Кабинет

Посты канала Ta'lim Huquqi

сначала новые

#4171Текст
Просмотры283−67%к среднему
Пересылки—
Реакции5
Комментарии—
#4170Текст
Просмотры538−37%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#4169Текст
Просмотры1 120+31%к среднему
Пересылки—
Реакции2
Комментарии—
#4168Текст
Просмотры1 490+74%к среднему
Пересылки—
Реакции4
Комментарии—
#4166Текст

❓Farzandimning öqişini boşqa maktab(sinf)ga köçiriş tartibi qanday? ✅ JAVOB: Ota-ona (qonuniy vakil) öz xohişiga köra öquv yili davomida yoki öquv yili tugaganidan söng farzandining öqişini bir umumta’lim maktabidan (sinfdan) boşqasiga köçirişi mumkin. Xizmat har yili 1-avgustdan 25-mayga qadar körsatiladi. 1️⃣ Röyxatdan ötiş — ariza beruvçi my.gov.uz yoki my.maktab.uz portalida röyxatdan ötadi; 2️⃣ Sörovnomani töldiriş — portal orqali elektron sörovnoma mustaqil töldiriladi: qarindoşlik darajasi, ta’lim tili, köçiriladigan sinf va maktab hamda köçiriş sababi kiritiladi (şaxsiy ma’lumotlar va yaşaş manzili “Elektron hukumat” tizimi orqali avtomatik olinadi, manzil farq qilsa, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimiga murojaat qilinadi); 3️⃣ Tasdiqlaş — kiritilgan ma’lumotlar tekşirilib, sörovnoma tasdiqlanadi va avtomatik tarzda maktabga yuboriladi; 4️⃣ Körib çiqiş — maktab sörovnomani 3 iş kunida körib çiqadi va ruxsat beriş yoki sababi körsatilgan holda rad etiş töğrisida qaror çiqaradi, natija portal orqali yuboriladi; 5️⃣ Hujjatlarni topşiriş — ruxsat berilgaç, 3 kun içida farzand öqiyotgan maktabdan bolaning soğligi töğrisida tibbiy ma’lumotnoma va öquvçining baholar (özlaştiriş) tabelining asl nusxasi (hozirda tabel elektron şaklda yuritilayotgan bölişi mumkin, şu sababli uni maktabdan aniqlaştiriş tavsiya etiladi) olinib, yangi maktabga topşiriladi. ❌ Köçiriş faqat ikki holatda rad etilişi mumkin — qabul qilinadigan sinfda böş örinlar bölmasa yoki sörovnomada notöğri ma’lumotlar körsatilgan bölsa. Boşqa holatlarda rad etiş mumkin emas. Rad etilgan taqdirda, avvalgi ariza raqamini körsatib, kamçiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qiliş mumkin. ℹ️ Şuningdek, köçirilgan öquvçi yangi maktabga 10 kun içida sababsiz yoki xabar bermasdan darslarga kelmasa, maktab direktori ota-onalarni, mahalla fuqarolari yiğinini, bolalar masalalari böyiça tuman (şahar) komissiyasini va öquvçi ilgari öqigan maktab direktorini yozma ravişda ogohlantiradi hamda öquvçini darslarga jalb etiş çoralarini köradi. 🎓 @Talim_huquqi

Открыть в Telegram
Просмотры1 120+31%к среднему
Пересылки—
Реакции2
Комментарии—
#4162Текст
Просмотры1 300+52%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#4159Видео
Просмотры1 120+31%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#4158Текст

⚡️Pedagoglarning farzandlari uchun beriladigan 30 foiz chegirma haqida ayrim ma’lumotlar ✅ Chegirma faqat DAVLAT oliygohida KUNDUZGI ta’limda o‘qiyotgan talabalar uchun beriladi; 👥 Chegirma har bir farzand uchun alohida qo‘llanadi. Demak, bir necha farzand kontraktda o‘qisa, barchasi uchun alohida 30 foizlik chegirma beriladi. 📝 Chegirma olish uchun kontrakt.edu.uz orqali ariza yuborish kerak. Ariza 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi va pedagogning farzandi ekanligi tasdiqlangach, chegirma avtomatik qo‘llanadi. ❌ Quyidagilarga chegirma berilmaydi: 🚫 oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlari uchun; 🚫 nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari uchun; 🚫 O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari uchun; 🚫 qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt uchun; 🚫 xorijiy hamkor OTMlarning qo‘shma ta’lim dasturlari asosida va fakultetlari uchun; ➖ kechki, masofaviy hamda sirtqi ta’lim shakli uchun. 🔁 Pedagog farzandlariga chegirma o‘quv yili uchun bir marotaba qo‘llaniladi. Demak, har yili qaytadan chegirma olish mumkin. ❗️Pedagog farzandlarining otasi yoki onasi pedagog toifasidan chiqarilgan taqdirda, keyingi o‘quv yilidan boshlab unga chegirma qo‘llash to‘xtatiladi. Ayrim savollarga javoblar: ❓Pedagog deganda kim tushuniladi o‘zi? Javob: Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyunda 3849-raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilganPedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatida465 ta lavozim nomi tasdiqlangan. Ushbu 465 ta lavozimda kim bo‘lsa, o‘shaning farzand(lar)i uchun 30 foizlik chegirma beriladi. ❓Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tarbiyachilar uchun ushbu qaror qo‘llanadimi? Javob: Ha, qo‘llanadi. Bog‘cha tarbiyachilarining kontraktda o‘qiyotgan farzandlari uchun ham 30% chegirma qo‘llanadi. ❓Oliygohlardagi tyutorlarning farzandlari uchun ushbu qaror qo‘llanadimi? Javob: yo‘q, tyutorlar ro‘yxatdan mavjud emasligi sababli ularning farzandlariga chegirma berilmaydi. ❓O‘quv markazlaridagi o‘qituvchilarning farzandlari uchun ushbu qaror qo‘llanadimi? Javob: yo‘q, o‘quv markazlari ro‘yxatdan mavjud emasligi sababli ularning farzandlariga chegirma berilmaydi. ❓To‘liq bo‘lmagan grantda o‘qiyotgan (50% davlat granti, 50% kontrakt) talabaning kontrakt summasi uchun ham chegirma beriladimi? Javob: ha, chegirma beriladi. 50% kontrakt qismi uchun 30% chegirma qo‘llanadi. ❓Qaror chiqqunga qadar 2026/2027 o‘quv yili uchun to‘liq yoki qisman kontrakt to‘lovini to‘lab qo‘yganlar uchun chegirma qanday hisoblanadi? Ortiqcha to‘langan summa qaytariladimi yoki keyingi yil hisobi uchun o‘tkaziladimi? Javob: ha, to‘lab qo‘yganlar uchun ham chegirma qo‘llanadi va ortiqcha to‘langan summani istasa qaytarib olishi, istasa kelasi o‘quv yili uchun o‘tkazib yuborishi mumkin. ❓Pedagog xususiy ta’lim tashkilotida ishlasa ham chegirma beriladimi yoki faqat davlat ta’lim tashkilotida ishlashi kerakmi? Javob: xususiy ta’lim tashkilotida, masalan, xususiy oliygoh, xususiy maktab yoki xususiy bog‘chada ishlayotgan pedagoglarning farzandlari uchun ham 30% chegirma beriladi. 🎓 @Talim_huquqi

Открыть в Telegram
Просмотры1 650+92%к среднему
Пересылки—
Реакции3
Комментарии—
#4157Видео
Просмотры1 840+115%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#4154Текст
Просмотры2 120+147%к среднему
Пересылки—
Реакции5
Комментарии—
#4151Фото
Просмотры2 210+158%к среднему
Пересылки—
Реакции7
Комментарии—
#4150Текст
Просмотры759−12%к среднему
Пересылки—
Реакции6
Комментарии—
#4148Текст

⚡️2027/2028-o‘quv yilidan boshlab Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida kadrlar tayyorlash tizimiga bir qator yangiliklar joriy etiladi. ➖ Masofaviy va kechki ta’lim shakllari yo‘lga qo‘yiladi. ➖ Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tizimi joriy etiladi. ➖ AKT ( axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ) sohasidagi oliy ta’lim tashkilotlarining 2-bosqichini tamomlagan talabalar IIV Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi ta’lim shaklidagi Yurisprudensiya (“Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish”) yo‘nalishiga “2+2” dasturi asosida davlat granti bilan maqsadli tanlov orqali qabul qilinishi mumkin. Ya’ni, AKT yo‘nalishida 2 yil tahsil olgan talaba tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tsa, keyingi ta’limini IIV Akademiyasida davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Akademiyani kunduzgi taʼlim bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun nomzodlarning dastlabki tanlov tadbirlari va hujjatlar yigʻma jildi odatda har yili 15 noyabrdan boshlanib kelasi yilning 15-fevraliga qadar davom etadi. Akademiyaning kunduzgi ta’lim bakalavriatiga 17 yoshdan kichik va 25 yoshdan katta bo‘lmagan, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ma’lumotga ega O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tanlov asosida qabul qilinadi. ❗️Hujjatlar IIV akademik litseylari bitiruvchilari va fuqarolar uchun ularning doimiy yashash joyidagi tegishli ichki ishlar organlariga topshiriladi. 🎓 @Talim_huquqi

Открыть в Telegram
Просмотры790−8%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—