#Fan_oyligi #Oçiq_dars #Tafsir
✅ “Tafsir” fanidan oçiq dars
📚 “Imom Termiziy” örta maxsus islom ta’lim muassasasi öqituvçisi Ğayrat domla Rizayev tomonidan 302-guruh talabalariga “Tafsir” fanidan “Mujodala surasi tafsiri” mavzusida oçiq dars maşğuloti ötkazildi.
✔️Oçiq darsda ta’lim muassasasi öquv işlari böyiça direktor örinbosari Olloyor domla Omonov, Surxondaryo viloyati vakili, Ulamolar Kengaşi a’zosi Rasuljon domla Abdullayev, viloyat boş imom-xatibi örinbosari Yaxyo domla Oçilov, ta’lim muassasasi katta öqituvçisi Hoşimjon domla Nizomiddinov, Nasrullo domla Töxtaevlar hamda pedagog-öqituvçilar iştirok etdilar.
🗣Dars davomida Mujodala surasining nozil böliş sabablari, mazmun-mohiyati, unda bayon etilgan aqidaviy, axloqiy va ijtimoiy masalalar atrofliça yoritildi. Şuningdek, suradagi oyatlarning tafsiri, ularning bugungi kundagi hayotiy ahamiyati hamda musulmon kişi uçun beradigan ibrat va saboqlariga alohida e’tibor qaratildi.
➡️Maşğulot davomida talabalar mavzu yuzasidan özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda faol iştirok etib, bilim va könikmalarini mustahkamlaş imkoniyatiga ega böldilar.
💬 Oçiq dars yakunida Surxondaryo viloyati vakili, Rasuljon domla Abdullayev maşğulot yuzasidan öz fikr-mulohazalarini bildirib, darsning mazmuni, ötilgan mavzuning dolzarbligi va öqituvçining darsni taşkil etiș mahoratiga alohida töxtalib ötdi.
🔅 Şuningdek, bunday oçiq dars maşğulotlari ta’lim sifatini oşiriş, öqituvçilarning tajriba almaşişi hamda talabalarning ilmiy salohiyatini yuksaltirişda muhim ahamiyat kasb etișini ta’kidladi.
Bizni kuzating!
✅ t.me/termiziylar_uz - Diniy-ma'rifiy kanal!
✅Telegram|✅Facebook|🔅imomtermiziy.uz|✅Instagram|✅YouTube