Account

Posts of Stressiz ta'lim

newest first

#600Video
Views489−92%vs avg
Forwards—
Reactions1
Comments—
#599Video
Views2,290−64%vs avg
Forwards—
Reactions4
Comments—
#598Text

SINFDA TARTIBNI QANDAY SAQLASH MUMKIN? Tasavvur qiling: siz dars o‘tyapsiz, lekin ayrim o‘quvchilar gaplashyapti, kimdir kulmoqda, yana kimdir umuman darsga e’tibor bermayapti. Bunday vaziyatda ko‘pchilik o‘qituvchilar ovozini ko‘tarishga majbur bo‘ladi. Ammo sinfda tartib o‘rnatish uchun doim baqirish shart emas. Quyidagi 5 ta oddiy usulni darsingizda sinab ko‘ring: 1. Darsni qiziqarli boshlang. Darsning boshidayoq o‘quvchilarga qiziqarli savol yoki kichik topshiriq bering. 2. Qoidalarni oldindan tushuntiring. O‘quvchilar darsda nimalarga ruxsat bor-u, nimalar mumkin emasligini bilishsin. 3. Yaxshi o‘quvchilarni maqtang. Faqat gaplashayotgan bolalarga e’tibor bermang. Darsni diqqat bilan tinglayotganlarni ham maqtang. 4. Baqirish o‘rniga yoniga boring. Agar o‘quvchi gaplashayotgan bo‘lsa, uning yoniga borib, darsni davom ettiring. Ko‘pincha shu harakatning o‘zi yetarli bo‘ladi. 5. Talablaringizda qat’iy bo‘ling. Bugun ruxsat bermagan narsangizga ertaga ham ruxsat bermang. O‘quvchilar sizning talablaringiz jiddiy ekanini tushunishsin. Bir narsani unutmang: O‘quvchilarni qo‘rqitib jim qilish mumkin, lekin bu ularni boshqarish degani emas. Yaxshi o‘qituvchi baqirmasdan ham sinfda tartib o‘rnata oladi. 💬 Siz uchun sinfda eng qiyin vaziyat qaysi? 1. O‘quvchilarning ko‘p gaplashishi. 2. Bir-biriga xalaqit berishi. 3. Darsga qiziqmasligi. 4. O‘qituvchining gapiga quloq solmasligi. Izohlarda yozib qoldiring! @stressiz_talim

Open in Telegram
Views5,350−16%vs avg
Forwards—
Reactions15
Comments—
#596Video
Views3,260−49%vs avg
Forwards—
Reactions12
Comments—
#595Text
Views6,020−5%vs avg
Forwards—
Reactions51
Comments—
#593Video
Views4,280−33%vs avg
Forwards—
Reactions6
Comments—
#592Text
Views6,150−3%vs avg
Forwards—
Reactions11
Comments—
#590Text
Views4,990−21%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—
#589Text
Views7,100+12%vs avg
Forwards—
Reactions52
Comments—
#588Text

Dam olish kunlari ham o‘zingizni charchatib qo‘ymang! O‘qituvchilar hafta davomida darslar, daftar tekshirish, hujjatlar, o‘quvchilar va ota-onalar bilan muloqotdan charchashadi. Shuning uchun dam olish kunlarini ham ish bilan to‘ldirib yubormaslik kerak. Dam olish kunlarini samarali o‘tkazish uchun 5 ta tavsiya: 1. Barcha ishlarni rejalashtirmang. Dam olish kunlari bajariladigan 2–3 ta eng muhim vazifani belgilang. Qolganini keyinga qoldirish ham mumkin. 2. Ishdan uzilish vaqtini belgilang. Daftarlar, dars ishlanmalari va maktab guruhlarini hech bo‘lmasa bir necha soatga unuting. 3. O‘zingizga vaqt ajrating. Sayr qiling, kitob o‘qing, sevimli mashg‘ulotingiz bilan shug‘ullaning yoki shunchaki dam oling. 4. Yaqinlaringiz bilan vaqt o‘tkazing. Oila bilan samimiy suhbat, birgalikdagi sayr yoki oddiygina choy ustidagi suhbat ham ruhiy quvvat beradi. 5. Yangi haftaga yengil tayyorgarlik ko‘ring. Yakshanba kuni 20–30 daqiqa ajratib, kelasi haftaning asosiy vazifalarini yozib chiqing. Lekin butun kuningizni rejalashtirish bilan o‘tkazmang. Psixologik eslatma: Dam olish — dangasalik emas. Bu asab tizimining tiklanishi va ruhiy zo‘riqishning kamayishi uchun zarur jarayon. Esingizda bo‘lsin: siz faqat yaxshi o‘qituvchi emas, o‘zingiz uchun ham yashashi kerak bo‘lgan insonsiz! Savol: Dam olish kunlari siz ko‘proq nimaga vaqt ajratasiz? 1️⃣ Uy yumushlariga 2️⃣ Dars va hujjatlarga 3️⃣ Oila va farzandlarga 4️⃣ O‘zimga va hordiq chiqarishga Stressiz ta’lim — xotirjam o‘qituvchidan boshlanadi! @stressiz_talim

Open in Telegram
Views7,700+21%vs avg
Forwards—
Reactions29
Comments—
#587Text
Views6,580+4%vs avg
Forwards—
Reactions16
Comments—
#586Video
Views7,190+13%vs avg
Forwards—
Reactions13
Comments—
#584Text
Views8,530+34%vs avg
Forwards—
Reactions25
Comments—
#583Text

Kelajak haqida o‘ylaganimizda, ko‘pincha eng yomon holatni tasavvur qilib, shu yerda to‘xtab qolamiz... «Attestatsiyadan o‘ta olmasam-chi?» «O‘quvchilarim bilan ishlashda qiynalsam-chi?» «Darsim kutganimdek o‘tmasa-chi?» «Mehnatim qadrlanmasa-chi?» Biz xayolimizda muammolarni birma-bir sanaymiz. Ammo ularni qanday hal qilishimiz, kimdan yordam so‘rashimiz yoki qanday imkoniyatlardan foydalanishimiz haqida kamroq o‘ylaymiz. Go‘yo kelajakda faqat muammolar bor-u, ularni yengish uchun imkoniyatlar yo‘qdek... Albatta, o‘qituvchilik faoliyatida qiyinchiliklar bo‘ladi. Ba'zan darslarimiz ko‘ngildagidek o‘tmaydi, ba'zan o‘quvchilar bilan til topishish qiyin kechadi, ba'zan esa o‘zimizga bo‘lgan ishonchni yo‘qotamiz. Lekin «men buni uddalay olmayman» degan fikr hali haqiqat emas. Bu shunchaki qo‘rquvdan tug‘ilgan taxmin. Hali yuz bermagan muammolar uchun bugundan xavotir olish shart emas. O‘zingizga bir nechta savol berib ko‘ring: • Agar attestatsiyadan o‘ta olmasam, keyingi safar qanday tayyorlanaman? • Darsimda qiyinchilik yuzaga kelsa, kimdan maslahat olaman? • O‘quvchilar bilan muammo bo‘lsa, qanday yangi usullarni sinab ko‘raman? • Charchab qolsam, o‘zimga qanday dam beraman? Eng muhimi, o‘zingizga ishonishni o‘rganing. O‘zingizga shunday deng: «Agar qiyinchilikka duch kelsam, o‘zimdan hammasini birdaniga hal qilishni talab qilmayman. O‘zimga vaqt beraman, yordam so‘rayman va qo‘limdan keladigan ishdan boshlayman». Aziz ustoz, kelajakdagi barcha muammolarni bugun hal qilishingiz shart emas. Bugungi vazifangiz — qo‘lingizdan kelganini qilish va o‘zingizga ishonish. Chunki har qanday qiyinchilikdan chiqish yo‘li bor. Faqat o‘zingizni oldindan mag‘lub deb hisoblamang! @stressiz_talim

Open in Telegram
Views8,840+39%vs avg
Forwards—
Reactions16
Comments—
#582Text
Views12,000+89%vs avg
Forwards—
Reactions46
Comments—
#580Text
Views11,600+83%vs avg
Forwards—
Reactions11
Comments—