✅ “Har bir so‘m o‘z o‘rnida ishlatilib, odamlar bu o‘zgarishlar natijasini o‘z oilasida, kundalik hayotida his qilsin” — Saida Mirziyoyerva Prezident huzurida 2027-yilgi Davlat budjeti va iqtisodiy o‘sishning yangi modeli muhokama qilindi. “Asosiy soliqlar oshirilmaydi. Tadbirkorlarga keng yo‘l ochib, zamonaviy sanoatni rivojlantiramiz va yangi ish o‘rinlari yaratamiz. Chunki iqtisodiyot qancha kuchaysa, odamlar farovonligi uchun ham shuncha ko‘p imkoniyat paydo bo‘ladi: kelgusi yilda ham budjetning eng katta qismi farzandlarimiz ta’limi, tibbiyot va mahallalar obodligiga ajratiladi. Bunda asosiy e’tiborimiz raqamli nazorat va ochiqlikni kuchaytirishga qaratiladi. Toki har bir so‘m o‘z o‘rnida ishlatilib, odamlar bu o‘zgarishlar natijasini o‘z oilasida, kundalik hayotida his qilsin”, — deya yozdi Prezident Administratsiyasi rahbari. 🌷 VisitPresident
Open in TelegramPosts of Visit_President_Uzb🇺🇿
🔷“Dunyoning yetakchi ilm-fan markazlaridan birida kengash a’zosi sifatida uning istiqboliga hissa qo‘shish men uchun sharaf” — Komil Allamjonov Prezident Administratsiyasi rahbarining maslahatchisi Komil Allamojonov Jorj Vashington universiteti Maslahat kengashi yig‘ilishida oliygoh prezidenti Ellen Granberg bilan uchrashdi. “Sun’iy intellekt davrida oliygohning kelajagi va yangi rivojlanish strategiyasi yuzasidan mazmunli fikr almashdik”, — deyiladi xabarda. 🌷 VisitPresident
Open in Telegram🩺 Prezidentimizning BMT Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasidagi (COP31) nutqidan asosiy fikrlar 🌷 VisitPresident
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 63 h | 3,748 |
| 77 h | 3,776 |
- Total to date3,776
🌐 O‘zbekiston Birinchi xonimi “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan yuqori darajadagi uchrashuvda ishtirok etdi Mazkur alyans davlat va hukumat rahbarlari rafiqalarinining tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilarni kamaytirish tamoyillarini ilgari surish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini birlashtirishga qaratilgan. 🌷 VisitPresident
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 64 h | 2,180 |
| 78 h | 2,186 |
- Total to date2,186
Prezidentimiz ishtirok etgan Jahon sammiti doirasida “Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishiga chidamli landshaftlar” (CLiCA) mintaqaviy dasturiga start berildi. 🔷Dasturning xalqaro arxitekturasi | Moliyaviy ko‘lami | Aholi hayotiga ijobiy ta’siri | Aniq amaliy ko‘rsatkichlar (nimalar qilinadi?) → batafsil: infografikada. 🌷 VisitPresident
Open in Telegram🇺🇿🇫🇷 Saida Mirziyoyeva Parijda Fransiya Prezidenti bilan uchrashdi “Emmanuel Makron bilan uchrashuvda unga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomini yetkazdim. Mudofaa, xavfsizlik, kibertexnologiyalar va sun’iy intellektdan tortib, yirik iqtisodiy va gumanitar loyihalargacha bo‘lgan yo‘nalishlarda strategik sherikligimizni rivojlantirish haqida fikr almashdik”, – deya yozdi Prezident Administratsiyasi rahbari. 🌷 VisitPresident
Open in TelegramPrezident Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tayotgan COP31 sammiti doirasida xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar rahbarlari, shuningdek, xorijiy davlatlar yetakchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. ✔️ Qanday masalalar muhokama qilindi? Ustuvor yo‘nalishlar, amaliy natijalar va aniq loyihalar — batafsil: infografikada. 🌷 VisitPresident
Open in Telegram🔷Prezident Administratsiyasi rahbari Parij tinchlik forumida ishtirok etdi “Parij tinchlik forumida ko‘pchilikni bolalar taqdiri va Samarqandda biz ko‘targan masalalar chindan o‘ylantirayotganini his qildim”, — dedi Saida Mirziyoyeva. Forumda Bolalar farovonligiga investisiya kiritish bo‘yicha jahon sammitida qabul qilingan Samarqand deklaratsiyasi alohida muhokama qilingani, O‘zbekiston tajribasi jahon miqyosida qiziqish uyg‘otayotgani e‘tirofga loyiq. “Aslida tinchlik degani — har bir bolaning qayerda va qanday oilada tug‘ilganiga qaramay, xotirjam o‘qishi, bexavotir ulg‘ayishi va o‘z kelajagiga ishonishidir”, — deya ta’kidladi Prezident Administratsiyasi rahbari. 🌷 VisitPresident
Open in TelegramAntaliya shahrida o‘tayotgan COP31 sammiti doirasida davlatimiz rahbarini Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an hamda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish kutib oldi. 🌷 VisitPresident
Open in Telegram🇺🇿🇹🇷 Prezidentimiz 10–11-noyabr kunlari Turkiyaga tashrif buyuradi Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan BMT Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) tadbirlarida ishtirok etish uchun Antaliya shahrida bo‘ladi. Davlatimiz rahbari sammitning yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi. 🌷 VisitPresident
Open in Telegram🔴 Prezidentimiz elektrotexnika sanoatidagi mavjud salohiyatni to‘liq ishga solishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surdi Bugun Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida elektrotexnika sanoati vakillari va xorijiy investorlar bilan uchrashdi. Muloqotda e’lon qilingan asosiy yangiliklar: 🔷Keyingi 3 yilda 11,6 mlrd dollarlik 164 ta loyiha amalga oshiriladi; 🔷Nurafshonda “Kelajak texnologiyalari markazi” tashkil etilib, uning korxonalariga IT-park rezidentlari bilan bir xil imtiyozlar beriladi; 🔷Kelgusi yildan “1 ming muhandis-konstruktor” dasturi boshlanadi. Mutaxassislar xorijda malaka oshiradi; 🔷Mahalliy ishlab chiqarilgan muzlatkich, kir yuvish mashinasi, konditsioner va boshqa maishiy texnikalarni xarid qilish uchun yillik 18 foizli iste’mol kreditlari ajratiladi; 🔷1-yanvardan davlat xaridlarining 3 yillik rejalari oldindan e’lon qilinadi; 🔷Xalqaro moliya bozorlariga chiqishga tayyorlanayotgan korxonalarga ayrim xarajatlari uchun 50 ming dollargacha kompensatsiya beriladi. Elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2016-yildagi 1,7 trln so‘mdan joriy yilda 50 trln so‘mga yetgan. Eksport hajmi esa 1,6 mlrd dollarni tashkil etmoqda. 🌷 VisitPresident
Open in Telegram⚡️ Prezident matbuot kotibi: “Yolg‘on haqiqatdan tezroq tarqalayotgan dunyoda faktlarni birgalikda himoya qilish — axborot makonidagi umumiy suverenitetimiz masalasidir” O‘zA va TASS hamkorligida tashkil etilgan III O‘zbekiston–Rossiya media forumida ikki mamlakat axborot sohasining 200 nafardan ortiq vakili, jumladan, Rossiyaning 50 dan ziyod mediakompaniyasi top-menejerlari ishtirok etmoqda. Ular orasida TASS, NTV, RT, “Gazprom-Media Xolding”, VK va “Yandeks” kabi yirik tuzilmalar bor. Forumda so‘zga chiqqan Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va strategik sheriklik media sohasidagi hamkorlikni ham yangi bosqichga olib chiqayotganini ta’kidladi. ⚫️“Bugungi forumimiz mamlakatlarimiz o‘rtasida yuksak darajagi munosabatlarning ifodasidir. Bu aloqalar negizida yetakchilarimiz — Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Vladimir Putinning do‘stligi hamda o‘zaro ishonchi mujassam. Aynan davlatlarimiz rahbarlarining siyosiy irodasi, ularning doimiy va ishonchli muloqoti barcha yo‘nalishlardagi hamkorligimizga faol sur’at bag‘ishlamoqda”, — dedi Sh.Asadov. 🌷 VisitPresident
Open in Telegram