Ahmoq ona butun oilani parokanda qilib tashlaydi: •koʻzi och, dunyoga toʻymaydigan ona bolalarining birisi ikki boʻlishiga qoʻymaydi; •egoist ona bolalarini ham xudbin qilib oʻstiradi; •sertakalluf, maddoh ona farzandlarni qul sifatida tarbiyalaydi; •bolalarini bir-biriga qarshi qoʻyadigan ona ular orasidagi mehrni raqobatga aylantirib tashlaydi; •doimiy qurbon rolida boʻlgan ona farzandlarida aybdorlik hissi va tuganmas qarzdorlik tuyg‘usini uyg‘otadi; •haddan tashqari sovuqqon ona farzandlarini hissiz, ehtiyoj va hislarini ayta olmaydigan qilib yetishtiradi; •faqat tashqi obroʻ uchun yelib-yuguradigan ona nafas olishi uchun ham “odamlar nima derkin” deb yashaydigan zombilarni ulgʻaytiradi; •oʻz gʻazabini boshqara olmaydigan ona haddan ortiq xavotirchan farzandlarni yetishtiradi. “Ona” soʻzi oʻrniga “ota”ni ham qoʻyish mumkin. @psycho_sphere
Открыть в TelegramПосты канала Psixosfera
— Ham zalga borging, ham til o‘rganging, ham rasm chizishni davom ettirib, ko‘p kitob o‘qiging keladigan davr nima deb ataladi? — Uyqudan oldingi o‘sha ajoyib 5 daqiqa)
Открыть в TelegramDabdababozlik — bu boringcha bor boʻlish oʻrniga qanday koʻrinish muhimroqligi: ya’ni kishi oʻzining asli nima ekanligi bilan emas, nimaga egaligi va buni qanday namoyish qila olishi bilan oʻlchanadigan mexanizm. Dabdababozlik ortida tashqi hashamat bilan ichki toʻliqsizlik/ishonchsizlik/qadrsizlikni kompensatsiya qilish yotadi. Bunda kiyim, uy-joy, soat, mashina va hokazo kabi tashqi atributlar insonning shunchaki qulayligi uchun emas, balki uning ijtimoiy statusini oshirish uchun xizmat qiladi. Qimmat buyum har doim ham oʻzini isbotlash belgisi emas albatta, qachonki inson oʻz qadrini shu orqali isbotlashga ehtiyoj sezmagunicha. Buning uchun esa vijdonan qarab koʻriladigan kichik check-up: oʻsha matohlar kishi hayotidan chiqib ketganida ham u oʻz stabilligi va oʻziga boʻlgan hurmati joyida qoladimi, yoki aksincha, oʻsha narsalar unda paydo boʻlganida ham uning oʻziga va boshqalarga munosabati oʻzgarmaydimi — demak hammasi ok. Ya’ni na borligi kibrlantirmasin va na yoʻqligi sindirmasin. Islom ulamolari aytganidek, “dunyoga ega boʻl, ammo uni oʻzingga singdirib olma” deyishganida ham balki shu teoriya nazarda tutilgandir, ehtimol. @psycho_sphere
Открыть в TelegramParadoks shundaki, sen bir soha mutaxassisi bo‘lsang, sendan muayyan voqea-hodisalarga aniq tashxis va bir yo‘nalishda fikr bildirish kutiladi. Ammo shu sohada bilimlaring qanchalik chuqurlashib, dunyo haqidagi tushunchalaring kengayib borgani sari, hodisalarga faqat bitta prizma orqali emas, turli rakurslardan qaray boshlaysan. Ularning ortida turli sabablar, kontekstlar va ehtimollar borligini tushunasan. Natijada bitta yorliq yopishtirish yoki qat’iy hukm chiqarish endi qiyinlashadi. Mavjud murakkablikni koʻrib baholay olish bilimdonlik boʻlsa, ana shu murakkablik/noaniqlikda ham asosli qaror qabul qila olish yetuk tafakkur boʻlsa kerak. @psycho_sphere
Открыть в TelegramInson hayotidagi muhim qarorlarni boshqalarning tajribasi yoki ularga qarab chiqargan xulosalari asosida emas, o‘z sharoiti, qadriyatlari va ehtiyojlarini anglagan holda qabul qilishi kerak. Masalan, ajrashish masalasida deylik. Kimdir ajrashib baxtli bo‘lib ketgani ajrashishga undamasligi, boshqa birovning ajrashib qiynalib qolgani esa og‘ir nikohga chidab yashashga majburlamasligi lozim. Yoki oila qurishda: birovning baxtli oilasi odamni shoshiltirib qo‘ymasligi, muvaffaqiyatsiz nikohlar esa oila qurishdan qo‘rqitib qo‘ymasin. Birov sevgan ishidan katta daromad topayotgani boshqa birini aynan shu sohani tanlashga undamasin, boshqaning afsuslanishi esa o‘z qiziqishlaridan voz kechishiga sabab bo‘lmasin. Xuddi shuningdek, kimdir diplom bilan, boshqa biri diplomsiz muvaffaqiyatga erishgani ham oliy ta’limning hamma uchun yagona to‘g‘ri yoki keraksiz yo‘l ekanini koʻrsatmaydi. Imom Gʻazzoliy “Ihyou ulumiddin” asarida ham ayni bu borada soʻz bitgan ekan: “Bir bemorga shifo bo‘lgan dori ikkinchisiga zarar qilishi mumkin. Xuddi shuningdek, bir kishining holatiga mos kelgan yo‘l boshqasiga to‘g‘ri kelmaydi”. Har bir insonning boshlang‘ich nuqtasi, resursi va imkoniyatlari turlicha. Shu sababli bir odam uchun to‘g‘ri bo‘lgan yo‘l boshqasi uchun mutlaq xato bo‘lishi mumkin. Nima xohlayapsiz, qay yoʻsinda va sizga qaysi biri mos keladi, aniqlab olish – masala shunda. @psycho_sphere
Открыть в TelegramYangi alifboda yozilgan matn o‘qisam, miyamda chalkashlik yuzaga kelyapti: vizual idrok bilan ma’noni anglash jarayoni birlasha olmayapti. Ya’ni, matndagi so‘zlarni harflab o‘qib olishga ketayotgan zo‘riqish matnning umumiy mazmunini tushunishga to‘sqinlik qilyapti — matnni amallab oʻqiyapman-u, uning mazmun-mohiyatini esa deyarli anglamayapman. Faqat kirillda yozib-oʻqishga odatlangan va “lotincha oʻqishga qiynalaman” deydigan avlodni endi yaxshiroq tushunyapman)
Открыть в TelegramOdamoʻgʻliga xos sifatlardan biri: biror voqea yuz beradi, bundan ta’sirlanib kishining vijdoni joyidan gʻimirlagandek boʻladi, koʻzi yarq etib ochiladi, qilgan ishlarini biroz sarhisob qilib ortga boqib koʻradi, oʻtganlarning ortidan oʻzi ham bir kun ketishini his qiladi va bir kun tark etilishi muqarrar boʻlgan narsalar uchun nega buncha jon kuydirdim deya oʻtgan umriga achinib, oʻylab qoladi. Ortidan quvgan istaklari, umrini sarflagan tashvishlari koʻz oldida birdaniga oʻz ahamiyatini yoʻqotadi. Kunlar oʻtadi, eski tashvishlar oʻz oʻrnini egallaydi va kishi yana oʻz dunyosiga shoʻngʻib ketadi..
Открыть в TelegramDostoyevskiy, “Oydin tunlar” Xayolparastning 4 kunlik “umri” haqida. Agar siz haddan ortiq realist bo‘lsangiz, bu qahramon biroz g‘ashingizni keltirishi mumkin. Ammo hayotda shunday odamlar ham bor: doimo e’tibordan chetda qolib, o‘z dunyosida yashaydigan odamlar. Xayolparast 26 yoshigacha devorlar, ko‘chalar, uylar bilan do‘stlashib, xayollarida o‘zi uchun bir hayot yaratgan edi. Keyin Nastenka paydo bo‘ldi. Atigi to‘rt kun unga real hayotni, baxtni his qilish imkonini berdi. Keyin esa u ketdi… Xayolparast Nastenkani yoʻqotishidan koʻra, eski hayotiga qaytgani achinarli edi aslida. Chunki ungacha unda umid bor edi: Nastenka kelmagan yoriga achchiq qilib, xayolparastni tanlaganini aytgandi, ammo bir lahzada hammasi oʻzgarib ketdi. Nastenkaning ahmoqona oniy hissiyotlarining qurboni bechora Xayolparast boʻldi..) Asarda Dostoyevskiy unga hatto ism ham bermagan, chunki u chindan ham jamiyat uchun hech kim edi… @psycho_sphere
Открыть в TelegramIntellektual doʻstlik nega kerak: “Miyamdagi ma’lumotlar bir oʻzimga ogʻirlik qilyapti. Kel uni sen bilan boʻlishib, birgalikda tahlil qilamiz”. Miya faqat ma’lumot toʻplash uchun emas, ularni sintez qilish va ma’no chiqarish uchun ham yaratilgan. Unda yigʻilib qolgan mulohazalarni boshqa bir ongga uzatish jarayonining oʻziyoq fikrlaringizni tartibga soladi, bu esa “cognitive offloading” - tashqi idrok yordamida yukni boʻlishish deb ataladi: qachonki siz gʻoyani tilga koʻchirganingizda, uni oʻzingizdan tashqariga chiqarib xolis obyekt sifatida koʻra boshlaysiz. Doʻstingizning esa mavzuga boshqa prizmadan bergan bittagina “bu tomondan ham koʻrganmisan?” kabi savolining oʻziyoq neyronlarni chirsillatib, qarashlarni kengaytirishga xizmat qilishi mumkin. Xoʻsh, sizda ana shunday suhbatlar qura oladigan doʻstlaringiz bormi?) @psycho_sphere
Открыть в TelegramAbyuzer bilan munosabat boshlanishidan oldin sezishingiz kerak bo‘lgan signallar 1️⃣ Haddan ortiq rashk, patologik koʻrinishda: kechroq javob bergani uchun janjal koʻtarish, hali nikoh qurmay ham kiyimlaringizni detallarigacha aralashib, boshqalar bilan oddiy kundalik muloqotlarni-da cheklaydi. Buning ortida esa oʻta yuqori nazorat yotadi. 2️⃣ Qiz bolani bir marta koʻriboq unga uylanaman deb yopishib olish. Aqli joyida inson birinchi marta koʻrishdayoq hech qanday mantiqni ishlatmasdan turib qizga yopishib olmaydi. Bu holat esa u odamning impulsivligini — ya’ni kerak joyda tormozini bosa olmasligini koʻrsatadi va bu ishi chegaralarni buzib kirish strategiyasi hisoblanadi. 3️⃣ Oldindan qoʻyiladigan haddan ortiq talablar: “eng birinchi ota-onamga yoqishing kerak”, itoatda boʻlishing kerak, ishlamaysan, oʻqimaysan va hokazo. Toʻgʻri, oila bu kelishuv, qaysidir joylarda taraflar oʻzini korreksiya qiladi. Biroq boshidanoq bomba tushgandek bunday katta talablar qoʻyish u odamdan tezgina qochish uchun yaxshigina belgi boʻla oladi. 4️⃣ Oʻzining muammolarida faqatgina boshqalarni ayblaydi. Bu infantillikning yaqqol koʻrinishi. Mas’uliyat hissidan ham bebahra degani bu. 5️⃣ Ular haddan tashqari sezgir: dasturxondagi salfetka chetroqqa chiqib qolganiga, ovqatni issiq-sovuqligi va hokazo mayda narsalarga ham juda sezuvchan boʻlishadi. 6️⃣ Oʻzidan pastroq tabaqadagi odamlar, hodim, ofitsiantlarga muomalasi qoʻpolroq boʻlishi ehtimoli katta. Oʻz-oʻzidan, oʻzidan yuqorilarga esa haddan tashqari ehtiromli boʻladi. 7️⃣ Jins tafovutidagi rollarda haddan tashqari infantillik: oʻz huquqlariga mas’uliyat bilan qaramaydi yoki bu ishlar faqatgina ayollarga tegishli deb oʻzini haddan ortiq chetga oladi. Hattoki eng oddiy: bolani vaqtincha koʻtarib turish, kiyimlarni chetga olib qoʻyish kabi mayda ishlarda ham. 8️⃣ Kimnidir qachondir urgani yoki shunday zoʻravonlik ishlarini romantizatsiya qiluvchilarda ham agressiyaga moyillik kuzatiladi. Eshikni qarsillatib yopish, soʻkinib yuborish, qoʻlidagini otib yuborish ana shu agressiyaning eng boshlangʻich belgilaridan. Aslida, ilmiy nuqtayi-nazardan olib qaralganda bunday umumlashtirishlardan har doim chetlaniladi. Ammo ba’zida umumiy keyslarning yakdilligi bu signallarning rostligini qayta-qayta isbotlayveradi. @psycho_sphere
Открыть в TelegramKelinglar mana bunday kelishamiz: men bir yaxshi, ilmiy-ommabop kurs tayyorlab sizlarga taqdim etay-da, sizlar uni sotib olib menga master degree qilishimga hissa qoʻshishib yuboringlar. Okay? 😕 Xay, qarabsizki, ikki tomon ham foydada oxir-oqibat) Yoʻqsa mana bu narxlar meni biroz choʻchitib yuboryapti. Uddalaymizku, toʻgʻrimi?)
Открыть в TelegramSir emaski, statistika boʻyicha rasmiy nikoh qurishlar soni Oʻzbekistonda ham yildan-yilga kamayib boryapti. Ayrimlar bu borada “Feminizm va turli ..izmlar ta’siri bu. Mana niyatlariga yetishyapti!” deb hayqirishadi. Lekin real haqiqatlar bilan yuzlashishdan qochmaslik kerak. Videoda esa bu holatning eng katta sabablaridan biri batafsil tushuntirilibdi.
Открыть в TelegramQizim “Najot ta’lim” qoshidagi Robbit akademiyasi kursida oʻqiydi ancha vaqtdan beri. Hozir hali oʻzi kichik boʻlishiga qaramay, boshlangʻich dasturlash, dizaynlar yaratish, kodlarni robotlarga ulab, ularni ishlata olishni yaxshi uddalayapti. Boylar bolalarini xususiy maktablarda oʻqitayotgan zamonda biz mana shu kursni davomli olib borayotganimizni ham katta ish sanaymiz ba’zida)) Koʻpchilik tushunmaydi, savol beradi “Bu soha qiz bolaga nega kerak oʻzi?” deb. Hech yoʻq qiziqishlarini oʻldirmaslik uchun ham, deb javobni qisqa qilaman. Hatto oʻtgan yili oʻzining sinf rahbari “Qiz bolaga kerak kasbni oʻrgansang boʻlmaydimi” deb keskin tanqid qilganida, ular eski tizim odami ekanligini qizimga tushuntirib, oxiri sinfini oʻzgartirgandik. Koinotga, robotlarga juda qiziqishi bilan bir qatorda, qoʻliga tushganki narsadan nimadir ijod qilib, chizib, yasab ketadi. Shu qiziqishini vaqtida payqab, yoʻnaltirgandik. Kelajakda ham ijobiy meva berishiga yaxshi umid qilamiz. “Eng kamida, Nasa’ni kashf qilasan oʻzing uchun” deb ilhom berib turaman. Mana bunaqa xabarlarni oʻqiganimda esa, buyuk kelajak bizga ham unchalik uzoqda emas demak, deb umid qilib qoʻyaman)
Открыть в TelegramBir tomonda ilm, kitoblar, tafakkur va yillar davomida o‘zingni shakllantirish yoʻli. Boshqa tomonda esa ijtimoiy tarmoqlardagi jozibador qiyofalar, hashamat, sayohatlar va go‘yoki hech qanday mashaqqatsiz kechayotgan yengil hayot.. Birida hayot mazmunini izlash, ikkinchisida undan shunchaki zavqlanish istagi yotgandek. Xo‘sh, inson qaysi birini tanlashi kerak: mazmunli yashashnimi yoki chiroyli hayotni? Anglashnimi yoki zavqlanishni? Nahotki biriga yetish uchun ikkinchisidan kechish shart bo‘lsa? Aslida ilm va tafakkur tuyg‘ularni so‘ndirmaydi, aksincha, ularni o‘tkirlashtirishga xizmat qiladi. Chunki odam o‘zini anglagani sari dunyoni ham shunchaki yuzaki emas, ancha teran his eta boshlaydi: endi u ko‘chalarni shunchaki kezmaydi, ularning ruhini tuyadi, tarixini his qiladi; shunchaki choy ichmaydi, o‘sha bir piyola choyning ta’mini, sukunat lahzasini bor borlig‘i bilan sezadi. Ammo bu muvozanat buzilsa-chi? Inson nega faqat bir tomonni tanlaganda o‘zini to‘liq baxtli his etolmasligini psixologiyadagi o‘z-o‘zini belgilash nazariyasi (Self-Determination Theory) juda aniq tushuntirgan. Unga ko‘ra, kishi farovonligi uch asosiy ehtiyojning teng qondirilishi bilan o‘lchanadi: kamolot (o‘sish), avtonomiya (erkinlik) va aloqadorlik (munosabatlar). Faqat bittasiga yopishib olish esa muqarrar ravishda qolgan ehtiyojlarning och qolishiga olib keladi. Demak, kishi faqat bir qutbda yashash uchun yaratilmagan. U aqlan o‘sishni ham, bu hayotdan chin dildan zavqlanishni ham, erkin tanlovni ham, sevib-sevilishni ham birdek xohlaydi. Karl Yung aytganidek: “Tashqariga qaragan odam tush ko‘radi, ichkariga qaragan odam uyg‘onadi.” Hayot faqat izlanishdan ham, faqat o‘yin-kulgidan ham iborat emas. Biz ba’zan uygʻoq boʻlishimiz, ba’zan tushlarda ham yashashimiz kerak. Biri yashashga sabab bersa, ikkinchisi yashayotganingni his qildirib turadi. Eng muhimi ham shu oltin o‘rtaliqni topa bilishda, balki. @psycho_sphere
Открыть в Telegram