termiz MTU" filiali rahbariyati va jamoasi nomidan chin dildan samimiy muborakbod etamiz. Korxonamiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yoʼlida olib borayotgan sermazmun va fidokorona mehnatingizda omad va zafarlar hamisha yor boʼlishligini tilab qolamiz!!! Rasmiy sahifamiz: 👉@Termiz_MTU 👈
Open in TelegramForwarded from “Temiryölinfratuzilma” AJ Rasmiy kanali
🟦🟦🟦 “TERMIZ LOKOMOTIV DEPOSI” FILIALIDA RAQAMLAŞTIRIŞ VA TAJRIBA ALMAŞIŞ YUZASIDAN AMALIY UÇRAŞUV BÖLIB ÖTDI 2026-yil 27-noyabr kuni “Termiz mintaqaviy temir yöl uzeli” filiali boşliği O.N. Xudoyqulov hamda Lokomotivlardan foydalaniş boşqarmasi boş muhandisi R.A. Rasulov boşçiligidagi işçi guruh “Termiz lokomotiv deposi” filialida böldi. Uçraşuvda “Temiryölinfratuzilma” AJ tarkibidagi barça lokomotiv depolari va ularning filiallari rahbarlari iştirok etdilar. Öquv-seminarning asosiy maqsadi va örganilgan yönalişlar: Moliyaviy-iqtisodiy samaradorlik: depolarning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini yanada yaxşilaş va xarajatlarni optimallaştiriş masalalari muhokama qilindi. Raqamli texnologiyalarni joriy etiş: iş jarayonlarini avtomatlaştirişga qaratilgan “Elektron talabnoma” va “Elektron marşrut” dasturlari, şuningdek, nazorat va xavfsizlikni kuçaytiruvçi kuzatuv kameralari hamda GPS monitoring tizimining amaliyotda işlaş jarayonlari bilan yaqindan tanişildi. Xodimlar uçun şaroitlar: işçi-xodimlarga yaratilgan mehnat va maişiy şaroitlar közdan keçirilib, tizimdagi ilğor yeçimlar yuzasidan özaro tajriba almaşildi. Öquv-seminar yakunida mazkur raqamli tizimlarni boşqa lokomotiv depolari faoliyatiga ham keng tatbiq etiş böyiça kelişib olindi. “Temiryölinfratuzilma” AJ matbuot xizmati.👍 🌎railwayinfra.uz❤️🔥Telegram ❤️🔥Facebook❤️🔥Instagram
Open in TelegramTermiz lokomotiv deposida ishchi-xodimlarning murojaatlari va mehnat sharoitlari o‘rganildi. 2026-yil 26-noyabr kuni “Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali boshlig‘i O.N.Xudoyqulov hamda O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurorining o‘rinbosari D.Raxmatullayev va Termiz transport prokurori Z.Tursunovlar Termiz lokomotiv deposida bo‘lishdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad korxonada mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning muammolarini bevosita o‘rganish, ularga amaliy yechim topish hamda xodimlar uchun yaratilgan ish sharoitlarini yanada yaxshilashdan iborat bo‘ldi. O‘rganish davomida mas’ullar depo ishchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning taklif va murojaatlarini tinglashdi. Shuningdek, ish o‘rinlaridagi mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi hamda maishiy sharoitlar ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi. Telegram sahifamiz: 👉 @Termiz_MTU 👈
Open in TelegramForwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Yuk vagonlariga bo‘lgan talab yildan yilga oshib bormoqda. Shu bois, vagonlar parkini har yili 5-6 mingtaga ko‘paytirish zarur. Buning uchun tadbirkorlarga qator yengilliklar yaratiladi. Xususan, yuk vagonlarini import qilish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi. Temir yo‘l liniyasidan foydalanish to‘loviga 20 foizgacha chegirma beriladi. Xalqaro yuk tashish uchun mahalliy vagonlarni taqdim etishda qo‘shilgan qiymat solig‘ining nol stavkasi qo‘llaniladi. Prezidentimiz Jahon banki bilan birgalikda temir yo‘l sohasida yangi tarif siyosati ishlab chiqilganini ma’lum qildi. Mutasaddilarga 2027-yildan ushbu siyosatni bosqichma-bosqich tatbiq etishni boshlash topshirildi. Kelgusi yildan har bir yo‘nalish bo‘yicha temir yo‘l liniyasidan foydalanish, lokomotiv va vagon uchun to‘lovlar alohida ko‘rsatiladigan tizimni joriy etish vazifasi qo‘yildi. Facebook|Instagram|X
Open in TelegramForwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li ishga tushishi bilan yuk tashish hajmi 10 karra oshib, yiliga 15-16 million tonnaga yetishi kutilmoqda. Davlatimiz rahbari milliy temir yo‘l infratuzilmasini shunga mos ravishda rivojlantirish zarurligini ta’kidladi. Bugungi kunda temir yo‘llarning 25 foizi to‘liq quvvatda, 15 foizi esa ortiqcha yuklama bilan ishlamoqda. 2030-yilgacha 545 kilometr yangi temir yo‘l liniyalarini qurish, elektrlashtirilgan yo‘llar ulushini 65 foizga, elektropoyezdlar parkini 31 taga yetkazish rejalashtirilgan. Kelgusi yilda Angren – Pop temir yo‘l liniyasi modernizatsiya qilinadi, ushbu yo‘nalishda ikkinchi liniya qurish masalasi ham ko‘rib chiqiladi. Aprel oyidan To‘qimachi – Angren yo‘nalishida ikkinchi temir yo‘l qurilishi boshlanadi. Shuningdek, Toshg‘uzor – Qumqo‘rg‘on uchastkalarining modernizatsiyasi yakunlanadi, Andijon – Xonobod va Qumqo‘rg‘on – Quduqli yo‘nalishlari to‘liq elektrlashtiriladi, Toshkent – Samarqand yo‘nalishida alohida yuqori tezlikdagi liniya qurishga kirishiladi. Prezidentimiz xalqaro moliya tashkilotlari va investorlarni umumiy qiymati 8 milliard dollarlik mazkur loyihalarda hamkorlik qilishga chaqirdi. Facebook|Instagram|X
Open in Telegram#Tugilgan_kun. Surxonobod stansiyasi boshlig'i Xudoyberdiyev Bekzod Bobomurodovichni tug'ilgan kuni munosabati bilan "Termiz MTU" filiali rahbariyati va jamoasi nomidan chin dildan samimiy muborakbod etamiz. Korxonamiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yoʼlida olib borayotgan sermazmun va fidokorona mehnatingizda omad va zafarlar hamisha yor boʼlishligini tilab qolamiz!!! Telegram sahifamiz: 👉 @Termiz_MTU 👈
Open in Telegram#Tugilgan_kun. "Termiz MTU" filiali Hisobga olish va statistika bo'limi boshlig'i Raxmonov Sanjar Narzullaevichni tug'ilgan kuni munosabati bilan "Termiz MTU" filiali rahbariyati va jamoasi nomidan chin dildan samimiy muborakbod etamiz. Korxonamiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yoʼlida olib borayotgan sermazmun va fidokorona mehnatingizda omad va zafarlar hamisha yor boʼlishligini tilab qolamiz!!! Telegram sahifamiz: 👉 @Termiz_MTU 👈
Open in Telegram“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA: “TERMIZ MTU” FILIALIDA OBODONLASHTIRISH VA KO‘KALAMZORLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA “Temiryo‘linfratuzilma” AJ boshqaruvi raisi S.A.Norqabilovning 2026-yil 11-noyabrdagi 1090-JDS-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Termiz MTU” filialida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda manzarali daraxtlar va ko‘chatlar ekilib, mavjud yashil maydonlarni kengaytirish hamda hududlarning sanitariya holatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar jarayonida: 🌿 hududlarni tartibga keltirish; 🌿 daraxt va ko‘chatlarni ekish uchun yer maydonlarini tayyorlash; 🌿 yashil maydonlarni parvarishlash; 🌿 korxona va tashkilotlar atrofining estetik ko‘rinishini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Mazkur ishlar ekologik madaniyatni yuksaltirish uchun xizmat qiladi. Telegram sahifamiz: 👉 @Termiz_MTU 👈
Open in Telegram