⚡️Talabalar uçun Gemini AI PLUS — 1 yil BEPUL! Buning uçun: ✅ MyGov mobil ilovasiga kiring. “Raqamli hujjatlar” bölimidan talabalik guvohnomasining ingliz tilidagi talqinini yuklab oling. ☝️ Söngra: Gemini ilovasida talabalar uçun maxsus taklifni tanlang. Kerakli ma’lumotlarni kiriting va hujjatlarni yuboring. Arizangiz tasdiqlangaç, obunani faollaştiring. 🎓 @Talim_huquqi
Open in TelegramPosts of Ta'lim Huquqi
⚡️Kasaba uyuşmasiga a’zo böliş majburiy emas! Konstitutsiyaning 73-moddasiga köra, a’zolik ixtiyoriy. Mehnat kodeksining 37-moddasi esa xodimlarni a’zo bölişga majburlaşni taqiqlaydi. Xohlagan vaqtingiz a’zolikdan çiqiş uçun ariza berişingiz mumkin. ❓Qanday çiqiladi? Iş joyingizdagi kasaba uyuşmasi qömitasiga a’zolikdan çiqiş haqida yozma ariza bering. Arizangiz nusxasini saqlang. Çiqiş rasmiylaştirilgaç, iş haqingizdan a’zolik badali uşlanişini töxtatiş uçun buxgalteriyani ham yozma xabardor qiling. A’zolikdan çiqqaningiz uçun sizni işdan böşatiş yoki mehnat huquqlaringizni çeklaş mumkin emas! 🎓 @Talim_huquqi
Open in Telegram#perevod ⚡️Qişki “perevod” uçun arizalar qabuli 10-yanvardan başlanadi Vazirlar Mahkamasining 578-son qaroriga muvofiq, OTT talabalari bahorgi semestr uçun öqişini köçiriş (qayta tiklaş) muddati va tartibiga özgariş kiritilgan. Endi arizalar qabuli har yili 10-yanvardan 20-yanvargaça (şu kuni ham) davom etadi. Qabul töliq onlayn tarzda — transfer.edu.uz sayti hamda my.gov.uz portali orqali amalga oşiriladi (offlayn topşirilmaydi). ✅ Arizalar faqat davlat oliygohlariaro hamda faqat 2 ta uzrli sababga köra qabul qilinadi: 1️⃣ Talaba oila qurişi munosabati bilan turmuş örtoği doimiy yaşaydigan hududdagi oliy ta’lim taşkilotiga köçiriş istagida bölsa; 2️⃣ Davlat organlari xodimlari iş joyi özgargan taqdirda turmuş örtoği yoki voyaga yetmagan farzandining öqişini köçiriş uçun (tegışli vazirlik yoki idora rahbarining tavsiyasi asosida). 📋 Kerakli hujjatlar: ➖ Reyting daftarçasi, akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxasi; ➖ Uzrli sabablarni tasdiqlovçi tegışli hujjatlar. ‼️Muhim eslatmalar: 🔹 Bir OTTdan başqasiga “öqişni köçirib tiklaş”ga ruxsat berilmaydi; 🔹 Ariza yuborilgandan söng uni tahrirlaş imkoni yöq, şu sababli ma’lumotlarni yuklaşda diqqatli böliş söraladi; 🔹 Arizalar 21-yanvardan 10-fevralgaça körib çiqiladi va natijasi ma’lum qilinadi. 🎓 @Talim_huquqi
Open in Telegram❓Oliy harbiy ta’lim taşkilotlariga öqişga kiriş uçun ariza topşiriş muddatlarini bilasizmi? Harbiy sohada ta’lim oliş istagida bölgan abituriyentlar uçun respublikamizdagi oliy harbiy ta’lim taşkilotlariga hujjat qabul qiliş muddatlarini eslatib ötamiz. Qabul quyidagi muddatlarda amalga oşiriladi: ➖ Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi — 10-oktyabrdan 10-noyabrgaça; ➖ Içki işlar vazirligi akademiyasi — 15-noyabrdan 15-fevralgaça; ➖ Bojxona instituti — 1-yanvardan 1-aprelgaça; ➖ 1-fevraldan 31-martgaça qabul qiluvçi oliygohlar: — Qurolli Kuçlar akademiyasi; — Harbiy tibbiyot akademiyasi; — Çirçiq oliy tank qömondonlik-muhandislik bilim yurti; — Harbiy aviatsiya instituti; — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti. ➖ Jamoat xavfsizligi universiteti — 1-fevraldan 20-martgaça; ➖ Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi — 1-fevraldan 1-martgaça. 🎓 @Talim_huquqi
Open in Telegram❓Farzandimning öqişini boşqa maktab(sinf)ga köçiriş tartibi qanday? ✅ JAVOB: Ota-ona (qonuniy vakil) öz xohişiga köra öquv yili davomida yoki öquv yili tugaganidan söng farzandining öqişini bir umumta’lim maktabidan (sinfdan) boşqasiga köçirişi mumkin. Xizmat har yili 1-avgustdan 25-mayga qadar körsatiladi. 1️⃣ Röyxatdan ötiş — ariza beruvçi my.gov.uz yoki my.maktab.uz portalida röyxatdan ötadi; 2️⃣ Sörovnomani töldiriş — portal orqali elektron sörovnoma mustaqil töldiriladi: qarindoşlik darajasi, ta’lim tili, köçiriladigan sinf va maktab hamda köçiriş sababi kiritiladi (şaxsiy ma’lumotlar va yaşaş manzili “Elektron hukumat” tizimi orqali avtomatik olinadi, manzil farq qilsa, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimiga murojaat qilinadi); 3️⃣ Tasdiqlaş — kiritilgan ma’lumotlar tekşirilib, sörovnoma tasdiqlanadi va avtomatik tarzda maktabga yuboriladi; 4️⃣ Körib çiqiş — maktab sörovnomani 3 iş kunida körib çiqadi va ruxsat beriş yoki sababi körsatilgan holda rad etiş töğrisida qaror çiqaradi, natija portal orqali yuboriladi; 5️⃣ Hujjatlarni topşiriş — ruxsat berilgaç, 3 kun içida farzand öqiyotgan maktabdan bolaning soğligi töğrisida tibbiy ma’lumotnoma va öquvçining baholar (özlaştiriş) tabelining asl nusxasi (hozirda tabel elektron şaklda yuritilayotgan bölişi mumkin, şu sababli uni maktabdan aniqlaştiriş tavsiya etiladi) olinib, yangi maktabga topşiriladi. ❌ Köçiriş faqat ikki holatda rad etilişi mumkin — qabul qilinadigan sinfda böş örinlar bölmasa yoki sörovnomada notöğri ma’lumotlar körsatilgan bölsa. Boşqa holatlarda rad etiş mumkin emas. Rad etilgan taqdirda, avvalgi ariza raqamini körsatib, kamçiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qiliş mumkin. ℹ️ Şuningdek, köçirilgan öquvçi yangi maktabga 10 kun içida sababsiz yoki xabar bermasdan darslarga kelmasa, maktab direktori ota-onalarni, mahalla fuqarolari yiğinini, bolalar masalalari böyiça tuman (şahar) komissiyasini va öquvçi ilgari öqigan maktab direktorini yozma ravişda ogohlantiradi hamda öquvçini darslarga jalb etiş çoralarini köradi. 🎓 @Talim_huquqi
Open in Telegram⚡️Takomillaştirilgan özbek alifbosi uçun bepul servis işga tuşirdi 📑 Matnlarni kirill, lotin va yangi lotin yozuvi örtasida tez va oson ögiriş mumkin. Foydalanuvçilar yuklagan matn va fayllar serverda saqlanmaydi. Undov.uz saytidan foydalaniş mutlaqo bepul. 🎓 @Talim_huquqi
Open in Telegram⚡️Ta'lim va ilm-fan vaziri Turdimovga istisno tariqasida Vazirlikning markaziy apparatiga 2027-yil 1-fevralga qadar xodimlarni to'g'ridan-to'g'ri suhbat asosida ishga qabul qilish vakolati berildi! 🎓 @Talim_huquqi
Open in Telegram⚡️Davlat oliygohlari rektorlari 5 yillik shartnoma asosida ishlaydigan bo’ladi 2027-yil 1-yanvardan boshlab davlat oliy ta’lim tashkilotlari rektorlari va filial direktorlari 5 yillik mehnat shartnomasi asosida ishlash tartibiga o‘tkaziladi. Bunda Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan taqdim etilgan nomzodlar kelgusi 5 yil uchun o‘z strategik rejalarini himoya qiladi hamda munosib topilgan nomzod bilan shartnoma imzolanadi. Muddat yakunlangach, shartnomani uzaytirish yoki bekor qilish masalasi belgilangan rejalar qay darajada bajarilganiga qarab hal etiladi. 🎓 @Talim_huquqi
Open in Telegram⚡️Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi Amaldagi tartibga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilining kuzgi ta’tili 4-noyabrdan boshlanadi va 9-noyabrga qadar davom etadi. 🗓 II chorak dars mashg‘ulotlari 10-noyabrdan boshlanadi. 🎓 @Talim_huquqi
Open in Telegram⚡️Pedagoglarning kontraktda o‘qiyotgan farzandlariga beriladigan 30 foizlik chegirmaga ariza berish bo‘yicha videoqo‘llanma ☝️Ushbu videoqo‘llanmada ariza topshirish jarayoni bilan tanishishingiz mumkin. ⚡️Pedagoglarning farzandlari uchun beriladigan 30 foiz chegirma haqida ayrim ma’lumotlar. BATAFSIL… 🎓 @Talim_huquqi
Open in Telegram⚡️Pedagoglarning farzandlari uchun beriladigan 30 foiz chegirma haqida ayrim ma’lumotlar ✅ Chegirma faqat DAVLAT oliygohida KUNDUZGI ta’limda o‘qiyotgan talabalar uchun beriladi; 👥 Chegirma har bir farzand uchun alohida qo‘llanadi. Demak, bir necha farzand kontraktda o‘qisa, barchasi uchun alohida 30 foizlik chegirma beriladi. 📝 Chegirma olish uchun kontrakt.edu.uz orqali ariza yuborish kerak. Ariza 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi va pedagogning farzandi ekanligi tasdiqlangach, chegirma avtomatik qo‘llanadi. ❌ Quyidagilarga chegirma berilmaydi: 🚫 oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlari uchun; 🚫 nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari uchun; 🚫 O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari uchun; 🚫 qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt uchun; 🚫 xorijiy hamkor OTMlarning qo‘shma ta’lim dasturlari asosida va fakultetlari uchun; ➖ kechki, masofaviy hamda sirtqi ta’lim shakli uchun. 🔁 Pedagog farzandlariga chegirma o‘quv yili uchun bir marotaba qo‘llaniladi. Demak, har yili qaytadan chegirma olish mumkin. ❗️Pedagog farzandlarining otasi yoki onasi pedagog toifasidan chiqarilgan taqdirda, keyingi o‘quv yilidan boshlab unga chegirma qo‘llash to‘xtatiladi. Ayrim savollarga javoblar: ❓Pedagog deganda kim tushuniladi o‘zi? Javob: Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyunda 3849-raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilganPedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatida465 ta lavozim nomi tasdiqlangan. Ushbu 465 ta lavozimda kim bo‘lsa, o‘shaning farzand(lar)i uchun 30 foizlik chegirma beriladi. ❓Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tarbiyachilar uchun ushbu qaror qo‘llanadimi? Javob: Ha, qo‘llanadi. Bog‘cha tarbiyachilarining kontraktda o‘qiyotgan farzandlari uchun ham 30% chegirma qo‘llanadi. ❓Oliygohlardagi tyutorlarning farzandlari uchun ushbu qaror qo‘llanadimi? Javob: yo‘q, tyutorlar ro‘yxatdan mavjud emasligi sababli ularning farzandlariga chegirma berilmaydi. ❓O‘quv markazlaridagi o‘qituvchilarning farzandlari uchun ushbu qaror qo‘llanadimi? Javob: yo‘q, o‘quv markazlari ro‘yxatdan mavjud emasligi sababli ularning farzandlariga chegirma berilmaydi. ❓To‘liq bo‘lmagan grantda o‘qiyotgan (50% davlat granti, 50% kontrakt) talabaning kontrakt summasi uchun ham chegirma beriladimi? Javob: ha, chegirma beriladi. 50% kontrakt qismi uchun 30% chegirma qo‘llanadi. ❓Qaror chiqqunga qadar 2026/2027 o‘quv yili uchun to‘liq yoki qisman kontrakt to‘lovini to‘lab qo‘yganlar uchun chegirma qanday hisoblanadi? Ortiqcha to‘langan summa qaytariladimi yoki keyingi yil hisobi uchun o‘tkaziladimi? Javob: ha, to‘lab qo‘yganlar uchun ham chegirma qo‘llanadi va ortiqcha to‘langan summani istasa qaytarib olishi, istasa kelasi o‘quv yili uchun o‘tkazib yuborishi mumkin. ❓Pedagog xususiy ta’lim tashkilotida ishlasa ham chegirma beriladimi yoki faqat davlat ta’lim tashkilotida ishlashi kerakmi? Javob: xususiy ta’lim tashkilotida, masalan, xususiy oliygoh, xususiy maktab yoki xususiy bog‘chada ishlayotgan pedagoglarning farzandlari uchun ham 30% chegirma beriladi. 🎓 @Talim_huquqi
Open in Telegram⚡️Talabalarni mehnat faolyati bo’yicha ayrim savollarga javoblar ❓Kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talaba asosiy ish joyida to‘liq 1 stavkada ishlashi mumkinmi? ❓Amaldagi mehnat qonunchiligida talabaning kunduzgi ta’limda o‘qishi va bir vaqtning o‘zida to‘liq stavkada mehnat faoliyatini amalga oshirishiga nisbatan qandaydir cheklovlar mavjudmi? ☝️Ushbu savolga ekspert, Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi, advokat Muhammadamin Karimjonov javob beradi. 🎓 @Talim_huquqi
Open in Telegram⚡️“Ta'limga bekorga eng ishongan kadrimni olib kelmadim” — Shavkat Mirziyoev nega Erkinjon Turdimovni ta'lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlagani haqida… ☝️Batafsil yuqoridagi videoda 🎓 @Talim_huquqi
Open in Telegram⚡️Prezident farmoni bilan Erkinjon Turdimov bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi. Saida Mirziyoyevaga sohadagi yangi vazifalarni samarali tashkillashtirish yuklatildi Shuningdek, tegishli farmon bilan Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimi kiritildi. Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga vakolati doirasida umumiy rahbarlik qilishi, ularni muvofiqlashtirishi belgilandi. Ushbu yo‘nalishlar ijrosini nazorat qilish va tashkil qilish Prezident Administratsiyasi Rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklandi. 🎓 @Talim_huquqi
Open in Telegram⚡️Oliy ta’lim tashkilotlarining professor-o‘qituvchilar tarkibi mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy lavozim maoshlari miqdori. Bazaviy lavozim maoshlari xodimning lavozimi, ilmiy darajasi va ilmiy unvoniga qarab farqlanadi. ✅ Kafedra mudiri — 12 522 918 so‘mdan 15 136 736 so‘mgacha ✅ Professor - 12 952 053 so‘mdan 14 434 516 so‘mgacha ✅ Dotsent - 10 221 197 so‘mdan 12 210 822 so‘mgacha ✅ Katta o‘qituvchi - 9 167 869 so‘mdan 10 650 334 so‘mgacha ✅ Assistent, o‘qituvchi - 8 153 552 so‘mdan 9 401 944 so‘mgacha ✅ O‘qituvchi-stajyor - 7 217 258 so‘m. ☝️Shuningdek, professor unvoniga ega bo‘lmagan, biroq fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoxud dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan, professor lavozimiga bir muddatga qabul qilingan shaxslar uchun bazaviy lavozim maoshi 2026-yil 1-sentabrdan boshlab 12 210 822 so‘m miqdorida belgilanadi. Asos: Mazkur miqdorlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2026-yil 11-avgustdagi qaroriga muvofiq belgilangan. 🎓 @Talim_huquqi
Open in Telegram⚡️Xodimni ishdan bo'shatish maqsadida unga bosim o'tkazish javobgarlikka sabab bo'lishi mumkin. ❗️Xodimni ishdan ketkazish maqsadida unga qo'pol muomala qilish, sha'ni va qadr-qimmatini muntazam kamsitish orqali ishdan bo'shash darajasiga yetkazish mehnat sohasidagi ruhiy bosim hisoblanadi. ☝️ Bu Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-sentabrdagi 518-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda belgilangan. ➖ Yana bir muhim jihati, xodimni ishdan bo'shatish maqsadida hech qanday asossiz ustama va mukofotlardan mahrum qilib, faqat quruq oylikda qoldirish ham mehnat sohasidagi tazyiq va zo'ravonlik holatlariga kirishi mumkin. ➖ Ya'ni rahbar xodimning o'zi ariza yozib ketishi uchun unga ataylab bosim o'tkazishi, munosabatni yomonlashtirishi yoki asossiz ravishda moliyaviy rag'batlantirishdan mahrum qilishi endi jiddiy huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. ☝️Bu tartiblar Prezidentning 2026-yil 21-sentabrdagi PQ-345-son «Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori doirasida joriy etildi. ❗️Hamkasblaringizga tarqatishni unutmang! 🎓 @Talim_huquqi
Open in Telegram⚡️2027/2028-o‘quv yilidan boshlab Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida kadrlar tayyorlash tizimiga bir qator yangiliklar joriy etiladi. ➖ Masofaviy va kechki ta’lim shakllari yo‘lga qo‘yiladi. ➖ Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tizimi joriy etiladi. ➖ AKT ( axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ) sohasidagi oliy ta’lim tashkilotlarining 2-bosqichini tamomlagan talabalar IIV Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi ta’lim shaklidagi Yurisprudensiya (“Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish”) yo‘nalishiga “2+2” dasturi asosida davlat granti bilan maqsadli tanlov orqali qabul qilinishi mumkin. Ya’ni, AKT yo‘nalishida 2 yil tahsil olgan talaba tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tsa, keyingi ta’limini IIV Akademiyasida davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Akademiyani kunduzgi taʼlim bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun nomzodlarning dastlabki tanlov tadbirlari va hujjatlar yigʻma jildi odatda har yili 15 noyabrdan boshlanib kelasi yilning 15-fevraliga qadar davom etadi. Akademiyaning kunduzgi ta’lim bakalavriatiga 17 yoshdan kichik va 25 yoshdan katta bo‘lmagan, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ma’lumotga ega O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tanlov asosida qabul qilinadi. ❗️Hujjatlar IIV akademik litseylari bitiruvchilari va fuqarolar uchun ularning doimiy yashash joyidagi tegishli ichki ishlar organlariga topshiriladi. 🎓 @Talim_huquqi
Open in Telegram⚡️E’zozxon Karimova Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bunga qadar u maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimida ishlagan. 🎓 @Talim_huquqi
Open in Telegram⚡️Kongratbay Avezimbetovich Sharipov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi. Bunga qadar u Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vaziri lavozimida ishlagan. 🎓 @Talim_huquqi
Open in Telegram