Динамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 4 ч | 84 |
| 11 ч | 110 |
- Через 6 часов84
- Всего сейчас110
Часов после публикации
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 4 ч | 84 |
| 11 ч | 110 |
Qiziq jihati AQSh Buyuk muhri ikki tomonlama bo‘lsa-da, kundalik davlat hujjatlarida asosan burgut tasvirlangan old tomoni ishlatiladi. Piramida va ko‘z tasvirlangan orqa tomoni esa ko‘proq ramziy va tarixiy ahamiyatga ega. Piramida va ko‘z tasviri AQShning 1 dollarlik banknotida ham mavjud. @Tarix_va_Tahlil
Открыть в TelegramOrqa tomoni (Reverse) Tugallanmagan piramida tasvirlangan. Piramidaning tepasida Providence ko‘zi (Eye of Providence) joylashgan. Annuit Coeptis — «U boshlagan ishlarimizni qo‘llab-quvvatladi». Novus Ordo Seclorum — «Yangi davr tartibi». Piramida ostida 1776 raqami, ya’ni mustaqillik yili. @Tarix_va_Tahlil
Открыть в TelegramAQShning Buyuk muhri- Gerbi (Great Seal of the United States) ikki tomonlama — ya’ni uning old va orqa tomonlari mavjud. Old tomoni (Obverse) Burgut tasvirlangan. Burgutning bir panjasida 13 ta o‘q, ikkinchisida zaytun novdasi bor. Ko‘kragida 13 ta chiziqli qalqon. Tumshug‘ida E Pluribus Unum — «Ko‘pchilikdan yagona» yozuvi. @Tarix_va_Tahlil
Открыть в TelegramTarix — insoniyat oʻtmishini tizimli oʻrganadigan, dalillarni tahlil va talqin etadigan fan. U birlamchi va ikkilamchi manbalarga tayanadi hamda arxeologiya, manbashunoslik va tarixshunoslik bilan bogʻliq. @Tarix_va_Tahlil
Открыть в TelegramUsmoniylar davlati tarixida Sulton Mehmet II Fotih hukmronligida “Nizomi Olam” uchun joriy qilingan “qardosh qatli” avlodi Sulton Ahmet I tomonidan “Qafas” rejimiga o’tkazilishi, fikrimcha ushbu sulola davomiyligi va qudratiga rahna solgan qonun deb bilaman. @Tarix_va_Tahlil
Открыть в TelegramAttilaning qilichi. Tarixchi Iordanning yozishicha Attilaning oldiga bir cho’pon ajoyib qilich ko’tarib keladi. Cho’ponning so’zlashicha u nimadandir jarohatlangan qo’ydan qon oqayotganini ko'rgan va oqqan qon izi bilan borib, yerni kovlab shu qilichni topib olgan. Uni qazib olib, to‘g‘ri Attilaning oldiga olib boradi. Attila bu sovg'adan xursand bo'ladi va shuhratparast bo'lib, o'zini butun dunyoning hukmdori deb o'ylaydi. Ushbu qilich ‘Mars qilichi” deya nomlanadi. Hukmdor butun elini ana shu qilich qudratiga ishontirdi hamda g’alabalar qozondi. Qilich qanday tuzilishda bo’lgani noaniq. Ammo keyinchalik Attila o’lgach asrlar davomida Venger hamda Nemis qirollari ushbu qilich borligiga odamlarni ishontirishgan va hatto nemis jangchisi Leopold ana shu qilichga egalik qilgani manbalarda yozilgan. Ammo o'rta asrlardagi bu da'volarni Attiladan kelib chiqqanligini tasdiqlovchi hech qanday dalil yo'q. Attila qilichining esa bizgacha kelgan yoki kelmagani katta jumboq ostida bo’lib qoldi. @Tarix_va_Tahlil
Открыть в Telegram"Bosmachi" guruhlariga qarshi kurashgan o'zbek pensionerlari. 70-yillar fotosi @Tarix_va_Tahlil
Открыть в TelegramO'rda Baliq shahri xarobalari. Ushbu shahar bir vaqtlar yirik Uyg'ur xoqonligi poytaxti edi. Somoniy elchilari yozishicha shahardan tashqarida xonning 100 kishi sig'adigan muhtasham oltin o'tovi bo'lgan. Bu shahar turklarning ilk poytaxti O'tukan Yish o'rnida qurilgan va O'tukan turkiy xalqlar birinchi poytaxti hisoblanadi. Hozir Mog'ulistonda joylashgan. @Tarix_va_Tahlil
Открыть в TelegramXrushyov va Pepsi. Amerikacha pepsini ichgan sovet rahbari bir lahzaga bo'lsa-da kommunizm haqida unutgandi. @Tarix_va_Tahlil
Открыть в TelegramXalifa Usmon ibn Affonning Jannat Al Boqiydagi qabri. Xalifa Usmon 656-yil iyunda o'ldirilgan edi. @Tarix_va_Tahlil
Открыть в TelegramNapoleon Bonapart Temur va Chingizning shaxsiy qurollarini sovg'a sifatida qabul qilmoqda. Ushbu surat voqea guvohi, rassom Nikola Tussen Sharle tomonidan 1844-yili chizilgan. Sovgʻa keltirayotganlar rus kishilariga o'xshab ketdi. @Tarix_va_Tahlil
Открыть в TelegramBilasizmi turkiylar Konstantinopolni ertaroq, ya’ni 1453-yildan avvalroq, 362 yil ilgariroq egallashlari mumkun edi. 1071-yili saljuq turk qo’shini Vizantiya imperiyasini shunchalik tor-mor qildiki, endilikda ushbu qadimiy mamlakat tashqi dushmanga yakka qarshilik qilolmaydigan ahvolga keldi. Yunonlarning kuchsizlanganidan xabar topgan bijanak qabilalari 1087-yildan boshlab Bolqonga bosqin qila boshlashadi. Tabiiyki ular Konstantinopoldek katta shaharni egallash uchun ham reja tuzishgandi. Ja’mi 80 000 otliq armiyaga ega bu qudratli qo’shin 1091-yili poytaxtga yuradi. Imperiyada vahima boshlanadi. Ammo imperator Aleksey Komnin diplomatik yo’l ila qipchoq qabilalaridan 40 000 armiya so’raydi. 5000 valax va 20 000 yunon askarlari ila birlashgan qo’shin 29-aprelda shaharga oz masofali hududda jang qiladi. Bijanaklar qipchoqlarning paydo bo’lishini umuman kutmagan edilar. Ular dushmanni yengishga shunchalik ishongan edilarki, Vizantiya yerlarida abadiy qolish uchun o’z oilalari ila harakat boshlashgan edi. To’satdan o’z lagerlariga hujum qilgan qarindoshlarini ko’rib lol qolgan turkiylar qirib tashlanadi. Qipchoqlar oltin evaziga bijanaklarni qirishadi. Ko’plab bijanaklar asir olinib qul qilinadi. Qolgani vaxshiylarcha qirib tashlanadi. Agar qipchoqlar o’z qarindoshlariga xiyonat qilmasdan bijanaklar ila birlashib Konstantinopolga hujum qilganida shaharni ham olishar, oltinga ham ega chiqishardi. Vizantiya ertaroq tugar, Kichik Osiyo va Bolqon to'liq olinar va shimolda Kiyev rusiga va g'arbda Markaziy Yevropaga ta'sirliroq urush qilish imkoni tug'ilardi. Ammo bunday bo’lmadi. Bijanaklarning qirib tashlanishi imperiya hayotini yana uzaytirdi. Bir oz o’tib yunonlar saljuqlarga boy berilgan yerlardan anchaginasini olib qo’yishadi va Vizantiya o’z qudratiga ozgina bo’lsa-da qaytadi. Bijanak xonligi esa qulab, shimolda ruslarning kuchayishiga sabab bo'ladi. @Tarix_va_Tahlil
Открыть в TelegramKonstantinopol shahri bunyod bo’libdiki juda ko’p marotaba dushmanlar hujumiga uchragan. Xususan biz ular haqida qisqacha ma’lumot bersak…… O’tmishda bu shahar o’rnida yunonlar Vizantiy nomli koloniya qurishganini bilasiz. Ushbu shahar Megaralik Vizas tomonidan miloddan oldingi 667 yoki 656- yili qurilgan deya ishonilgan. Bu koloniya miloddan avvalgi 510-yili qudratli ahamoniylar imperiyasi hujumiga uchraydi. O’shanda forslar shaharni egallashgan. Bu hujum Doro I ning mashhur skif kampaniyasi doirasida o’tgandi. 478-yili, oradan 32 yil o’tib yunonlar Vizantiy shahrini dengizdan qamal etib egallashadi va forslarni haydashadi. 411-yili muhim hududda joylashgan ushbu shaharni Sparta floti egallab oladi. 408-yili, Peloponnes urushlari doirasida Vizantiy Afinaga raqiblik qilgan Sparta hukmi ostidaligi sabab dengiz va quruqlikdan qamal etiladi va egallanadi. Miloddan avvalgi 340-39 yilda Filippning makedon armiyasi Vizantiyga hujum qilib yunonlarga qarshi jang boshlaydi. Ammo ushbu muhoraba makedonlarga g’alaba bermagan. Lekin keyinchalik Aleksandr bu shaharni baribir tobe etgan. Miloddan avvalgi 3-asrda Gall-Kelt qabilalari Gresiyaga hujum qilib, Kichik Osiyogacha borishgan. O’shanda ya’ni 278-77 yilda ular Vizantiy shahriga ham hamla etishgan ammo orada sulh tuzilib, qamal yakunlanmay qolgandi. Oradan 26-25 yil o’tib, 251-yili Salavka armiyasi Ptolemeylar yordamiga tayangan yunonlarni Vizantiydan quvish uchun shaharga quruqlik va dengizdan hujum qilgan edi. Ammo bu urunish omadsiz tugagan. Aynan shu paytlarda shahar Pergam podshohligiga kiritilgan. Miloddan avvalgi 2-asrda shahar rimliklar ta’siri ostiga tushgan. Shaharni qadimiy Pont podsholigi ham zabt etishga urinib ko’rgani haqida ma’lumot bor. Miloddan avvalgi 51-yili Vizantiy aynan Pont askarlariga muvaffaqiyatli qarshilik qilgan. Bu vaqtda shahar Rim imperiyasiga qaragan. Milodiy 196 –yili Rim imperatori Septimiy Sever fuqarolar urushi doirasida yana bir imperator Peskenniy Nigerni mag’lub etish uchun Vizantiyga yuradi va g’alaba qiladi. 313-yili shahar yana bir fuqarolar urushi girdobida qoladi. Bu gal imperator Maksim II raqibi Lisiniyni quruqlikda mag’lub etib, Vizantiyni egallaydi. 324-yili imperator Konstantin shaharni yana egallagan Lisiniyga qarshi katta yurish boshlab, dushmanni yengadi va Vizantiyni egallaydi. Shahar aynan Konstantin davrida qayta qurilib Konstantinopol deya nomlanadi. 378-yili Konstantinopolga gotlar hujum uyushtiradi. Ammo ushbu hujum qaytariladi. 626-yili avarlar ila ittifoqda sosoniylar Konstantinopolga hujum boshlashgan. Ammo bu hujum ham yengiladi. 654-yili arab-musulmon armiyasi yer va suvdan Konstantinopolga hujum boshlashadi. Ammo hujum shaharga qadar yetib bormasdan to’xtaydi. 669-yili arablarning yana bir marotaba qilgan urinishi omadsiz tugaydi. 674-678-yillardagi yurishda manbalarning yetishmasligi sabab to’liq voqealar qiyin sharhlanadi. Ammo bu gal ham arablar muvaffaqiyatga erisha olishmaydi. Lekin yurish davomida Vizantiya armiyasi tor-mor qilinadi va katta o’lja olinadi. 715-yili shaharga imperatordan norozi opsikionliklar qo’shini hujum qilgan va shahar egallangan. Arab-musulmonlarning keyingi hujumi 717-18-yillar bo’lib, katta mag’lubiyat ila tugaydi. 813-yili Konstantinopol shahriga Bulg’orlarning kuchli hujumi boshlanadi va omadsiz yakunlanadi. 821-22 yilda imperator Manuilga isyon ko’targan Tomas slavyan ismli qo’mondon Konstantinopolni qamal qiladi va yengiladi. 860-yili Konstantinopolga ruslar tomonidan qilingan hujum ham mag’lub qilinadi. 907-yili ruslarning yana bir katta hujumi ham tor-mor qilinadi. 913, 921 va 923-yillar bulg’orlar qo’shini naqd 3 marotaba Konstantinopolni egallash uchun yurish boshlaydi va yengiladi. 941-yili ruslarning 3-hujumi boshlanadi ammo shahar olinmaydi. 1047-yili taxtni olish uchun Konstantinopolga hujum qilgan aristocrat Leo Tornikos omadsizlikka uchraydi. 1090-1091-yili Bijanaklar shahar devorlariga hujum qilishgan. Imperator esa qipchoqlarni yordamga chaqirib ularni yengadi. @Tarix_va_Tahlil
Открыть в Telegram1101-yili salibchilar shaharni talon taroj etish uchun hujum qilishadi ammo natijasizlikka uchrashadi. 1203-yili va 1204-yillarda salib qo’shini shaharni ikki marotaba egallaydi. 1235-yili Konstantinopolni salibchilardan qaytib olish uchun uringan Nikeya askarlari va bulg’orlar omadsizlikka uchraydi. 1260-yilgi yurish ham yengiladi. 1376-yili Konstantinopol taxtini olishga uringan Andronik IV nihoyat ulkan shaharni qo’riqchilardan tortib oladi. 1391-yili Boyazid askarlarining shaharga hujumi omadsiz tugaydi. 1394-1402 yillardagi qamal esa oxiriga bormay to’xtab qoladi. 1411-yili shahzoda Muso Chalabiy qilgan hujum ham oxirigacha yakun topmagan. 1422-yili turklarning yana bir hujumi ham yakunlanmay qoladi. Nihoyat 1453-yili turklar shaharni to’liq egallashadi. 1615, 1620 va 1624 yillarda kazaklar qo’shini Istanbulga 3 marotaba hujum qiladi. Birinchi jahon urushidan keyin shaharni qisqa muddat Antanta qo’shini egallab turgan. @Tarix_va_Tahlil
Открыть в TelegramQo'qonning qonuniy xoni - Mallabekni bolta bilan chopib tashlagan Olimbek dodhohga Qirg'izistonning O'sh shahrida qo'yilgan haykal. Ana shu qilmishidan keyin o'zi ham ko'p o'tmay o'ldirilgan edi. U Qurbonjon dodhohning eri bo'lgan. Aynan shu kabi ko'chmanchi qirg'iz va qipchoqlar xonlikni abgor holatga solishgan. Xonlarni o'yinchoq qilishgan. Uzun Og'och va Toshkentda ham ular xon qo'shiniga xiyonat qilishgan. @Tarix_va_Tahlil
Открыть в TelegramKitab al-Manazir asarining ikki xil davrga oid qo'lyozmasini raqamli versiyasi. Süleymaniye kutubxonasida originalini ko'rishga ruxsat berishmadi. Kitobdagi chizmaga ahamiyat bering. Yupqa linza tenglamasi deyiladi. Ba'zilar Nyuton, ba'zilar Dekart, va yana ba'zilar Gauss kashf qilgan deyishadi. Lekin bu tenglama 1015-yilga asarda keltirilgan. Ibn al-Haysam yupqa linza formulasini kashf qilgan. Nyuton, Dekart va Gausslar esa o'rgangan. Ahli ilm bu butun dunyoga yupqa linza formulasini o'rgatgan odam. Mehrobdagi po'choqlar, mimbardagi najosatlar va YouTube'dagi qirchang'ilar emas. Asrimizda bir dona ahli ilm bo'lsa edi, hozir ummat ahvoli bu darajada abgor bo'lmasdi. Ketmurshid va itmuridlaga yetkazib qo'yamiz. @Tarix_va_Tahlil
Открыть в Telegram