“Yashil lot”lar e’lon qilindi: o‘z nomingizdan bog‘ yarating
“Yashil makon” loyihasining kuzgi mavsumida aholi va tadbirkorlar uchun juda xayrli tashabbus — “Yashil lot” tizimi ishga tushdi. Endilikda fuqarolar shartnoma asosida yer olib, daraxt ekishi va o‘zi yaratgan bog‘ga ota-onasi, farzandlari yoki o‘zining nomini berishi mumkin.
Bugungi kunda Andijon, Xorazm va Samarqand viloyatlarining barcha tuman-shaharlarida 10 tadan, Toshkent shahri, Toshkent, Buxoro, Farg‘ona, Qashqadaryo, Namangan, Navoiy, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida, shuningdek, davlat o‘rmon xo‘jaliklari hududlarida bog‘ yaratish uchun yer maydonlari taklif etilmoqda.
Eng muhimi, bu bog‘lar faqat yashillik va ezgulik uchun xizmat qiladi: yerlar xususiy mulkka o‘tkazilmaydi, unda bino qurish taqiqlanadi va barpo etilgan bog‘ barcha hamyurtlarimiz sayr qilishi uchun ochiq bo‘ladi.