Account

Posts of She'r sehri

newest first

#18046Text
Views131−51%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#18041Photo
Views179−33%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—
#18040Video
Views303+13%vs avg
Forwards—
Reactions3
Comments—
#18039Video
Views289+8%vs avg
Forwards—
Reactions1
Comments—
#18036Photo

Forwarded from Farrux Jabborbek

#jurnal #fiqra Adabiy avlod desa degulik shoir-yozuvchilar pleyadasi 70-yillarda adabiyotimiz qopqasini taqillatib ham o‘tirmasdan, gursa-gurs tepib kirib kelgan. Bugun yoshi 80 ni qoralab bormoqda ularning. Hamon sermahsul, hamon uloqni qo‘ldan bermayapti. O‘tib ketganlari ham trenddan tushgani, urfdan qolgani yo‘q. Ushbu adabiy hodisaga turli rakursdan qaralib, sabablarini izohlashga chandon urinildi. Menga qolsa, avvalo, sobiq ittifoq miqyosidagi iliqlashuv siyosatini eslash insofdan bo‘lardi. Respublika doirasida olsak, yetmishvoylarni Sharof Rashidov davri yetishtirib bergan adabiy avlod degim keladi. Albatta, individual ijodiy salohiyatning ahamiyatini zarracha kamsitgim yo‘q. Lekin isteʼdod bo‘la turib muhit bo‘lmasa, muhit bo‘la turib isteʼdod bo‘lmasa, pichoqqa ilinadigan natija ham bo‘lmaydi. Yaxshi yozuvchi-shoirlar yakkam-dukkam chiqaverishi mumkin, yaxlit avlod bo‘y ko‘rsatishi uchun baribir sharoitni birlamchi qo‘yishga majburmiz. 1980-yillar taloto‘mlari, 1990-yillar yo‘qchiligi, 2000-yillar qo‘rquvi, 2010-yillar sukunati ne-ne talantlarning umrini yedi. Atom quvvati o‘tin yorishga sarflandi. 2000-yillar oxirida yoshlardan nolish urfga kirgandi. Maydon bo‘lmasa, polvon bo‘lmaydi, dedim ustoz muharrirlardan biriga. Yoshlarga minbar berib qo‘ygan joyingiz bormi? Har biringiz qirriq senzorga aylangansiz. Chumchuq pir etsa, yuragingiz shir etadi. Tishga sal tegadigan yarimta jumla topsangiz, asarga qo‘shib muallifning ham tishini urib sindirasiz... (Shu yerga uch nuqta qo‘ya turamiz.) Diydiyo cho‘zilib ketdi. Asli ichimdagi tutunning mingdan birini ham chiqara olganim yo‘q. Gapni uzoqdan boshlab kelib, 2016-yildan keyin o‘zbek adabiyoti tarixida yana bir adabiy avlod yetishib chiqishiga sharoit tug‘ilganini aytmoqchiman. Shoir uka-singillarimiz gurros-gurros bo‘yladi adabiyot olamiga. Ayrimlari oyog‘ining loyini artishga ham ulgurmadi hatto. Chunki minbar muntazir edi ularga. Yoshlar ittifoqi (Yoshlar ishlari agentligi)ning “Duel”, Yozuvchilar uyushmasining “Birinchi kitobim”, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining “So‘z” loyihalari va yana qancha imkoniyatlar... G‘arb Uyg‘onish davrida sanʼatning yuksalishi, Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo, Rafael kabi daholarning yetishib chiqishi ko‘plab omillarga bog‘liq. Olimlar bir sababni alohida ajratib ko‘rsatishni yoqtiradi: oldin rassomlar buyurtmachilarning eshigida sarg‘aygan bo‘lsa, keyin boyonlar san’atkorlarning qosh-qovog‘iga qaray boshlagan. Endi didsiz boyvuchcha yoki daqqi ruhoniyga yoqish-yoqmaslik san’atda asosiy mezon emasdi, xullas. O‘zbekistonda ham shunga yaqin sharoit shakllanib bormoqda. Ayniqsa, Bolalar kontentini rivojlantirish markazi, Kitobxonlikni rivojlantirish jamg‘armasi badiiy asar yozish uchun grant ajrata boshlagani quvonarli. Davlatimiz rahbarining madaniyat, san’at va adabiyot vakillari bilan uchrashuvida (2026-yil 1-iyun) yanada umidbaxsh va’dalar berildi. Eng muhimi, sa’y-harakatlar bir martalik bo‘lmasin, muntazamlik kasb etsin. Demak, iqtisodiy asoslar yaratilyapti; erkinlik muhiti bo‘g‘ilmasa, adabiyotimiz tarixida yana bir yaxlit avlod, Shavkat Mirziyoyev davrining adabiy avlodi maydonga keladi. Ular kimlar bo‘ladi? Najmiddin Turon, Mehrinoz Abbosova, Javlon Jovliyev, Jontemir Jondor, Tillaniso, Bek Ali, Shahriyor Shavkat, Nozima Habibullayeva, Feruza Xayrullayeva, Madina Norchayeva, Suhrob Ziyo... Saf uzun, ammo shoshmaylik, sanoqqa 20-30 yildan keyin barmoq bukaylik. Chunki islohotlar tizimli davom etishi bir yon bo‘lsa, iste’dod-u imkoniyatdan oqilona foydalanish har bir ijodkorga tan. “Til va adabiyot ta’limi” jurnalining 2026-yil 6-soniga kirishso‘z 🗄Farrux Jabborbek

Open in Telegram
Views321+20%vs avg
Forwards—
Reactions1
Comments—
#18035Photo
Views375+40%vs avg
Forwards—
Reactions7
Comments—
#18034Video
Views375+40%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#18030Text
Views424+59%vs avg
Forwards—
Reactions3
Comments—
#18029Text
Views473+77%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—
#18028Text
Views2680%vs avg
Forwards—
Reactions1
Comments—
#18027Text

Forwarded from Feruza Xayrullayeva

Centrum air bilan bog‘liq vaziyat necha kundan buyon jamoatchilik muhokamasida, tinyotgani yo‘q. Agar holat faqatgina bir bort kuzatuvchisi yo‘lovchini tushirib qoldirgani haqida bo‘lganida bitta uzr, kompensatsiya to‘lash bilan unutilardi. Lekin bu yerda judayam nozik masala bor — o‘zbek tilini hurmat qilishni o‘zbek xalqi so‘rashni boshladi. Ayni shu narsa juda ko‘pchilikni o‘rnidan qo‘zg‘atib qo‘ygandek. Xuddi kimlardir “Iya, bular ham odam bo‘lib qolibdimi, huquqini talab qilyapti, tilini hurmat qilishni so‘rashyapti, buni to‘g‘rilash kerak” deb buyruq bergandek, tarmoq ayolni himoya qilayotgan faollarga to‘lib ketdi. Og‘riqlisi, ularning deyarli hammasi o‘zbek, o‘zbekistonlik. Vaziyat ziyolilarimiz tarmog‘i deyiladigan feysbukda deyarli muhokama qilinmadi, twitterda foydalanuvchilar ikki guruhga bo‘lindi, instagramda xalq tilni hurmat qilishni, bort kuzatuvchini ishdan bo‘shatilishini so‘radi. Aviakompaniya oqibat aybdor xodimiga uzr so‘rattirdi, blogerga kompensatsiya to‘ladi va shu bilan ishni yopdi, go‘yo. Bloger ham men til uchunmas, o‘zim uchun kurashdim, deb mavzuni yopdi. (Blogerga e’tiroz bildirib bo‘lmaydi, bu uning shaxsiy qarori) Ammo uni aynan o‘zbek tili behurmat qilingani uchun qo‘llagan xalq xodimning ishdan ketishini so‘rashda davom etdi. Ayni shu joyda ikkinchi bir tomon ayol obro‘sizlantirilyapti, til bunday himoya qilinmaydi, degan da’vo bilan tilini himoya qilayotgan milllatga - o‘zbekka bosim qilishni boshladi. Bir qarashda bort kuzatuvchisi jabrdirydadek ko‘rinadi ularning matnlarida, uzr so‘ralgan videoda( Garchi videoda uning yuzida hech qanday afsus ko‘rinmagan bo‘lsa ham) Ammo, birinchi video nega esimizdan chiqyapti? Davlat tili — o‘zbek tilida gapirishni istamagan, o‘z xohishicha( hech qanday asossiz) yo‘lovchini boshqa davlatda qoldirib ketgan, video olinayktganda agressiv munosabat ko‘rsatgan xodim aynan shu ayol emasmidi? Aytaylik, mayli, masala, til bo‘lmasin. Yo‘lovchini asossiz samolyotga chiqarmagan va shu sabab kompaniyani obro‘sizlantirgan xodimga qanday chora ko‘rilishi kerak aslida? Nega bunday xodimni himoya qilish kerak jamoatchilik? Ayol bosim ostida qolyapti, ayol kishidan foydalandinglar, deb, millatni ayblashingiz ortida boshqa maqsad turgani nahotki sezilmaydi, deb o‘ylaysiz? Bu vaziyatda har qanday adekvat odam masala ayol-erkaklikda emas, noprofessional xodim va noto‘g‘ri munosabatdaligini tan olishi va shunga ko‘ra fikr bildirishi kerak emasmi? O‘zbek tilini hurmat qilmagan, noprofessional xodima jabrdiyda, kompaniyasini qutqarib qolgan salkam qahramonmi? Yana o‘sha gap — boshqa millat o‘zining huquqini talab qilsa, millatparvarlik, lekin o‘zbek talab qilsa, millatchilikmi?! Shunday o‘ylayotgan har biringizga uyat! Aslida bu masalada, yana bir og‘riqli jihat bor: tegishli tashkilotlar mavzuga qiziqish ham bildirishmadi, indamay qo‘ya qolishdi... Samolyotlarda o‘zbek tilining xo‘rlanishi haqida o‘n yillardan buyon aytib kelinadi. Lekin negadir tegishli tashkilotlar hech qanday chora ko‘rmaydi. Bortda jaranglaydigan uchuvchi-yu, kuzatuvchining quloqdan qon oqtirar “o‘zbekcha”sini eshitishmas ular balki… Nima bo‘lgandayam ayni vaziyat ko‘p narsani tushuntiradi. Va kimlarningdir (afsuski ular ichida men hurmat qilgan odamlar ham bor) propagandasiga qaramay aytamanki, tili hurmat qilinishini so‘rayotgan, tilini himoya qilayotgan xalq “haypchi” emas, qahramon xalq! @FeruzaXayrullayeva

Open in Telegram
Views323+21%vs avg
Forwards—
Reactions9
Comments—