Account

Posts of Psixosfera

newest first

#792Text
Views252−66%vs avg
Forwards—
Reactions22
Comments—
#787Photo
Views617−16%vs avg
Forwards—
Reactions14
Comments—
#785Text
Views521−29%vs avg
Forwards—
Reactions31
Comments—
#784Text
Views900+22%vs avg
Forwards—
Reactions32
Comments—
#782Text
Views939+27%vs avg
Forwards—
Reactions41
Comments—
#781Video
Views925+25%vs avg
Forwards—
Reactions22
Comments—
#780Text
Views915+24%vs avg
Forwards—
Reactions39
Comments—
#778Text
Views997+35%vs avg
Forwards—
Reactions28
Comments—
#772Text

Abyuzer bilan munosabat boshlanishidan oldin sezishingiz kerak bo‘lgan signallar 1️⃣ Haddan ortiq rashk, patologik koʻrinishda: kechroq javob bergani uchun janjal koʻtarish, hali nikoh qurmay ham kiyimlaringizni detallarigacha aralashib, boshqalar bilan oddiy kundalik muloqotlarni-da cheklaydi. Buning ortida esa oʻta yuqori nazorat yotadi. 2️⃣ Qiz bolani bir marta koʻriboq unga uylanaman deb yopishib olish. Aqli joyida inson birinchi marta koʻrishdayoq hech qanday mantiqni ishlatmasdan turib qizga yopishib olmaydi. Bu holat esa u odamning impulsivligini — ya’ni kerak joyda tormozini bosa olmasligini koʻrsatadi va bu ishi chegaralarni buzib kirish strategiyasi hisoblanadi. 3️⃣ Oldindan qoʻyiladigan haddan ortiq talablar: “eng birinchi ota-onamga yoqishing kerak”, itoatda boʻlishing kerak, ishlamaysan, oʻqimaysan va hokazo. Toʻgʻri, oila bu kelishuv, qaysidir joylarda taraflar oʻzini korreksiya qiladi. Biroq boshidanoq bomba tushgandek bunday katta talablar qoʻyish u odamdan tezgina qochish uchun yaxshigina belgi boʻla oladi. 4️⃣ Oʻzining muammolarida faqatgina boshqalarni ayblaydi. Bu infantillikning yaqqol koʻrinishi. Mas’uliyat hissidan ham bebahra degani bu. 5️⃣ Ular haddan tashqari sezgir: dasturxondagi salfetka chetroqqa chiqib qolganiga, ovqatni issiq-sovuqligi va hokazo mayda narsalarga ham juda sezuvchan boʻlishadi. 6️⃣ Oʻzidan pastroq tabaqadagi odamlar, hodim, ofitsiantlarga muomalasi qoʻpolroq boʻlishi ehtimoli katta. Oʻz-oʻzidan, oʻzidan yuqorilarga esa haddan tashqari ehtiromli boʻladi. 7️⃣ Jins tafovutidagi rollarda haddan tashqari infantillik: oʻz huquqlariga mas’uliyat bilan qaramaydi yoki bu ishlar faqatgina ayollarga tegishli deb oʻzini haddan ortiq chetga oladi. Hattoki eng oddiy: bolani vaqtincha koʻtarib turish, kiyimlarni chetga olib qoʻyish kabi mayda ishlarda ham. 8️⃣ Kimnidir qachondir urgani yoki shunday zoʻravonlik ishlarini romantizatsiya qiluvchilarda ham agressiyaga moyillik kuzatiladi. Eshikni qarsillatib yopish, soʻkinib yuborish, qoʻlidagini otib yuborish ana shu agressiyaning eng boshlangʻich belgilaridan. Aslida, ilmiy nuqtayi-nazardan olib qaralganda bunday umumlashtirishlardan har doim chetlaniladi. Ammo ba’zida umumiy keyslarning yakdilligi bu signallarning rostligini qayta-qayta isbotlayveradi. @psycho_sphere

Open in Telegram
Views1,110+50%vs avg
Forwards—
Reactions31
Comments—
#767Text
Views807+9%vs avg
Forwards—
Reactions34
Comments—
#766Text

Bir tomonda ilm, kitoblar, tafakkur va yillar davomida o‘zingni shakllantirish yoʻli. Boshqa tomonda esa ijtimoiy tarmoqlardagi jozibador qiyofalar, hashamat, sayohatlar va go‘yoki hech qanday mashaqqatsiz kechayotgan yengil hayot.. Birida hayot mazmunini izlash, ikkinchisida undan shunchaki zavqlanish istagi yotgandek. Xo‘sh, inson qaysi birini tanlashi kerak: mazmunli yashashnimi yoki chiroyli hayotni? Anglashnimi yoki zavqlanishni? Nahotki biriga yetish uchun ikkinchisidan kechish shart bo‘lsa? Aslida ilm va tafakkur tuyg‘ularni so‘ndirmaydi, aksincha, ularni o‘tkirlashtirishga xizmat qiladi. Chunki odam o‘zini anglagani sari dunyoni ham shunchaki yuzaki emas, ancha teran his eta boshlaydi: endi u ko‘chalarni shunchaki kezmaydi, ularning ruhini tuyadi, tarixini his qiladi; shunchaki choy ichmaydi, o‘sha bir piyola choyning ta’mini, sukunat lahzasini bor borlig‘i bilan sezadi. Ammo bu muvozanat buzilsa-chi? Inson nega faqat bir tomonni tanlaganda o‘zini to‘liq baxtli his etolmasligini psixologiyadagi o‘z-o‘zini belgilash nazariyasi (Self-Determination Theory) juda aniq tushuntirgan. Unga ko‘ra, kishi farovonligi uch asosiy ehtiyojning teng qondirilishi bilan o‘lchanadi: kamolot (o‘sish), avtonomiya (erkinlik) va aloqadorlik (munosabatlar). Faqat bittasiga yopishib olish esa muqarrar ravishda qolgan ehtiyojlarning och qolishiga olib keladi. Demak, kishi faqat bir qutbda yashash uchun yaratilmagan. U aqlan o‘sishni ham, bu hayotdan chin dildan zavqlanishni ham, erkin tanlovni ham, sevib-sevilishni ham birdek xohlaydi. Karl Yung aytganidek: “Tashqariga qaragan odam tush ko‘radi, ichkariga qaragan odam uyg‘onadi.” Hayot faqat izlanishdan ham, faqat o‘yin-kulgidan ham iborat emas. Biz ba’zan uygʻoq boʻlishimiz, ba’zan tushlarda ham yashashimiz kerak. Biri yashashga sabab bersa, ikkinchisi yashayotganingni his qildirib turadi. Eng muhimi ham shu oltin o‘rtaliqni topa bilishda, balki. @psycho_sphere

Open in Telegram
Views725−2%vs avg
Forwards—
Reactions23
Comments—