4–11-sinf o‘quvchilar uchun matematika fanidan sovrin jamg‘armasi 640 mln so‘mlik olimpiada o‘tkaziladi DIFO matematika olimpiadasi g‘oliblarini 20 mln so‘mgacha bo‘lgan pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda! 💰 Sovrinlar: 🥇1-o‘rin — 20 mln so‘m (8 nafar g‘olib uchun jami 160 mln so‘m); 🥈2-o‘rin — 15 mln so‘m (8 nafar sovrindor uchun jami 120 mln so‘m); 🥉3-o‘rin — 10 mln so‘m (8 nafar sovrindor uchun jami 80 mln so‘m); 🏅4–10-o‘rinlar — qiymati 5 mln so‘mgacha bo‘lgan smartfonlar (jami 56 ta). 📆 Olimpiada bosqichlari: 1-bosqich: 1–10-dekabr; 2-bosqich: 15–25-dekabr; Final: 2027-yil 9-yanvar. Dastlabki ikki bosqich DIFO mobil ilovasida masofaviy tarzda, final esa Toshkent shahrida oflayn shaklda o‘tkaziladi. 📌 Ro‘yxatdan o‘tish: 20–30-noyabr, 2026-yil 💳 Ishtirok etish uchun: 299 000 so‘m. Ishtirok etish istagidagi o‘quvchilar 2026-yil 30-noyabrga qadar DIFO mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish — https://profieducation.ai/r/91965EA0 Batafsil: +998787771111 yoki menejer bilan bog‘lanish: t.me/difo_admin
Открыть в TelegramПосты канала Stressiz ta'lim
O'qituvchilarga darsga tayyorlanish endi muammo emas Kechalari konspekt yozib, taqdimot va testlar tayyorlab o'tirishga hojat yo'q. Siz o'quvchilarga e'tibor bering — qog'oz ishlarini bizga qoldiring. Ushbu platformada 1-11-sinf bo'yicha barcha fanlardan materiallar bor. Siz dam olasiz, Pedkom esa ertangi darslaringizga materiallar tayyorlab qo'yadi. Platformada nimalar bor? 🖥 Taqdimot (slayd); 📘 Dars ishlanmasi; 📝 Test va nazorat ishlari (BSB/ChSB ham); 📄 Tarqatma material va uyga vazifa. Kamiga oylik maoshingizni ham hisoblab turamiz, buxgalteriya ham sizni aldolmaydi. 🔔 Ertangi darsingizni o'zimiz eslatamiz. Har kuni kechqurun taqvim-mavzu reja bo'yicha ertangi mavzularingizni aytib turamiz — materiallar esa bir zumda tayyor bo'ladi. Hali ham platformani sinab ko‘rmagan bo‘lsangiz, hozir ayni vaqti. Batafsil — https://t.me/pedkombot
Открыть в TelegramSINFDA TARTIBNI QANDAY SAQLASH MUMKIN? Tasavvur qiling: siz dars o‘tyapsiz, lekin ayrim o‘quvchilar gaplashyapti, kimdir kulmoqda, yana kimdir umuman darsga e’tibor bermayapti. Bunday vaziyatda ko‘pchilik o‘qituvchilar ovozini ko‘tarishga majbur bo‘ladi. Ammo sinfda tartib o‘rnatish uchun doim baqirish shart emas. Quyidagi 5 ta oddiy usulni darsingizda sinab ko‘ring: 1. Darsni qiziqarli boshlang. Darsning boshidayoq o‘quvchilarga qiziqarli savol yoki kichik topshiriq bering. 2. Qoidalarni oldindan tushuntiring. O‘quvchilar darsda nimalarga ruxsat bor-u, nimalar mumkin emasligini bilishsin. 3. Yaxshi o‘quvchilarni maqtang. Faqat gaplashayotgan bolalarga e’tibor bermang. Darsni diqqat bilan tinglayotganlarni ham maqtang. 4. Baqirish o‘rniga yoniga boring. Agar o‘quvchi gaplashayotgan bo‘lsa, uning yoniga borib, darsni davom ettiring. Ko‘pincha shu harakatning o‘zi yetarli bo‘ladi. 5. Talablaringizda qat’iy bo‘ling. Bugun ruxsat bermagan narsangizga ertaga ham ruxsat bermang. O‘quvchilar sizning talablaringiz jiddiy ekanini tushunishsin. Bir narsani unutmang: O‘quvchilarni qo‘rqitib jim qilish mumkin, lekin bu ularni boshqarish degani emas. Yaxshi o‘qituvchi baqirmasdan ham sinfda tartib o‘rnata oladi. 💬 Siz uchun sinfda eng qiyin vaziyat qaysi? 1. O‘quvchilarning ko‘p gaplashishi. 2. Bir-biriga xalaqit berishi. 3. Darsga qiziqmasligi. 4. O‘qituvchining gapiga quloq solmasligi. Izohlarda yozib qoldiring! @stressiz_talim
Открыть в TelegramAkobir Abdullayev "Stressiz ta’lim" loyihasi eksperti ham hisoblanadi. U bir necha yil Xalq ta’limi vazirligida ham faoliyat yuritgan. Hozirda PhD, dotsent. Akobir Abdullayev “Pedagoglar uchun psixologik bilimlarni oshirish” mavzusida video kurslar ham tayyorlagan. Ustozning kelgusidagi faoliyatiga ham omad tilaymiz. @stressiz_talim
Открыть в TelegramПереслано из Xalq ta’limi Info
"Yaxshi dars o‘tiladi, ketadi, zo‘r dars esa esda qoladi" — Akobr Abdullayev O‘qituvchi darsni boshlashdan oldin o‘quvchilarining kayfiyati va ichki kechinmalariga ham e’tibor berishi kerak. Chunki bolani qiynayotgan xavotirlar bartaraf etilmasa, uning diqqatini darsga jamlash qiyinlashadi. Profi University psixologiya fani o‘qituvchisi, PhD, dotsent Akobir Abdullayev pedagoglar uchun muhim bo‘lgan shu kabi masalalar haqida aytib berdi. Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring. Telegram l Instagram l YouTube
Открыть в TelegramTasavvur qiling... Butun kun maktabda dars berdingiz. Bir o‘quvchi uy vazifasini bajarmagan, boshqasi darsda shovqin qilgan, yana bir ota-ona sizdan norozi. Tekshirilmagan daftarlar, tayyorlanmagan darslar ham bor. Uyga charchab qaytdingiz. Lekin xayolingiz hali ham maktabda: «Nega bugun darsim yaxshi o‘tmadi?» «O‘sha o‘quvchiga qattiq gapirib yubormadimmi?» «Ertaga hamma ishga qanday ulguraman?» Sizga bu holat tanishmi? Ko‘p o‘qituvchilar boshqalarga sabr qiladi, ammo o‘zlariga kelganda juda talabchan bo‘lishadi. Biror ish ko‘ngildagidek chiqmasa, darrov o‘zlarini ayblashadi. Lekin bir narsani unutmang: 🔹 Har bir dars a'lo darajada o'tishi shart emas. 🔹 Har bir o‘quvchining xatosi uchun o‘zingizni ayblamang. 🔹 Hamma ishni bir kunda tugatishga majbur emassiz. 🔹 Charchaganingizda dam olishga haqqingiz bor. Bir o‘ylab ko‘ring: agar hamkasbingiz shunday vaziyatga tushsa, unga «O‘zingizni qiynamang, hammasi yaxshi bo‘ladi», deb dalda berasiz. Unda nega o‘zingizga ham shunday munosabatda bo‘lmaysiz? O‘zingizga ham sabrli bo‘ling. Siz ham insonsiz. Mukammal bo‘lishingiz shart emas! @stressiz_talim
Открыть в Telegram☝️ @profiuniversity talabalari tomonidan ishlangan qisqa metrajli kartina📽️ 22-noyabr "Xalqaro psixologlar kuni" munosabati bilan tayyorlangan🔥 Sizga ham ilindik, ko'ring va fikrlaringizni biz bo'lishing👇 @stressiz_talim
Открыть в TelegramПереслано из CPS Community of Psychology Students
Ba’zan tabassum ortida aytilmagan dardlar, jimjitlik ortida esa katta to‘fonlar yashirinadi. Shunday damlarda insonga hukm qilmay tinglaydigan, ayblamay tushunadigan inson kerak. Dunyoni o‘zgartirish uchun ba’zan shunchaki tinglash va tushunishning o‘zi kifoya. Psixolog — inson qalbiga yengillik, ruhiga taskin va hayotiga umid qaytarishga yordam beradigan qalb shifokoridir. Bugun barcha qalb shifokorlariga samimiy ehtirom va tashakkur bildiramiz! https://t.me/CPSProfiUniversity
Открыть в TelegramQat'iyat va motivatsiya Motivatsiya shunday deydi: «Kayfiyatim bo‘lsa, bajaraman». Intizom esa: «Kayfiyatim bo‘lmasa ham, bajaraman», deydi. Mana, ularning farqi shunda. Sen o‘zingni kerakli holatga kelishini kutayotganingda, boshqa bir inson har kuni shunchaki kichik bir qadam tashlaydi. Ilhom kutmaydi. Mukammal reja tuzmaydi. Istak paydo bo‘lishini kutmaydi. Oradan bir necha oy o‘tgach, sizning natijalaringiz o‘rtasida katta farq paydo bo‘ladi. Bu uning sendan iste’dodliroq ekanligi uchun emas. Balki u har safar o‘zi bilan bahslashishni bas qilgani uchundir. Qat'iyatli bo‘lishni istasang, ortiqcha tanlovlarni kamaytir. Oldindan belgilab ol: — Soat nechada ish boshlashingni; — Aynan nima bilan shug‘ullanishingni; — Hech bo‘lmaganda qancha ish bajarishing kerakligini. Masalan: «Ko‘proq kitob o‘qiyman» emas. Balki: «Har kuni soat 21:00 da kamida 10 sahifa kitob o‘qiyman». «Sport bilan shug‘ullanishni boshlayman» emas. Balki: «Haftada uch marta kamida 20 daqiqa mashq qilaman». Qat'iyat bilan harakatni boshlaganingda hammasi osonlashadi. Sen har kuni «Bajarsammi yoki yo‘qmi?» deb qaror qabul qilmaysan. Shunchaki oldindan belgilab qo‘ygan ishingni bajarasan. SAVOL: Siz qaysi bir ishni bajarish yoki bajarmaslik haqida o‘zingiz bilan bahslashyapsiz? @stressiz_talim
Открыть в TelegramUstozlar oylik maoshingizni botimiz orqali hisoblab ko’ring Kamchilik yoki tushunmagan joyingiz bo’lsa, izohlarda yozing! Bu xizmat mutlaqo BEPUL, shunchaki sinab ko’rsangiz ham bo’ladi. Taklif va shikoyatlarga ochiqmiz! Oylik hisoblash — https://t.me/pedkombot?start=oylik
Открыть в TelegramПереслано из Pedkom l Virtual yordamchi
💵 Oylik hisoblash funksiyasi qo'shildi Hurmatli ustozlar! Pedkom botida endi oylik maoshingizni bir necha soniyada hisoblab olishingiz mumkin. 👥 Kimlar uchun: yuqori va boshlang'ich sinf o'qituvchilari, direktor va uning o'rinbosarlari, maktab maslahatchisi, psixolog, kutubxonachi, CHQBT rahbari. 🧾 Natijada: qo'lingizga qancha tegishi va har bir ish uchun alohida qancha to'lanishi ko'rsatiladi. Hisob chiroyli rasm ko'rinishida ham keladi. Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul. Bu xizmat hozir test rejimida ish boshladi, kamchilik topsangiz bizga xabar bering.
Открыть в TelegramYakshanba — faqat uy yumushlari kuni emas! Ko‘pchilik o‘qituvchilar uchun yakshanba ham dam olish kuni emas. Ertalabdan kir yuvish, uy yig‘ishtirish, ovqat tayyorlash, bolalar bilan shug‘ullanish… Bir qarasangiz, kun ham tugab qoladi. Shunday paytlarda bir narsani unutmang: Siz faqat o‘qituvchi emassiz. Siz ham insonsiz. Sizning ham dam olishga, o‘zingizga vaqt ajratishga, hech narsa qilmay o‘tirishga haqqingiz bor. Uy yumushlarining oxiri yo‘q. Bugun hammasini tugatmasangiz, ertaga davom ettirishingiz mumkin. Ammo charchagan qalbingizga e'tibor berishni ortga surmang. ☕ Bir piyola choyni shoshilmasdan iching. 📖 O‘zingiz yoqtirgan kitobdan bir necha sahifa o‘qing. 🎶 Sevimli qo‘shig‘ingizni tinglang. ❤️ Yaqinlaringiz bilan yoqimli suhbat quring. Unutmang, yaxshi o‘qituvchi bo‘lish uchun o‘zini unutish shart emas. Sizning xotirjamligingiz ham muhim. Sizning dam olishingiz ham mehnatingizning bir qismi! Yakshanbangiz fayzli va ko‘nglingiz xotirjam bo‘lsin, aziz ustozlar! @stressiz_talim
Открыть в TelegramDam olish kunlari ham o‘zingizni charchatib qo‘ymang! O‘qituvchilar hafta davomida darslar, daftar tekshirish, hujjatlar, o‘quvchilar va ota-onalar bilan muloqotdan charchashadi. Shuning uchun dam olish kunlarini ham ish bilan to‘ldirib yubormaslik kerak. Dam olish kunlarini samarali o‘tkazish uchun 5 ta tavsiya: 1. Barcha ishlarni rejalashtirmang. Dam olish kunlari bajariladigan 2–3 ta eng muhim vazifani belgilang. Qolganini keyinga qoldirish ham mumkin. 2. Ishdan uzilish vaqtini belgilang. Daftarlar, dars ishlanmalari va maktab guruhlarini hech bo‘lmasa bir necha soatga unuting. 3. O‘zingizga vaqt ajrating. Sayr qiling, kitob o‘qing, sevimli mashg‘ulotingiz bilan shug‘ullaning yoki shunchaki dam oling. 4. Yaqinlaringiz bilan vaqt o‘tkazing. Oila bilan samimiy suhbat, birgalikdagi sayr yoki oddiygina choy ustidagi suhbat ham ruhiy quvvat beradi. 5. Yangi haftaga yengil tayyorgarlik ko‘ring. Yakshanba kuni 20–30 daqiqa ajratib, kelasi haftaning asosiy vazifalarini yozib chiqing. Lekin butun kuningizni rejalashtirish bilan o‘tkazmang. Psixologik eslatma: Dam olish — dangasalik emas. Bu asab tizimining tiklanishi va ruhiy zo‘riqishning kamayishi uchun zarur jarayon. Esingizda bo‘lsin: siz faqat yaxshi o‘qituvchi emas, o‘zingiz uchun ham yashashi kerak bo‘lgan insonsiz! Savol: Dam olish kunlari siz ko‘proq nimaga vaqt ajratasiz? 1️⃣ Uy yumushlariga 2️⃣ Dars va hujjatlarga 3️⃣ Oila va farzandlarga 4️⃣ O‘zimga va hordiq chiqarishga Stressiz ta’lim — xotirjam o‘qituvchidan boshlanadi! @stressiz_talim
Открыть в TelegramNega ba’zan boshlashdan qo‘rqamiz? Yangi metodikani qo‘llash, ochiq dars o‘tish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish yoki o‘z tajribasini hamkasblar bilan bo‘lishish... Bularning barchasi o‘qituvchi uchun rivojlanish imkoniyati. Ammo ba’zan insonning bilimi va tajribasi yetarli bo‘lsa ham, harakatni boshlashga jur’at topolmaydi. Psixologiyada bu holatning bir nechta sababi bor: 🔹 Xato qilishdan qo‘rqish. O‘qituvchi darsi muvaffaqiyatsiz o‘tishidan yoki o‘quvchilar oldida noqulay vaziyatga tushishdan xavotirlanadi. 🔹 Boshqalar fikriga qaramlik. «Hamkasblarim nima deydi?», «Meni qanday baholashadi?» degan savollar ichki ishonchni susaytiradi. 🔹 Mukammallikka intilish. Hamma narsa ideal bo‘lishini kutish insonni harakatdan to‘xtatib qo‘yadi. 🔹 O‘ziga ishonmaslik. O‘qituvchi o‘z imkoniyatlarini boshqalarniki bilan solishtiradi va o‘zini yetarlicha yaxshi emasdek his qiladi. Nima qilish kerak? O‘zingizdan mukammal natija emas, kichik qadam talab qiling. Yangi usulni sinab ko‘ring, tajriba qiling, xatolaringizdan xulosa chiqaring. Esda tuting: yaxshi o‘qituvchi hech qachon xato qilmaydigan inson emas. U o‘z ustida ishlashdan va yangilikni sinab ko‘rishdan qo‘rqmaydigan inson. Siz yangi g‘oyani amalda qo‘llashdan oldin ko‘proq nimadan xavotirlanasiz? @stressiz_talim
Открыть в TelegramПереслано из Pedkom | O'qituvchi yordamchisi
Endi o'qituvchilar qog'oz ishlari bilan band bo'lmaydi! Qog’oz ishlari va darsga tayyorgarlikni bizga topshiring — siz faqat dars o’ting va o’quvchilarga e’tibor bering! Pedkom — pedagogning virtual yordamchisi hamma ishlaringizni o'zi bajaradi. 📝 Hujjatlaringizni endi biz tayyorlaymiz Kechalari konspekt va taqdimot tayyorlab, testlar yaratishga hojat yo'q. Siz o'quvchilarga e'tibor bering — qog'oz ishlarini esa bizga qoldiring. ⚡️ Bir tugma bilan endi hammasi tayyor: 🖥 Taqdimot (slayd); 📘 Dars ishlanmasi; 📝 Test va nazorat ishlari (BSB/ChSB ham); 📄 Tarqatma material va uyga vazifa. 🔔 Ertangi darsingizni o'zim eslataman Har kuni kechqurun taqvim-mavzu reja bo'yicha ertangi mavzularingizni aytib turamiz — materiallar bir zumda tayyor bo'ladi. 🚀 Boshqa imkoniyatlar ham sizning qo'lingizda Qaysi ishlarni bizga topshirishni o'zingiz hal qilasiz. Yangi imkoniyat kerakmi? «Taklif» orqali yozasiz — biz esa bajaramiz. 🎓 1–11-sinflar, barcha fanlar uchun. Boshlash — atigi 1–2 daqiqa. Sinab ko'ring — https://t.me/pedkombot
Открыть в TelegramO‘quvchi sizni eshitmayotgan bo‘lsa, ovozingizni balandlatish shartmi? Ba’zan sinf shovqin qiladi, o‘quvchilar gaplashadi, topshiriqlar bajarilmaydi. O‘qituvchi esa beixtiyor ovozini ko‘taradi. Ammo baland ovoz har doim ham kuchli ta’sir degani emas. Psixologik jihatdan bolaga baqirish qisqa muddatga bo‘ysunishga olib kelishi mumkin, lekin uzoq muddatli intizomni shakllantirmaydi. Buning o‘rniga quyidagilarni sinab ko‘ring: 1. Gapirishdan oldin sukut saqlang. 2. O‘quvchilar bilan ko‘z orqali aloqa o‘rnating. 3. Qoidalarni oldindan aniq belgilang. 4. Yaxshi xulqni e’tiborsiz qoldirmang, rag‘batlantiring. 5. Tanbeh berishda bolaning shaxsiyatini emas, xatti-harakatini muhokama qiling. Esda tuting: intizom qo‘rquvdan emas, o‘zaro hurmatdan boshlanadi. Sizningcha, bugungi o‘quvchilar bilan ishlashda eng qiyini nima? @stressiz_talim
Открыть в TelegramKelajak haqida o‘ylaganimizda, ko‘pincha eng yomon holatni tasavvur qilib, shu yerda to‘xtab qolamiz... «Attestatsiyadan o‘ta olmasam-chi?» «O‘quvchilarim bilan ishlashda qiynalsam-chi?» «Darsim kutganimdek o‘tmasa-chi?» «Mehnatim qadrlanmasa-chi?» Biz xayolimizda muammolarni birma-bir sanaymiz. Ammo ularni qanday hal qilishimiz, kimdan yordam so‘rashimiz yoki qanday imkoniyatlardan foydalanishimiz haqida kamroq o‘ylaymiz. Go‘yo kelajakda faqat muammolar bor-u, ularni yengish uchun imkoniyatlar yo‘qdek... Albatta, o‘qituvchilik faoliyatida qiyinchiliklar bo‘ladi. Ba'zan darslarimiz ko‘ngildagidek o‘tmaydi, ba'zan o‘quvchilar bilan til topishish qiyin kechadi, ba'zan esa o‘zimizga bo‘lgan ishonchni yo‘qotamiz. Lekin «men buni uddalay olmayman» degan fikr hali haqiqat emas. Bu shunchaki qo‘rquvdan tug‘ilgan taxmin. Hali yuz bermagan muammolar uchun bugundan xavotir olish shart emas. O‘zingizga bir nechta savol berib ko‘ring: • Agar attestatsiyadan o‘ta olmasam, keyingi safar qanday tayyorlanaman? • Darsimda qiyinchilik yuzaga kelsa, kimdan maslahat olaman? • O‘quvchilar bilan muammo bo‘lsa, qanday yangi usullarni sinab ko‘raman? • Charchab qolsam, o‘zimga qanday dam beraman? Eng muhimi, o‘zingizga ishonishni o‘rganing. O‘zingizga shunday deng: «Agar qiyinchilikka duch kelsam, o‘zimdan hammasini birdaniga hal qilishni talab qilmayman. O‘zimga vaqt beraman, yordam so‘rayman va qo‘limdan keladigan ishdan boshlayman». Aziz ustoz, kelajakdagi barcha muammolarni bugun hal qilishingiz shart emas. Bugungi vazifangiz — qo‘lingizdan kelganini qilish va o‘zingizga ishonish. Chunki har qanday qiyinchilikdan chiqish yo‘li bor. Faqat o‘zingizni oldindan mag‘lub deb hisoblamang! @stressiz_talim
Открыть в Telegram“Baxt gormonlari” ishlab chiqarilishini qanday tiklash mumkin? Dofamin: mazali va foydali ovqatlanish, maqsadlarga erishish, vazifalarni bajarish, o‘ziga g‘amxo‘rlik qilish orqali Endorfin: jismoniy harakat, musiqa tinglash, kino tomosha qilish, kulish orqali Oksitotsin: yaqinlar bilan muloqot qilish, mehrli teginishlar, uy hayvonlari bilan vaqt o‘tkazish, boshqalarga yordam berish orqali Serotonin: quyosh nuri, tabiat qo‘ynida sayr qilish, ongli ravishda yashash, meditatsiya orqali @stressiz_talim
Открыть в TelegramTest natijalari: Siz qanday o'qituvchisiz? Kecha e’lon qilingan test javoblarini tahlil qilamiz. Har bir javob sizning pedagogik yondashuvingiz haqida nimadir aytadi. A javoblar — TALABCHAN O‘QITUVCHI Siz tartib-intizom va mas’uliyatni birinchi o‘ringa qo‘yasiz. O‘quvchilardan talab qilishni yaxshi bilasiz. Ammo ba’zan hissiyotlarga berilib, qattiqqo‘llik qilib yuborishingiz mumkin. Tavsiya: Har doim ham baland ovoz va qattiq tanbeh natija bermaydi. Ba’zan xotirjam suhbat ko‘proq samara beradi. B javoblar — MUVOZANATLI O‘QITUVCHI Siz vaziyatga qarab ish tutishga harakat qilasiz. O‘quvchining xatti-harakatini tushunishga intilasiz, shu bilan birga tartibni ham saqlaysiz. Tavsiya: O‘zingizdagi muvozanatni saqlang va har bir bolaning individual xususiyatlarini hisobga oling. C javoblar — EMPATIYALI O‘QITUVCHI Siz o‘quvchining his-tuyg‘ularini tushunishga, muammolarga turli tomondan qarashga moyilsiz. Jazolashdan ko‘ra, yechim topishni afzal ko‘rasiz. Tavsiya: Mehribonlik bilan birga aniq chegaralar va talablarni ham saqlang. MUHIM! Bu test ilmiy diagnostika emas, balki o‘z pedagogik yondashuvingiz haqida fikr yuritish uchun kichik mashqdir. Eng yaxshi o‘qituvchi faqat talabchan yoki faqat mehribon bo‘lgan inson emas. U vaziyatga qarab talabchanlik, sabr, empatiya va qat’iyatni uyg‘unlashtira oladi. Siz qanday o‘qituvchi bo‘lishni xohlaysiz? Izohlarda fikringizni yozib qoldiring! @stressiz_talim
Открыть в Telegram