🇺🇿🇰🇿 Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi «Ğiştköprik» çegara-bojxona posti qayta oçildi Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi «Ğiştköprik» («Jibek joli») çegara-bojxona posti 25-noyabr kuni soat 16:00 dan boşlab fuqarolar harakati uçun qayta oçildi. Xalq orasida «Çernyayevka» nomi bilan tanilgan bu post 2025-yil 5-fevralda tubdan qayta quriş uçun yopilgan edi. Bojxona qömitasi maʼlumotiga köra, modernizatsiyadan söng post hududi 6 gektardan 9 gektarga kengaytirildi. Endi bu maskan kuniga 100 ming nafargaça fuqaro, 3 000 ta yengil avtomobil va 400 ta avtobusni qabul qiliş quvvatiga ega. Yengil maşinalar uçun nazorat yölaklari 4 tadan 18 taga, töxtaş joylari esa 20 tadan 200 taga oşirildi. Şuningdek, elektron pasport nazorati (E-Gate) va transportlarni töliq qismlarga ajratmasdan tekşiruvçi maxsus skaner qurilmalari örnatilib, oqimning 95 foizi yengillashtirilgan tartibda ötkazilmoqda. Ikki qardoş xalq örtasidagi bordi-keldi, safar va qarindoşlik rishtalari yanada qulaylaşdi. Alloh taolo yölga çiqqan barça yurtdoşlarimizning safarini bexatar qilsin. 👤👤👤👤👤 sahifalari: ✈️Telegram • 📸Instagram • ▶️Youtube
Open in Telegram
Sardor Rahimxon | RASMIY
Sardor Rahimxonning rasmiy sahifasiga xush kelibsiz! • instagram.com/sardor_rahimxon_official • youtube.com/@sardorrahimxonsi ▫️Yurak Amri rasmiy sahifasi: t.me/yurak_amri_rasmiy
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 23, 2026 | 7,270 |
| Nov 24, 2026 | 7,313 |
| Nov 25, 2026 | 6,187 |
| Nov 26, 2026 | 6,880 |
Most viewed this month
- 01Views9.53KForwards—Reactions38Comments—
- 02Views8.43KForwards—Reactions37Comments—
- 03Views8.32KForwards—Reactions75Comments—
- 04Views7.9KForwards—Reactions26Comments—
Latest posts
🕊🕊🕊🕊🇪🇬 Misrda yonilği taşiyotgan yuk maşinasi ağdarilib, yonğin çiqdi: 31 kişi halok böldi Misrning Giza viloyati, al-Varroq hududidagi halqa yölida 25-noyabr keçasida yonilği ortilgan yuk maşinasi ağdarilib, kuçli portlaş va yonğin yuz berdi. Olov tirband yöldagi yondoş transport vositalarini ham tezda qamrab olgan. Misr Soğliqni saqlaş vazirligining sönggi maʼlumotiga köra, fojia oqibatida 31 kişi halok böldi, kamida 21 kişi turli darajadagi kuyiş jarohatlari bilan şifoxonalarga yotqizildi. Avvalroq prokuratura 30 ölim va 25 yarador haqida dastlabki hisob bergan edi. Misr Boş prokuraturasining dastlabki hisob-kitobiga köra, 27 ta transport vositasi — yengil maşinalar va mototsikllar yonib kul bölgan. Halokat sabablari tekşirilmoqda, şaxsi aniqlanmagan qurbonlar uçun DNK tekşiruvi tayinlangan, hukumat esa yaradorlarni davolaş va jabrlanuvçilarga yordam körsatişni öz zimmasiga oldi. Alloh taolo halok bölganlarni Öz rahmatiga olsin, ularning yaqinlariga sabr, şifoxonadagi yaradorlarga esa tezroq şifo bersin. 👤👤👤👤👤 sahifalari: ✈️Telegram • 📸Instagram • ▶️Youtube
Open in Telegram⚡️⚡️⚡️⚡️🚚🚚🚚🚚 Biz katta safarga yölga çiqdik, aziz millatim! Bizga daldangiz kerak, xalqim! Farğona, Andijon, Navoiy, Surxondaryo va Sirdaryo — millionlab mehribon insonlar kutgan ❤️#YurakAmrining yettinçi katta safari 🗓 26-27-28-29-noyabr kunlari Farğona viloyatida böladi. ▫️ Farğonadan izlab topilgan 200 ta haqiqiy haqdor, noçor oilalar holidan xabar oliş va ularga xalqimizning omonat ehsonlarini tarqatiş. ▫️ Bu degani — 500 dan ziyod yetim bolajonlarga mehr va xursandçilik ulaşamiz demakdir! 🤲 Uşbu uluğ savobli tarqatiş jarayonlarida xizmat qilib, bevosita yordam beriş istagidagi xolis insonlarni, farğonaliklarni kutib qolamiz. 📌 Manzil: Farğona şahri, Beşbola mavzesi, Istiqlol köçasi, 2A-uy. (Möljal: «Avto oyna» zavodi röparasi). 📞 Batafsil maʼlumot: +998 95 950 00 55 👤👤👤👤👤 sahifalari: ✈️Telegram • 📸Instagram • ▶️Youtube
Open in Telegram🇨🇴 Kolumbiyada 30 kişi supermarketda garovga olindi: xavfsizlik kuçlari ularning barçasini qutqardi Kolumbiyaning Kartaxena şahrida 24-noyabr kuni inkassator maşinasini tunaşga urinişdan söng qurollangan şaxslar «Éxito» supermarketiga kirib, qariyb 30 kişini garovga olgan edi. Xavfsizlik kuçlari 25-noyabrga ötar keçasi maxsus amaliyot ötkazib, qolgan barcha garovdagilarni ozod qildi. AFP agentligi xabariga köra, soatlab davom etgan muzokaralardan söng bosqinçilar avvaliga 10 nafarga yaqin odamni, jumladan keksa ayollarni qöyib yuborgan, binoda yana 20 nafarga yaqin kişi qolgan edi. Qurolli amaliyot davomida bosqinçilardan biri halok bölgan. Kolumbiya Prezidenti Abelardo de la Espriyella harbiy rahbariyat bilan birga Kartaxenadagi qömondonlik markaziga borib, operasiyani joyida boşqardi. Prezidentning 25-noyabr kuni soat 01:30 atrofida X sahifasida maʼlum qilişiça, bosqinçilarga taslim böliş imkoniyati berilgan, ammo ular rad etgaç, kuç işlatilib, garovdagilarning barçasi qutqarilgan. Alloh taolo begunoh insonlarni şunday xavfli vaziyatlardan Öz panohida asrasin, yurtlarda tinçlik va omonlikni barqaror qilsin. 👤👤👤👤👤 sahifalari: ✈️Telegram • 📸Instagram • ▶️Youtube
Open in Telegram🇺🇸 Donald Tramp Vaşingtonga sovğa qilingan özbek ayvonlari uçun Şavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi AQŞ Prezidenti Donald Tramp 24-noyabr kuni Truth Social sahifasida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga AQŞ mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan sovğa qilingan milliy ayvonlar uçun minnatdorlik bildirdi. Trampning yozişiça, u marosim vaqtida Marine One prezident vertolyotida hudud ustidan uçib ötgan va ayvonlar ajoyib körinayotganini taʼkidlagan. AQŞ rahbari özbekistonlik usta hunarmandlarning mehnatini alohida eʼtirof etdi. Uning qayd etişiça, ustalar bir neça oy oilalaridan uzoqda, oğir ob-havo şaroitida 200 yillik toğ yonğoği daraxtidan şunday mahoratli inşootlarni yaratgan. Tramp bu sovğani şaxsiy foydalanişda olib qolmay, Jefferson memoriali va Vaşington monumenti körinib turadigan West Potomac Park hududida jamoatçilik ixtiyoriga topşirganini maʼlum qildi. U Özbekistonning Vaşingtondagi elçixonasi hamda AQŞ Milliy boğlar xizmatiga ham rahmat aytib, ayvonlar kelgusida sayyohlar va diplomatik qabullar uçun gavjum maskanga aylanişiga işonç bildirdi. Ajdodlarimizdan meros hunar va meʼmorçilik bugun okean ortida ham yurtimiz nomini şaraflamoqda. Alloh taolo xalqimizning mehnati va ezgu taşabbuslarini barakali qilsin. 👤👤👤👤👤 sahifalari: ✈️Telegram • 📸Instagram • ▶️Youtube
Open in Telegram❗️❗️❗️❗️🇹🇷Turkiyada öquv parvoziga çiqqan harbiy vertolyot halokatga uçradi: 5 nafar harbiy halok böldi Turkiyaning Eskişehir viloyati, Tepebaşi tumanida 24-noyabr kuni Harbiy-havo kuçlariga qaraşli AS-532 rusumli harbiy vertolyot halokatga uçradi. Öquv parvoziga kötarilgan vertolyot şahar markazidan qariyb 25 kilometr uzoqlikdagi Yörükakçayır mahallasi yaqiniga qulab tuşgan. Turkiya Milliy mudofaa vazirligining rasmiy bayonotiga köra, hodisa oqibatida bortda bölgan 5 nafar harbiy xizmatçi halok böldi. Daily Sabah naşri xabariga köra, voqea joyiga Eskişehir öt öçiruvçilari va AFAD qutqaruv guruhlari yetib borib, xavfsizlik çoralarini körgan. Halokat sabablari hozirça nomaʼlum bölib, joyida tekşiruv işlari davom etmoqda. Alloh taolo vafot etgan harbiylarni Öz rahmatiga olsin, ularning oilalari va qardoş turk xalqiga sabr bersin. 👤👤👤👤👤 sahifalari: ✈️Telegram • 📸Instagram • ▶️Youtube
Open in Telegram♟ Javohir Sindarov jahon toji uçun bahsning ilk partiyasida Gukeş bilan durang öynadi Şveytsariyaning Jeneva yaqinidagi Kolonyi şahriçasida 24-noyabr kuni şaxmat böyiça jahon çempionligi maçining birinçi partiyasi bölib ötdi. 20 yoşli hamyurtimiz Javohir Sindarov amaldagi jahon çempioni, hindistonlik Gukeş Dommaraju bilan durang qayd etdi — hisob 0,5:0,5. The Guardian naşri xabariga köra, oq donalarda öynagan Sindarov vaqt böyiça sezilarli ustunlikka ega bölgan, ammo Gukeş himoyani saqlab qolgan. Bahs 38-yurişda uç marta pozitsiya takrorlanişi bilan yakunlandi. FIDE maʼlumotiga köra, 12-dekabrgaça davom etadigan maç 14 ta klassik partiyadan iborat: birinçi bölib 7,5 oçko töplagan şaxmatçi jahon çempioni böladi, hisob 7:7 bölsa, tezkor şaxmatda tay-breyk ötkaziladi. Mukofot jamğarmasi 2,5 million dollar bölib, bu musobaqa 140 yillik tarixdagi eng yoş jahon çempionligi bahsi sanaladi. Alloh taolo hamyurtimizga navbatdagi partiyalarda zehn ötkirligi, sobitqadamlik va munosib ğalaba nasib etsin. 👤👤👤👤👤 sahifalari: ✈️Telegram • 📸Instagram • ▶️Youtube
Open in Telegram🇹🇷 Turkiyalik armrestlingçi isroillik raqibiga qöl bermadi va uni 1 soniyada yengdi Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida 26-oktyabr – 7-noyabr kunlari ötgan armrestling böyiça 47-jahon çempionatidagi bir bellaşuv kadrlari noyabr oxirida ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Turkiyalik yoş sportçi Beytullah Macit 18 yoşgaça bölgan ösmirlarning 60 kg vazn toifasida, öng qöl bahsida isroillik Daniil Serbinenko bilan töqnaş keldi. DHA agentligi va N1 telekanali xabariga köra, musobaqa davomida boşqa raqiblari bilan odatdagidek salomlaşgan Macit bu gal Serbinenkoning uzatgan qölini siqmadi. Şundan söng stol yoniga ötib, raqibini atigi bir soniyada mağlub etdi — DHA uni turnirning eng qisqa bellaşuvi deb atadi. Bursa şahridagi «Irfan Gençlik» klubi tarbiyalanuvçisi yarim finalda rossiyalik Abdulloh Baykulovga imkoniyatni boy berib, öng qölda bronza medalini qölga kiritdi. DHA maʼlumotiga köra, u şuningdek çap qöl bahsida jahon ikkinçisi bölib, kumuş medalga ham ega çiqqan. Qöl berib körişmaslik holati yuzasidan na sportçilar, na xalqaro federatsiya rasmiy izoh bermadi. Maydonda sözi emas, pozitsiyasi va mehnati gapiradigan yoşlar köpayaversin. Alloh taolo halol kuraşda ğayrat qilayotgan barça yoşlarimizga kuç va munosib natijalar nasib etsin. 👤👤👤👤👤 sahifalari: ✈️Telegram • 📸Instagram • ▶️Youtube
Open in Telegram♟ Javohir Sindarov bugun şaxmat böyiça mutlaq jahon çempionligi uçun tarixiy kuraşga kirişmoqda Bugun, 2026-yil 24-noyabr kuni Şveytsariyaning Jeneva şahrida şaxmat böyiça FIDE jahon çempionligi maçi başlanadi. Unda 20 yoşli özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov amaldagi jahon çempioni, hindistonlik 20 yoşli Gukeş Dommarajuga qarşi dona suradi. Toşkent vaqti bilan soat 19:00 da başlanadigan ilk partiyada hamyurtimiz oq donalarda öynaydi. 24-noyabrdan 12-dekabrgacha davom etadigan tarixiy bellaşuv 14 ta klassik partiyadan iborat bölib, kim birinçi bölib 7,5 oçko töplasa, jahon tojiga ega çiqadi. Musobaqaning umumiy mukofot jamğarmasi 2,5 million dollarni taşkil etadi va ikki nafar 20 yoşli şaxmatçi iştirokidagi bu bahs tarixdagi eng yoş jahon çempionligi maçi sifatida qayd etilmoqda. Eslatib ötamiz, 2004-yilda hamyurtimiz Rustam Qosimjonov ham FIDE talqini böyiça jahon çempioni bölgan edi, biroq 1993–2006-yillarda şaxmat olami ikkiga bölingani sababli öşa paytda ikkita çempionlik unvoni mavjud bölgan. 2006-yildan beri yana yagona va mutlaq jahon çempioni aniqlanadi — agar Sindarov ğalaba qozonsa, uning nomi Kasparov, Karpov va Karlsen kabi afsonalar bilan bir qatorga yoziladi. Alloh taolo hamyurtimiz Javohir Sindarovga şu ulkan musobaqada kuç-quvvat, zehn ötkirligi va munosib ğalaba nasib etib, yurtimiz bayroğini yana bir bor baland kötarişini nasib qilsin. 👤👤👤👤👤 sahifalari: ✈️Telegram • 📸Instagram • ▶️Youtube
Open in Telegram📰📰📰📰 Serbiyada 17 yoshli o‘quvchi texnikumda otishma sodir etdi: ikki nafar maktab xodimi jarohatlandi Bugun, 2026-yil 24-noyabr kuni ertalab soat 08:00 lar atrofida Serbiyaning Kraguyevats şahridagi Birinçi texnikumda otişma yuz berdi. Mamlakat Içki işlar vazirligi va Associated Press maʼlumotlariga köra, uşbu taʼlim muassasasining 17 yoşli öquvçisi kiçik kalibrli miltiq bilan bino foyesida öt oçgan, politsiya esa uni tezkorlik bilan zararsizlantirib qölga olgan. Hodisa oqibatida ikki nafar muassasa xodimi jarohatlangan: ulardan biri öqotar quroldan, ikkinçisi esa singan oyna parçasidan şikastlangan. Rasmiylarning tasdiqlaşiça, öquvçilar orasida jabrlanganlar yöq. Hozirda huquq-tartibot idoralari voqea joyida iş olib bormoqda — ösmir qurolni qayerdan olgani va bunday xatti-harakatga nima sabab bölgani tergov davomida aniqlanadi. Eslatib ötamiz, Serbiyada 2023-yil may oyida Belgrad maktablaridan birida yuz bergan fojiadan söng qurol nazorati va maktablar xavfsizligiga eʼtibor keskin kuçaytirilgan edi. Alloh taolo jarohatlanganlarga tezroq şifo bersin, farzandlarimiz va taʼlim maskanlarini har qanday yomonlik hamda xavf-xatardan öz panohida asrasin. 👤👤👤👤👤 sahifalari: ✈️Telegram • 📸Instagram • ▶️Youtube
Open in TelegramConnections
Similar channels
Vaib.uz - Новости Узбекистана на вайбе@vaibuzNews and media18.5K
Bugun.uz | Расмий канал@bugunrasmiyNews and media18.6K
Oʻzbekiston 24 (rasmiy)@uzbekistan24hdNews and media18.1K
🌐QUVALIKLAR 24 | YANGILIKLAR@quvaliklar_24News and media18.9K
JIZZAXJON🇺🇿@jizzaxjonuzNews and media19.1K
LIDERLAR@liderlar1News and media17.8K
IHMA Farğona viloyati@ihma_fargonaNews and media17.7K
Samarkand & Самаркандцы (18+)@samarkand100News and media17.7K