Account

Posts of Strategic Focus: Central Asia

newest first

#4604Photo
Views773−67%vs avg
Forwards—
Reactions17
Comments—
#4602Text
Views1,110−53%vs avg
Forwards—
Reactions17
Comments—
#4601Link preview

Forwarded from Muxtor Nazirov

Ўзбекистон учун Акаба дарвозаси очилмоқда Ўзбекистон денгизга тўғридан-тўғри чиқиш имкониятига эга эмас. Аммо Қизил денгиз соҳилидаги Иорданиянинг Акаба порти ўзбек ишлаб чиқарувчилари учун янги иқтисодий имкониятлар эшигини очиши мумкин. Тасаввур қилинг, Ўзбекистонда ишлаб чиқарилган маҳсулотлар Иорданияда қайта ишланиб, у ердан АҚШ, Европа ва араб мамлакатлари бозорларига йўл олади. Бунинг учун Акаба махсус иқтисодий зонасидаги имкониятлардан фойдаланиш мумкин. Ўзбекистон ва Иордания ўртасидаги яқинлашув қандай қилиб Марказий Осиё билан Яқин Шарқни боғловчи янги иқтисодий кўприкка айланиши мумкин? Фармацевтика, кимё саноати, сув технологиялари ва денгиз логистикаси соҳаларида қандай имкониятлар мавжуд? Бу ҳақдаги таҳлилда Тошкент ва Амман ҳамкорлигининг иқтисодий истиқболлари ҳамда геосиёсий аҳамияти кўриб чиқилади. @muxtor_nazirov Батафсил: https://xs.uz/kr/news/-fcdaab3d

Open in Telegram
Views1,600−32%vs avg
Forwards—
Reactions15
Comments—
#4600Text

Armanistondagi manbalar Bosh vazir Nikol Pashinyan va “Kuchli Armaniston” harakati yetakchisi, rossiyalik tadbirkor Samvel Karapetyan o‘rtasida murosa kelishuviga erishishga urinish bo‘lgani haqida xabar bermoqda. Xabarlarga ko‘ra, Karapetyanga ozodlikka chiqarilib, Rossiyaga jo‘natilishi evaziga Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgartishlar bo‘yicha referendumni qo‘llab-quvvatlash va mamlakat siyosiy hayotidan chekinish taklif qilingan. Biroq u bu taklifga rozi bo‘lmagan. Pashinyan hukumati esa mamlakat siyosiy tizimini isloh qilish, davlat suverenitetini mustahkamlash va tashqi kuchlarning ichki siyosatga ta’sirini kamaytirishga qaratilgan siyosatini davom ettirmoqda. Hukumat nuqtayi nazaridan, Rossiya bilan yaqin aloqalarga ega bo‘lgan ayrim siyosiy va iqtisodiy doiralarning ta’sirini cheklash Armanistonning mustaqil siyosiy yo‘lini shakllantirish uchun muhim ahamiyatga ega. Shu bois, kelgusi davrda mamlakat ichki siyosatida ushbu kuchlar bilan raqobat asosiy masalalardan biri bo‘lib qoladi. Biroq Pashinyan oldidagi eng katta strategik vazifa iqtisodiy mustaqillikni ta’minlashdir. Armaniston iqtisodiyoti hanuz Rossiya bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikka sezilarli darajada bog‘liq, Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarni kengaytirish esa bu qaramlikni hozircha tubdan o‘zgartira olgani yo‘q. Shu sababli, kelgusi uch yil hukumat uchun iqtisodiy aloqalarni diversifikatsiya qilish, Yevropa bozorlari bilan integratsiyani chuqurlashtirish va mamlakatning mustaqil qaror qabul qilish salohiyatini oshirish nuqtayi nazaridan hal qiluvchi davr bo‘ladi. Strategic Focus: Central Asia

Open in Telegram
Views2,560+9%vs avg
Forwards—
Reactions13
Comments—
#4599Photo

Forwarded from PolicyLab.UZ

Tramp, Putin va Si Szinpin uchrashuvi AQSHning jahon siyosatidagi hukmronlik davri yakunlanayotganidan dalolat beradi - The Wall Street Journal. Tarixda ilk bor AQSH, Xitoy va Rossiya rahbarlari boshqa davlatlar ishtirokisiz bir stol atrofida uchrashdi. WSJ baholashicha, ushbu sammit AQSH yetakchiligiga asoslangan bir qutbli dunyo tartiboti yakunlanayotganining navbatdagi belgisi bo‘ldi. Biroq uning o‘rnini qanday xalqaro tizim egallashi hozircha noma’lum. Uch davlat rahbarining kelajakdagi dunyo tartiboti haqidagi qarashlari turlicha bo‘lsa-da, ularni o‘z ta’sir doiralarida maksimal harakat erkinligiga erishish istagi birlashtiradi. Putin AQSHning Ukrainadagi harakatlariga aralashmasligini istaydi. Si Szinpin Vashington tomonidan Xitoyning Tayvanga nisbatan da’volari tan olinishiga intilmoqda. Tramp esa o‘zining «Donro doktrinasi» doirasida G‘arbiy yarimsharda Xitoy va Rossiya ta’sirini cheklab, AQSH ustunligini mustahkamlashni maqsad qilgan. Biroq uch davlatning hech biri xalqaro munosabatlar qoidalarini yakka tartibda belgilash imkoniyatiga ega emas. AQSH va Rossiya harbiy mojarolarga jalb etilgan, Xitoy esa iqtisodiy muammolarga duch kelmoqda va Vashingtonning an’anaviy global yetakchilik rolini o‘z zimmasiga olishga shoshilmayapti. Sammit Ukraina va Erondagi urushlar hamda yadroviy qurollanish kabi asosiy xalqaro muammolarda jiddiy burilish yasashi kutilmayapti. WSJ fikricha, uchrashuv ishtirokchilari uchun aniq kelishuvlardan ko‘ra, o‘zlarining xalqaro maydondagi mavqeini namoyish etish muhimroq bo‘ldi. Putin uchun sammit Ukrainaga keng ko‘lamli urush boshlanganidan qariyb besh yil o‘tib, xalqaro diplomatiyaga qaytish va Rossiyani yakkalash siyosati cheklanganini ko‘rsatish imkoniyatidir. Si Szinpin esa ikki yirik yadroviy davlat rahbarini Xitoyda birlashtirib, Pekinning global siyosatdagi markaziy o‘rnini namoyish etmoqda. Tramp uchrashuvdan xalqaro tinchlikparvar sifatidagi obro‘sini mustahkamlash va yadroviy qurollarni nazorat qilish bo‘yicha yangi kelishuvga erishish uchun foydalanmoqchi. Biroq Xitoy hozircha bunday muzokaralarga qiziqish bildirmayapti. WSJ xulosasiga ko‘ra, tarixiy uchrashuv yangi kelishilgan dunyo tartibotining shakllanishidan ko‘ra, AQSHning avvalgi hukmronligi zaiflashayotgan sharoitda uch buyuk davlat o‘rtasida ta’sir doiralari uchun raqobat kuchayayotganini ko‘rsatmoqda. Kanalga a'zo bo'lish

Open in Telegram
Views2,470+5%vs avg
Forwards—
Reactions11
Comments—
#4598Text
Views2,550+9%vs avg
Forwards—
Reactions38
Comments—
#4596Text

Vashington Turkmanistonga nisbatan yondashuvini o‘zgartirmoqda   2026-yilda AQSH va Turkmaniston o‘rtasidagi aloqalarning faollashuvi Vashingtonning Markaziy Osiyo bilan hamkorlikda yangi modelga bosqichma-bosqich o‘tayotganidan dalolat beradi. Agar ilgari AQSHning mintaqadagi siyosati asosan siyosiy deklaratsiyalar va islohotlar masalalariga qaratilgan bo‘lsa, bugungi kunda geoiqtisodiyot, transport logistikasi, energetika xavfsizligi va strategik kommunikatsiyalar ustidan nazorat birinchi o‘ringa chiqmoqda.   Diplomatik aloqalarning izchil faollashuvi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Xususan, may oyida AQSH Davlat kotibining o‘rinbosari K.Landau va R.Meredovning Vashingtondagi uchrashuvi, iyun oyida prezident S.Berdimuhamedov ishtirokidagi biznes-forum, noyabr oyida o‘tkazilgan siyosiy maslahatlashuvlar hamda AQSH-Turkmaniston ishbilarmonlik kengashining parallel biznes missiyasi ikki tomonlama munosabatlarni yanada barqaror institutsional va tijoriy formatga o‘tkazish istagini ko‘rsatmoqda.   Ikki tomonlama muloqotning faollashayotganini tasdiqlovchi yana bir muhim omil – noyabr oyi oxiri va dekabr oyida AQSH Davlat departamentining (soddaroq aytganda - razvedka vakillari) yuqori martabali vakillari, shuningdek, Amerika ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat navbatdagi biznes missiyasining Ashxobodga tashrifi kutilayotganidir. Diplomatik va ishbilarmonlik aloqalarining bunday izchil rivojlanishi Vashingtonning Turkmaniston bilan munosabatlarga yanada tizimli va amaliy yo‘nalish berishga intilayotganidan dalolat beradi.   Nega aynan Turkmaniston?   Ashxobodning AQSH uchun ahamiyati ikki tomonlama kun tartibidan ancha keng. Yaqin Sharqdagi keskinlik, Fors ko‘rfazi va Qizil dengizdagi dengiz qatnovi bilan bog‘liq xavflar, shuningdek, Eron atrofidagi noaniqlikning kuchayishi fonida Turkmaniston qo‘shimcha strategik ahamiyat kasb etmoqda.   Mamlakatning geografik joylashuvi uni mintaqaviy xavfsizlikning shimoliy yo‘nalishidagi muhim bo‘g‘in va transchegaraviy oqimlarni kuzatish uchun potensial strategik nuqtaga aylantiradi. Shu bilan birga, Vashington Ashxobodning prinsipial pozitsiyasi – doimiy betaraflik maqomini hisobga olishga majbur.   Shu sababli AQSH strategiyasi Turkmanistonni harbiy-siyosiy ittifoqlarga jalb etishdan ko‘ra, chegara xavfsizligi, ta’minot zanjirlarini nazorat qilish, eksport nazorati va muhim infratuzilmani himoya qilish sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilishi ehtimol. Iqtisodiyot – ta’sir o‘tkazishning asosiy vositasi   Ikkinchi muhim yo‘nalish – Yevrosiyo transport va energetika yo‘nalishlari ustidan raqobat.   An’anaviy dengiz kommunikatsiyalarining zaiflashuvi fonida Transkaspiy xalqaro transport yo‘lagining ahamiyati ortib bormoqda. Ushbu konfiguratsiyada Turkmanboshi porti Markaziy Osiyo – Janubiy Kavkaz – Yevropa koridorining muhim bo‘g‘inlaridan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda.   Vashington uchun bu nafaqat muqobil transport yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish, balki mintaqadagi infratuzilma loyihalarida Amerika biznesining ishtirokini kengaytirish imkoniyatidir.   Energetika sektori ham alohida ahamiyat kasb etadi. Tabiiy gaz zaxiralari bo‘yicha dunyodagi yirik davlatlardan biri bo‘lgan Turkmaniston o‘z eksportida Xitoy bozoriga yuqori darajada bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Bu AQSH uchun bir vaqtning o‘zida ham chaqiriq, ham imkoniyatdir.   Amerika kompaniyalarining neft-gaz loyihalari, metan chiqindilarini qisqartirish, energetika infratuzilmasini raqamlashtirish va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishdagi ishtiroki Ashxobod uchun iqtisodiy va texnologik muqobil imkoniyatlarni bosqichma-bosqich kengaytirishi mumkin.   Bu Turkmaniston uchun nimani anglatadi?   Ashxobod Amerika yo‘nalishidan tashqi siyosiy manevr imkoniyatlarini kengaytirish vositasi sifatida foydalanishi mumkin. Vashington bilan aloqalarning mustahkamlanishi iqtisodiy hamkorlikni diversifikatsiya qilish, yangi texnologiyalarni jalb etish va Moskva hamda Pekin bilan muzokaralardagi pozitsiyasini kuchaytirish imkonini beradi.   Biroq bu jarayonning ikkinchi tomoni ham mavjud. AQSHning transport, energetika va raqamli infratuzilmadagi ishtiroki chuqurlashgani sari tovar va moliyaviy oqimlar shaffofligi, eksport nazorati hamda sanksiya cheklovlariga rioya etish bo‘yicha talablar ham kuchayishi mumkin.   Taxminlarga ko‘ra, yaqin istiqbolda AQSH-Turkmaniston hamkorligi, ehtimol, uchta asosiy yo‘nalishda rivojlanadi:   1. Muloqotning tijoratlashuvi – siyosiy kelishuvlardan energetika, telekommunikatsiya va logistika sohalarida Amerika kompaniyalari ishtirokidagi aniq shartnomalarga o‘tish.   2. Infratuzilmaviy ishtirokni kengaytirish – AQSHning Transkaspiy yo‘lagi, port infratuzilmasi va raqamli transport yechimlariga qiziqishining ortishi. 3. Xavfsizlik sohasidagi hamkorlik – Turkmanistonning betaraflik maqomini rasman qayta ko‘rib chiqmasdan, chegara nazorati, eksport oqimlari va muhim infratuzilma xavfsizligiga e’tiborni kuchaytirish.   Xulosa qilib aytganda, Vashington Turkmanistonni yirik kuch markazlari o‘rtasida joylashgan betaraf davlat sifatida emas, balki yangi Yevrosiyo geoiqtisodiy arxitekturasining muhim elementlaridan biri sifatida tobora faolroq ko‘rib chiqmoqda. Ashxobod oldidagi asosiy vazifa – AQSHning ortib borayotgan qiziqishini investitsiyalar, texnologiyalar va yangi logistika imkoniyatlariga aylantirish, ayni paytda o‘zini boshqa davlatlarning geosiyosiy qarama-qarshiligiga tortilishdan saqlashdir. Aynan shu muvozanatni saqlab qolish hozirgi yaqinlashuvning real natijalarini belgilab beradi. Strategic Focus: Central Asia

Open in Telegram
Views3,120+33%vs avg
Forwards—
Reactions14
Comments—
#4593Text

Forwarded from Strategic Focus: LIVE

Москва Украинадаги можарони тартибга солиш бўйича шартлар рўйхатига «НАТОнинг Марказий Осиёдаги ҳар қандай ҳарбий фаолиятини тўхтатиш» талабини киритганидан сўнг, менда иккита савол пайдо бўлди: 1. Марказий Осиё давлатлари Кремлнинг ушбу шартига расман муносабат билдирадими? 2. Бундай шартлар амалда минтақа давлатларининг суверенитетига дахл қилади. Ваҳоланки, сўнгги йилларда биз мустақил ва кўп векторли ташқи сиёсат юритаётганимизни (айниқса, Қозоғистон ва Ўзбекистон) намойиш этишга жуда фаол ҳаракат қилмоқдамиз. Учинчи давлатлар томонидан ташқи сиёсий қарорлар қабул қилиш жараёнига таъсир кўрсатишни кўзда тутувчи бундай шартлар илгари сурилаётганини ҳисобга олсак, қуйидаги савол туғилади: ташқи сиёсатимизда биз қай даражада мустақилмиз? Умуман олганда, бу саволларни Жанубий Кавказ контекстида ҳам кўтариш мумкин. Чунки мазкур шартлар фақат бизнинг минтақамиз билан чекланмаган. Албатта, ҳозирча бу талабларни амалга ошган факт сифатида қабул қилиш керак эмас. Эҳтимол, бу дипломатик манёврга уринишдир. Бироқ шундай шартларнинг ўртага ташланаётганининг ўзи ҳам муайян саволларни келтириб чиқаради. Муҳаммад Шамсуддин, Тожикистонлик таҳлилчи Strategic Focus: LIVE

Open in Telegram
Views2,160−8%vs avg
Forwards—
Reactions22
Comments—
#4592Text

Forwarded from Strategic Focus: LIVE

Тошкент ва Марказий Осиёнинг бошқа пойтахтларида бу таклифларни ўқиб, қанчалик ҳайратга тушишларини тасаввур қиляпман. The New York Times нашри ёзишича, Кремль Украинадаги урушни тугатиш бўйича ўз талаблари қаторига НАТО давлатларининг Марказий Осиёда “ҳар қандай ҳарбий фаолият” олиб боришидан воз кечиш шартни ҳам киритган. Гап фақат ҳарбий базалар жойлаштириш ҳақида эмас, балки ҳар қандай ҳарбий фаолият ҳақида кетмоқда. Ҳозирча бу келишув эмас, балки музокараларда илгари сурилаётган норасмий позиция. Аммо талабнинг кўлами эътиборга молик. Демак, Россия Украина билан уруш олиб бормоқда, бироқ бу урушни тўхтатиш эвазига ўз суверенитетини чеклашга Ўзбекистон, Қозоғистон, Қирғизистон, Тожикистон ва Туркманистон ҳам мажбур бўлиши керак экан. Қизиғи, бу давлатларнинг ўзидан сўрашдими? Ёки мустақил давлатларнинг ҳарбий ҳамкорларни танлаш ҳуқуқи фақат Москвага маъқул келадиган танловгача амал қиладими? Бу талаб минтақадаги давлатларнинг АҚШ билан ҳарбий ҳамкорликни ривожлантираётгани фонида айниқса қизиқ кўринади. 2025 йил июнь ойида Марказий Осиёнинг барча беш давлати ҳарбийлари Массачусетс штатида ўтказилган Regional Cooperation ҳарбий машғулотларида иштирок этди. Шу йили АҚШнинг Монтана штати Миллий гвардияси ҳарбийлари Қирғизистондаги “Ак-Шумкар” машғулотларига ташриф буюрди. Ўзбекистон Миссисипи штати Миллий гвардияси билан ҳамкорлик қилиб келмоқда. Бу ҳамкорлик қўшма тайёргарлик, тажриба алмашинуви ва ўзбек ҳарбийларининг ҳар йили “Энг яхши жангчи” танловида иштирок этишини қамраб олади. Қозоғистон эса Аризона штати Миллий гвардияси билан кўп йиллик ҳамкорликка эга. Булар Россия телевидениеси харитасида тасвирланадиган қандайдир мавҳум НАТО базалари эмас, балки амалда олиб борилаётган реал ҳамкорликдир. Энди эса, маълум бўлишича, айнан шу фаолиятни тўхтатиш таклиф этилмоқда. Умуман, бу гапларни ўқиб, хаёлимга дарҳол бир ўзбек мақоли келди: “Беш панжангни оғзингга тиқма”. Яъни, очкўзлик қилма, ҳамма нарсани бирданига ўзлаштиришга уринма. Яна бир варианти бор: “Беш панжа оғиз йиртар”. Албатта, Марказий Осиёнинг беш давлати Кремль қўлидаги беш бармоқ эмас. Аммо Россия уларни айнан шундай деб ҳисоблаши ва шундай муносабатда бўлишини исташига ишончим комил. Даниил Кислов, Fergana Media раҳбари Strategic Focus: LIVE

Open in Telegram
Views2,210−6%vs avg
Forwards—
Reactions33
Comments—
#4590Text
Views2,400+2%vs avg
Forwards—
Reactions19
Comments—
#4589Photo
Views2,750+17%vs avg
Forwards—
Reactions128
Comments—
#4588Text

Forwarded from PolicyLab.UZ

Rossiya Abu-Dabidagi Ukraina bilan muzokaralarda delegatsiyasi darajasini oshirdi Rossiya 10-11-noyabr kunlari AQSh vositachiligida Abu-Dabida bo‘lib o‘tadigan Ukraina bilan muzokaralarga avvalgi uchrashuvlarga nisbatan yuqori darajadagi delegatsiyani yubormoqda. Bloomberg nashriga ko‘ra, bu bir necha oylik diplomatik turg‘unlikdan so‘ng Moskvaning mazmunli muzokaralarga tayyorligini ko‘rsatishi mumkin. Rossiya delegatsiyasi tarkibiga avvalgi muzokaralarda qatnashgan delegatsiya rahbari V.Medinskiy, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari M.Galuzin va Bosh shtab vakili I.Kostyukov bilan bir qatorda yangi vakillar - tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari S.Ryabkov hamda Qurolli Kuchlar Bosh shtabi Operativ boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari J.Jigarlovskiy ham kiritilgan. S.Ryabkov Rossiya TIVda AQSh va Eron bilan munosabatlar, shuningdek, qurol-yarog‘ ustidan nazorat masalalariga mas’ul. Uning muzokaralarga jalb etilishi Moskva siyosiy masalalar bilan bir qatorda harbiy va strategik xavfsizlik masalalarini ham muhokama qilishga tayyorlanayotganidan dalolat berishi mumkin. Ukraina delegatsiyasiga Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi R.Umerov rahbarlik qiladi. Delegatsiya tarkibidan Prezident ofisi rahbari K.Budanov va «Xalq xizmatkori» partiyasining parlamentdagi fraksiyasi rahbari D.Araxamiya ham o‘rin oladi. Shu bilan birga, Yevropa vakillari Yevropaning yangi xavfsizlik arxitekturasini muhokama qilish faqat Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi to‘xtatilganidan keyingina mumkinligini ta’kidlamoqda.

Open in Telegram
Views3,400+45%vs avg
Forwards—
Reactions11
Comments—
#4587Text

Demokratlarning Kongressdagi g‘alabasi: AQShning Yaqin Sharq siyosatida qanday o‘zgarishlar kutilmoqda? Demokratlarning AQSh Kongressidagi saylovlarda muvaffaqiyat qozonishi ortidan Vashingtonning Yaqin Sharq siyosatida bir qator o‘zgarishlar yuz berishi mumkin. Ekspertlar prognozlariga ko‘ra, demokratlar Kongressdagi mavqeidan foydalanib, Donald Tramp ma’muriyatining mintaqaviy siyosatiga nisbatan institutsional va moliyaviy bosimni kuchaytirishga intiladi. Bunda asosiy e’tibor Eron bilan davom etayotgan urush, Isroilga harbiy yordam va Fors ko‘rfazi davlatlari bilan munosabatlarga qaratiladi. Kutilayotgan jarayon AQSh tashqi siyosatining keskin o‘zgarishidan ko‘ra, Oq uyning Yaqin Sharqdagi harakat erkinligi cheklanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Birinchi navbatda, Eron bilan urushni to‘xtatish masalasi demokratlarning Kongressdagi asosiy siyosiy ustuvor yo‘nalishiga aylanishi kutilmoqda. Yangi Kongress yanvar oyida ish boshlagach, demokratlar Pentagon uchun ajratiladigan mablag‘lardan foydalanish shartlarini qayta ko‘rib chiqishga va Eronga qarshi harbiy operatsiyalarni moliyalashtirishni cheklashga urinishi mumkin. Xususan, harbiy harakatlarni davom ettirish uchun mablag‘ ajratishni taqiqlovchi qonunchilik tashabbuslari, War Powers Resolution mexanizmini qo‘llash va urushning Kongress roziligisiz boshlanganligi yuzasidan parlament tekshiruvlarini kuchaytirish ehtimoli mavjud. Biroq bu jarayonning natijasi kafolatlanmagan: Tramp prezidentlik vetosidan foydalanishi, demokratlar esa uni bekor qilish uchun zarur bo‘lgan uchdan ikki ovozni to‘play olmasligi mumkin. Shu sababli demokratlarning asosiy strategiyasi urushni bevosita taqiqlashdan ko‘ra, uni davom ettirish uchun zarur moliyaviy va siyosiy sharoitlarni murakkablashtirishga qaratilishi ehtimol. Ikkinchi muhim yo‘nalish - Isroilga ko‘rsatilayotgan Amerika harbiy yordamini qayta ko‘rib chiqish va unga qo‘shimcha shartlar kiritish masalasi. Demokratik partiya ichida Tel-Avivga harbiy yordamni cheklovlarsiz davom ettirish borasidagi kelishmovchiliklar kuchayib borayotgani kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan ayrim turdagi og‘ir aviabombalarni yetkazib berishni cheklash, Amerika qurollaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish va G‘arbiy Sohildagi zo‘ravonliklarga aloqador isroillik ko‘chmanchilarga nisbatan sanksiyalar joriy etish tashabbuslari ilgari surilishi mumkin. Bundan tashqari, 2028-yilda amaldagi harbiy yordam kelishuvining muddati tugashi munosabati bilan yangi o‘n yillik bitimni muhokama qilishda Vashington qat’iyroq shartlarni ilgari surishi ehtimoldan xoli emas. Shunga qaramay, yaqin istiqbolda Isroilga harbiy yordamning butunlay to‘xtatilishi emas, balki uning hajmi, yo‘nalishlari va foydalanish shartlari ustidan nazorat kuchayishi kutilmoqda. Uchinchi yo‘nalish - Tramp ma’muriyatining Fors ko‘rfazi davlatlari bilan moliyaviy va biznes aloqalarini parlament tekshiruvidan o‘tkazish. Demokratlar, xususan, Trampning kuyovi Jared Kushner boshqaruvidagi Affinity Partners investitsiya kompaniyasi hamda Saudiya Arabistoni, BAA va Qatar suveren fondlari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarga alohida e’tibor qaratishi mumkin. Shuningdek, Qatar tomonidan AQSh prezidentiga foydalanish uchun taqdim etilgan, qiymati qariyb 400 million dollarga baholangan samolyot masalasi ham qayta muhokama qilinishi ehtimoli bor. Bu jarayon Fors ko‘rfazi monarxiyalari bilan Vashington o‘rtasidagi munosabatlarga bevosita ta’sir qilmasa-da, Tramp ma’muriyatining mintaqadagi siyosiy va iqtisodiy kelishuvlari ustidan qo‘shimcha nazorat shakllanishiga olib kelishi mumkin. Natijada Oq uy ayrim strategik qarorlarni qabul qilishda ichki siyosiy va huquqiy omillarni ko‘proq hisobga olishga majbur bo‘ladi. To‘rtinchi yo‘nalish - Pentagon va Oq uyning tashqi siyosatdagi qarorlarini parlament nazorati ostiga olish. Demokratlar Kongress qo‘mitalarining vakolatlaridan foydalanib, ma’muriyat vakillarini eshituvlarga chaqirish, harbiy operatsiyalar bo‘yicha ma’lumot talab qilish va Pentagon faoliyatini tekshirishni kuchaytirishi mumkin. Bunda mudofaa vaziri Pit Xegset hamda Eron bilan urushni rejalashtirish va amalga oshirishda ishtirok etgan mansabdor shaxslar alohida e’tibor markazida bo‘lishi kutilmoqda. Ayrim demokrat qonunchilar tomonidan Xegsethga nisbatan impichment tashabbusini qo‘llab-quvvatlash ehtimoli ham mavjud. Shu bilan birga, Senatdagi demokratlar Pentagon va Yaqin Sharqdagi diplomatik vakolatxonalar uchun yangi nomzodlarni tasdiqlash jarayonini kechiktirish yoki bloklash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa Tramp ma’muriyatining harbiy va diplomatik kadrlar siyosatida qo‘shimcha to‘siqlarni yuzaga keltirishi mumkin. Umuman olganda, demokratlarning Kongressdagi ustunligi AQShning Yaqin Sharq siyosatida yangi ichki siyosiy muvozanatni shakllantirishi mumkin. Eron bilan urushni moliyalashtirish, Isroilga harbiy yordam shartlari va Fors ko‘rfazi davlatlari bilan moliyaviy munosabatlar endilikda nafaqat tashqi siyosat, balki Vashingtondagi ichki siyosiy kurashning ham muhim mavzulariga aylanadi. Bu holat Tehron uchun AQShning harbiy qarorlar qabul qilish jarayonida qo‘shimcha siyosiy cheklovlar paydo bo‘lishini anglatishi mumkin. Biroq demokratlarning Kongressdagi g‘alabasini Trampning mintaqaviy siyosati to‘liq o‘zgarishining kafolati sifatida baholash erta. Strategic Focus: Central Asia

Open in Telegram
Views3,850+64%vs avg
Forwards—
Reactions13
Comments—
#4583Video

Eron Oliy Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Muhsin Rizoiyning Moskvaga tashrifi va uning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bugungi uchrashuvi qizgʻin muhokama qilinmoqda. Mazkur uchrashuvning aynan hozirgi harbiy-siyosiy vaziyatda o‘tkazilishi alohida e’tiborga molik. Taxminlarga koʻra, Tehron Moskva bilan shunchaki mavjud kelishuvlarni muhokama qilish emas, balki ehtimoliy yangi harbiy to‘qnashuv oldidan qo‘shimcha qurol-yarog‘, texnologiyalar va razvedka imkoniyatlarini qo‘lga kiritishga intilmoqda. Bu borada Financial Times e’lon qilgan oxirgi materiali juda qiziq. Unga ko‘ra, Moskva va Tehron o‘rtasida “K-10” kod nomi ostidagi shartnoma mavjud bo‘lib, unga muvofiq Eronga X-39 (Yengil ko‘p maqsadli boshqariladigan raketa, boshqacha nomi “305-mahsulot”) yuqori aniqlikdagi raketalari uchun 90 ta APU-L uchirish qurilmasini yetkazib berish nazarda tutilgan. Mazkur tizimlar Rossiyadan Eronga yetkazilayotgan Mi-28 zarba beruvchi vertolyotlarida qo‘llanishi mumkin. 14 kilometrgacha bo‘lgan masofadan yuqori aniqlikdagi zarbalar berish imkoniyati Eronning quruqlikdagi nishonlarga qarshi operativ salohiyatini oshiradi. Bundan tashqari, ushbu raketalar Ukrainadagi harbiy harakatlar davomida amaliy sinovdan o‘tgan. Demak, gap faqat zamonaviy qurol-yarog‘ yetkazib berish haqida emas, balki jangovar sharoitda sinovdan o‘tgan texnologiyalarni uzatish haqida ham bormoqda. Rossiya va Eron o‘rtasidagi hamkorlik esa o‘zaro harbiy ehtiyojlarni qoplash mexanizmiga aylanmoqda. Eron avvalroq Rossiyaga uzoq masofali kamikadze-dronlar yetkazib bergan bo‘lsa, Moskva Tehronning aviatsiya sohasidagi zaif nuqtalarini to‘ldirishga kirishgan. Xususan, Yak-130 o‘quv-jangovar samolyotlari, Mi-28 zarba vertolyotlari va ular uchun yuqori aniqlikdagi raketa qurollari yetkazib berilishi shular jumlasidan. Financial Times materiallarida Rossiyaning Eron bilan sun’iy yo‘ldosh tasvirlari, razvedka ma’lumotlari, dron komponentlari va gipertovushli qanotli raketalar ishlab chiqish borasidagi ehtimoliy hamkorligi ham tilga olinadi. Bu esa harbiy hamkorlik faqat qurol yetkazib berish bilan cheklanmay, razvedka va strategik texnologiyalar sohasini ham qamrab olayotganini ko‘rsatadi. Asosiy savol: Rizoiy Moskvadan aynan nima olishga harakat qilmoqda? Ehtimol, Tehron yangi harbiy qarama-qarshilik yuzaga kelgan taqdirda o‘zining mudofaa va zarba berish salohiyatini tiklash, mavjud zaifliklarni bartaraf etish hamda AQSh va Isroil bilan ehtimoliy to‘qnashuvga tayyorgarlik ko‘rish uchun qo‘shimcha kafolatlar izlamoqda. Shu ma’noda, Putinning Rizoiy bilan uchrashuvi oddiy diplomatik muloqotdan ko‘ra kengroq mazmunga ega bo‘lishi mumkin. Moskva va Tehron o‘rtasidagi yopiq muzokaralar ortida yangi harbiy bosqichga tayyorgarlik masalalari turgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Strategic Focus: Central Asia

Open in Telegram
Views3,150+34%vs avg
Forwards—
Reactions13
Comments—
#4581Text

Vaşingtondan kelgan ma’lumotlarga köra, AQŞ va Eron örtasida harbiy harakatlarni töxtatişga qaratilgan muzokaralarda jiddiy tafovutlar saqlanib qolmoqda. Vositaçilar, jumladan Qatar, sönggi 8 kun davomida muhokama qilinayotgan kelişuv loyihasini yaqinlaştirişga urinayotganiga qaramay, tomonlar hozirça murosaga kelişdan uzoq.   Tehronning pozitsiyasi esa tobora aniq şakllanmoqda: Hormuz böğozini oçiş masalasi böyicha Eron şartlari bajarilmagunça, yadroviy dastur yuzasidan muzokaralar başlanmaydi. Eron tomoni Vaşingtonning ortiqça talablarini qabul qilmasligini bildirmoqda. Bu pozitsiya muzokaralarning oddiy ketma-ketligini özgartiradi. Ya’ni AQŞ uçun asosiy masala bö‘lgan yadroviy kelişuv Tehron tomonidan mintaqaviy xavfsizlik va dengiz kommunikatsiyalari bilan boğlab qöyilmoqda.   Vaziyatning harbiy jihati ham keskinligiça qolmoqda. AQŞ Qeşm oroliga zarbalar berganini, nişonlar AQŞ obyektlariga qarşi ishlatilishi mumkin bölgan zenit-raketa tizimlari ekanini ma’lum qildi. Eron Islom inqilobi qöriqçilari esa Hormuz böğozi şarqida AQŞning MQ-9 uçuvçisiz apparatini urib tuşirganini bildirdi. Demak, diplomatik kanallar faol ishlayotgan bir paytda, harbiy qarama-qarşilik ham davom etmoqda.   Biroq etibor qaratish lozim bölgan yana bir muhim jarayon bor: mintaqaviy xavfsizlik böyicha alohida diplomatik format şakllanmoqda. Eron Taşqi işlar vaziri A.Araqçining ma’lum qilişicha, Tehron va Riyod örtasidagi muloqot davom etmoqda. Bundan taşqari, ö‘tgan hafta Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokistonning yuqori martabali vakillari Tehronda Eron rasmiylari bilan uçraşdi. Uşbu muloqotlarning asosiy maqsadi – mintaqaviy xavfsizlikni taşqi harbiy kuçlar iştirokisiz ta’minlaş böyicha yangi mexanizmlarni muhokama qiliş.   Bu yerda Saudiya Arabistonining pozitsiyasi alohida ahamiyatga ega. Çunki Yamandagi husiylar bilan keskinlaşuv, Bab-al-Mandab böğoziga yaqin hududlarda harbiy faollik va Saudiya energetika infratuzilmasiga hujumlar Riyod uçun xavfsizlik masalasini faqat Eron bilan munosabatlar doirasida emas, balki butun mintaqaviy transport va energetika tizimi nuqtayi nazaridan kö‘rib çiqişni taqozo etmoqda.   Voqealar tahlilidan kelib çiqsak, hozirgi jarayonlarda uçta tendensiya kuzatilmoqda:   1. Hormuz – muzokaralarning asosiy geosiyosiy vositasi. Tehron dengiz kommunikatsiyalari ustidan öz tasirini AQŞ bilan muzokaralarda muhim siyosiy va iqtisodiy omil sifatida ishlatmoqda.   2. Saudiya Arabistoni va Eron örtasidagi muloqot yangi bosqiçqa çiqmoqda. Tomonlar örtasidagi kelişmovçiliklar saqlanib qolayotgan bölsa-da, harbiy eskalatsiyaning iqtisodiy oqibatlari mintaqaviy diplomatiyani faollaştirmoqda.   3. Turkiya va Pokistonning iştiroki mintaqaviy xavfsizlik arxitekturasi masalasini kengaytirmoqda. Bu davlatlar Eron va arab mamlakatlari örtasidagi muloqotda vositaçilik yoki diplomatik muvofiqlaştiriş uçun qöşimça platforma vazifasini bajarişi mumkin.   Xulosa qilib aytganda, Vaşington va Tehron örtasidagi qarama-qarşilik endilikda faqat yadroviy dastur yoki harbiy zarbalar masalasi bilan çeklanmayapti. Hormuz va Bab-al-Mandab böğozlari, Saudiya xavfsizligi hamda taşqi kuçlarning Fors körfazidagi harbiy iştiroki yagona geosiyosiy kun tartibiga birlaşmoqda. Şu sababli, hatto AQŞ va Eron örtasida vaqtinçalik kelişuvga erişilgan taqdirda ham, mintaqadagi xavfsizlik muammolari avtomatik ravişda hal bölmaydi. Strategic Focus: Central Asia

Open in Telegram
Views2,750+17%vs avg
Forwards—
Reactions7
Comments—