Account
Panda Books

Panda Books

Books & Book Reviews. Zamonaviy mutolaa repertuari. Insta: instagram.com/pandabooksuz Reklama: @pandapochtabot

Username
@panda_books
Category
Books
Country
UzbekistanUzbekistan
Subscribers5,058
Avg views per post, 7d463−49% vs prev 7d
ERR9.15%last 7 days

Average views per post by day

By publication day

Show as table
DateAvg views per post
Nov 14, 2026803
Nov 15, 2026895
Nov 16, 2026924
Nov 17, 2026889
Nov 18, 2026962
Nov 19, 2026971
Nov 23, 2026660
Nov 24, 2026595
Nov 25, 2026592
Nov 26, 2026386

Most viewed this month

  1. 01
    Views971
    Forwards—
    Reactions5
    Comments—
  2. 02
    Views962
    Forwards—
    Reactions9
    Comments—
  3. 03
    Views957
    Forwards—
    Reactions7
    Comments—
  4. 04

    ​​Ikki prezident, bitta orden va ikki marta «yoʻq»: 16-noyabr — Chinua Achebe tavalludiga 96 yil. Afrika romanining otasi nega davlat mukofotidan voz kechgan? «Hammasi barbod boʻladi» («Things Fall Apart») romani bilan zamonaviy Afrika adabiyotiga asos solgan nigeriyalik yozuvchi Chinua Achebe 1930-yil 16-noyabrda Nigeriya sharqidagi Ogidi shahrida tugʻilgan. Uning hayotidagi kam tilga olinadigan, ammo uning shaxsiyatini aniq koʻrsatadigan epizodlardan biri — mamlakatning uchinchi eng yuqori davlat mukofotidan ikki marta voz kechgani. 2004-yil oktabrida Prezident Olusegun Obasanjo hukumati Achebeni «Federativ Respublika qoʻmondoni» (CFR) unvoni bilan taqdirlashni eʼlon qildi. Oʻsha paytda AQShdagi Bard kollejida dars berayotgan yozuvchi bu mukofotni ochiq xat bilan rad etdi. Nigeriyaning ICIR tergov jurnalistikasi markazi keltirgan matnga koʻra, Achebe oʻzining ona shtati Anambradagi tartibsizlikdan, uni «bankrot va qonunsiz mulk»ka aylantirmoqchi boʻlgan bir guruh «ajralib chiqqanlar»dan, prezidentlik maʼmuriyatining bu borada sukut saqlashi, hatto til biriktirishidan dahshatga tushganini yozgan. Uning xulosasi: mamlakatdagi ahvol sukut saqlash uchun haddan tashqari xavfli. Achebe xatida ilgari ham davlat mukofotlarini qabul qilganini eslatgan: mustaqillikning birinchi yilligida berilgan ilk milliy adabiyot mukofoti, 1979-yildagi Milliy xizmatlar ordeni va Federativ Respublika ordeni, 1999-yildagi milliy ijod mukofoti. U ularni Nigeriya mukammal emasligini bilgan holda, rahbarlar xilma-xil xalqlarni birlashtiradi degan ishonch bilan olganini tushuntirgan. 2004-yildagi rad javobi esa ana shu ishonchning yoʻqolganini bildirardi. Yetti yil oʻtib, 2011-yil noyabrida — yozuvchining 81 yoshga toʻlishi arafasida — Prezident Gudlak Jonatan hukumati yana uni aynan shu CFR unvoni bilan taqdirlamoqchi boʻldi. Associated Press agentligi 14-noyabr kuni xabar berganidek, Achebe yana rad etdi: uning bayonotida aytilishicha, 2004-yildagi rad javobining sabablari hal qilinmagan, hatto koʻrib chiqilmagan ham, shuning uchun mukofotni qayta taklif qilish oʻrinsiz. Achebe umrining oxirigacha mustaqil fikr egasi boʻlib qoldi. Uning soʻnggi kitobi — Biafra urushi xotiralari «There Was a Country» («Bir mamlakat bor edi») 2012-yil sentabrida chiqdi. Yozuvchi 2013-yil martida Bostonda 82 yoshida vafot etdi. Ikki marta rad etilgan orden esa adabiyotda vijdon va hokimiyat oʻrtasidagi munosabatning eng yorqin Afrika misollaridan biri boʻlib qoldi. @panda_books

    Link preview
    Views907
    Forwards—
    Reactions5
    Comments—

Latest posts

#7868Photo
Views304−55%vs avg
Forwards—
Reactions5
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
3 h230
7 h304
  1. After 6 hours304
  2. Total to date304
#7867Link preview
Views407−39%vs avg
Forwards—
Reactions9
Comments—
#7865Link preview

​​#review #taqriz 📓Said Ahmad — "Ufq" (1-kitob) Trilogiyaning birinchi kitobini o‘qib tugatdim. Fikrlarim hali biroz tarqoq, ammo bir narsani ochiq aytishim kerakki, Said Ahmad shaxsiga bo‘lgan cheksiz hurmatimni saqlagan holda, yarim targ‘ibot, yarim davr buyurtmasi ruhidagi bu asarni «kult» darajasiga ko‘tarmagan bo‘lardim. Har holda, hozircha. Katta yozuvchilarni tanqid qilib, hayp ko'tarish mening darajam emas. Shunchaki, ko‘pchilik sevib o‘qigan kitob ortidagi asl ma’noni o‘zimcha tahlil qilishga urindim. Boshidanoq e’tirof etish kerak: asarda bahslashib bo‘lmaydigan bir haqiqat bor — bu xalqning birlashib, ulkan loyihani amalga oshirganidir. Uning oqibatlari va ortidagi qiyinchiliklar esa boshqa mavzu. Bu matonat so‘zsiz hurmatga loyiq. Soljenitsinning «GULAG arxipelagi» asarida Belomor kanali qurilishi haqida o‘qigan kitobxon sifatida, undan bor-yo‘g‘i bir necha yil o‘tib boshlangan Katta Farg‘ona kanali tasviridagi keskin farq meni o‘ylantirib qo‘ydi. Soljenitsin kanal qurilishini «yerdagi do‘zax» deb atasa, Said Ahmad uni salkam bayramdek tasvirlaydi: har kuni ishdan keyin o‘yin-kulgi, kino, raqs, taniqli yozuvchi-yu qiziqchilar shu yerda; bir yoqda osh, kabob, issiq nonlar.. Aslida esa ulkan kanal deyarli maxsus texnikalarsiz, og‘ir qo‘l mehnati bilan qazilgan. Biroq bu qurilishda qancha odam halok bo‘lgani, mayib-majruh bo‘lib qolgani, kasallikka chalingani yoki Vazira kabi erli-ersiz juvonlarning taqdiri, umuman, ushbu jarayon jamiyat hayotida qanday og‘ir iz qoldirgani haqida yozuvchi sukut saqlaydi. Biroq bir muhim jihatni unutmaslik lozim, kitob 1974-yilda sovet O‘zbekistonida — Stalin davridagi «asr qurilishlari»ning haqiqiy bahosi haqida ochiq gapirish mutlaqo imkonsiz bo‘lgan davrda yozilgan. Shu sababli matnda «jo'shqin mehnat» va sotsialistik pafos romantizatsiyasi ko‘p uchrashi tabiiy. Bugungi kun nigohi bilan qaragann holda men bunda yozuvchini ojizlikda ayblamayman. Ammo lekin biroq.. Asar bitta ulkan voqea atrofida aylansa-da, qahramonlar ruhan tarqoq. G‘oya go‘yo mushtarakdek, ammo aslida kanal qazishga hamma o‘z dardi va maqsadi bilan keladi: kimdir uyidan qochgan, kimdir obro‘-e’tibor ilinjida, kimdir esa shunchaki oqimga qo‘shilgan. Masalan, Azizxon kanalda ishlab mashhurlik va obro' uchun yurganini aslo yashirmaydi. Uning Lutfinisa uchun qasos olishga kirishib ketgani, o'limdan keyin darhol yana ishga qaytgani ham buni tasdiqlaydi. Chunki vaqt tig'iz... Holbuki, uning yaqin do‘sti Tursunboy shaxsiyatida bu ulkan qurilish deyarli hech qanday ijobiy o‘zgarish yasamaydi. Shunga qaramay, asarni faqat mafkuraviy qolip sifatida baholash adolatdan bo‘lmasdi. Said Ahmad —xalq tilini, yumor va o‘zbek qishloqlari xarakterini o‘z zamondoshlari orasida eng teran his qilgan ijodkor. «Qirq besh kun» romanida Katta Farg‘ona kanali qurilishining mafkuraviy vitrinasi ortida baribir oilaviy fojialari, o‘jarligi, saxovati va hayotiy donoligi bilan yashayotgan chinakam insonlar nafasi ufurib turadi. Roman balandparvoz shiorlar tufayli emas, aynan mana shu tirik qiyofalar sababli hamon o‘qilmoqda. «Qirq besh kun» navbatdagi sovetcha targ‘ibot emas, ayni paytda shafqatsiz tarixiy hujjat ham emas. U qayerdadir «asr qurilishi» madhi va oddiy insonlarning achchiq taqdirlari o'rtasida. Xullas, xolis nazar tashlasak, bu asar — made in USSR etiketkasi yopishtirilgan buyum ichidagi kichik jonli adabiyot desak to'g'riroq bo'ladi. @panda_books

Open in Telegram
Views387−42%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—
#7861Text

So'nggi paytlar sezganingizdek, asosan Chinua Achebe ismli muallfdan iqtiboslar joylayapman, bekorga emas albatta, Hozirda uning "Things Fall Apart" romanini mutolaa qilayapman. Og'ir va kuchli asar. Xo'sh, o'zi Achebe kim? 1930-yilning 16-noyabrida Nigeriyaning sharqida, Ogidi shahri yaqinidagi Nneobi qishlogʻidagi Avliyo Simon cherkovi hududida bir chaqaloq dunyoga keladi. Oradan yigirma sakkiz yil oʻtib, bu bola «Things Fall Apart» («Hammasi parchalanadi») romanini yozadi va Afrika adabiyoti tarixini ikkiga — undan oldingi va undan keyingi davrga ajratadi. Achebe ijodining asosiy savoli — oʻz tarixini oʻzi hikoya qilmagan xalqning taqdiri haqida. «Sherlar oʻz tarixchilariga ega boʻlmaguncha, ov tarixi doimo ovchini ulugʻlaydi». Missioner otaning oʻgʻli, igbo ertaklarini tinglab ulgʻaygan bola keyinchalik aynan shu «sherlar tarixchisi»ga aylanadi. 1958-yil 17-iyunda «William Heinemann» nashriyoti romanni 2000 nusxada qattiq muqovada chop etdi; muallif bor-yoʻgʻi 27 yoshda edi. Nashriyot direktori Alan Xillning eslashicha, ular matnning «birorta soʻziga ham tegishmagan». Britaniya taqrizchilari iliq kutib oldi: «The Times Literary Supplement» roman «qabila hayotini ichkaridan koʻrsatishda chinakam muvaffaqiyatga erishgani»ni yozdi. Nigeriyadagi qabul esa aralash boʻldi — ayrimlar igbo hayoti va mustamlakachilikning bunday ochiq tasviridan noqulaylik sezdi. Dastlabki tiraj tezda tugadi va kitob bir muddat sotuvdan yoʻqoldi. Keyinchalik aynan Alan Xill tavakkal qilib arzon qogʻoz muqovali nashrga qoʻl urdi — va bu qaror butun bir qitʼa adabiyotining taqdirini oʻzgartirdi. Bugun «Things Fall Apart»ning 10 milliondan ortiq nusxasi sotilgan, u 50 dan ortiq tilga tarjima qilingan. @panda_books

Open in Telegram
Views595−11%vs avg
Forwards—
Reactions5
Comments—
#7860Photo
Views660−2%vs avg
Forwards—
Reactions4
Comments—
#7859Photo
Views971+44%vs avg
Forwards—
Reactions5
Comments—

All posts

Connections