Account

Posts of Tarix va Tahlil

newest first

#4735Text
Views110−79%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
4 h84
11 h110
  1. After 6 hours84
  2. Total to date110
#4716Photo
Views543+6%vs avg
Forwards—
Reactions4
Comments—
#4704Text

Bilasizmi turkiylar Konstantinopolni ertaroq, ya’ni 1453-yildan avvalroq, 362 yil ilgariroq egallashlari mumkun edi. 1071-yili saljuq turk qo’shini Vizantiya imperiyasini shunchalik tor-mor qildiki, endilikda ushbu qadimiy mamlakat tashqi dushmanga yakka qarshilik qilolmaydigan ahvolga keldi. Yunonlarning kuchsizlanganidan xabar topgan bijanak qabilalari 1087-yildan boshlab Bolqonga bosqin qila boshlashadi. Tabiiyki ular Konstantinopoldek katta shaharni egallash uchun ham reja tuzishgandi. Ja’mi 80 000 otliq armiyaga ega bu qudratli qo’shin 1091-yili poytaxtga yuradi. Imperiyada vahima boshlanadi. Ammo imperator Aleksey Komnin diplomatik yo’l ila qipchoq qabilalaridan 40 000 armiya so’raydi. 5000 valax va 20 000 yunon askarlari ila birlashgan qo’shin 29-aprelda shaharga oz masofali hududda jang qiladi. Bijanaklar qipchoqlarning paydo bo’lishini umuman kutmagan edilar. Ular dushmanni yengishga shunchalik ishongan edilarki, Vizantiya yerlarida abadiy qolish uchun o’z oilalari ila harakat boshlashgan edi. To’satdan o’z lagerlariga hujum qilgan qarindoshlarini ko’rib lol qolgan turkiylar qirib tashlanadi. Qipchoqlar oltin evaziga bijanaklarni qirishadi. Ko’plab bijanaklar asir olinib qul qilinadi. Qolgani vaxshiylarcha qirib tashlanadi. Agar qipchoqlar o’z qarindoshlariga xiyonat qilmasdan bijanaklar ila birlashib Konstantinopolga hujum qilganida shaharni ham olishar, oltinga ham ega chiqishardi. Vizantiya ertaroq tugar, Kichik Osiyo va Bolqon to'liq olinar va shimolda Kiyev rusiga va g'arbda Markaziy Yevropaga ta'sirliroq urush qilish imkoni tug'ilardi. Ammo bunday bo’lmadi. Bijanaklarning qirib tashlanishi imperiya hayotini yana uzaytirdi. Bir oz o’tib yunonlar saljuqlarga boy berilgan yerlardan anchaginasini olib qo’yishadi va Vizantiya o’z qudratiga ozgina bo’lsa-da qaytadi. Bijanak xonligi esa qulab, shimolda ruslarning kuchayishiga sabab bo'ladi. @Tarix_va_Tahlil

Open in Telegram
Views767+50%vs avg
Forwards—
Reactions8
Comments—
#4702Text

Konstantinopol shahri bunyod bo’libdiki juda ko’p marotaba dushmanlar hujumiga uchragan. Xususan biz ular haqida qisqacha ma’lumot bersak…… O’tmishda bu shahar o’rnida yunonlar Vizantiy nomli koloniya qurishganini bilasiz. Ushbu shahar Megaralik Vizas tomonidan miloddan oldingi 667 yoki 656- yili qurilgan deya ishonilgan. Bu koloniya miloddan avvalgi 510-yili qudratli ahamoniylar imperiyasi hujumiga uchraydi. O’shanda forslar shaharni egallashgan. Bu hujum Doro I ning mashhur skif kampaniyasi doirasida o’tgandi. 478-yili, oradan 32 yil o’tib yunonlar Vizantiy shahrini dengizdan qamal etib egallashadi va forslarni haydashadi. 411-yili muhim hududda joylashgan ushbu shaharni Sparta floti egallab oladi. 408-yili, Peloponnes urushlari doirasida Vizantiy Afinaga raqiblik qilgan Sparta hukmi ostidaligi sabab dengiz va quruqlikdan qamal etiladi va egallanadi. Miloddan avvalgi 340-39 yilda Filippning makedon armiyasi Vizantiyga hujum qilib yunonlarga qarshi jang boshlaydi. Ammo ushbu muhoraba makedonlarga g’alaba bermagan. Lekin keyinchalik Aleksandr bu shaharni baribir tobe etgan. Miloddan avvalgi 3-asrda Gall-Kelt qabilalari Gresiyaga hujum qilib, Kichik Osiyogacha borishgan. O’shanda ya’ni 278-77 yilda ular Vizantiy shahriga ham hamla etishgan ammo orada sulh tuzilib, qamal yakunlanmay qolgandi. Oradan 26-25 yil o’tib, 251-yili Salavka armiyasi Ptolemeylar yordamiga tayangan yunonlarni Vizantiydan quvish uchun shaharga quruqlik va dengizdan hujum qilgan edi. Ammo bu urunish omadsiz tugagan. Aynan shu paytlarda shahar Pergam podshohligiga kiritilgan. Miloddan avvalgi 2-asrda shahar rimliklar ta’siri ostiga tushgan. Shaharni qadimiy Pont podsholigi ham zabt etishga urinib ko’rgani haqida ma’lumot bor. Miloddan avvalgi 51-yili Vizantiy aynan Pont askarlariga muvaffaqiyatli qarshilik qilgan. Bu vaqtda shahar Rim imperiyasiga qaragan. Milodiy 196 –yili Rim imperatori Septimiy Sever fuqarolar urushi doirasida yana bir imperator Peskenniy Nigerni mag’lub etish uchun Vizantiyga yuradi va g’alaba qiladi. 313-yili shahar yana bir fuqarolar urushi girdobida qoladi. Bu gal imperator Maksim II raqibi Lisiniyni quruqlikda mag’lub etib, Vizantiyni egallaydi. 324-yili imperator Konstantin shaharni yana egallagan Lisiniyga qarshi katta yurish boshlab, dushmanni yengadi va Vizantiyni egallaydi. Shahar aynan Konstantin davrida qayta qurilib Konstantinopol deya nomlanadi. 378-yili Konstantinopolga gotlar hujum uyushtiradi. Ammo ushbu hujum qaytariladi. 626-yili avarlar ila ittifoqda sosoniylar Konstantinopolga hujum boshlashgan. Ammo bu hujum ham yengiladi. 654-yili arab-musulmon armiyasi yer va suvdan Konstantinopolga hujum boshlashadi. Ammo hujum shaharga qadar yetib bormasdan to’xtaydi. 669-yili arablarning yana bir marotaba qilgan urinishi omadsiz tugaydi. 674-678-yillardagi yurishda manbalarning yetishmasligi sabab to’liq voqealar qiyin sharhlanadi. Ammo bu gal ham arablar muvaffaqiyatga erisha olishmaydi. Lekin yurish davomida Vizantiya armiyasi tor-mor qilinadi va katta o’lja olinadi. 715-yili shaharga imperatordan norozi opsikionliklar qo’shini hujum qilgan va shahar egallangan. Arab-musulmonlarning keyingi hujumi 717-18-yillar bo’lib, katta mag’lubiyat ila tugaydi. 813-yili Konstantinopol shahriga Bulg’orlarning kuchli hujumi boshlanadi va omadsiz yakunlanadi. 821-22 yilda imperator Manuilga isyon ko’targan Tomas slavyan ismli qo’mondon Konstantinopolni qamal qiladi va yengiladi. 860-yili Konstantinopolga ruslar tomonidan qilingan hujum ham mag’lub qilinadi. 907-yili ruslarning yana bir katta hujumi ham tor-mor qilinadi. 913, 921 va 923-yillar bulg’orlar qo’shini naqd 3 marotaba Konstantinopolni egallash uchun yurish boshlaydi va yengiladi. 941-yili ruslarning 3-hujumi boshlanadi ammo shahar olinmaydi. 1047-yili taxtni olish uchun Konstantinopolga hujum qilgan aristocrat Leo Tornikos omadsizlikka uchraydi. 1090-1091-yili Bijanaklar shahar devorlariga hujum qilishgan. Imperator esa qipchoqlarni yordamga chaqirib ularni yengadi. @Tarix_va_Tahlil

Open in Telegram
Views685+34%vs avg
Forwards—
Reactions8
Comments—
#4700Text
Views629+23%vs avg
Forwards—
Reactions4
Comments—
#4698Photo
Views606+18%vs avg
Forwards—
Reactions5
Comments—
#4695Photo
Views473−8%vs avg
Forwards—
Reactions6
Comments—