Account
SQB

Who mentions SQB

Mentioned or reposted by

Latest mentions

  1. 01
    O‘zbekiston futzaliO‘zbekiston futzali@futsal_uzbekistan,
    Views1.63K
    Forwards—
    Reactions14
    Comments—
  2. 02
    O‘zbekiston futzaliO‘zbekiston futzali@futsal_uzbekistan,
    Views1.81K
    Forwards—
    Reactions17
    Comments—
  3. 03
    Soliq ServisSoliq Servis@soliqservis,

    🏡 Yangi Toşkentda yangi uy – endi yanada qulay şartlarda! SQB dan "Yangi Toşkent" ipotekasi şartlari yangilandi! Endi yangi uyingizni xarid qilişda yanada qulay imkoniyatlardan foydalaning. 💙 Nimalar özgardi? ✅ Yillik stavka pasaytirildi! Dastlabki stavka – yillik 18%. Uy-joy bank garoviga rasmiylaştirilgaç, yillik 17% ga tuşiriladi. ✅ Iş haqi loyihasi iştirokçilari uçun yanada qulay stavka! Uy-joy bank garoviga rasmiylaştirilgaç, yillik stavka 16,5% ga tuşiriladi. ✅ Suğurta tölovi bekor qilindi! 🏠 Ipotekaning asosiy şartlari: 🔹 Kredit miqdori – 1 mlrd sömgaça 🔹 Kredit muddati – 20 yilgaça 🔹 Boşlanğiç badal – 20% dan 💙 Yangi Toşkentdagi yangi hayotingizni SQB bilan boşlang! 📲 Batafsil: sqb.uz | 1180 — 🏡 Новая квартира в Новом Ташкенте – теперь на ещё более выгодных условиях! SQB обновил условия ипотеки “Yangi Toshkent”! Теперь приобрести квартиру в Новом Ташкенте стало ещё доступнее. 💙 Что изменилось? ✅ Процентная ставка снижена! Первоначальная ставка – 18% годовых. После оформления недвижимости в залог банка ставка снижается до 17% годовых. ✅ Ещё более выгодная ставка для участников зарплатного проекта SQB! После оформления недвижимости в залог банка процентная ставка снижается до 16,5% годовых. ✅ Страховой платёж отменён! 🏠 Основные условия ипотеки: 🔹 Сумма кредита – до 1 млрд сумов 🔹 Срок кредита – до 20 лет 🔹 Первоначальный взнос – от 20% 💙 Начните новую главу жизни в Новом Ташкенте вместе с SQB! 📲 Подробнее: sqb.uz | 1180 📲 Telegram 👥 Facebook 😎 Instagram 🎞 YouTube

    Photomentioned
    Views2.14K
    Forwards—
    Reactions5
    Comments—
  4. 04
    Soliq ServisSoliq Servis@soliqservis,
    Views1.83K
    Forwards—
    Reactions2
    Comments—
  5. 05
    O‘zbekiston futzaliO‘zbekiston futzali@futsal_uzbekistan,

    ⚽️ XXX MILLIY CHEMPIONAT – OLIY LIGA: 400-YUBILEY GOLI QACHON KIRITILADI? 🏆 Futzal bo‘yicha mamlakat XXX milliy chempionati — Oliy liga jamoalari to‘rtinchi bekatga yetib kelmoqda. Birinchi davraning so‘nggi turida klublar dastlabki uch tur davomida bosib o‘tgan yo‘liga nazar tashlash, xulosalar chiqarish va keyingi rejalarni belgilab olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 📊 Dastlabki uch tur davomida jamoalar raqiblar darvozasiga jami 339 ta gol kiritishdi. Jumladan, 1-turda 114 ta, 2-turda 115 ta, 3-turda esa 110 ta gol qayd etildi. E’tiborlisi, har bir turda navbatdagi yuzlik marrani zabt etgan yubiley gollariga guvoh bo‘ldik. 🥅 100-gol. Birinchi yuzlik marrasi «Samarqand» — «Sayxun» uchrashuvining 39-daqiqasida zabt etildi. Samarqandliklar sardori Mehroj Xudoyberdiyev yubiley goliga mualliflik qildi. Biroq bu gol qadimiy va hamisha navqiron shahar vakillariga g‘alaba quvonchini taqdim eta olmadi. «Samarqand» bahsni 4:5 hisobida boy berdi. 🥅 200-gol. Ikkinchi yuzlik marrasi 2-tur beshinchi kunining so‘nggi uchrashuvi — «Olmaliq» va «Nurafshon» (6:2) bahsida qayd etildi. 36-daqiqada buxoroliklar vakili Amirbek Nasriddinov tomonidan kiritilgan gol uchrashuvdagi so‘nggi gol bo‘ldi. Ammo u jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qola olmadi. 🥅 300-gol. Navbatdagi yubiley goli 3-turning markaziy uchrashuvi — BMB PFC va «Xorazm» jamoalari o‘rtasidagi bahsda kiritildi. Qizig‘i, bu safar ham yubiley gol uchrashuvdagi so‘nggi gol bo‘ldi. Ammo avvalgi ikki holatdan farqli ravishda, u jamoasiga g‘alabani mustahkamlashda yordam berdi. 40-daqiqada Jean Aldemiro tomonidan kiritilgan gol BMB PFC muxlislariga quvonch ulashdi. 🔥 Endi navbat 400-golga! An’anaga muvofiq, 4-turda ham navbatdagi yuzlik marraga guvoh bo‘lamizmi? Hozircha bu savolga aniq javob berish qiyin. Ammo statistika bunga umid uyg‘otmoqda: dastlabki uch turda har bir uchrashuvda o‘rtacha 6,28 tadan gol kiritilgan. Agar jamoalar shu sur’atni saqlab qolishsa, 400-yubiley golini 4-turning so‘nggi — to‘rtinchi kunida tomosha qilishimiz mumkin. ⚽️ Xo‘sh, 400-gol muallifi kim bo‘ladi va qaysi jamoa darvozasiga yo‘l topadi? Buni esa «Yunusobod» sport majmuasida bo‘lib o‘tadigan bahslar ko‘rsatadi! 🇺🇿 BMB  |   ⭐️ SQB    |  7️⃣Saber |  🙂 Za'faron 👉 Veb-sayt |📝Telegram | 🎞YouTube  | 📝Facebook  | 💻Instagram

    Photomentioned
    Views2.61K
    Forwards2
    Reactions16
    Comments0
  6. 06
    O‘zbekiston futzaliO‘zbekiston futzali@futsal_uzbekistan,
    Views2.87K
    Forwards28
    Reactions26
    Comments0
  7. 07
    Khorezm Football AssociationKhorezm Football Association@khorezmfootballassociation,

    🇺🇿 O‘FF RAHBARI KLUBLAR DIREKTORLARI VA BOSH MURABBIYLARI BILAN UCHRASHDI Bugun O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov Oliy va Birinchi liga klublari direktorlari hamda bosh murabbiylari, viloyat futbol assotsiatsiyalari vitse-prezidentlari va O‘FF mas’ul xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda joriy mavsum Oliy liga bahslari sifatini yanada oshirish, Birinchi liga musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, 2027-yilda mamlakatimizda futzalni rivojlantirishning ustuvor vazifalarini belgilash va yillik kalendar ish rejasini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi. O‘FF prezidenti Oliy liga uchrashuvlari saviyasi sezilarli darajada oshgani, muxlislar va mutaxassislarning chempionatga qiziqishi ortib borayotganini alohida ta’kidladi. Joriy mavsumdan boshlab klublarning professional maqomda qayta tashkil etilishi, ijtimoiy-iqtisodiy va moliyaviy faoliyatini mustaqil yuritishi muhim qadam sifatida qayd etildi. Hududlarda futbol assotsiatsiyalari bilan hamkorlikda homiylarni jalb qilish va marketing faoliyatini rivojlantirish borasida ham ijobiy o‘zgarishlar kuzatilayotgani ta’kidlandi. Ichki musobaqalar saviyasini oshirish milliy va yoshlar terma jamoalarining salohiyatini yuksaltirish, xalqaro maydonda yuqori natijalarga erishishning muhim omili ekani qayd etildi. Shu munosabat bilan 2027-yil terma jamoalarimiz uchun mas’uliyatli davr bo‘lishi, ayniqsa, Jahon chempionati yo‘llanmalari o‘ynaladigan 2028-yilgi Osiyo kubogiga puxta tayyorgarlik ko‘rish zarurligi ta’kidlandi. Buning uchun kelgusi mavsum rejalarini oldindan ishlab chiqish va kuchli raqiblar bilan nazorat uchrashuvlarini tashkil etish muhimligi uqtirildi. Yig‘ilishda yutuqlar bilan bir qatorda, klublar faoliyatidagi ayrim kamchiliklar ham tanqidiy muhokama qilindi. Xususan, musobaqalarni tashkil etish va o‘tkazish reglamenti talablariga to‘liq rioya etilmayotgani, ayrim klublarda intizom masalalariga yetarlicha e’tibor qaratilmayotgani qayd etildi. Jumladan, ayrim futzalchilarning reglamentga zid ravishda mamlakatimiz va yaqin xorij davlatlarida o‘tkazilayotgan tijorat turnirlarida ishtirok etishi keskin tanqid qilindi. Bunday holatlar nafaqat klublar manfaatlariga, balki sportchilarning salomatligiga ham xavf tug‘dirishi ta’kidlandi. Professional shartnoma asosida faoliyat yuritayotgan futzalchilar bilan bog‘liq noxush holatlarda klub va Federatsiya zimmasida ham mas’uliyat borligi alohida uqtirildi. Shuningdek, klublarning marketing, targ‘ibot va tashviqot faoliyatini kuchaytirish, matbuot xizmatlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda muxlislar bilan ishlash tizimini takomillashtirish zarurligiga e’tibor qaratildi. Kun tartibidagi muhim masalalardan yana biri Birinchi liga musobaqalariga tayyorgarlik bo‘ldi. Ayni paytda O‘FF Musobaqalarni tashkil etish va o‘tkazish departamentiga rasmiy murojaat bilan chiqqan sakkizta jamoa vakillari bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazildi. Ularga musobaqada ishtirok etish talablari, zimmasidagi mas’uliyat va tashkiliy vazifalar batafsil tushuntirildi. Bundan tashqari, 2026-yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirga tayyorgarlik, 2027-yil uchun ustuvor yo‘nalishlarni belgilash va yillik kalendar ish rejasini ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi. Rejani dekabr oyining birinchi yarmiga qadar tasdiqlash uchun taqdim etish bo‘yicha kelishib olindi. Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, barchaning pirovard maqsadi — muhtaram Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikni munosib qo‘llab-quvvatlash, ushbu ezgu sa’y-harakatlarga kamarbasta bo‘lish hamda o‘zbek futzalining nufuzini yanada yuksaltirishdan iborat. Kengaytirilgan yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. 🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB    |  7️⃣Saber |  🙂 Za'faron | 💚 UFA 👉 Veb-sayt |📝Telegram | 🎞YouTube  | 📝Facebook  | 💻Instagram

    Photomentioned
    Views936
    Forwards—
    Reactions2
    Comments—
  8. 08

    Views3.37K
    Forwards17
    Reactions44
    Comments2
  9. 09
    O‘zbekiston futzaliO‘zbekiston futzali@futsal_uzbekistan,
    Views2.15K
    Forwards2
    Reactions9
    Comments0
  10. 10
    O‘zbekiston futzaliO‘zbekiston futzali@futsal_uzbekistan,
    Views2K
    Forwards0
    Reactions8
    Comments0
  11. 11
    O‘zbekiston futzaliO‘zbekiston futzali@futsal_uzbekistan,
    Views2.53K
    Forwards3
    Reactions6
    Comments0
  12. 12
    O‘zbekiston futzaliO‘zbekiston futzali@futsal_uzbekistan,
    Views1.8K
    Forwards0
    Reactions12
    Comments0
  13. 13
    O‘zbekiston futzaliO‘zbekiston futzali@futsal_uzbekistan,
    Views1.93K
    Forwards1
    Reactions7
    Comments0
  14. 14
    O‘zbekiston futzaliO‘zbekiston futzali@futsal_uzbekistan,
    Views1.84K
    Forwards1
    Reactions9
    Comments0
  15. 15
    O‘zbekiston futzaliO‘zbekiston futzali@futsal_uzbekistan,
    Views1.64K
    Forwards1
    Reactions10
    Comments1
  16. 16
    O‘zbekiston futzaliO‘zbekiston futzali@futsal_uzbekistan,
    Views1.79K
    Forwards0
    Reactions11
    Comments0
  17. 17
    O‘zbekiston futzaliO‘zbekiston futzali@futsal_uzbekistan,
    Views1.89K
    Forwards3
    Reactions10
    Comments3
  18. 18
    O‘zbekiston futzaliO‘zbekiston futzali@futsal_uzbekistan,
    Views2.2K
    Forwards0
    Reactions8
    Comments0
  19. 19
    O‘zbekiston futzaliO‘zbekiston futzali@futsal_uzbekistan,

    🏖⚽️ BUGUN OSIYO KUBOGIDA GURUH BOSQICHI YAKUNLANADI! Tailandning Phang Nga shahridagi Memories Beach Arena sport majmuasida davom etayotgan sohil futboli bo‘yicha Osiyo kubogi–2026 musobaqasida bugun guruh bosqichining so‘nggi uchrashuvlari o‘tkaziladi. Reglamentga ko‘ra, guruhlarda 1- va 2-o‘rinlarni egallagan jamoalar, shuningdek, uchinchi o‘rin sohiblari orasidagi eng yaxshi natijaga ega terma jamoa chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Kecha A guruhida 3-tur bahslari yakunlandi. Bahrayn Iroqni Ahmadning 3-daqiqada kiritgan yagona goli evaziga mag‘lub etdi — 1:0. Mezbon Tailand va Yaponiya o‘rtasidagi bahsda esa yaponiyaliklar 5:3 hisobida g‘alaba qozondi. O‘zbekistonlik hakam Naim Qosimov boshqarib borgan uchrashuvda Yaponiya musobaqadagi uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritib, guruhda birinchi o‘rinni egalladi. A guruhidagi yakuniy holat: 🇯🇵 Yaponiya — 9 ochko; 🇧🇭 Bahrayn — 4 ochko; 🇹🇭 Tailand — 3 ochko; 🇮🇶 Iroq — 1 ochko. Yaponiya va Bahrayn chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Tailand esa boshqa guruhlardagi natijalarni kutadi. Bugun B va C guruhlarida 3-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Eron, Livan va Ummon terma jamoalari muddatidan avval chorak final yo‘llanmasini naqd qilgan. Qolgan uchta yo‘llanma uchun esa kurash davom etadi. 📋 Bugungi uchrashuvlar taqvimi: 🕛 12:00 — Eron 🇮🇷 – Livan 🇱🇧 🕜 13:30 — Ummon 🇴🇲 – BAA 🇦🇪 🕒 15:00 — Vyetnam 🇻🇳 – Afg‘oniston 🇦🇫 🕟 16:30 — Saudiya Arabistoni 🇸🇦 – O‘zbekiston 🇺🇿 🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasiga bugungi muhim bahsda omad va g‘alaba tilaymiz! 🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB    |  7️⃣Saber |  🙂 Za'faron | 💚 UFA 👉 Veb-sayt |📝Telegram | 🎞YouTube  | 📝Facebook  | 💻Instagram

    Photoeditedmentioned
    Views2.95K
    Forwards3
    Reactions21
    Comments2
  20. 20
    O‘zbekiston futzaliO‘zbekiston futzali@futsal_uzbekistan,
    Views2.87K
    Forwards4
    Reactions20
    Comments3
  21. 21
    O‘zbekiston futzaliO‘zbekiston futzali@futsal_uzbekistan,

    🔥⚽️ ANDIJONDA XALQARO FUTZAL TURNIRI O‘TKAZILDI 🏆 Andijon shahridagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining mini-futbol maydonida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan jangchi-faxriylar o‘rtasida «Birlashma kubogi» xalqaro futzal turniri bo‘lib o‘tdi. 🌍 Musobaqada Andijon viloyatining ikki jamoasi, Farg‘ona, Jizzax, Sirdaryo, Namangan viloyatlari, Toshkent shahri, shuningdek, Qirg‘iziston va Tojikiston vakillaridan iborat jami 9 ta jamoa g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Jamoalar uchta guruhga bo‘lingan holda o‘zaro kuch sinashdi. Guruh g‘oliblari hamda ikkinchi o‘rin egalari orasida eng yaxshi natijani qayd etgan jamoa yarim finalga yo‘l oldi. ⚽️ Guruh bosqichi natijalari: A guruhi: Qirg‘iziston – Tojikiston – 8:0 Farg‘ona – Qirg‘iziston – 2:0 Tojikiston – Farg‘ona – 1:7 B guruhi: Andijon-2 – Andijon-1 – 1:4 Jizzax – Andijon-2 – 4:1 Andijon-1 – Jizzax – 2:2 C guruhi: Namangan – Sirdaryo – 3:0 Toshkent – Namangan – 6:1 Sirdaryo – Toshkent – 1:3 Yarim final: Farg‘ona – Jizzax – 2:2 (penaltilar seriyasida – 4:3) Toshkent – Andijon-1 – 0:2 Final: Farg‘ona – Andijon-1 – 2:0 🏆 Shunday qilib, «Birlashma kubogi» xalqaro turnirining bosh sovrini Farg‘ona jamoasiga nasib etdi. 🎁 Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarga O‘zbekiston futzal federatsiyasi hamda tashkilotchilar tomonidan ta`sis etilgan maxsus sovrinlar, qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi. 🤝 Turnir ishtirokchilari musobaqani kelgusida ham an’anaviy tarzda, muntazam o‘tkazib borish taklifini bildirishdi. Mazkur musobaqa faxriy jangchilar o‘rtasidagi do‘stlik, hamjihatlik va birdamlikni mustahkamlashga ham xizmat qildi. 🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB    |  7️⃣Saber |  🙂 Za'faron 👉 Veb-sayt |📝Telegram | 🎞YouTube  | 📝Facebook  | 💻Instagram

    Photoalbummentioned
    Views1.12K
    Forwards3
    Reactions9
    Comments0
  22. 22
    O‘zbekiston futzaliO‘zbekiston futzali@futsal_uzbekistan,
    Views1.53K
    Forwards1
    Reactions6
    Comments0
  23. 23
    O‘zbekiston futzaliO‘zbekiston futzali@futsal_uzbekistan,
    Views1.77K
    Forwards7
    Reactions10
    Comments0
  24. 24
    O‘zbekiston futzaliO‘zbekiston futzali@futsal_uzbekistan,
    Views1.79K
    Forwards4
    Reactions8
    Comments0
  25. 25
    O‘zbekiston futzaliO‘zbekiston futzali@futsal_uzbekistan,
    Views1.69K
    Forwards3
    Reactions4
    Comments0
  26. 26
    O‘zbekiston futzaliO‘zbekiston futzali@futsal_uzbekistan,
    Views1.31K
    Forwards1
    Reactions—
    Comments0
  27. 27
    O‘zbekiston futzaliO‘zbekiston futzali@futsal_uzbekistan,
    Views1.21K
    Forwards0
    Reactions—
    Comments0
  28. 28
    O‘zbekiston futzaliO‘zbekiston futzali@futsal_uzbekistan,
    Views1.1K
    Forwards0
    Reactions3
    Comments0
  29. 29
    O‘zbekiston futzaliO‘zbekiston futzali@futsal_uzbekistan,
    Views1.11K
    Forwards0
    Reactions—
    Comments0
  30. 30
    O‘zbekiston futzaliO‘zbekiston futzali@futsal_uzbekistan,
    Views1.07K
    Forwards0
    Reactions—
    Comments0

Channels it mentions