❓ Özbekiston Ziyolilari kengaşi qanday işlaşi kerak? Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Özbekiston Ziyolilari kengaşining ilk respublika yiğilişida nutq sözladi. U öz nutqida milliy yuksaliş, inson qadri, adolat, bilim va madaniyatni rivojlantirişda ziyolilarning örni, şuningdek, Kengaşning davlat va jamiyat örtasidagi muloqot maydoni sifatidagi ahamiyatiga alohida töxtaldi. Ta’kidlanganidek, Kengaş faqat fikr almaşiş maydoni emas, balki xolis mulohazalar, asosli tanqid va dadil takliflar orqali davlat qarorlariga ta’sir körsatadigan samarali platforma bölişi kerak. "Milliy yuksaliş faqatgina iqtisodiy ösiş emas. Bu – inson qadri, adolat, bilim, madaniyat va har bir fuqaroning Vatan taqdirida tutgan örnidir. Ziyolilar – ana şu yuksalişning ma’naviy tayançi. Ziyolilar deganda faqatgina gapimizni ma’qullab turadigan tinglovçilar auditoriyasini emas, balki xolis fikri, asosli tanqidi, jur’atli takliflari va yangi ğoyalari bilan bizni qöllaydigan yelkadoşlarni körişni istardik", - dedi Saida Mirziyoyeva. 🌐 Din işlari böyiça qömita Axborot xizmati 🌐Tg | 📷Insta| ✅ Fb | X | ▶️ Youtube
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 352 |
| 2 h | 590 |
- After 1 hour352
- Total to date590











